♟🏆 USS CHESS 🏆♟ shaxmat maktabi
30 subscribers
6.32K photos
360 videos
136 files
1.54K links
Chempion bo'lmoqchimisan unda USSCHESS shaxmat maktabi sen uchun!!!

@usschess

Murojat uchun tel: 90.229-59-65
Download Telegram
Forwarded from UzChess
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston birinchi terma jamoasi tarkibi
|
⚡Samarqand mezbonlik qiladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochiq (open) yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi O‘zbekiston-1 asosiy terma jamoasi tarkibi rasman e’lon qilindi.

🔥Mazkur tarkib 2022-yili Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan chempion tarkib bilan deyarli bir xil. Yagona o‘zgarish — Jahongir Vahidov o‘rniga bu gal jamoaga yosh grossmeyster Muhiddin Madaminov jalb etildi.

O‘zbekiston-1 jamoasi tarkibi:
GM Javohir Sindarov — 2778
GM Nodirbek Abdusattorov — 2762
GM Nodirbek Yoqubboyev — 2685
GM Shamsiddin Vohidov — 2654
GM Muhiddin Madaminov — 2611
Jamoa murabbiyi (kapitan): GM Rustam Qosimjonov

🤔O‘z zaminimizda, o‘z muxlislarimiz qarshisida bosh sovrinni himoya qilish va uni o‘z uyimizda qoldirish uchun kurashadigan shaxmatchilarimizga yuksak g‘alabalar tilaymiz. Sizningcha, ushbu tarkib Samarqandda yana bir bor oltin medalni qo‘lga kirita oladimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 1 kun qoldi


YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzChess
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi | Rasmiy matbuot anjumani

⚡Samarqand shahrida o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasidagi rasmiy matbuot anjumanini jonli efirda tomosha qiling. Musobaqaning borishi, tashkiliy jarayonlar, jamoalarning imkoniyatlari va boshqa muhim yangiliklar yuzasidan rasmiy shaxslar hamda mutaxassislarning fikrlari bilan tanishing.

🔴jonli efir

🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 1 kun qoldi


YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzChess
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi | Tantanali ochilish marosimi

⚡Samarqand shahrida start olayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining rasmiy tantanali ochilish marosimini jonli efirda tomosha qiling.

🔴jonli efir

🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 1 kun qoldi


YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
Yurtboshimizning 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi qatnashchilariga tabrigi

@alisher_sadullaev
Forwarded from Sport vazirligi
Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.

Shuningdek,  FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anand so‘zga chiqib, olimpiada ishtirokchilarini qutladi hamda Markaziy Osiyo mamlakati - O‘zbekiston tarixida ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qilayotganini taʼkidladi.

Bu yilgi Olimpiada ishtirokchilar va jamoalar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Musobaqada jami 397 ta jamoa, jumladan, erkaklar (Open) guruhida 207 ta va ayollar guruhida 190 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Bellashuvlarda 1970 nafar shaxmatchi, shu jumladan, 238 nafar grossmeyster ishtirok etmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida xalqaro shaxmat tashkilotlari, xorijiy delegatsiyalar, terma jamoalar vakillari hamda sport jamoatchiligi ishtirok etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiadada kuchli tarkib bilan qatnashmoqda. Erkaklar jamoasi safida jahon reytingining kuchli o‘nligidan joy olgan Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov, shuningdek, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov hamda FIDE Jahon chempioni Rustam Qosimjonov ishtirok etmoqda.

Ayollar terma jamoasi tarkibida esa Afruza Xamdamova, Gulruhbegim Toxirjonova va mamlakatimiz shaxmat maktabining boshqa iqtidorli vakillari O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.

Shuningdek, Samarqandda 3-Parashaxmat olimpiadasi ham o‘tkazilmoqda. Unda 41 ta jamoa va 198 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Mazkur ko‘rsatkich Parashaxmat olimpiadasi tarixidagi eng yuqori natija bo‘lib, musobaqa inklyuziv sportni rivojlantirish va shaxmatning barcha uchun ochiq sport turi sifatidagi nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Olimpiada bilan bir qatorda, 19–28-sentyabr kunlari Samarqandda 97-FIDE Kongressi ham bo‘lib o‘tadi. Unda 200 dan ortiq shaxmat federatsiyalari rahbarlarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Tarixiy Samarqandda ushbu nufuzli tadbirlarning o‘tkazilishi O‘zbekistonning yirik xalqaro sport va intellektual musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish salohiyatini yana bir bor namoyon etmoqda.

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 27-sentyabrga qadar davom etadi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi qatnashchilariga tabrik
—
Поздравление участникам 46-й Всемирной шахматной олимпиады

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from UzChess
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 1-tur juftliklari!

⚡️Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli musobaqaning 1-tur uchrashuvlari ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoalarining dastlabki raqiblari bilan tanishing:

🇯🇲Yamayka — O‘zbekiston🇺🇿
🇺🇿O‘zbekiston 2 — Afg‘oniston🇦🇫
🇲🇱Mali — O‘zbekiston 3 🇺🇿

Barcha jamoalarimizga omad tilaymiz!

YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tarixda ilk bor: O‘zbekiston parashaxmat olimpiadasida 3-o‘rinni egalladi

Samarqand shahrida bo’lib o’tayotgan 3-shaxmat paralimpiadasida 36 ta davlatdan 41 ta jamoa va 164 nafar yetakchi shaxmatchi ishtirok etgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta tarkib bilan qatnashdi.

Hal qiluvchi 7-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Isroil terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra Polsha 1-o‘rin, Kuba 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, O‘zbekiston paraterma jamoasi 11 ochko bilan 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Bu — O‘zbekiston parashaxmati tarixida ilk bor Olimpiadada qo‘lga kiritilgan bronza medalidir.

Samarqand mezbonlik qilgan 3-Parashaxmat olimpiadasi jamoalar soni va ishtirokchilar qamrovi bo‘yicha ham rekord natija qayd etdi.

#Samarqand #Shaxmat #Paralimpiada #FIDE

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt