♟🏆 USS CHESS 🏆♟ shaxmat maktabi
30 subscribers
6.32K photos
360 videos
136 files
1.54K links
Chempion bo'lmoqchimisan unda USSCHESS shaxmat maktabi sen uchun!!!

@usschess

Murojat uchun tel: 90.229-59-65
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jizzakh Chess Federation (Yusupov Sarvar Uktamovich)
🏆 Yana bir quvonchli natija! ♟️
2026-yil 3–7-avgust kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro Shaxmat akademiyasida bo'lib o'tgan GRAN PRI turnirida shogirdlarimiz munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishishdi.
🥈 9 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar o'rtasida Fayzullayev Fayozbek faxrli 2-o'rinni egalladi.
🥈 13 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida esa Rustamova Hikmatoy 2-o'rinni qo'lga kiritdi.
👏 Mazkur muvaffaqiyat evaziga har ikki shaxmatchimiz 2027-yilda bo'lib o'tadigan O'zbekiston chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Yosh shaxmatchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar va yangi g'alabalar tilaymiz! 💐♟️


@jizzakh_chess_federation
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

♟️🏆 KICHIK CHEMPIONLAR MAYDONGA CHIQADI! 🏆♟️

🗓 9-avgust kuni USS Chess School tomonidan yosh shaxmatchilar uchun navbatdagi Rapid turniri tashkil etiladi!

♟️Bu turnir — bilim, tajriba va g‘alaba sari tashlangan navbatdagi qadam. Farzandingiz o‘z kuchini sinab ko‘rishi va haqiqiy musobaqa muhitini his qilishi uchun ajoyib imkoniyat!

🗓 Sana: 9-avgust (Yakshanba)
⏱ Boshlanish vaqti: 09:00

📍 Manzil:
Jizzax shahar, 30-maktab binosi (Ц2)
Zargarlik MFY

👦👩 Ishtirokchilar: 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar
♟️ Format: Rapid 10+2

🥇 Sovrinlar: 🏅 Medallar
📜 Diplomlar
💵 Pul mukofotlari

Nima uchun qatnashish kerak? ✅ Haqiqiy turnir tajribasi
✅ Mantiqiy fikrlash va g‘alaba uchun kurashish
✅ O‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish
✅ Eng yaxshi o‘yinlar ijtimoiy tarmoqlarda yoritiladi

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish: 8-avgust, soat 18:00 gacha
💸 Turnir badali: 50 000 so‘m

📞 Bog‘lanish uchun: +998 91 189 45 40
+998 91 568 89 07

✅ Bugungi harakat — ertangi chempionlik!

✅🌐@uss_chess_school
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan" xalqaro reytingli turnir!

2026 yil 23-28 avgust kunlari o‘tkaziladi

Musobaqaga:
FIDE reytingi 2300 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar hamda IM, WIM, GM, WGM lar musobaqa badalidan ozod qilinadi.

FIDE reytingi 2000 - 2299 gacha bo‘lganlar  uchun 500 000 so‘m.

FIDE ID bor va FIDE reytingi 1999 gacha bo‘lganlar  uchun 550 000 so‘m


60 yoshdan oshgan faxriylar, nogironligi borlar va Xalqaro shaxmat akademiyasi o‘quvchilari uchun – 30% chegirma beriladi.

Ishtirokchilar uchun zarur hujjatlar:
FIDE ID va musobaqa badali kvitansiyasi.

Ro‘yxatdan o‘tish: 20-avgust soat 14:00 gacha

Telegram kanal: @xalqaroshaxmatakademiya
💬 Ro‘yxatga olish: https://t.me/FIDE_TRENER
🌐 FIDE ID olish: https://reg.uzchess.uz/fide-apply

💳 Musobaqa badalini to'lash uchun bank rekvizitlari:
Xalqaro shaxmat akademiyasi
x/r: 400 110 860 262 777 083 630 205 001
INN: 303 072 526
Bank nomi: G‘azna hisob varag‘i

JOYLAR SONI CHEKLANGAN
Forwarded from UzChess
Nodirbek Abdusattorov EWC 2026 bahslarini kuchli sakkizlikda yakunladi!

🔥Hamyurtimiz A guruhida ketma-ket 4 ta uchrashuvda g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

⚔️Chorak finalda Denis Lazavikka qarshi o‘tkazilgan barcha 4 ta asosiy partiya durang (2–2) bilan yakun topdi. Hal qiluvchi Armageddon partiyasidagi g‘alaba esa raqibga yarim final yo‘llanmasini taqdim etdi (umumiy hisob: 3–2).

💰Grossmeysterimiz mazkur nufuzli turnirni kuchli sakkizlikda (Top-8) yakunlab, o‘z ishtiroki uchun 75 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi.

🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 32 kun qoldi


YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga saralash boshlandi

Joriy yilning 13–21 oktabr kunlari Ispaniyaning Roketas-de-Mar shahrida 7–17 yoshli o‘smirlar va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi sifatida joriy yilda 7–17 yoshli maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining standart yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan sportchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Musobaqada ishtirok etish istagidagi sportchilardan 4-sentabrga qadar ariza topshirishlari so‘raladi.

Nizom bilan tanishish

Qo‘shimcha ma’lumot va murojaatlar uchun: @Sevara1223
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi, 3-Paraolimpiada va 97-FIDE Kongressiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Bugun, 24-avgust kuni Xalqaro shaxmat akademiyasida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli xalqaro shaxmat tadbirlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbariyati va mas’ul xodimlari, OAV vakillari, shaxmat mutaxassislari hamda ishqibozlari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida joriy yilning, 10–18-sentabr kunlari 3-Paraolimpiada, 15–28-sentabr kunlari 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi hamda 19–28-sentabr kunlari 97-FIDE Kongressini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur yirik tadbirlarga tayyorgarlik doirasida ishchi shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi, ishtirokchilar va mehmonlar uchun mehmonxonalar band qilindi, musobaqa o‘tkaziladigan obyektlarni tayyorlash, transport-logistika hamda xavfsizlik choralarini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.


46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 200 dan ortiq davlatdan 398 ta jamoa — 208 ta “Open” va 190 ta ayollar jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston mezbon davlat sifatida 3 ta jamoa bilan qatnashadi.

E’tiborlisi, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchi davlatlar va jamoalar soni bo‘yicha Olimpiada tarixidagi eng yirik musobaqaga aylanishi kutilmoqda.

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM