Forwarded from 🏆🥇USS CHESS SCHOOL🥇🏆
🇺🇿 USS CHESS SCHOOL jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi! 🎉
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!
Har bir xonadonga fayz-u baraka, baxt va quvonch kirib kelsin! ♟️🇺🇿
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 💚🤍💙
@uss_chess_school
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!
Har bir xonadonga fayz-u baraka, baxt va quvonch kirib kelsin! ♟️🇺🇿
@uss_chess_school
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan chess federation
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng nufuzli shaxmat musobaqalaridan biri — FIDE Shaxmat Olimpiadasini qabul qilmoqda.
Joriy yilning 15–27-sentabr kunlari Samarqanddagi Silk Road Samarkand xalqaro ko‘rgazma markazida 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada 400 ga yaqin terma jamoa hamda 4 000 dan ortiq shaxmatchi, murabbiy va delegatsiya a’zolari ishtirok etadi. Bellashuvlar ochiq va ayollar toifalarida 11 turdan iborat bo‘ladi.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 15 kun qoldi
Batafsil ma’lumot — turnirning rasmiy saytida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzChess
Narendra Modi Shavkat Mirziyoyevga Javohir Sindarovning tarixiy blankasini sovg‘a qildi!
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyevga o‘ziga xos va tarixiy sovg‘a topshirdi.
Bu — hamyurtimiz grossmeyster Javohir Sindarovning Goadagi FIDE Jahon kubogi-2025 finalida o‘z qo‘li bilan yozgan asl partiya blankasidir.
Eslatib o‘tamiz, Javohir ushbu tarixiy finalda xitoylik Vey Ini mag‘lub etib, FIDE Jahon kubogi tarixidagi eng yosh chempionga aylangan va Nomzodlar turniriga yo‘llanma olgan edi.
Tarixiy partiya yurishlari qayd etilgan ushbu qimmatbaho esdalik charm muqovada, Javohirning yelkasiga O‘zbekiston bayrog‘ini yopgan holdagi surati bilan birga taqdim etildi.
Hindiston shaxmat federatsiyasi (AICF) ushbu voqeani ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlikni bog‘lovchi haqiqiy shaxmat diplomatiyasi deb atamoqda.
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova

🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 14 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan chess federation
Shu yilning, 2–7-sentyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ishtirokida ikki xalqaro shaxmat matchi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yakubboev Eronlik grossmeyster Amin Tabatabaeiga qarshi, Muhiddin Madaminov esa Ozarbayjonlik grossmeyster Aydin Suleymanliga qarshi bahs olib bormoqda.
Uchrashuvning umumiy mukofot jamg‘armasi 20 000 AQSh dollarini tashkil etadi. G‘olib 12 000 AQSh dollari, mag‘lub ishtirokchi esa 8 000 AQSh dollari miqdorida mukofot oladi.
Mazkur xalqaro matchlar O‘zbekiston terma jamoasining bo‘lajak Olimpiadaga tayyorgarligi doirasida tashkil etilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan chess federation
Joriy yilning, 29-oktabrdan 8-noyabrgacha Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha 4-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada ko‘rish, eshitish va tayanch-harakat apparati bilan bog‘liq cheklovlari bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etadi. Arizalar rasmiy onlayn platforma orqali qabul qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Nizomlar (pdf)

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida Samarqand shahrida yana 2 ta FIDE Arbiterlik seminari tashkil etiladi.
1-seminar: 18–21-sentyabr kunlari
2-seminar: 22–25-sentyabr kunlari
Seminarlarda faqat National Arbiter (NA) unvoniga ega hakamlar ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchilar soni cheklangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan chess federation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning, 15-sentyabr kuni Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start beriladi.
1927-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqa tarixida Markaziy Osiyo ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qiladi.
Bu yilgi olimpiada ishtirokchilar va jamoalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatishi kutilmoqda. Musobaqada jami 396 ta jamoa ishtirok etadi. Shu tariqa, 2024-yil Budapeshtda qayd etilgan 380 ta jamoalik rekord yangilanadi.
Batafsil ma’lumot — turnirning rasmiy saytida.
#ChessOlympiad2026
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan chess federation
Grossmeysterimiz Javohir Sindarov Live Rapid (tezkor shaxmat) reytingida 4 pog‘ona yuqorilab, 2742.6 ochko bilan dunyo bo‘yicha 2-o‘ringa ko‘tarildi.
Hamyurtimiz so‘nggi bellashuvlarda +10.6 reyting ochkosini qo‘lga kiritib, dunyoning eng kuchli shaxmatchilari — Ian Nepomniachtchi, Hikaru Nakamura va Alireza Firouzjalarni ortda qoldirishga erishdi.
Top-5 Live Rapid reytingi:🇳🇴 Magnus Carlsen — 2806.5 (+3.5)🇺🇿 Javohir Sindarov — 2742.6 (+10.6)🏳️ Ian Nepomniachtchi — 2740.2 (+11.2)🇺🇸 Hikaru Nakamura — 2738.0 (0.0)🇫🇷 Alireza Firouzja — 2736.8 (-11.2)
Yosh va mahoratli grossmeysterimizga kelgusi nufuzli musobaqalarda ham omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Batafsil va jonli reyting: 2700chess.com/rapid
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jizzax viloyati Sport boşqarmasi
🗣Samarqand III Parashaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi
✍️ 10–18-sentyabr kunlari Samarqand shahrida III Parashaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
♟ Bu yilgi musobaqada 35 ta davlatdan 41 ta jamoa va 196 nafar shaxmatchi ishtirok etadi. Ularning 150 nafari erkaklar, 46 nafari ayollar.
♟ 41 ta jamoa — Parashaxmat Olimpiadasi tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Taqqoslash uchun, Belgrad-2023da 26 ta, Ostona-2024da 34 ta jamoa qatnashgan.
🏆 Bellashuvlar Shveysarcha tizim asosida 7 turda o‘tkaziladi.
♟ Musobaqaning bu yilgi keng ko‘lami mamlakatimizda inklyuziv sportni rivojlantirish, para sportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda shaxmatning barcha uchun ochiq intellektual sport sifatidagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.
♟ Samarqandda o‘tkazilayotgan III Parashaxmat Olimpiadasi nafaqat sport, balki teng imkoniyatlar va inklyuziv jamiyat tamoyillarini mustahkamlash nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🌐 Web-sayt |📝 Telegram |📝 Facebook |💻 Instagram |
✍️ 10–18-sentyabr kunlari Samarqand shahrida III Parashaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
♟ Bu yilgi musobaqada 35 ta davlatdan 41 ta jamoa va 196 nafar shaxmatchi ishtirok etadi. Ularning 150 nafari erkaklar, 46 nafari ayollar.
♟ 41 ta jamoa — Parashaxmat Olimpiadasi tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Taqqoslash uchun, Belgrad-2023da 26 ta, Ostona-2024da 34 ta jamoa qatnashgan.
🏆 Bellashuvlar Shveysarcha tizim asosida 7 turda o‘tkaziladi.
♟ Musobaqaning bu yilgi keng ko‘lami mamlakatimizda inklyuziv sportni rivojlantirish, para sportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda shaxmatning barcha uchun ochiq intellektual sport sifatidagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.
♟ Samarqandda o‘tkazilayotgan III Parashaxmat Olimpiadasi nafaqat sport, balki teng imkoniyatlar va inklyuziv jamiyat tamoyillarini mustahkamlash nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan chess federation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand #Shaxmat #Paralimpiada #FIDE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM