♟🏆 USS CHESS 🏆♟ shaxmat maktabi
30 subscribers
6.32K photos
360 videos
136 files
1.54K links
Chempion bo'lmoqchimisan unda USSCHESS shaxmat maktabi sen uchun!!!

@usschess

Murojat uchun tel: 90.229-59-65
Download Telegram
🇺🇿 Oʻzbekiston yosh shaxmatchilari Qirgʻizistonda!

Qirgʻizistonda boʻlib oʻtayotgan 2026-yilgi Markaziy va Shimoliy Osiyo shaxmat chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasini 87 nafar yosh shaxmatchi himoya qilmoqda.

OʻGʻIL BOLALAR:

🔹 U8
🇺🇿 Mukhammadyusuf Bakhramov
🇺🇿 Muhammad Yusuf Khadjinigmanov
🇺🇿 Abdulaziz Khasanov
🇺🇿 Imron Kopalov
🇺🇿 Miraziz Mirzaev
🇺🇿 Komiljon Murtazaev
🇺🇿 Sharofiddin Shukurov
🇺🇿 Jonibek Turopov
🇺🇿 Muhammadsodik Tuygunov
🇺🇿 Muhammadyusuf Tuygunov

🔹 U10
🇺🇿 Sunnatbek Alisherov
🇺🇿 Sayfuddin Erkinboev
🇺🇿 Fazliddin Farkhodov
🇺🇿 Asilbek Ikromov
🇺🇿 Islomjon Maxmudjanov
🇺🇿 Jakhongir Mirzaev
🇺🇿 Shahriyor Sadullaev
🇺🇿 Shohjahon Sidikov
🇺🇿 Inomjon Usmonov
🇺🇿 Azizbek Yokubov

🔹 U12
🇺🇿 Abdurashid Abduganiev
🇺🇿 Muhammadayub Abdullayev
🇺🇿 Akbarshoh Achilov
🇺🇿 Sultanbek Alikberov
🇺🇿 Dior Ashirov
🇺🇿 Sulaymon Hayitmurodov
🇺🇿 Ibrohim Jumanazarov
🇺🇿 Iskandar Karimov
🇺🇿 Axrorbek Kodirov
🇺🇿 Akbar Mustafakulov
🇺🇿 Saidamir Tokhirov
🇺🇿 Umarbek Tursunov
🇺🇿 Yusuf Yulchiyev

🔹 U14
🇺🇿 Amirbek Abdirakhmonov
🇺🇿 Alisher Abdukayumov
🇺🇿 Shavkatjon Abdukholikov
🇺🇿 Muzaffarjon Abdurasulov
🇺🇿 Shakhzod Islamov
🇺🇿 Hasan Mamarasulov
🇺🇿 Jakhongir Mutalov
🇺🇿 Bunyod Sobirjonov
🇺🇿 Zafarbek Xurramov

🔹 U16
🇺🇿 Javohir Bozorov
🇺🇿 Shahzodbek Hamzaev
🇺🇿 Vokhid Kazimov

🔹 U18
🇺🇿 Akbarali Abdukhakimov
🇺🇿 Bekzod Jumavaev
🇺🇿 Shakhrombek Karimov
🇺🇿 Bekhruz Kudratov

🔹 U20
🇺🇿 Khondamir Elmirzaev
🇺🇿 Umarxon Fakhriddinxujaev
🇺🇿 Rauf Kasimov
🇺🇿 Bekhruz Umarov

QIZLAR

🔹 G8
🇺🇿 Farzonabonu Bakhtiyorova
🇺🇿 Farzona Gulomova
🇺🇿 Malika Ikromova

🔹 G10
🇺🇿 Farzonabonu Bozorova
🇺🇿 Dilnoza Ikromova
🇺🇿 Nigina Khudoyberdieva
🇺🇿 Osiyo Kopalova
🇺🇿 Iymonakhon Makhmudjonova
🇺🇿 Munisa Mashrabboeva
🇺🇿 Aminabonu Zoxirova

🔹 G12
🇺🇿 Husnorakhon Khusnitdinova
🇺🇿 Asal Kodirova
🇺🇿 Yasmina Mamarasulova
🇺🇿 Kholida Mukhammadieva
🇺🇿 Mehribonu Nazirkulova
🇺🇿 Malika Norkulova

🔹 G14
🇺🇿 Mohinaxon Karimova
🇺🇿 Mokhinur Xikmatkhonova

🔹 G16
🇺🇿 Liliya Belaya
🇺🇿 Sevinch Davlatova
🇺🇿 Gavhar Erkinova
🇺🇿 Malika Jumaeva
🇺🇿 Rukiya Olimova
🇺🇿 Asal Zayirkulova

🔹 G18
🇺🇿 Shohina Akhmedova
🇺🇿 Zilola Aktamova
🇺🇿 Sarvinoz Begmuratova
🇺🇿 Odina Olimova
🇺🇿 Sarvinoz Orzikulova

🔹 G20
🇺🇿 Maftuna Bobomurodova
🇺🇿 Mokhinur Khabibullaeva
🇺🇿 Mumtozbegim Mansurova
🇺🇿 Ozoda Shakhzodova
🇺🇿 Barchinoy Shokirjonova

🗓 Dastur (Qirgʻiziston vaqti bilan):
🔹 Ochilish marosimi — soat 09:00 da
🔹 Rapid yoʻnalishidagi oʻyinlar — soat 10:00 da boshlanadi

💐Barcha shaxmatchilarimizga musobaqada omad, yorqin gʻalabalar va yuksak natijalar tilaymiz!

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chempionat taftini his qiling!

2026-yilgi Markaziy va Shimoliy Osiyo shaxmat chempionati — Qirgʻizistonda qizgʻin bahslar.

🇺🇿 Kuch shaxmatchilarimizga!

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥇 2026-yilgi Markaziy va Shimoliy Osiyo shaxmat chempionati (rapid) — davlatlar boʻyicha medallar

1. 🌐 FIDE — 🥇 4 · 🥈 3 · 🥉 2 — jami 9
2. 🇺🇿 Oʻzbekiston — 🥇 3 · 🥈 3 · 🥉 6 — jami 12
3. 🇰🇿 Qozogʻiston — 🥇 3 · 🥈 3 · 🥉 3 — jami 9
4. 🇰🇬 Qirgʻiziston — 🥇 2 · 🥈 3 · 🥉 2 — jami 7
5. 🇹🇲 Turkmaniston — 🥇 2 · 🥈 2 · 🥉 1 — jami 5

*Eslatma: ushbu jadval norasmiy boʻlib, faqat maʼlumot uchun keltirilgan. Rasmiy jamoaviy (davlatlar) medallar hisobi faqat klassik (standart) shaxmat boʻyicha yuritiladi — rapid natijalari umumiy davlat hisobiga kirmaydi.

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Umida Omonova Cheshmeda ikki karra muvaffaqiyatga erishdi!

Turkiyaning Cheshme shahrida o‘tkazilgan “12th Cesme International Open Blitz Chess Tournament” musobaqasida O‘zbekiston vakili Umida Omonova yorqin natija qayd etdi.

11 tur yakunlariga ko‘ra 9 ochko jamg‘argan hamyurtimiz musobaqaning umumiy hisobida 3-o‘rinni egalladi.

Musobaqada Turkiyaning yosh grossmeysteri Ediz Gürel g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Umida Omonova ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni egallab, blitz yo‘nalishidagi navbatdagi yirik muvaffaqiyatiga erishdi.

Mazkur natija evaziga uning FIDE Blitz Live reytingi 2405 ochkoga ko’tarildi.


💐Umida Omonovani ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzChess
Nodirbek Abdusattorov — FIDE blits reytingida jahonning 2-raqamli shaxmatchisi!

⚡Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 2026-yil iyul holatiga ko‘ra yangilangan rasmiy reyting jadvalini e’lon qildi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov blits yo‘nalishida o‘z faoliyatidagi hamda o‘zbek shaxmati tarixidagi mutlaq rekordni o‘rnatdi. Rossiyalik Daniil Dubov va fransiyalik Alireza Firouzjani ortda qoldirgan Nodirbek afsonaviy 2800 lik Elo dovonidan o‘tib, 2820 ochko bilan dunyoning 2-raqamli blits ustasiga aylandi.

🔥Iyun oyida Gonkongda o‘tgan jamoaviy blits jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan grossmeysterimiz 1-taxtada tengsiz ekanini isbotladi.

⚡️Nodirbek jami 19 ta partiyada 15.5 ochko jamg‘arib, 1-doskada shaxsiy oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning musobaqadagi umumiy perfomansi hayratlanarli 2936 reyting ochkosiga teng bo‘ldi.

👉Turnir davomida Abdusattorov Magnus Karlsen, Ding Liren, shuningdek, Arjun Erigaisi va Alireza Firouzja kabi shaxmatchilarni taslim etdi.

🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 77 kun qoldi


YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzChess
Javohir Sindarov – Naroditsky Memorial Rapid 2026 g‘olibi

🏆Javohir Sindarov Naroditsky Memorial Rapid 2026 turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

🥇Musobaqani 6/7 natija bilan yakunlagan shaxmatchimiz tay-brekda Aravind Chitambaram ustidan g‘alaba qozonib, birinchi o‘rinni ta’minladi va 3 000 AQSh dollari miqdoridagi bosh mukofotga ega chiqdi.

🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 76 kun qoldi


YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzChess
Javohir Sindarov rapid bo‘yicha jahon reytingida 7-o‘ringa ko‘tarildi

⚡O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Naroditsky Memorial 2026 musobaqasidagi rapid bahslarida yuqori natija qayd etdi. Hamyurtimiz o‘tkazilgan 7 ta partiyada 6 ochko jamg‘ardi.

🔥Ushbu muvaffaqiyat evaziga Sindarov o‘z reytingini +6.9 ochkoga ko‘paytirdi. Natijada u jonli reyting jadvalida 3 pog‘ona yuqorilab, 2724.9 reyting ochkosi bilan dunyoning eng kuchli shaxmatchilari orasida 7-o‘ringa ko‘tarildi.

🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 76 kun qoldi


YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Javohir Sindarov "Naroditsky Memorial 2026" xalqaro turnirida ikki yo‘nalishda ham chempion bo‘ldi

Hamyurtimiz Javohir Sindarov grossmeyster Daniel Naroditskiy xotirasiga bag‘ishlangan "Naroditsky Memorial Rapid & Blitz 2026" turnirida yorqin natija qayd etdi.

Javohir Sindarov rapid yo‘nalishida 7 turdan 6 ochko jamg‘ardi va tay-brekda hindistonlik grossmeyster Aravind Chithambaramni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Blits yo‘nalishida esa 9 tur yakuniga ko‘ra 7,5 ochko to‘plagan Javohir Sindarov musobaqani birinchi o‘rinda yakunlab, ikkala yo‘nalishda ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Mazkur muvaffaqiyat evaziga grossmeysterimiz 9 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Javohir Sindarovni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi.

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hurmatli OAV vakillari, blogerlar va fotomuxbirlar!

2026-yil 15–28-sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasini yoritish uchun O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda fotomuxbirlar uchun onlayn akkreditatsiya jarayoni boshlandi.

Akkreditatsiyadan o‘tish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
https://chessolympiad2026.fide.com/accreditation-for-media

Barcha OAV vakillarini ushbu nufuzli xalqaro sport tadbirini yoritishda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥈Shavkatjon Abdukholikov — U14 toifasida kumush medal!

⚡️Qirgʻizistonda yakunlangan 2026-yilgi Markaziy va Shimoliy Osiyo shaxmat chempionatining standart yoʻnalishida yosh shaxmatchimiz Shavkatjon Abdukholikov U14 yosh toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi!

9 turdan soʻng 7 ochko toʻplagan Shavkatjon Abdukholikov toifada ishonchli oʻyin namoyish etib, 2-oʻrinni egalladi.

🥇Chempionat nizomiga koʻra, U14 toifasi sovrindori Xalqaro Sport ustaligiga nomzod (CM) unvoniga sazovor boʻladi hamda 300 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotini qoʻlga kiritdi.

📈Shavkatjon shu chempionatda FIDE reytingini +26,4 punktga oshirdi.

💐Oʻzbekiston shaxmat Federatsiyasi nomidan Shavkatjon Abdukholikovni ushbu ajoyib natija va CM unvoni bilan chin dildan tabriklaymiz! Yosh shaxmatchimizga kelgusida yanada yuksak zafarlar tilaymiz.


🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Freestyle shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start beriladi

Musobaqa shu yilning, 27–31-iyul kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida bo‘lib o‘tadi. Chempionat FIDE qoidalari asosida rapid va blits yo‘nalishlarida tashkil etilib, ishtirokchilar har bir turda generator orqali aniqlanadigan yangi Freestyle pozitsiyalarida bahs olib boradilar.

Chempionatda 2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra FIDE reytingiga ega O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi a’zolari ishtirok etishlari mumkin. Ayollar guruhi uchun minimal reyting – 1800, erkaklar guruhi uchun esa 1900 etib belgilangan.


✔️Chempionatning mukofot jamg‘armasi 140 million so‘m etib belgilangan.

🟢Nizom bilan batafsil tanishish uchun havola

➡️Ishtirokchilar 27-iyul soat 15:00 ga qadar zarur hujjatlarni taqdim etgan holda Telegram orqali @RustamAbdusaitov manzilida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅Bugun, yurtimiz yoshlarining ishonchli tayanchi va tashabbuskor rahbari Alisher Zafarovich Sa’dullayevning tavallud ayyomi

Sizning uzoqni ko‘zlagan qarashlaringiz, qat’iy yetakchiligingiz va yoshlarga bo‘lgan yuksak e’tiboringiz tufayli mamlakatimizda shaxmatni rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro maydonlarda munosib natijalarga erishishi yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Sizga mustahkam sog‘liq, cheksiz kuch-g‘ayrat, oilaviy baxt-saodat va Vatanimiz ravnaqi, yoshlar kamoloti yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va zafarlar tilaymiz.

Yoshlar va shaxmat rivojiga doimiy e’tibor hamda qo‘llab-quvvatlovingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Hamisha yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar Sizga yor bo‘lsin!

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sport vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
46-BUTUNJAHON SHAXMAT OLIMPADASI

Dunyoning eng nufuzli jamoaviy shaxmat musobaqasi bo‘lib, mamlakatimiz mezbonligida ilk bor joriy yilning 15-27-sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Nufuzli musobaqaning boshlanishiga
6️⃣1️⃣ kun qoldi

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8, 10, 12 va 14  yoshgacha  bo‘lgan  o‘g‘il  bolalar  va  qizlar  o‘rtasida  Gran-Pri  ochiq  turniri.

GRAN PRI 2026-yil 17-21 iyul kunlari 7 ta turdan iborat, vaqt 60+30 o‘tkaziladi.

Musobaqaga ro‘yxatdan o‘tish 17 iyul kuni soat 14:00 gacha davom etadi.

8 yoshgacha (2019 yilda tug‘ilgan va undan kichik);
10 yoshgacha (2017 yilda tug‘ilgan va undan kichik);
12 yoshgacha (2015 yilda tug‘ilgan va undan kichik);
14 yoshgacha (2013 yilda tug‘ilgan va undan kichik).

Musobaqa badali: 400 000 so‘m

MUSOBAQA BADALINI TO‘LASH UCHUN REKVIZITLAR:
Xalqaro shaxmat akademiyasi
x/r: 400 110 860 262 777 083 630 205 001
INN: 303 072 526
Bank nomi: G‘azna hisob varag‘i


Yosh toifasida 1-2-o‘rinni egallaganlar 2027-yilgi 8-14 yoshgacha o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Telegram kanal: @xalqaroshaxmatakademiya
Telegram :
https://t.me/FIDE_TRENER
Telefon: +99897 212-19-85


JOYLAR SONI CHEKLANGAN
⚡️Shenchjenda Osiyo chempionati boshlandi: O‘zbekiston hisobida dastlabki medallar!

Joriy yilning, 16–24-iyul kunlari Xitoyning Shenchjen shahrida 8–18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida "Asian Youth Chess Championships 2026" Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Nufuzli musobaqada Osiyoning 30 ta davlatidan 879 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston sharafini esa 21 nafar iqtidorli shaxmatchimiz himoya qilmoqda.

16-iyul kuni rapid yo‘nalishi bo‘yicha bahslar yakunlandi va O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medallarni qo‘lga kiritdi.

🥉18 yoshgacha qizlar o‘rtasida Rukiya Olimova bronza medal sohibasi bo‘ldi.
🥉10 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Nurmuhammad Nematillaxonov bronza medalini qo‘lga kiritdi.


✊Sportchilarimizni samimiy tabriklaymiz hamda chempionatning navbatdagi bahslarida ularga ulkan zafarlar tilaymiz!

#AsianYouthChess2026

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzChess
Quantbox Chennai Grandmasters turniri 2-tur bahslari boshlanmoqda!

🟥Jonli efir

🇺🇿 Nodirbekni jonli efirda qo'llab-quvvatlang

14:30'da boshlaymiz

🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 60 kun qoldi


YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Клара Алимбекова
Кубок_Шелкового_пути_Последняя_версия.docx
40.4 KB
Кубок Шелкового пути. Последняя версия.docx
⚡️Bugun butun dunyoda intellekt, tafakkur va strategiya bayrami – Xalqaro shaxmat kuni nishonlanmoqda

Ushbu sana munosabati bilan barcha shaxmatchilarni, murabbiylarni, hakamlarni, tashkilotchilarni hamda shaxmat ixlosmandlarini samimiy muborakbod etamiz.

Shaxmat insonda mantiqiy fikrlash, sabr-toqat, strategik yondashuv va mas’uliyat kabi muhim fazilatlarni shakllantiradigan, xalqlarni do’stlik va hamjihatlik ruhida birlashtiradigan intellektual sport turidir.

Barchangizga mustahkam sog’liq, yangi g’alabalar, yuksak marralar va shaxmat ravnaqi yo’lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Xalqaro shaxmat kuni muborak bo’lsin!

@uss_chess_school
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzChess
20-iyul — Xalqaro shaxmat kuni.

Soʻnggi bir yil davomida Oʻzbekiston shaxmatida misli koʻrilmagan tarixiy natijalar va gʻalabalar qayd etildi.

🏆Javohir Sindarov: Jahon kubogi sohibi va 2026-yilgi Nomzodlar turniri (Candidates) gʻolibi. U musobaqani magʻlubiyatsiz (14 imkoniyatdan 10 ochko) yakunlab, jahon chempionligi unvoni uchun Gukeshga qarshi dona surish huquqini qoʻlga kiritdi.

⚡Nodirbek Abdusattorov: 2026-yilda ketma-ket ikkita nufuzli musobaqa — Tata Steel Masters va Prague Masters turnirlarida chempionlikni qoʻlga kiritdi.

🥉Jamoaviy Blits boʻyicha Jahon Chempionati Bronzasi: 2026-yil iyun oyida Gonkongda oʻtgan FIDE jamoaviy jahon chempionatining blits yoʻnalishida Oʻzbekiston terma jamoasi bronza medalini qoʻlga kiritdi. Nodirbek Abdusattorov esa 1-doskada oltin medalga ega chiqdi.

🏢Yirik turnirlar mezbonligi: Mamlakatimizda Samarqanddagi FIDE Grand Swiss hamda Toshkentda jahon elitasini jamlagan UzChess Cup 2026 xalqaro turnirlari yuqori tashkiliy saviyada oʻtkazildi.

🇺🇿Samarqand—2026: Shu yilning 15–28-sentyabr kunlari Samarqand shahri shaxmat olamining eng nufuzli jamoaviy musobaqasi 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi.

🎉Barcha shaxmat ixlosmandlarini bugungi bayram bilan tabriklaymiz.

🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 57 kun qoldi


YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM