UCHQUDUQ 24
10K subscribers
34.7K photos
7.73K videos
52 files
17.7K links
UCHQUDUQ 24 каналига хуш келибсиз

YouTube https://www.youtube.com/@Uchquduq24/vid

Учқудуқ туманига оид 📰 Янгиликлар, 📷 Фото, 🎥Видеолар 📝Мурожаатлар,Талаб ва Таклифлар, Бўш иш ўринлари бўлса админга юборинг.

Adminlarimiz: @Karimova2585
@Mehriddin_MvS
Download Telegram
#sportni_sev_sport_bilan_yasha

Шу кунларда кўпчиликнинг суҳбат мавзуси Қатарда бўлиб ўтаётган ЖЧ мусобоқаларига қаратилган. Спорт ана шундай кучга эга бўлган воситадир. Унинг қайси тури бўлмасин бир жамоани шакллантиради, бирлаштиради. ШКБнинг IT ижодкорлари ҳисобланган АКТМ ёшлари ҳам ақлий меҳнат билан бирга, спортнинг турли йўналишларида жамоавий мусобоқалар ўтказиб туришади.
Бу галги танланган спорт - стол тенниси мусобоқалари бўлди. Ишчи -хизматчилар ўзларининг севимли машғулотлари билан мусобобоқалшадилар. Ғолиблар Ёшлар иттифоқи етакчиси ва касабу уюшма раиси томонидан тақдирландилар.

👉https://t.me/Uchquduq_24
#Sportni_sev_sport_bilan_yasha
#Kibersport

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi "Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-423 sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 23-sentabr kuni Shimoliy kon boshqarmasi bo‘linmalari o‘rtasida "Kibersport" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 14 ta jamoa ishtirok etib, 10 soat qizg'in kechgan  bahsning yakuniy natijalariga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni "Sharqiy"  koni, 2-o'rinni "Kon jihozlarini ta'mirlash sexi", 3-o‘rinni "Boshqarma" jamoasi qo‘lga kiritishdi. G‘oliblar NKMK yoshlar yetakchilari Kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

👉https://t.me/Uchquduq_24
#Sportni_sev_sport_bilan_yasha

Joriy yilning 23-apreldan 25-aprelgacha "NKMK" AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-sonli Gidrometallurgiya zavodida, xotin-qizlar o'rtasida mini-futbol bo‘yicha musobaqa bo'lib o'tdi.
3 kun davom etgan shiddatli o‘yinning yakuniy natijalariga ko'ra, 3-o'rinni Labaratoriya jamoasi, 2-o'rinni Maydalash sexi jamoasi va faxrli 1-o'rinni Flotatsiya sexi jamoasi qo'lga kiritishdi. G'olib jamoalar diplom va sovg'alar bilan taqdirlandilar.
#Sportni_sev_sport_bilan_yasha
#bayram_shukuhi

Bugun 27-aprel kuni "NKMK" AJ Shimoliy kon boshqarmasining bo‘linmalari o‘rtasida, yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan, "Sportni sev sport bilan yasha" shiori ostida, "Estafeta" bo‘lib o‘tdi. Sport tadbirida 12 ta jamoa ishtirok etib, sport bahsi o‘zgacha bayramona kayfiyatda davom etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 3-o‘rinni "3-sonli Gidrometallurgiya zavodi jamoasi" 2-o‘rinni "1-sonli Avtobaza jamoasi va faxrli 1-o‘rinni "Sharqiy koni" jamoasi qo‘lga kiritishdi. G‘oliblar diplom va sovg'alar bilan taqdirlandilar.
#Sportni_sev_sport_bilan_yasha
#futbol

Joriy yilning 04-may kuni "NKMK" AJ Shimoliy kon boshqarmasining Tarmoqlar va podstansiyalar sexi bo‘linmalari o‘rtasida, "Sportni sev sport bilan yasha" shiori ostida, "Mini-futbol" bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Tadbir qizg'in sport bahslariga boy bo‘lib, yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni "EJXK va T uchastkasi jamoasi" , 2-o‘rinni "SMYVEJY va XK uchastkasi, 3-o‘rinni "MEL" jamoasi qo‘lga kiritishdi. G‘oliblar diplom va sovg'alar bilan taqdirlandilar.
#konchilik_va_metallurgiya_sanoati_xodimlari_kuni
#sportni_sev_sport_bilan_yasha

Bugun 15-may kuni "NKMK" AJ Shimoliy kon boshqarmasi Idoraviy harbiylashtirilgan qo'riqlash otryadida, "O'zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni" munosabati bilan "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida, otryad ishchi xodimlari o'rtasida sportning "Shaxmat-Shashka" va "Arqon tortish" turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi. Musobaqa hayajonli daqiqalarga boy tarzda o'tib, g'oliblar diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

👉https://t.me/Uchquduq_24
#konchilik_va_metallurgiya_sanoati_xodimlari_kuni
#sportni_sev_sport_bilan_yasha

Joriy yilning 14-may kuni "NKMK" AJ Shimoliy kon boshqarmasining Elektr jihozlarini ta'mirlash uchastkasida, "O'zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni" munosabati bilan "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida, ishchi-xodimlar o'rtasida sportning "Shaxmat-Shashka" turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 3-o‘rinni Ro‘ziyeva V.B., 2-o‘rinni Nurtoshev Sh.P. va faxrli 1-o‘rinni Yo‘ldoshev N.Q. qo‘lga kiritishdi. G'oliblar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
#Sportni_sev_sport_bilan_yasha

Bugun 04-iyul kuni "NKMK" AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-sonli Gidrometallurgiya zavodida, "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida yoshlar va ishchi-xodimlar o‘rtasida  "Shashka"  musobaqasi o‘tkazildi.  Qizg'in kechgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 3-o‘rinni Mamatov Asror, 2-o‘rinni  Imomova Baxtigul va faxrli 1-o‘rinni esa  Nazarov Asliddin qo‘lga kiritdi. G‘oliblar yoshlar yetakchilari Kengashi tomonidan esadilik sovg'alar bilan taqdirlandilar. Shuningdek yil davomida jamoatchilik ishlarida faollik ko‘rsatgan yoshlar faxriy yorliq va tegishli pul mukofoti bilan taqdirlandilar.