Forwarded from Jizzakh Chess Federation (Yusupov Sarvar Uktamovich)
Chess-Results
Chess-Results Server Chess-results.com - USS CHESS OPEN (RAPID)
Chess-Results.com is a powerful and dedicated server only for chess-results. The tournament archive of chess-results.com contains more than 40.000 tournaments from around the world.
"O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan" xalqaro reytingli turnir!
2026 yil 23-28 avgust kunlari o‘tkaziladi
Ro‘yxatdan o‘tish: 20-avgust soat 14:00 gacha
Telegram kanal: @xalqaroshaxmatakademiya
💬 Ro‘yxatga olish: https://t.me/FIDE_TRENER
🌐 FIDE ID olish: https://reg.uzchess.uz/fide-apply
💳 Musobaqa badalini to'lash uchun bank rekvizitlari:
Xalqaro shaxmat akademiyasi
x/r: 400 110 860 262 777 083 630 205 001
INN: 303 072 526
Bank nomi: G‘azna hisob varag‘i
JOYLAR SONI CHEKLANGAN
2026 yil 23-28 avgust kunlari o‘tkaziladi
Musobaqaga:
FIDE reytingi 2300 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar hamda IM, WIM, GM, WGM lar musobaqa badalidan ozod qilinadi.
FIDE reytingi 2000 - 2299 gacha bo‘lganlar uchun 500 000 so‘m.
FIDE ID bor va FIDE reytingi 1999 gacha bo‘lganlar uchun 550 000 so‘m
60 yoshdan oshgan faxriylar, nogironligi borlar va Xalqaro shaxmat akademiyasi o‘quvchilari uchun – 30% chegirma beriladi.
Ishtirokchilar uchun zarur hujjatlar:
FIDE ID va musobaqa badali kvitansiyasi.
Ro‘yxatdan o‘tish: 20-avgust soat 14:00 gacha
Telegram kanal: @xalqaroshaxmatakademiya
💬 Ro‘yxatga olish: https://t.me/FIDE_TRENER
🌐 FIDE ID olish: https://reg.uzchess.uz/fide-apply
💳 Musobaqa badalini to'lash uchun bank rekvizitlari:
Xalqaro shaxmat akademiyasi
x/r: 400 110 860 262 777 083 630 205 001
INN: 303 072 526
Bank nomi: G‘azna hisob varag‘i
JOYLAR SONI CHEKLANGAN
Forwarded from Jizzakh Chess Federation (Yusupov Sarvar Uktamovich)
Chess-Results
Chess-Results Server Chess-results.com - Открытый Кубок чемпиона мира М.Ботвинника среди юношеских команд стран СНГ
Chess-Results.com is a powerful and dedicated server only for chess-results. The tournament archive of chess-results.com contains more than 40.000 tournaments from around the world.
Forwarded from UzChess
Nodirbek Abdusattorov EWC 2026 bahslarini kuchli sakkizlikda yakunladi!
🔥 Hamyurtimiz A guruhida ketma-ket 4 ta uchrashuvda g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
⚔️ Chorak finalda Denis Lazavikka qarshi o‘tkazilgan barcha 4 ta asosiy partiya durang (2–2) bilan yakun topdi. Hal qiluvchi Armageddon partiyasidagi g‘alaba esa raqibga yarim final yo‘llanmasini taqdim etdi (umumiy hisob: 3–2).
💰 Grossmeysterimiz mazkur nufuzli turnirni kuchli sakkizlikda (Top-8) yakunlab, o‘z ishtiroki uchun 75 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi.
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 32 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan chess federation
Joriy yilning 13–21 oktabr kunlari Ispaniyaning Roketas-de-Mar shahrida 7–17 yoshli o‘smirlar va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi sifatida joriy yilda 7–17 yoshli maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining standart yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan sportchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Musobaqada ishtirok etish istagidagi sportchilardan 4-sentabrga qadar ariza topshirishlari so‘raladi.
Nizom bilan tanishish
Qo‘shimcha ma’lumot va murojaatlar uchun: @Sevara1223
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Nizomlar (pdf)
Forwarded from Uzbekistan chess federation
Bugun, 24-avgust kuni Xalqaro shaxmat akademiyasida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli xalqaro shaxmat tadbirlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbariyati va mas’ul xodimlari, OAV vakillari, shaxmat mutaxassislari hamda ishqibozlari ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida joriy yilning, 10–18-sentabr kunlari 3-Paraolimpiada, 15–28-sentabr kunlari 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi hamda 19–28-sentabr kunlari 97-FIDE Kongressini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur yirik tadbirlarga tayyorgarlik doirasida ishchi shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi, ishtirokchilar va mehmonlar uchun mehmonxonalar band qilindi, musobaqa o‘tkaziladigan obyektlarni tayyorlash, transport-logistika hamda xavfsizlik choralarini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 200 dan ortiq davlatdan 398 ta jamoa — 208 ta “Open” va 190 ta ayollar jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston mezbon davlat sifatida 3 ta jamoa bilan qatnashadi.
E’tiborlisi, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchi davlatlar va jamoalar soni bo‘yicha Olimpiada tarixidagi eng yirik musobaqaga aylanishi kutilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan chess federation
FIDE ID raqamini olish jarayoni to‘liq avtomatlashtirildi. Endilikda ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin:
Havola: havola
Muhim: FIDE ID ochishda to’lov chekida FIDE ID raqami rasmiylashtirilayotgan shaxsning F.I.Sh. (familiya, ism, otasining ismi)ni to‘liq va aniq ko‘rsatish shart.
Mazkur tizim orqali FIDE ID olish jarayoni yanada tez, qulay va samarali amalga oshiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan chess federation
Shu yilning, 29–31-avgust kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Green Hills Resort majmuasida Rapid va Blitz yo‘nalishlarida xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi.
Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 35 000 AQSH dollarini tashkil etadi.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati 27-avgustgacha uzaytirildi.
Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 1 kun qoldi. Ishtirok etish istagidagi shaxmatchilarni belgilangan muddatgacha ro‘yxatdan o‘tishga chorlaymiz.
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun: @Sevara1223
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from XALQARO ŞAXMAT AKADEMIYASI ♟
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Телефон ўрнига шахмат, қарамлик ўрнига чемпионлик...Forwarded from UzChess
Magnus Karlsenni mag‘lub etib... shunchaki uxlashga yotgan 15 yoshli o‘smir!
⚡ Hindistonlik 15 yoshli shaxmatchi Vandan Alankar Savay Chess.com platformasidagi Titled Tuesday blits turnirida 50-yurishda dunyoning 1-raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen ustidan shov-shuvli g‘alabaga erishdi!
😀 Eng qizig‘i, Yevropadagi turnirlardan endigina qaytib, charchab turgan yosh shaxmatchi Karlsen ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng hech qanday bayram qilmagan yoki maqtanmagan. U 4 ta partiyadan so‘ng ota-onasiga shunchaki charchaganini aytib, xonasiga kirib uxlab qolgan.
👉 Ota-onasi esa o‘g‘lining shaxmat afsonasini mag‘lub etganini keyinroq, uning Chess.com profilini tekshirib ko‘rgach bilib qolishgan.
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 20 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM