♟🏆 USS CHESS 🏆♟ shaxmat maktabi
30 subscribers
6.32K photos
360 videos
136 files
1.54K links
Chempion bo'lmoqchimisan unda USSCHESS shaxmat maktabi sen uchun!!!

@usschess

Murojat uchun tel: 90.229-59-65
Download Telegram
🏆 ÖZBEKISTON ÇEMPIONATI — OLIY LIGA 2026!

2026-yil 16–23-dekabr kunlari şaxmat böyiça erkaklar va ayollar örtasida Özbekiston çempionati — Oliy liga musobaqasi ötkaziladi.

Musobaqa Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi Shafram dam olish maskanida bölib ötadi.

♟ Musobaqa haqida:

Sana: 16–23-dekabr, 2026-yil;
Yönaliş: erkaklar va ayollar örtasida;
Nazorat: 11 tur, aylana tizimi;
Vaqt nazorati: 90 daqiqa + har bir yurişga 30 soniya;
Mukofot jamğarmasi: 500 000 000 söm.

🥇 Mukofotlar:

Erkaklar va ayollar örtasida alohida ravişda:

1-örin — 60 000 000 söm;
2-örin — 50 000 000 söm;
3-örin — 40 000 000 söm.

Şuningdek, har ikki yönalişda 12-öringaça pul mukofotlari beriladi.

İştirok etiş tartibi:

Musobaqada iştirok etiş huquqiga ega şaxmatçilar 2026-yil 1-dekabr soat 16:00 ga qadar Özbekiston şaxmat federatsiyasiga ariza bilan murojaat qilişlari lozim.

📄 Musobaqaning töliq nizomi

Barça iştirokçilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Jahon toji uçun bahsga 19 kun qoldi !


🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💖💖💖⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

🏆 YANA BIR YUKSAK YUTUQ!
♟️ USS CHESS SCHOOL faxri — shogirdimiz Xamidova Yulduzxon Jahongir qizi shaxmat sport turi bo‘yicha «SPORT USTASI» unvoniga sazovor bo‘ldi!
Ushbu yuksak unvon O‘zbekiston Respublikasi 💪 Sport vazirligi tomonidan berildi.
Bu natija — yillar davomida qilingan mehnat, tinimsiz mashg‘ulotlar, sabr-toqat va maqsad sari intilishning samarasidir.
🔥 Yulduzxonni, uning ota-onasini va ustozlarini ushbu quvonchli yutuq bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Kelgusida xalqaro maydonlarda ham yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, yanada ulkan zafarlarga erishishini tilaymiz!

♟️USS CHESS SCHOOL — bilim, intizom va kelajak! ♟️

❤️ Bizning faxrimiz — bizning chempionlarimiz!

@uss_chess_school
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥 PRESIDENT CUP: MAXSUS ÇEGIRMA UÇUN BUGUN — OXIRGI KUN!

President Cup musobaqasida iştirok etişni rejalaştirgan özbekistonlik şaxmatçilar diqqatiga!

Bugun, 5-noyabr kuni soat 23:59 ga qadar röyxatdan öting va iştirok etiş badalidan 100 000 söm çegirma oling!

Şuningdek, nizomga muvofiq, Özbekiston fuqarosi bölgan ayollar, 60 yoşdan oşgan faxriylar hamda nogironligi bölgan şaxslarga turnir badalidan 50 foizlik çegirma taqdim etiladi.

Çegirmadan foydalaniş imkoniyatini qöldan boy bermang!

📌 Musobaqa nizomi bilan tanişiş va röyxatdan ötiş:
https://presidentcup.uz

Jahon toji uçun bahsga 19 kun qoldi !


🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook
🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 ÖZBEKISTON ÇEMPIONATI — OLIY LIGA 2026!

2026-yil 16–23-dekabr kunlari şaxmat böyiça erkaklar va ayollar örtasida Özbekiston çempionati — Oliy liga musobaqasi ötkaziladi.

Musobaqa Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi Shafran dam olish maskanida bölib ötadi.

♟ Musobaqa haqida:

Sana: 16–23-dekabr, 2026-yil;
Yönaliş: erkaklar va ayollar örtasida;
Nazorat: 11 tur, aylana tizimi;
Vaqt nazorati: 90 daqiqa + har bir yurişga 30 soniya;
Mukofot jamğarmasi: 500 000 000 söm.

🥇 Mukofotlar:

Erkaklar va ayollar örtasida alohida ravişda:

1-örin — 60 000 000 söm;
2-örin — 50 000 000 söm;
3-örin — 40 000 000 söm.

Şuningdek, har ikki yönalişda 12-öringaça pul mukofotlari beriladi.

İştirok etiş tartibi:

Musobaqada iştirok etiş huquqiga ega şaxmatçilar 2026-yil 1-dekabr soat 16:00 ga qadar Özbekiston şaxmat federatsiyasiga ariza bilan murojaat qilişlari lozim.

📄 Musobaqaning töliq nizomi

Barça iştirokçilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Jahon toji uçun bahsga 19 kun qoldi !


🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Javohir Sindarov — Nomzodlar turniri tarixidagi rekord natija sohibi !

Kiprda bölib ötgan 2026-yilgi FIDE Nomzodlar turnirida Javohir 14 partiyada 10 oçko töpladi. Bu musobaqaning hozirgi formatidagi eng yuqori körsatkiç. Avvalgi rekord Ian Nepomniachtchiga tegişli edi: 2022-yilda 9,5 oçko.

Javohir turnirni birorta ham mağlubiyatsiz yakunladi: 6 ğalaba va 8 durang. Ilk 6 turda 5,5 oçko jamğarib, ğoliblikni bir tur oldin kafolatladi va ikkinçi örindagi Anish Giridan 1,5 oçko oldinda marraga yetib keldi.

Javohirning 14 partiyasi:
1-tur. Andrey Esipenko (oq) — ğalaba
2-tur. Matthias Blübaum (oq) — durang
3-tur. Praggnanandhaa Rameshbabu (qora) — ğalaba
4-tur. Fabiano Caruana (oq) — ğalaba
5-tur. Hikaru Nakamura (qora) — ğalaba
6-tur. Wei Yi (qora) — ğalaba
7-tur. Anish Giri (oq) — durang
8-tur. Andrey Esipenko (qora) — durang
9-tur. Matthias Blübaum (qora) — durang
10-tur. Praggnanandhaa Rameshbabu (oq) — ğalaba
11-tur. Fabiano Caruana (qora) — durang
12-tur. Hikaru Nakamura (oq) — durang
13-tur. Anish Giri (qora) — durang
14-tur. Wei Yi (oq) — durang

Yakuniy jadval (ilk uçlik):
1. Javohir Sindarov — 10 oçko
2. Anish Giri — 8,5 oçko
3. Fabiano Caruana — 7,5 oçko

Endi navbat — 24-noyabrda Jenevada boşlanadigan jahon çempionligi matçiga. Javohirning raqibi — amaldagi jahon çempioni Gukesh Dommaraju.

Jahon toji uchun bahsga 17 kun qoldi!


🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook
🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzChess
Gukesh – Sindarov: Jahon çempionligi maçida vaqt nazorati qanday böladi?

FIDE 2026-yilgi jahon çempionligi maçida qöllaniladigan vaqt nazoratini tasdiqladi.

Har bir şahmatçiga dastlabki 40 ta yurişni amalga oşiriş uçun 120 daqiqa (2 soat) beriladi.

40-yurişdan söng har bir şahmatçining soatiga yana 30 daqiqa qoşiladi. Bu vaqt partiyaning qolgan qismi uçun möljallangan.

41-yurişdan boşlab esa har bir yuriş uçun qoşimça 30 soniyadan vaqt berib boriladi.


👉Muhim jihati, dastlabki 40 ta yuriş davomida hech qanday qoşimça vaqt berilmaydi. Şu sababli şahmatçilar vaqtni töğri taqsimlaşga alohida e’tibor qaratişlari kerak böladi.

Jahon çempionligi maçi 24-noyabr kuni Jenevada boşlanadi va köpi bilan 14 ta klassik partiyadan iborat böladi.

🔖Jahon toji uçun bahsga 16 kun qoldi!


📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram
📱Chesscom 📱Ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jahon toji uçun bahs: vaqt nazorati e'lon qilindi

Gukesh Dommaraju va Javohir Sindarov örtasidagi jahon çempionligi matçida har bir partiya quyidagi tartibda öynaladi:

— Dastlabki 40 yuriş uçun har bir şaxmatçiga 120 daqiqa beriladi;
— 40-yurişdan keyin partiya oxirigaça yana 30 daqiqa qöşiladi;
— 41-yurişdan boşlab har bir yuriş uçun 30 soniyadan qöşib boriladi.

Bu klassik şaxmatdagi eng uzun vaqt nazoratlaridan biri. Bitta partiya 5 soatdan ham oşiq davom etişi mumkin.

Matç haqida:
— Sana: 24-noyabr — 12-dekabr
— Joy: Jeneva, Şveysariya
— Format: 14 ta klassik partiya
— Kim birinçi bölib 7,5 oçko töplasa, jahon çempioni böladi
— Hisob 7:7 bölsa, ğolib tay-breykda aniqlanadi
— Sovrin jamğarmasi: 2,5 million AQŞ dollari

Jahon toji uchun bahsga 17 kun qoldi!


🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JAHON KUBOGINING ENG YOŞ VA ILK ÖZBEK ĞOLIBI

2025-yil 26-noyabr Özbekiston şaxmati tarixiga oltin harflar bilan yozildi. Hindistonning Goa şahrida bölib ötgan FIDE Jahon kubogida Javohir Sindarov ğolib çiqdi!

Musobaqa haqida:

Turnirda 82 mamlakatdan 206 nafar kuçli şaxmatçi işirok etdi. Musobaqa 8 bosqiçli nokaut tizimida ötkazildi, ya'ni har bir matçda yutqazgan öyinçi turnirni tark etardi.

Ğalaba sari yöl:

Javohir yarim finalda vatandoşi Nodirbek Yokubboyevni ortda qoldirdi. Finalda esa xitoylik kuçli grossmeyster Wei Yi bilan uçraşdi. Klassik partiyalar durang bilan yakunlangaç, barçasi tay-brekda hal böldi. Javohir tezkor şaxmatda 1,5–0,5 hisobida ğalaba qozonib, kubokni qölga kiritdi!

Tarixiy raqamlar:

🔹 Ğalaba qozongan kuni yoşi: 19 yoş, 11 oy, 18 kun
🔹 Musobaqa tarixidagi eng yoş çempion
🔹 Jahon kubogini yutgan ilk özbek şaxmatçi

Jahon toji uchun bahsga 16 kun qoldi!


Javohirni birgalikda qöllab-quvvatlaymiz! 🇺🇿

🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 PARA ŞAXMATÇILARIMIZ OSIYO ÇEMPIONATIDAN ĞALABA BILAN QAYTIŞDI!

Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida ötgan imkoniyati çeklangan şaxmatçilar örtasidagi 4-Osiyo çempionati iştirokçilari bugun, 8-noyabr kuni vatanga qaytişdi. Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida ularni Özbekiston Şaxmat federatsiyasi vakillari, murabbiylar va yaqinlari kutib olişdi.

Federatsiya tomonidan çempion va sovrindorlarga sovğa-salomlar topşirildi

Musobaqada Osiyoning 6 ta jamoasidan 50 nafar şaxmatçi bellaşdi. Mamlakatimiz şarafini 18 nafar sportçi himoya qildi va jami 35 ta medal qölga kiritdi:
🥇 15 ta oltin
🥈 13 ta kumuş
🥉 7 ta bronza

Klassik şaxmatda terma jamoamiz 12 ta medal (5 oltin, 4 kumuş, 3 bronza) bilan umumjamoa hisobida 1-örinni egalladi!

Sovrindorlarimiz:
Ikromaliyeva Saboxat 🥇🥇🥇
Kimsanboyev Axadxon 🥇🥇🥈
Otamurodov Nurlan 🥇🥇🥉
Abdullayeva Aydana 🥇🥇🥈
Abdumutalipova Farzona 🥇🥇🥈
Olimjanova Zuhra 🥇🥈🥈
Amonova Aziza 🥇🥈🥈
Axmadxonov Abbosxon 🥇🥈🥉
Normuminov Uralbek 🥇🥈
Davronbekov Kamron 🥈🥈
Şarofova Rayxona 🥈🥈
Iskandarova Azizaxon 🥉🥉🥉
Ergaşov Nurmuhammad 🥉🥉

Sportçilarimizni va ularning murabbiylarini uşbu yuksak natija bilan çin qalbimizdan tabriklaymiz! Sizlar iroda va matonat har qanday tösiqdan kuçli ekanini yana bir bor isbotladingiz.

Jahon toji uchun bahsga 16 kun qoldi!


🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
53 ta ÖYIN — BIRORTA HAM MAĞLUBIYAT YÖQ !

Javohir Sindarov klassik şaxmatda ketma-ket 53 ta partiyada birorta ham mağlubiyatga uçramadi. Bu seriya 2025-yil sentabridan 2026-yil mayigaça, deyarli 8 oy davom etdi.

Bu şunçaki raqam emas. Şu davrda Javohir dunyoning eng kuçli turnirlarida birin-ketin ğalaba qozondi.

Seriya davomidagi natijalar:

🔹 FIDE Grand Swiss 2025 (Samarqand) — sönggi 8 ta partiya mağlubiyatsiz !
🔹 Chess Bundesliga — 2 ta partiya mağlubiyatsiz !
🔹 FIDE Jahon kubogi 2025 — 14 ta partiya mağlubiyatsiz ! Javohir kubokni qöliga oldi!
🔹 Tata Steel Chess 2026 — 14 ta partiya mağlubiyatsiz ! Nodirbek Abdusattorovdan keyin 2-örin
🔹 FIDE Nomzodlar turniri 2026 — 14 ta partiya mağlubiyatsiz : 6 ta ğalaba, 8 ta durang. Turnirni bir tur oldin yutib qöydi!
🔹 Super Chess Classic Romania — 1 ta partiya mağlubiyatsiz !

Endi eng katta sinov oldinda: Javohir Jahon çempionligi uçun Gukeshga qarşi öynaydi. Butun Özbekiston uni qöllab-quvvatlaydi!

Jahon toji uchun bahsga 15 kun qoldi!


🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil 10–17-noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahrida şaxmat böyiça Osiyo Millatlar kubogi ötkaziladi.

Musobaqada Özbekiston terma jamoasi quyidagi şaxmatçilar bilan iştirok etadi.

ERKAKLAR:
GM Humoyun Begmuratov — 2517
IM Muhammadali Abdurahmonov — 2406
IM Bahrom Baxrillayev —2400
FM Abdumajid Botiraliyev — 2368

AYOLLAR:
WGM Afruza Hamdamova — 2447
IM Gulruxbegim Tohirjonova — 2349
WGM Umida Omonova — 2310
WFM Nilufarxon Imomquzieva — 2305
WIM Guldona Karimova — 2264

Musobaqa 9 turdan iborat jamoaviy Şveytsariya tizimida ötkaziladi.

Partiyalar uçun har bir şaxmatchiga 90 daqiqa va har bir yuriş uçun 30 soniyadan vaqt qöşiladi.

📍Manzil: Abu-Dabi, BAA

🗓 Sana: 10–17-noyabr, 2026-yil

Özbekiston terma jamoasiga musobaqada omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Jahon toji uchun bahsga 15 kun qoldi!


🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Budapeştda yangi format: Total Chess World Championship Tour 2026 🇭🇺

10-noyabr kuni Vengriyaning Budapest şahrida yangi formatdagi Total Chess World Championship Tour 2026 (Pilot) musobaqasi start oladi.

🇺🇿 Nufuzli musobaqada Özbekiston şarafini grossmeyster Nodirbek Abdusattorov himoya qiladi. 2026-yil noyabr oyidagi FIDE standart reytingida dunyoning 5-raqamli şaxmatçisi sifatida qayd etilgan hamyurtimiz Magnus Carlsen, Fabiano Caruana, Alireza Firouzja, Arjun Erigaisi, Praggnanandhaa va boşqa kuçli grossmeysterlar bilan bir maydonda bahs olib boradi.

Musobaqa haqida:
Sana: 10–20-noyabr, 2026-yil
Manzil: Anantara New York Palace Hotel, Budapeşt, Vengriya
Iştirokçilar: 24 nafar kuçli şaxmatçi

Musobaqa formati:
Total Chess şaxmatning uç xil vaqt nazoratini yagona musobaqada birlaştiradi:
🔹 Fast Classic — 45 daqiqa + har yurişga 30 soniya
🔹 Rapid — 15 daqiqa + har yurişga 10 soniya
🔹 Blitz — 3 daqiqa + har yurişga 2 soniya

Musobaqa bosqiçlari:

1. 10-noyabr — blits turniri.Barça 24 iştirokçi 9 raundlik blits turnirida qatnaşadi. Uning natijalari guruh bosqiçidagi tay-brek tartibini belgilaşda foydalaniladi.

2. 11–15-noyabr — guruh bosqiçi. 24 nafar şaxmatçi 6 nafardan iborat 4 guruhga bölinib, ikki davrali aylana tizimida Fast Classic formatida bahs olib boradi. Har bir iştirokçi 10 ta partiya öynaydi. Ğalaba uçun 3 oçko, durang uçun 1 oçko beriladi.

3. 17–20-noyabr — pley-off. Şaxmatçilar blits, rapid va Fast Classic formatlarida özaro kuç sinaşadi.

Mazkur musobaqa 2027-yil mart oyida boşlanişi rejalaştirilgan Total Chess World Championship Tour loyihasining sinov bosqiçi hisoblanadi. Kelgusida tur yakunida FIDE World Combined Champion unvoni uçun kuraş olib boriladi.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovga uşbu nufuzli musobaqada omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Jahon toji uchun bahsga 15 kun qoldi!


🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Röyxatdan ötiş yakunlanişiga atigi 3 kun qoldi!

President Cup musobaqasida iştirok etişni rejalaştirgan şaxmatçilar diqqatiga!

Jahon şaxmatining yorqin yulduzlari iştirok etadigan nufuzli musobaqada iştirok etiş imkoniyatini qöldan boy bermang!

Şuningdek,nizomga muvofiq,Özbekiston fuqarosi bölgan ayollar, 60 yoşdan oşgan faxriylar hamda nogironligi bölgan şaxslarga turnir badalidan 50 foizlik çegirma taqdim etiladi.

📌 Musobaqa nizomi bilan tanişiş va röyxatdan ötiş:
https://presidentcup.uz

Jahon toji uchun bahsga 15 kun qoldi!

🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt