Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY
13.6K subscribers
41.9K photos
3.05K videos
346 files
12.6K links
Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi

🌐Veb-sayt: www.urdu.uz
Facebook: facebook.com/urduuz
Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati
Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
Download Telegram
#qutlov

Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Rangtasvir (Dastgohli) yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Nazarova Zuhra Xorazm viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining “Mendirman Jaloliddin” shiori ostida oʻtkazilgan rasmlar tanlovida faxrli 2-oʻrinni egallab, Diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

🕊Talabamizga yuksak ijodiy parvozlar tilaymiz!

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | YouTube
#qutlov
#sumalak_party🥳

💥Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Zulayho Otabayeva O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat kengashi tomonidan tashkil qilingan "Sumalak party" yoshlar festivali doirasidagi oshpazlar tanlovida faol ishtirok etib, faxrli II o‘rinni egalladi.
👏Shu munosabat bilan talabmiz II darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | YouTube
#qutlov

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabasi, Prezident stipendiyasi sohibasi Yusupova Indira Rustamovna Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi boʻldi.

💐🥳Talabamizni ushbu bayramoldi ajoyib yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz!

https://t.me/URDU_PRESSA
#SAYIL_2023
#qutlov

🇺🇿HAR KUNING NAVRO‘Z BO‘LSIN, GO‘ZAL O‘ZBEKISTONIM!

💐"2023-yil - Navroʻz umumxalq bayrami" munosabati bilan viloyatning asosiy bayram tadbirida viloyatdagi boshqarmalar, idoralar, tashkilotlar oʻrtasida oʻtkazilgan "Navro'z-2023" bahoriy tanlovida Urganch davlat universiteti jamoasi faxrli 2-o'ringa sazovor bo'ldi.

🔸Urganch davlat universiteti ma'muriyati viloyatimizning bugungi nufuzli umumxalq saylida faol ishtiroki uchun butun universitet jamoasiga chuqur minnatdorchilik izhor qilgan holda, mazkur faxrli o'rin bilan samimiy qutlaydi.

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | YouTube
#Talabalarimiz_yutuqlaridan
#UrDU
#qutlov

🇺🇿🤼 Urganch davlat universiteti talabasi Zafarbek Otaxonov Osiyo chempionatining kumush medali sohibi

Qozog‘istonning Ostona shahrida sportning Erkin kurash turi bo‘yicha Osiyo chempionatida -70 kg vazn toifasining finalida gilamga chiqqan UrDU Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Zafarbek Otaxonov Kumush medali sohibi bo'ldi.

👏💐Talabamizni ushbu g'alaba bilan qizg'in qutlaymiz!

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | YouTube
#qutlov

⚜️USTOZGA EHTIROM: PROFESSOR SATIPOV GʻAYIPNAZAR MATVAPAYEVICH 75 YOSHDA

Bugun shogirdlari davrasida hurmat va izzatda eʼzozlanayotgan, umrini ilmga baxshida aylagan, uzoq yillar davomida Urganch davlat universitetida samarali faoliyat olib borib, talabalarning chuqur bilim olishida oʼz hissasini qoʼshib kelayotgan qadrli ustozimiz Satipov Gʻayipnazar Matvapayevich muborak 75 yoshni qarshiladilar.

Turon Fanlar akademiyasining akademigi, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Satipov Gʻayipnazar Matvapayevich Tabiiy fanlar fakultetining "Biologiya"
kafedrasida uzoq yillar davomida ilmiy va pedagogik faoliyatini olib bormoqda.

Ustozning ilmiy-ijodiy faoliyatiga doir izlanishlari va hayoti yoʻllari "Ilmga baxshida umr" kitobida yaqinlarining eʼtiroflari ila muhrlandi.

Bugun nafaqat ilm-u fan sirlari balki odamiylik saboqlarini ham o‘rgatib kelayotgan ustozni hurmatlab, oʻzlarining samimiy tilak-istaklari ila shogirdlari jam boʻlgan davra, goʻzal xotiralar va dil izhorlari bilan yanada fayzli boʻldi.

💐Shu fursatdan foydalanib, ushbu kunda professor Satipov Gʻayipnazar Matvapayevichga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Hamkasblar ardog‘i, shogirdlar hurmat-eʼzozi, farzandlar kamoli Sizni umr boʻyi tark etmasin.

🎉Tabarruk 75 yoshingiz muborak bo‘lsin!

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | YouTube
#qutlov💐

🏛URGANCH DAVLAT UNIVERSITETINING “VILOYAT HOKIMI STIPENDIYASI” UCHUN TANLOVDAN OʻTGAN TALABALARI BILAN TANISHING!

👏Talabalarimizga bundan keyingi faoliyatlarida ham yuksak parvozlar tilaymiz!

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | YouTube
#Yoshlar_oyligi
#Qutlov

🥳Urganch davlat universiteti Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti 201-QXMT guruh talabasi Salimov Jasurbek joriy yilning 13-iyun kuni “Yoshlar oyligi” munosabati bilan "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida Jizzax viloyatida boʻlib oʻtgan "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi Stol tennisi musobaqasida faol qatnashib, respublika miqyosida faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritganligi bilan chin dildan tabriklaymiz.

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
#e’tirof
#qutlov

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan vazirlik va idoralarda faoliyat ko‘rsatib, jamiyatda hurmat qozongan bir guruh fuqarolar “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, ular qatorida Urganch davlat universitetida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat olib borayotgan, yoshlarga oʻzining bilim va tajribalarini ulashib kelayotgan faxriy professor Sultonposhsha Masharipova ham 1-darajali "Mehnat faxriysi " koʻkrak nishoni bilan e’tirof etildi.

💐 Shu munosabat bilan Urganch davlat universiteti jamoasi ustozni ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklaydi. Ustozga uzoq umr, sihat-salomatlik, hamisha farzandlar va shogirdlar ardogʻida boʻlishini tilaymiz.

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
#qutlov

TALABALIK MUBORAK BOʻLSIN, AZIZ О‘G‘IL-QIZLARIM!

Porloq kelajak sari yillar davomida ildam qadam bosib, kun-u tun bilim toʻplab, endilikda mehnatlari samarasini dildan his qilib, baxtiyorlikni totayotgan, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan, aziz o‘g‘il-qizlarim!

Mana, nihoyat siz orziqib kutgan damlar ham yetib keldi. Bugun sizdan baxtliroq inson yо‘qligi, shubhasiz. Ota-onangizning quvonchi cheksiz. Ular uchun farzandining kamolini kо‘rishdan ortiq baxt yо‘q. Siz Urganch davlat universiteti talabasi bо‘lish sharafiga muvofiq bо‘ldingiz. Sizni ushbu muvaffaqiyat bilan butun universitetimiz jamoasi nomidan qizgʻin muborakbod etaman.

Albatta, talabalik – bu, ulkan yutuq bо‘lish bilan birga yuksak mas’uliyat ham demakdir. Davlatimiz rahbari hurmatli Shavkat Mirziyoyev sizlarni yetuk mutaxassis bо‘lib yetishishingiz, kelajakda mamlakatimiz taraqqiyoti yо‘lida о‘z hissangizni qо‘shishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Zero, iqtidorli yoshlar - buyuk kelajak kafolatidir. Shunga binoan, sizdan talabalik yillarini samarasiz о‘tkazmasdan, о‘z ustingizda tinmay izlanishingiz talab etiladi. Biz, universitet pedagog-о‘qituvchilari jamoasi, о‘z navbatida, siz har tomonlama ma’nan va jismonan barkamol bо‘lishingiz, chuqur bilimlarni egallashingiz va yetuk mutaxassis bо‘lishingiz uchun bor kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz.

Tо‘rt yil davomida sizga sohaning yetuk olimlari va mutaxassislari dars beradilar. Universitetimiz xorijiy universitetlar bilan yaqindan aloqa qiladi. Xorijdan doimiy ravishda taniqli olimlar dars berishga jalb qilinadi. Bor imkoniyatlardan unumli foydalanib, diqqat-e’tiboringizni ilm olishga qaratasiz, deb ishonch bildiraman.

💐Sizlarga bu yо‘lda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolaman! Barchangizni davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi va yangi о‘quv yilining boshlanishi bilan chin dildan tabriklayman!

Baxrom Abdullayev,
Urganch davlat universiteti rektori
#Xushxabar
#qutlov

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati  bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga binoan, Urganch davlat universiteti Tarix kafedrasi dotsenti, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nurullayeva Shoira Kushnazarovna II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

💐Ustozni universitetimiz jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz. Sharafli kasbingizda hamisha omad yor bo'lsin!

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
#Qutlov

Joriy yil 27-oktabr kuni Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Boshlang'ich ta'lim metodikas”i kafedrasi stajor-o'qituvchisi Nuriya Matyakubova "Yil ayoli" milliy tanlovida faol ishtirok etib,"Yilning eng faol olima ayoli" nominatsiyasi bo'yicha gʻolib boʻlib, tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

💐Ustozimizga tanlovning viloyat bosqichida ham omad yor boʻlishini tilaymiz!

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
#qutlov

💐Bir guruh psixologlar faoliyati eʼtirof etildi

22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev va Oʼquv ishlari boʼyicha prorektor S.Xodjaniyozovlar “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida faoliyat olib borayotgan bir guruh psixologlar bilan uchrashuv oʻtkazib, kasb bayramlari bilan qizgʻin tabriklashdi.

Uchrashuvda Urganch davlat universiteti talaba-yoshlari oʻrtasida olib borilayotgan turli psixologik treninglar, seminar va amaliy mashgʻulotlarda universitet psixologlarining faolligi eʼtirof etildi hamda Faxriy yorliq va esdalik sovgʼalari topshirildi.

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
#qutlov

⚡️Universitet tyutori O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi

Urganch davlat universiteti ta'lim-tarbiya maslahatchisi A. Madraximov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati Qo'riqlash boshqarmasida o’tkazilayotgan tadbirlardagi amaliy hamkorligi hamda xodimlarning ma'naviy va ma'rifiy tayyorgarligini oshirish va ularda vatanparvarlik his-tuygʻularini shakllantirish borasidagi boy amaliy hamkorligi uchun boshqarma tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

💐Ustozimizni ushbu yutuq bilan chin dildan qutlaymiz!

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramYouTube
#qutlov

⚡️Urganch davlat universiteti rektorining buyrug'iga binoan, universitetda fizika ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari uchun taʼsis etilgan mashhur fizik olim, akademik Muxtor Saidov nomli stipendiyaga Magistratura bo'limi Fizika mutaxassisligi 2-bosqich magistranti XUDOYNAZAROVA DURDONA ULUG'BEK QIZI nomzodi tavsiya etildi.

💐Ushbu yutuq bilan talabamiz Durdona Xudoynazarovani samimiy tabriklagan holda keyingi faoliyatlarida ham zafarlar tilaymiz!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
#qutlov

🎶Urganch davlat universiteti Pedgogika fakulteti talabasi Rejepov Azizbek "Yangi yil yulduzlari" 2-Respublika tanlovining “Art&music planet” ijodiy loyihasida Vokal honandaligi yoʻnalishi boʻyicha faxrli 1-oʻrinni qo'lga kiritdi.

🎉Talabamizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
#qutlov

⚜️Joriy yilning 13-mart kuni Toshkent shahrida Senat raisi Tanzila Narbayeva bilan bir guruh xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchilarining uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Unda har jabhada faol va tashabbuskor xotin-qizlar Senat raisi T.Narbayeva tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi. Ularning orasida Urganch davlat universiteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Shoira Nurullayevaning ham borligi jamoani quvontirmoqda.

💐Shu munosabat bilan ustozni universitet jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
#qutlov

✔️Urganch davlat universiteti hamda Turkiya Respublikasining Turkistonliklar madaniyat va ijtimoiy yordam jamiyati oʻrtasida imzolangan oʻzaro hamkorlik memorandumiga asosan, oʻzbek tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida turkiyaliklar uchun “Oʻzbek tili” kurslari tashkil etilib, “Oʻzbek tili” kurslarining A2 dars mashgʻulotlarini yakunlagan kurs tinglovchilarga Urganch davlat universiteti tomonidan A2 darajadagi sertifikat berilgani haqida xabar qilgan edik.

🟢Ushbu munosabat bilan Turkiya Respublikasining Turkistonliklar madaniyat va ijtimoiy yordam jamiyati hamda O'zbekistonning Istambuldagi Bosh konsulligi tomonidan ikki qardosh mamlakatlarning oʻzaro doʻstlik aloqalarini yanada yaqinlashtirish va rivojlantirishdagi saʼy-harakatlari uchun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev hamda “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti, mazkur “Oʻzbek tili” kursi oʻqituvchisi Shahnoza Alimovalar nomiga Tashakkurnoma taqdim qilindi.

🇺🇿🇹🇷Doʻstligimiz abadiy, hamkorligimiz esa bardavom boʻlsin!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM