Forwarded from Uzbekistan chess federation
Joriy yilning 13–21 oktabr kunlari Ispaniyaning Roketas-de-Mar shahrida 7–17 yoshli o‘smirlar va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi sifatida joriy yilda 7–17 yoshli maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining standart yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan sportchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Musobaqada ishtirok etish istagidagi sportchilardan 4-sentabrga qadar ariza topshirishlari so‘raladi.
Nizom bilan tanishish
Qo‘shimcha ma’lumot va murojaatlar uchun: @Sevara1223
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Nizomlar (pdf)
Forwarded from Uzbekistan chess federation
Bugun, 24-avgust kuni Xalqaro shaxmat akademiyasida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli xalqaro shaxmat tadbirlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbariyati va mas’ul xodimlari, OAV vakillari, shaxmat mutaxassislari hamda ishqibozlari ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida joriy yilning, 10–18-sentabr kunlari 3-Paraolimpiada, 15–28-sentabr kunlari 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi hamda 19–28-sentabr kunlari 97-FIDE Kongressini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur yirik tadbirlarga tayyorgarlik doirasida ishchi shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi, ishtirokchilar va mehmonlar uchun mehmonxonalar band qilindi, musobaqa o‘tkaziladigan obyektlarni tayyorlash, transport-logistika hamda xavfsizlik choralarini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 200 dan ortiq davlatdan 398 ta jamoa — 208 ta “Open” va 190 ta ayollar jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston mezbon davlat sifatida 3 ta jamoa bilan qatnashadi.
E’tiborlisi, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchi davlatlar va jamoalar soni bo‘yicha Olimpiada tarixidagi eng yirik musobaqaga aylanishi kutilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan chess federation
FIDE ID raqamini olish jarayoni to‘liq avtomatlashtirildi. Endilikda ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin:
Havola: havola
Muhim: FIDE ID ochishda to’lov chekida FIDE ID raqami rasmiylashtirilayotgan shaxsning F.I.Sh. (familiya, ism, otasining ismi)ni to‘liq va aniq ko‘rsatish shart.
Mazkur tizim orqali FIDE ID olish jarayoni yanada tez, qulay va samarali amalga oshiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan chess federation
Shu yilning, 29–31-avgust kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Green Hills Resort majmuasida Rapid va Blitz yo‘nalishlarida xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi.
Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 35 000 AQSH dollarini tashkil etadi.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati 27-avgustgacha uzaytirildi.
Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 1 kun qoldi. Ishtirok etish istagidagi shaxmatchilarni belgilangan muddatgacha ro‘yxatdan o‘tishga chorlaymiz.
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun: @Sevara1223
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from XALQARO ŞAXMAT AKADEMIYASI ♟
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Телефон ўрнига шахмат, қарамлик ўрнига чемпионлик...Forwarded from UzChess
Magnus Karlsenni mag‘lub etib... shunchaki uxlashga yotgan 15 yoshli o‘smir!
⚡ Hindistonlik 15 yoshli shaxmatchi Vandan Alankar Savay Chess.com platformasidagi Titled Tuesday blits turnirida 50-yurishda dunyoning 1-raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen ustidan shov-shuvli g‘alabaga erishdi!
😀 Eng qizig‘i, Yevropadagi turnirlardan endigina qaytib, charchab turgan yosh shaxmatchi Karlsen ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng hech qanday bayram qilmagan yoki maqtanmagan. U 4 ta partiyadan so‘ng ota-onasiga shunchaki charchaganini aytib, xonasiga kirib uxlab qolgan.
👉 Ota-onasi esa o‘g‘lining shaxmat afsonasini mag‘lub etganini keyinroq, uning Chess.com profilini tekshirib ko‘rgach bilib qolishgan.
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 20 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 🏆🥇USS CHESS SCHOOL🥇🏆
🏆 G‘ALABA! ♟️🇺🇿
“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan” xalqaro reytingli turnirda 8 yosh toifasida Fayzullayev Fayozbek 🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
👏 Fayozbekni g‘alaba bilan tabriklaymiz!
Kelgusida bundan-da katta zafarlar tilaymiz! 🏆♟️
@uss_chess_school
“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan” xalqaro reytingli turnirda 8 yosh toifasida Fayzullayev Fayozbek 🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
👏 Fayozbekni g‘alaba bilan tabriklaymiz!
Kelgusida bundan-da katta zafarlar tilaymiz! 🏆♟️
@uss_chess_school
Forwarded from Sindarov Komiljon
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan chess federation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
#Mustaqillik35
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM