♟🏆 USS CHESS 🏆♟ shaxmat maktabi
30 subscribers
6.32K photos
360 videos
136 files
1.54K links
Chempion bo'lmoqchimisan unda USSCHESS shaxmat maktabi sen uchun!!!

@usschess

Murojat uchun tel: 90.229-59-65
Download Telegram
⚡️Hurmatli shaxmatchilar!

FIDE ID raqamini olish jarayoni to‘liq avtomatlashtirildi. Endilikda ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin:

Havola: havola

Muhim: FIDE ID ochishda to’lov chekida FIDE ID raqami rasmiylashtirilayotgan shaxsning F.I.Sh. (familiya, ism, otasining ismi)ni to‘liq va aniq ko‘rsatish shart.

Mazkur tizim orqali FIDE ID olish jarayoni yanada tez, qulay va samarali amalga oshiriladi.

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xalqaro shaxmat turniriga ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytirildi

Shu yilning, 29–31-avgust kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Green Hills Resort majmuasida Rapid va Blitz yo‘nalishlarida xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi.

Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 35 000 AQSH dollarini tashkil etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati 27-avgustgacha uzaytirildi.

Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 1 kun qoldi. Ishtirok etish istagidagi shaxmatchilarni belgilangan muddatgacha ro‘yxatdan o‘tishga chorlaymiz.

Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun: @Sevara1223
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Телефон ўрнига шахмат, қарамлик ўрнига чемпионлик...
Forwarded from UzChess
Magnus Karlsenni mag‘lub etib... shunchaki uxlashga yotgan 15 yoshli o‘smir!

⚡Hindistonlik 15 yoshli shaxmatchi Vandan Alankar Savay Chess.com platformasidagi Titled Tuesday blits turnirida 50-yurishda dunyoning 1-raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen ustidan shov-shuvli g‘alabaga erishdi!

😀Eng qizig‘i, Yevropadagi turnirlardan endigina qaytib, charchab turgan yosh shaxmatchi Karlsen ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng hech qanday bayram qilmagan yoki maqtanmagan. U 4 ta partiyadan so‘ng ota-onasiga shunchaki charchaganini aytib, xonasiga kirib uxlab qolgan.

👉Ota-onasi esa o‘g‘lining shaxmat afsonasini mag‘lub etganini keyinroq, uning Chess.com profilini tekshirib ko‘rgach bilib qolishgan.

🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 20 kun qoldi


YouTube
| Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 G‘ALABA! ♟️🇺🇿

“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan” xalqaro reytingli turnirda 8 yosh toifasida Fayzullayev Fayozbek 🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

👏 Fayozbekni g‘alaba bilan tabriklaymiz!
Kelgusida bundan-da katta zafarlar tilaymiz! 🏆♟️

@uss_chess_school
Forwarded from Sindarov Komiljon
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!

Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!

Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!

Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.

Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!

Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!

Yashasin O‘zbekiston xalqi!


Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti

#Mustaqillik35

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 USS CHESS SCHOOL jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi! 🎉

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!
Har bir xonadonga fayz-u baraka, baxt va quvonch kirib kelsin! ♟️🇺🇿

🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 💚🤍💙

@uss_chess_school
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Samarqand 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng nufuzli shaxmat musobaqalaridan biri — FIDE Shaxmat Olimpiadasini qabul qilmoqda.

Joriy yilning 15–27-sentabr kunlari Samarqanddagi Silk Road Samarkand xalqaro ko‘rgazma markazida 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada 400 ga yaqin terma jamoa hamda 4 000 dan ortiq shaxmatchi, murabbiy va delegatsiya a’zolari ishtirok etadi. Bellashuvlar ochiq va ayollar toifalarida 11 turdan iborat bo‘ladi.

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 15 kun qoldi


Batafsil ma’lumot — turnirning rasmiy saytida.

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzChess
Narendra Modi Shavkat Mirziyoyevga Javohir Sindarovning tarixiy blankasini sovg‘a qildi!

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyevga o‘ziga xos va tarixiy sovg‘a topshirdi.

Bu — hamyurtimiz grossmeyster Javohir Sindarovning Goadagi FIDE Jahon kubogi-2025 finalida o‘z qo‘li bilan yozgan asl partiya blankasidir.

Eslatib o‘tamiz, Javohir ushbu tarixiy finalda xitoylik Vey Ini mag‘lub etib, FIDE Jahon kubogi tarixidagi eng yosh chempionga aylangan va Nomzodlar turniriga yo‘llanma olgan edi.

Tarixiy partiya yurishlari qayd etilgan ushbu qimmatbaho esdalik charm muqovada, Javohirning yelkasiga O‘zbekiston bayrog‘ini yopgan holdagi surati bilan birga taqdim etildi.

Hindiston shaxmat federatsiyasi (AICF) ushbu voqeani ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlikni bog‘lovchi haqiqiy shaxmat diplomatiyasi deb atamoqda.

🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 14 kun qoldi


YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkentda terma jamoa a’zolari ishtirokida xalqaro shaxmat matchlari

Shu yilning, 2–7-sentyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ishtirokida ikki xalqaro shaxmat matchi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yakubboev Eronlik grossmeyster Amin Tabatabaeiga qarshi, Muhiddin Madaminov esa Ozarbayjonlik grossmeyster Aydin Suleymanliga qarshi bahs olib bormoqda.

Uchrashuvning umumiy mukofot jamg‘armasi 20 000 AQSh dollarini tashkil etadi. G‘olib 12 000 AQSh dollari, mag‘lub ishtirokchi esa 8 000 AQSh dollari miqdorida mukofot oladi.

Mazkur xalqaro matchlar O‘zbekiston terma jamoasining bo‘lajak Olimpiadaga tayyorgarligi doirasida tashkil etilmoqda.

🤝Nodirbek Yakubboev va Muhiddin Madaminovga xalqaro matchlarda muvaffaqiyat tilaymiz.

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇬Imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati!

Joriy yilning, 29-oktabrdan 8-noyabrgacha Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha 4-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada ko‘rish, eshitish va tayanch-harakat apparati bilan bog‘liq cheklovlari bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etadi. Arizalar rasmiy onlayn platforma orqali qabul qilinadi.

✅Nizom bilan tanishish uchun havola
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇬Imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati!

Joriy yilning, 29-oktabrdan 8-noyabrgacha Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha 4-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada ko‘rish, eshitish va tayanch-harakat apparati bilan bog‘liq cheklovlari bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etadi. Arizalar rasmiy onlayn platforma orqali qabul qilinadi.

✅Nizom bilan tanishish uchun havola
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM