Ulug‘bek Choriyev
2.25K subscribers
917 photos
151 videos
52 files
121 links
Assalomu alaykum, bu kanalda men quyidagilarni ulashib boraman:

jamiyatdagi muhim masalalar bo`yicha shaxsiy fikrlarim;

huquqiy masalalarda shaxsiy tahlillarim;

yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bo`yicha munosabatlarim.
Download Telegram
2-kurslardan juda ko’p kishi lichkamga ustoz tanlash bo’yicha maslahat so’rab yozibdi. Shunga o’zim 2-kursda tanlagan ustozlarimni ro’yxatini berib o’taman umumiy:

🔷Ekologiya huquqidan - Abdulloh ustoz. Amaliy qilib o’rgatadilar + ko’p hujjatlar bilan ishlab, ko’p keys ko’rdiradilar✅

🔷Kiber huquq - legal tech bilan deyarli bir xil. Men Po’latov Temur ustozda o’qiganman✅

🔷Biznes huquqidan - Anvar ustozda o’qiganman. Biz korporativ huquq ham o’qigandik, korporativ huquqda Aminjon ustoz buzvorardi, agar shu ustozni biznes huquqiga ham qo’yishsa, bosish kerak✅

🔷 Ma’muriy huquqdan - Jo’rabek ustoz va Umarov Bahrom ustoz✅

🔷Jinoyat huquqidan - Vohid ustoz va Aziza ustozlarda o’qiganman ✅

P.S: Bu ustozlarni hammasida o’zim o’qib ko’rganim uchun tavsiya qildim. Ham bilim, ham bahoni yaxshi qo’yishadi. To’g’ri hammasi ham 40/40 ni oson berib qo’ymaydi, lekin bilim taraflama moshniy bo’volasiz.

👉 @U_Choriyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30⚡8
‼️Universitetlarda dars boshlanish sanalari:

🔷1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
🔷2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.

👉 @U_Choriyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30👏8⚡5✍1🔥1🕊1
PF-181 .pdf
7.7 MB
2-sentabrda qabul qilingan muhim farmon.

Farmon mazmunini tushuntirib beraman:

🔷 Bir xil maqomdagi boshqaruv organlari oyligi tenglashdi. Masalan 2 ta vazirlik; 2 ta qo’mita vhkz;

🔷 Hokimiyatdagilarni oyligi yana pasaydi.

Ma’lumot uchun: bundan 6 oycha oldin hokimiyatda oyliklar miqdori 20 mlnga chiqqandi (hokim o’rinbosari kabi muhim lavozimlar uchun masalan)

Endi esa xuddi shu lavozimda yana tahminan 12 mlnchaga tenglashib qoldi.

👉 @U_Choriyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21⚡2🔥2❤‍🔥1💯1
#Huquqiytahlil

"Qonunchilik bilan belgilanadi".

Bu jumlani qonunlarimizda va umuman chiqariladigan hujjatlarda kamroq ishlatishga harakat qilinishi kerak. Chunki aksariyat holatlarda shu jumla yozib ketiladi, lekin keyin o`sha qonunchilikni o`zini oylab, ba'zan yillab kutishga to`g`ri keladi.

Bu esa amaliyotda ko`plab noqulayliklarni vujudga keltirishi mumkin. Qonunosti hujjatlariga juda ko`p suyanib yuborishning o`zi aslida to`g`ri emas. Agar rostan shu jumla belgilansa, loyiha bilan birgalikda yo o`sha vaqtni o`zida qonunosti hujjat loyihasi kiritilishi kerak yoki qonunosti hujjatini ijro etuvchi hokimiyat aniq qancha vaqtda ishlab chiqishiga oid deadline qo`yish lozim.

👉 @U_Choriyev
⚡12❤7🔥3❤‍🔥2💯2🏆1🤝1
Aynan shu taklif bilan chiqqandim⚡️

TDYU eski dars jadvallaridan voz kechib, ancha talaba uchun qulay va vizual jadval tuzibdi.

Germaniyadagi universitetda borganimda dars jadvalini ko`rib maza qilgandim va shuni taklif qilgandim. Endi odam maza qib qaraydigan bo`ptida🔥

👉 @U_Choriyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆22🔥13❤7⚡3👀3😎2❤‍🔥1
#Huquqiytahlil

"Davlat koʻp bolali oilalarga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini taʼminlaydi".

Oila kodeksidagi bu moddani hammamiz o`qiganmiz. Lekin men bu postda ko`p bolali oilalarga belgilangan imtiyozlarga misol keltirib bermoqchiman:

Vazirlar Mahkamasining 124-sonli qarori, 8-bandida aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar ro`yxatida ko`p bolalai oilalar keltirib o`tilgan.

Demak yuqoridagi Oila kodeksidan keltirilgan modda bo`yicha shu qarorni misol sifatida keltirishingiz mumkin✅

👉 @U_Choriyev
🔥11👏5❤4❤‍🔥2⚡2🤩1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥32🤝6❤5❤‍🔥5⚡4🤩3💯1
#Huquqiytahlil

Ko`pchilik huquq o`rganuvchilar yuridik fakt tushunchasiga misol topishda qiynalishadi.

Lekin javob juda oson. Fuqarolik kodeksining 8-moddasida bunga bir to`da misol keltirilgan. Marhamat:

"Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:

1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan boʻlmasa-da, lekin unga zid boʻlmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan;
2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hujjatlaridan;
3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;
4) qonun yoʻl qoʻyadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
5) fan, adabiyot, sanʼat asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida;
6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;
7) asossiz boyib ketish natijasida;
8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida;
9) qonunchilik fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bogʻlaydigan hodisalar natijasida".

Qonunchilik normalarini nazariy asoslangan tahlillari uchun kanalimizga obuna bo`lib qo`ying.


👉 @U_Choriyev
❤6🔥5🤩2🤝1
#Fikr

Huquqiy qadriyat!

Bu tushunchani huquq ilmi sohasida yurganlar juda ko`p eshitgani aniq. Ayni tushuncha so`nggi yillarda ilm ahli o`rtasida ancha "trendga" kirgan desam mubolag`a bo`lmaydi.

Huquqiy qadriyat konseptining asosiy mazmuni qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy qadriyatlarimiz asosida bo`lishi kerak. Umuman har bir davlatning huquqiy tizimi uning huquqiy qadriyatlari asosida qurilishi kerak, ildiz to`g`ri qo`yilsagina, tizim to`g`ri ishlaydi. Bu to`ppa to`g`ri fikr.

Lekin bizda bir muammo mavjud. Buni amalga oshirish tadrijiy ketmayapti. Ya'ni, bu yerda ketma-ketlik noto`g`ri qo`yilyapti. Nima qilish kerak? Birinchi navbatda, huquqiy qadriyatlarimiz nima ekanligini aniqlashtirib olish kerak. Bunga nimalar kirishi kerakligini aniqlash kerak. Ammo bu oson ish emas, bu vazifani samarali amalga oshirish uchun budjetdan pul ajratish kerak. Ekspertlar guruhi tuzilishi kerak, asosiy g`oya: oldi-qochdi gaplar yozilgan ilmiy ish emas, real va aniq, tochkaga uradigan tadqiqot amalga oshirilishidir.

Navbatdagi bosqich esa shu yaratilgan doktrinal manbalar asosida huquqiy qadriyatimizni avvalo qonunchilik hujjatlariga, so`ngra ijro, so`ngra sud amaliyotiga singdirishdir. Bu esa yaxshigina vaqt olishi aniq.

👉 @U_Choriyev
❤11⚡1💯1
Pedagog chegirma | @U_Choriyev.pdf
1.1 MB
❗️ Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi

Qaror fayli bilan tanishing.

Qisqacha:

🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.

📌 Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.

❌ Chegirma:
▪️ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlarida;
▪️ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida;
▪️ qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida;
▪️ xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida;
▪️ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

👨‍👩‍👧‍👦 Pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi.

📝 Pedagog farzandlari to‘lov-kontrakt shartnomasi olish yuzasidan kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza yuboradi.

📲 Arizani ko‘rib chiqish jarayonida ariza beruvchining pedagog farzandi ekanligi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tasdiqlanganda, chegirma avtomatik tarzda qo‘llaniladi.

⏳ Arizalar mas’ul tashkilot tomonidan 2 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

📌 Pedagog farzandlariga mazkur chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi.

👉 @U_Choriyev
❤10⚡3👏2❤‍🔥1🔥1
Pedagogik lavozim ro`yxat | @U_CHORIYEV.pdf
305.4 KB
Savol kelibdi: Assalomu aleykum, ustoz pedagog deganda bog’cha tarbiyachisi ham kiradi togrimi?

Javob: Pedagog maqomi O`RQ 901 da belgilangan. Unga ko`ra taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs pedagogdir.

Endi masalaga maxsusroq yondashamiz. Pedagogik lavozimlar ro`yxati 3849 sonli idoraviy qarorda to`liq berilgan. Bu ro`yxatda bog`cha tarbiyachisi ham bor. Demak, kiradi✅

Boshqa kiradigan toifalarni shu ro`yxatdan behijolat ko`rib olsangiz bo`ladi)

👉 @U_Choriyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12❤8🤝4😇2🔥1
#Huquqiytahlil

O`zbekiston Respublikasi huquqiy tizimida mahalliy urf-odat va an'analar ham qo`llanilishi aytilgan.

Ular bevosita huquq manbai bo`la oladi. Ammo ularning iyerarxik o`rni qonunchilik hujjjatlaridan pastda turadi. Chunki FKning 6-moddasida "tegishli munosabat ishtirokchilari uchun majburiy boʻlgan qonunchilik normalariga yoki shartnomaga zid boʻlgan ish muomalasi odatlari, mahalliy odat va anʼanalar qoʻllanilmaydi" deb yozib qo`yilgan.

Bu esa o`z-o`zidan mahalliy urf-odat va an'analarning o`rnini nafaqat qonunchilik hujjatlaridan, balki fuqarolik huquqi subyektlari o`rtasida tuziladigan shartnomalardan ham pastroqqa tushirib yuboradi.

Qonunchilik normalarini nazariy asoslangan tahlillari uchun kanalimizga obuna bo`lib qo`ying.


👉 @U_Choriyev
❤14👍5💯3⚡2🏆1
#Quote

The judge does not make the law. He carries out the law of his country.


— From a movie.

👉 @U_Choriyev
❤19👀8⚡6🔥2
⁉️ Fuqaro ID-kartasi amal qilish muddati tugaganda va tegishli yoshga to`lgandan so`ng yoki familiyasi, ism, otasining ismi, tug`ilgan yili va millati o`zgargandan so`ng qancha muddatda ID-karta olish uchun murojaat qilishi lozim?

👉 @U_Choriyev
Anonymous Quiz
8%
Bir ish kuni ichida
15%
Ikki hafta ichida
31%
O`n kun ichida
34%
Bir oy ichida
12%
Uch oy ichida
⚡11❤7😎6💯3🏆2🔥1👀1
⁉️Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks Maxsus qismi ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud boʻlsa, u moddaning ogʻirroq jazo belgilangan qismi boʻyicha javobgarlikka tortiladi. Mulohaza ... .
Anonymous Quiz
49%
To`g`ri
51%
Noto`g`ri
❤11🔥10💯3😎3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡24❤20🔥13👏8
4️⃣➖🔤🔤🔤🔤🔤🔤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16🎉7❤4⚡2
#INFO

Davlat funksiyalarining amalga oshirishning huquqiy bo`lmagan shakllari 3 ga bo`linadi:

1️⃣ tashkiliy tartibga soluvchi – majlislar o`tkazish, tahlillar, prognozlar, loyihalarni tayyorlash, saylovlarni o`tkazish, muvofiqlashtirish.

2️⃣ tashkiliy xo`jalik – kreditlash, ta’minot, statistika, buxgalterlik hisobi bilan bog'liq bo'lgan tezkor-texnik va xo‘jalik ishlari;

3️⃣ tashkiliy-mafkuraviy – aholiga yangi loyihar tushuntirishlari.

👉 @U_Choriyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15⚡3❤‍🔥3
Endi yondiramiz 🤫

1-KURSLAR, kuting. Sizni bo’ronlar kutmoqda … .

👉 @U_Choriyev
😢19💯12❤7🔥4👏1😎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥15❤6
#Talaba #Foydalipost

BOSHLADIK ⚡

Talabalar uchun yaxshi maslahat - abituriyent kontentlarini ham iste'mol qiling!

Ha, bu sizni hayron qoldirishi mumkin, lekin bu ayni haqiqat. Ko`pchilik abituriyentlar talaba bo`lgach, abituriyentlikdagi bilimlarini asta-sekin unuta boshlaydi. Lekin shu narsani aniq aytishim mumkinki, abituriyentlar uchun chiqaradigan kontentlarim nafaqat huquq bo`yicha bazani mustahkamlashga, balki 1,2,3-kurslarda foydasi tegadigan ma'lumotlarni sizga berib boradi.

Masalan, 8,9,10-sinf dasturidagi QONUNCHILIKDAGI ma'lumotlar sizga 1,2,3-kursda ham kerak bo`ladi. 11-sinf dasturidagi ma'lumotlar esa 2,3-kursda.

Hali meni aytdi deysiz, maslahatim @HUQUQ_OFFICIAL kanaldagi abituriyentlar uchun yuklaydigan postlarimni ham o`qib qo`yavering. To`g`ri ko`pchiligi sizga yangi ma'lumot bo`lmas, ammo albatta takrorlash vazifasini o`tab beradi.

Men o`quvchilarimga juda ko`p aytadigan gapim bor:

"Hamma narsani bilaman degan o`quvchi, hech narsani o`rgana olmaydi".


Bu 1 qator jumlada olam-olam ma'no bor! Ko`pchilik abituriyent va talabalarni aynan shu narsa yangi qirralarini ochishdan to`xtatib qo`yadi. MIyyasida bilim "toshib ketganidan" yangi ilmlarni olishga nisbatan qulog`i kar, ko`zi ko`r bo`lib qoladi.

Navbatdagi foydali maslahatlar uchun REAKSIYA bosib qo`ying)


👉 @U_Choriyev
❤32🔥14⚡8💯4