Forwarded from Uzbekistan chess federation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi III shaxmat paralimpiadasida o‘yinlarga start berildi.
#Samarqand #Shaxmat #Paralimpiada #FIDE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzChess
♟ III shaxmat paralimpiadasi: 2-tur natijalari!
Samarqand shahrida davom etayotgan nufuzli musobaqaning 2-turida terma jamoalarimiz quyidagi o‘yinlarni o‘tkazishdi:
🔴 O‘zbekiston 1 jamoasi o‘rtacha reytingda 9-o‘rinni egallab turgan kuchli AQSh terma jamoasiga qarshi bahsda (o‘zining o‘rtacha reytingi 20-o‘rinda bo‘lishiga qaramay) mardona kurash olib borib, 2 – 2 hisobida durangga erishdi! Bu uchrashuvda Shayusupov Marsel g‘alaba qozondi, Kimsanboyev Axadxon hamda Mamarajabov Sardorbek o‘z o‘yinlarida durang qayd etishdi.
🔴 O‘zbekiston 3 jamoasi kuchli Hindiston terma jamoasiga qarshi bahsda ½ – 3½ hisobida imkoniyatni boy berdi (Ergashov Nurmuhammad durang o‘ynadi).
🔴 O‘zbekiston 2 jamoasi esa IPCA jamoasiga qarshi o‘yinda 1 – 3 hisobida mag‘lub bo‘ldi (Bahodirov Abdulaziz raqibini mag‘lub etib, jamoamizga ochko olib keldi).
Vakillarimizga keyingi turlarda faqat zafarlar tilaymiz!
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Samarqand shahrida davom etayotgan nufuzli musobaqaning 2-turida terma jamoalarimiz quyidagi o‘yinlarni o‘tkazishdi:
Vakillarimizga keyingi turlarda faqat zafarlar tilaymiz!
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 4 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzChess
III shaxmat paralimpiadasi: 2-turdan turnir jadvali!
⚡ Samarqand shahrida o‘tayotgan nufuzli musobaqaning 2-turidan so‘ng IBCA jamoasi 4 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
🇺🇿 O‘zbekiston 1 jamoamiz esa 3 ochko jamg‘argan holda kuchli o‘nlikda — 10-pog‘onani band etgan.
🤝 Vakillarimizga keyingi tur bahslarida faqat zafarlar tilaymiz!
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 4 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan chess federation
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston-1 ayollar terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi.
O‘zbekiston-1 ayollar terma jamoasi:
Jamoa murabbiyi: Nafisa Mo‘minova
1. WGM Afruza Hamdamova — 2443
2. IM Gulruhbegim Tohirjonova — 2357
3. WGM Umida Omonova — 2297
4. WFM Nilufarxon Imomqo‘ziyeva — 2281
5. WIM Guldona Karimova — 2242
Endi barcha e’tibor Samarqandga qaratiladi. Terma jamoamizga Olimpiadada munosib ishtirok va yuqori natija tilaymiz.
#ChessOlympiad #Samarkand
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan chess federation
O‘zbekiston-1 — Xorvatiya 1½:2½ | Kakishova Selbi — g‘alaba, Kimsanboyev Axadxon — durang.
O‘zbekiston-3 — Bangladesh 2:2 | Azimjonov Abdurahmon va Ergashov Nurmuhammad — g‘alaba.
O‘zbekiston-2 — Keniya 3:1 | Ikromalieva Sabokhat va Bakhodirov Abdulaziz — g‘alaba, Gulamov Ilkhom va Normuminov Uralbek — durang.
#Samarqand #Shaxmat #Paralimpiada #FIDE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzChess
Samarqand Olimpiadasi sari: Hindistonda mash’ala estafetasi bo‘lib o‘tdi!
⚡ Hindistonda an’anaviy Mash’ala estafetasi marosimi o‘tkazildi. Unda FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anand va Hindiston shaxmat federatsiyasi prezidenti Nitin Narang olimpiada olovini olib keluvchi mash’alani hamyurtimiz Javohir Sindarovga tantanali ravishda topshirishdi.
👉 Endilikda ushbu ramziy olov Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga yetkaziladi.
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 2 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
♟ Shaxmat bo‘yicha 2026-yilgi Jahon toji uchun bahsning mukofot jamg‘armasi e’lon qilindi
FIDE amaldagi jahon chempioni 🇮🇳 Gukesh D va da’vogar, hamyurtimiz 🇺🇿 Javohir Sindorov o‘rtasidagi jahon chempionligi uchrashuvining rasmiy reglamentini tasdiqladi.
Bahs 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi, agar qaysidir shaxmatchi 7,5 ochko to‘plasa, bahs muddatidan oldin yakunlanadi. Agar 14 ta partiyada hisob teng kelsa, g‘olib tay-breklar orqali aniqlanadi.
Turnirning jami mukofot jamg‘armasi 2,5 mln AQSh dollari bo‘ladi, har bir g‘alaba uchun 200 ming dollar beriladi.
❓Pul qanday taqsimlanadi?
Avval har bir shaxmatchiga yutgan partiyasi uchun 200 ming dollardan ajratiladi. Jamg‘armada qolgan pul esa ikkala ishtirokchiga teng bo‘lib beriladi.
Masalan: bir shaxmatchi 3 ta, raqibi 2 ta partiyada g‘alaba qozondi, qolgan 9 ta partiya durang bo‘ldi.
Bunda g‘alabalar uchun birinchisiga 600 ming, ikkinchisiga 400 ming dollar ajratiladi. Qolgan 1,5 million dollar teng bo‘linadi — har biriga yana 750 ming dollardan.
Natijada:
🏆 Chempion — 1 million 350 ming dollar;
🥈 Ikkinchi o‘rin sohibi — 1 million 150 ming dollar oladi.
Istisnolar ham bor. Quyidagi holatlarda chempionga 1,3 million, raqibiga 1,2 million dollar beriladi:
• g‘olib tay-brekda aniqlansa;
• 13 ta partiya g‘alaba bilan, bittasi durang bilan tugab, yakuniy hisob 7,5:6,5 bo‘lsa;
• barcha 14 ta partiya g‘alaba bilan tugab, yakuniy hisob 8:6 bo‘lsa.
Demak, odatiy tartibda mukofot miqdori shaxmatchining nechta partiyada g‘alaba qozonganiga bog‘liq bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈

Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
♟ SAMARQANDDA SHAXMATNING ENG KATTA BAYRAMI!
Dunyodagi eng kuchli shaxmatchilar bir maydonda. Endi esa siz ham bu tarixiy voqeaning bevosita guvohi bo‘lishingiz mumkin!
🇺🇿 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasi Samarqandda bo‘lib o‘tmoqda. Bu nafaqat shaxmat musobaqasi, balki dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yoshlar va shaxmat ishqibozlari uchun noyob uchrashuv maydoni.
Yoshlar ishlari agentligidan maxsus taklifnoma oling va Olimpiadani bevosita tomosha qiling.
📅 16–27 sentyabr
🕒 15:00–17:00
📍 “Buyuk Ipak Yo‘li” xalqaro ko‘rgazma markazi, Samarqand
👉 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
chess-ticket.uz/uz
Joyingizni hoziroq band qiling va Samarqandda jahon shaxmat tarixining bir qismiga aylaning!
#Samarqand2026 #ChessOlympiad #FIDE #ShaxmatOlimpiadasi #YouthUzbekistan
🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 🔹 Linkedin 🌍 Vebsayt

♟️Butun dunyo shaxmati nigohi Oʻzbekistonga qaratiladi!
15-27-sentabr kunlari qadimiy Samarqand zaminida dunyo shaxmat tarixidagi eng yirik voqealardan biri — 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi boʻlib oʻtadi!
Mamlakatimiz ilk bor ushbu nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmoqda. Ushbu shaxmat bayramining haqiqiy energiyasini va hayajonini har bir yurtdoshimiz his qilishi uchun mamlakatimizning barcha viloyatlarida maxsus Fan zonalari oʻz ishini boshlaydi!
• Qoraqalpog'iston Respublikasi
• Andijon viloyati
• Buxoro viloyati
• Jizzax viloyati
• Qashqadaryo viloyati
• Navoiy viloyati
• Namangan viloyati
• Samarqand viloyati
• Sirdaryo viloyati
• Surxondaryo viloyati
• Toshkent viloyati
• Farg'ona viloyati
• Xorazm viloyati
• Toshkent shahar
Oʻzbekiston shaxmatchilarining ushbu tarixiy jangiga guvoh boʻling!

O‘zbekiston-2 terma jamoasining tarkibi!
⚡Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi O‘zbekiston-2 (Open) jamoasining rasmiy ro‘yxati e’lon qilindi. Pavel Eljanov boshqaruvidagi mazkur jamoadan quyidagi mahoratli shaxmatchilar o‘rin olgan:
🔴GM Abdisalimov Abdimalik (2548)
🔴GM Suyarov Mukhammadzokhid (2540)
🔴GM Vakhidov Jakhongir (2527)
🔴GM Begmuratov Khumoyun (2514)
🔴GM Nigmatov Ortik (2484)
Vakillarimizga kelgusi shiddatli bahslarda kuch, g‘ayrat va ulkan zafarlar tilaymiz!
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
⚡Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi O‘zbekiston-2 (Open) jamoasining rasmiy ro‘yxati e’lon qilindi. Pavel Eljanov boshqaruvidagi mazkur jamoadan quyidagi mahoratli shaxmatchilar o‘rin olgan:
🔴GM Abdisalimov Abdimalik (2548)
🔴GM Suyarov Mukhammadzokhid (2540)
🔴GM Vakhidov Jakhongir (2527)
🔴GM Begmuratov Khumoyun (2514)
🔴GM Nigmatov Ortik (2484)
Vakillarimizga kelgusi shiddatli bahslarda kuch, g‘ayrat va ulkan zafarlar tilaymiz!
🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 1 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
O‘zbekiston-3 jamoasining tarkibi e’lon qilindi!
⚡46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi O‘zbekiston-3 (Open) jamoasining rasmiy tarkibi ma’lum bo‘ldi. Tajribali murabbiy Murtas Kazhgaleyev boshchiligidagi yigitlarimiz ro‘yxati bilan tanishing:
🔴IM Saydaliev Saidakbar (2475)
🔴IM Rahmatullayev Almas (2418)
🔴IM Bahrillayev Bahrom (2412)
🔴IM Abdurahmonov Muhammadali (2390)
🔴IM Omonov Asrorjon (2347)
Vakillarimizga musobaqada ulkan zafarlar tilaymiz!

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston birinchi terma jamoasi tarkibi
|
⚡ Samarqand mezbonlik qiladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochiq (open) yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi O‘zbekiston-1 asosiy terma jamoasi tarkibi rasman e’lon qilindi.
🔥 Mazkur tarkib 2022-yili Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan chempion tarkib bilan deyarli bir xil. Yagona o‘zgarish — Jahongir Vahidov o‘rniga bu gal jamoaga yosh grossmeyster Muhiddin Madaminov jalb etildi.
O‘zbekiston-1 jamoasi tarkibi:
GM Javohir Sindarov — 2778
GM Nodirbek Abdusattorov — 2762
GM Nodirbek Yoqubboyev — 2685
GM Shamsiddin Vohidov — 2654
GM Muhiddin Madaminov — 2611
Jamoa murabbiyi (kapitan): GM Rustam Qosimjonov
🤔 O‘z zaminimizda, o‘z muxlislarimiz qarshisida bosh sovrinni himoya qilish va uni o‘z uyimizda qoldirish uchun kurashadigan shaxmatchilarimizga yuksak g‘alabalar tilaymiz. Sizningcha, ushbu tarkib Samarqandda yana bir bor oltin medalni qo‘lga kirita oladimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
|
O‘zbekiston-1 jamoasi tarkibi:
GM Javohir Sindarov — 2778
GM Nodirbek Abdusattorov — 2762
GM Nodirbek Yoqubboyev — 2685
GM Shamsiddin Vohidov — 2654
GM Muhiddin Madaminov — 2611
Jamoa murabbiyi (kapitan): GM Rustam Qosimjonov
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 1 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzChess
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi | Rasmiy matbuot anjumani
⚡ Samarqand shahrida o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasidagi rasmiy matbuot anjumanini jonli efirda tomosha qiling. Musobaqaning borishi, tashkiliy jarayonlar, jamoalarning imkoniyatlari va boshqa muhim yangiliklar yuzasidan rasmiy shaxslar hamda mutaxassislarning fikrlari bilan tanishing.
🔴 jonli efir
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 1 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzChess
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi | Tantanali ochilish marosimi
⚡ Samarqand shahrida start olayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining rasmiy tantanali ochilish marosimini jonli efirda tomosha qiling.
🔴 jonli efir
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 1 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
Forwarded from Sport vazirligi
Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anand so‘zga chiqib, olimpiada ishtirokchilarini qutladi hamda Markaziy Osiyo mamlakati - O‘zbekiston tarixida ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qilayotganini taʼkidladi.
Bu yilgi Olimpiada ishtirokchilar va jamoalar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Musobaqada jami 397 ta jamoa, jumladan, erkaklar (Open) guruhida 207 ta va ayollar guruhida 190 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Bellashuvlarda 1970 nafar shaxmatchi, shu jumladan, 238 nafar grossmeyster ishtirok etmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimida xalqaro shaxmat tashkilotlari, xorijiy delegatsiyalar, terma jamoalar vakillari hamda sport jamoatchiligi ishtirok etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiadada kuchli tarkib bilan qatnashmoqda. Erkaklar jamoasi safida jahon reytingining kuchli o‘nligidan joy olgan Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov, shuningdek, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov hamda FIDE Jahon chempioni Rustam Qosimjonov ishtirok etmoqda.
Ayollar terma jamoasi tarkibida esa Afruza Xamdamova, Gulruhbegim Toxirjonova va mamlakatimiz shaxmat maktabining boshqa iqtidorli vakillari O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.
Shuningdek, Samarqandda 3-Parashaxmat olimpiadasi ham o‘tkazilmoqda. Unda 41 ta jamoa va 198 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Mazkur ko‘rsatkich Parashaxmat olimpiadasi tarixidagi eng yuqori natija bo‘lib, musobaqa inklyuziv sportni rivojlantirish va shaxmatning barcha uchun ochiq sport turi sifatidagi nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Olimpiada bilan bir qatorda, 19–28-sentyabr kunlari Samarqandda 97-FIDE Kongressi ham bo‘lib o‘tadi. Unda 200 dan ortiq shaxmat federatsiyalari rahbarlarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Tarixiy Samarqandda ushbu nufuzli tadbirlarning o‘tkazilishi O‘zbekistonning yirik xalqaro sport va intellektual musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish salohiyatini yana bir bor namoyon etmoqda.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 27-sentyabrga qadar davom etadi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube