RANCH texnologiya universiteti️
5.75K subscribers
2.95K photos
448 videos
13 files
1.1K links
Bizning manzil:
Xorazm viloyati, Urganch shahar, Xonqa ko'cha 26-uy
"URGANCHKORMMASH" binosi

Murojaat uchun raqamlar:
+998 62 227 7772
+998 99 217 0060
+998 99 218 0060

Admin: @Ranchtexnologiyauniversiteti
Download Telegram
🏛️ 2024-yil 13-fevral kuni iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Yaxshi kadrlar yetishib chiqmayotganida Ustozlar aybdormi?” mavzusida debat tadbiri o‘tkazildi. Unda talabalar ikkita guruhga bo‘lingan holda qarama-qarshi fikrlarni himoya qilishdi. Tadbir “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan tashkil etilib, dolzarb masalalar yuzasidan talabalarda konstruktiv fikrlash, o‘z mulohazalarini yetarli darajada asoslay bilish, muammolarga har tomonlama yondashish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratildi.

Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti!

Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt
🏛️ TTA Urganch filialida Urganch Ranch texnologiya universiteti "Pedagogika va filologiya" kafedrasi o'qituvchilari va universitet psixologi M.Niyazmetovalar 11-fevral "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni" munosabati bilan o'tkazilgan "Xotin-qizlarning ilm-fan rivojidagi o'rni" mavzusidagi xalqaro konferensiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Unda Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya davlatlaridan olimalar, Senator, viloyat Xotin-qizlar qo'mitasi, mahalliy hokimlik vakillari, vohadagi 8 ta oliy ta'limning ayol professor-o'qituvchilari va olima ayollar qatnashdilar.

Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti!

Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Kech bo‘ldi deb o‘ylamang!

Maqsadlaringizga erishish uchun hozirdan boshlab harakat qiling, va albatta barchasini uddalaysiz. Biz sizga ishonamiz aziz talaba!

Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti!

Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt
🏛️ 2024 yil 14-fevral kuni Urganch Ranch texnologiya universiteti talabalari “Yashil makon” umummilliy ekologik aksiyasida faol ishtirok etib, viloyatimizdagi oliy o’quv yurtlari talabalari bilan birgalikda manzarali daraxt ko’chatlarini ekishda qatnashdilar.

Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti!

Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt
🏛️ 2024-yil 14-fevral kuni sportning kurash turi bo‘yicha 90 kg. vaznda viloyat chempionligini qo‘lga kiritgan iqtisodiyot yo‘nalishi 23-01 guruhi talabasi Sarvar Ruzimovga universitet rahbariyati tomonidan diplom va medal topshirildi.

Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti!

Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt
🏛️ Urganch Ranch texnologiya universiteti "Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)" va "Buxgalteriya hisobi va audit" yo’nalishlari kunduzgi ta’lim shakli talabalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o’yini "Iqtisodiyot" kafedrasi kubogiga start berildi. Turnirda "Iqtisodiyot" va "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishlari kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 10 ta guruhdan jamoalar o'z ishtiroklarini boshlashdi. Turnir 10 turdan iborat bo'lib, har tur 10 ta savoldan 2 raund davom etadi. Jamoalarga omad tilab qolamiz.

Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti!

Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt