Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY
13.6K subscribers
41.9K photos
3.05K videos
346 files
12.6K links
Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi

🌐Veb-sayt: www.urdu.uz
Facebook: facebook.com/urduuz
Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati
Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
Download Telegram
#fakultet_yangiliklari

🖇Bugun, 18-aprel kuni O'zbek filologiyasi fakulteti 211- o'zga tilli guruhlada Rus tili ta'lim yo'nalishi talabalari bilan Xorazm viloyati "O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasi bo'lim boshlig'i Ergash Xajiyev ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Unda sug'urta kompaniyasining faoliyati va yo'nalishlari, imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Talabalar ham o’zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olib, o’zlari uchun zarur tavsiyalarga ega bo’lishdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
#fakultet_yangiliklari

📌Bugun Oʻzbek filologiyasi fakulteti o'zga tilli guruhlarda Rus tili taʼlim yoʻnalishi 212-guruh talabalari ishtirokida "Diniy oqimlarning maqsadlari" mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi.

▫️Unda profilaktika inspektori Z.Allanazarova talaba-yoshlar bilan bugungi kunda dunyoda sodir bo’layotgan voqealar haqida suhbatlashib, ularni ogohlikka chaqirdi va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanishni tavsiya qildi.

🎞Shuningdek, uchrashuv yakunida "Tanla" va "U oʻlmadi, ammo tirik emas" videoroliglari talabalar e'tiboriga havola etildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
#fakultet_yangiliklari

📌Bugun Fizika-matematika fakulteti Matematika yo'nalishi 2-kurs talabalari ishtirokida "Yoshlar o'rtasida huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish" mavzusida profilaktirk tadbir o'tkazildi.

▪️Unda profilaktika inspektori, leytenant Z.Allanazarova talaba-yoshlar bilan mavzu yuzasidan suhbat olib bordi. Uchrashuvda yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga doir sa’y-harakatlar samaradorligini takomillashtirish, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha mustahkam immunitetni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratilgani to’g’risida so’z yuritildi.

▫️Shuningdek, Xorijiy filologiya fakulteti Tarjima nazaryasi yo'nalishi 3-kurs talabalari bilan O’zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyat bo’limi bosh mutaxassisi R.Kalandarov ishtirokida “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
#fakultet_yangiliklari

⚡️Bugun, 2-may kuni Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakultetida 231-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnalogiyasi yo’nalishi guruhida “Diniy bag'rikenglik ota-bobolarimizdan meros bo'lgan milliy qadriyat" mavzusida mutaxassis ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Unda Urganch shahar bo'yicha IIOFMB JQB tezkor vakili leytenant O.Masharipov ishtirok etib, mavzu yuzasidan atroflicha ma'lumotlar berdi. Suhbat davomida yoshlarda milliy, mafkuraviy immunitetni hosil qilish orqali xalqimizni turli g’oyaviy va mafkuraviy tahdidlardan asrash xususida so'z yuritilib, turli yot g'oyalar ta'siriga tushib qolmaslik to'g'risida tavsiyalar berildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
#fakultet_yangiliklari
#dayjest

📱Bugun, 3-may kuni Fizika-matematika fakulteti 232-Mexanika, 233-Fizika, 231-Amaliy matematika ta'limi yo'nalishi talabalari ishtirokida "Yangi uyg'onish davri - kitob va kutubxonadan boshlanadi" mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Unda Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Qo'ziyev Umidjon va "Kutgan kunlar kelar" kitobi muallifi Toshkent iqtisodiyot pedagogika instituti talabasi Qutlibayev Otabek kabi Shovot tumanining yosh shoir va ijodkorlari mavzu yuzasidan suhbat olib borishdi.

📱Shuningdek, fakultetda "Giyohvandlikka qarshi kurashish - barchamizning burchimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etilib, mutaxassislar hamda fakultet tyutorlari tomonidan yoshlarga giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari to'g'risida atroflicha ma'lumot berishdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#fakultet_yangiliklari

🔴Ayni paytda Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakultetida
Axborot resurs markaziga yangi kelgan adabiyotlarni talabalarga tanishtirish maqsadida kitoblar ko’rgazmasi o’tkazilmoqda.

Unda universitet kutubxonasiga keltirilgan yangi kitoblar namoyish etilib, talabalar yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishishmoqda.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fakultet_yangiliklari

🗣️Bugun, 6-may kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Tarix yo'nalishi 221-222-guruh hamda Marketing yo'nalishi 231- guruh talabalari ishtirokida "Vatanga xizmat qilish - buyuk maqsadim" mavzusida universitet inspektori Z.Allanazarova bilan davra suhbati tashkil etildi.

Unda mavzu yuzasidan atroflicha ma'lumotlar berilib, yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirish hamda yurtga sadoqat, vatanni sevish, qadrlash uni asrab-avaylash va oʼz yurtiga, xalqiga doimo sodiq bo'lish borasida so'z yuritildi.

Suhbat davomida talabalar ham o'z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fakultet_yangiliklari

🖇Bugun, 22-may kuni Xorijiy filogogiya fakultetida “Yangi O’zbekistonda qonun ustuvorligi” mavzusida sudya va yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda Xorazm viloyati sudi kadrlar bo’limi boshlig’i X.Sapayev, viloyat sudi katta yordamchisi M.Bobojonov va I.Usmonovlar fakultet talabalari bilan suhbat olib borishdi.

▪️Uchrashuv davomida tadbir mehmonlarining O′zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, bosh qomusimiz insonning huquq va erkinliklari kafolati ekanligi haqidagi fikrlari tinglandi. Shuningdek, Vatanga sadoqat, yurt kelajagiga daxldorlik masalalari va yoshlar uchun imkoniyatlarga alohida toʻxtalib, sud tizimlari va undagi yangiliklar to’g’risida talaba-yoshlarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
#fakultet_yangiliklari

⚜️Fizika-matematika fakulteti 232-Matematika guruhi talabalari ishtirokida taniqli adiblar bilan uchrashuvlar doirasida ijodiy davra suhbati o'tkazildi.


Unda Xorazm viloyati yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Kutgan kunlar" she'riy to'plami muallifi shoir Otabek Rahim ishtirok etib, talabalar bilan o’zining muallifligidagi asarlari yuzasidan suhbat olib bordi. Uchrashuv davomida o’zbek adabiyotining zabardast vakillarining hayoti va ijodi, buyuk allomalar tomonidan qoldirilgan boy adabiy-ma’naviy merosining bugungi kunda yoshlarni komillik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida so’z yuritildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
#fakultet_yangiliklari

🟠Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida "Ogohlik - davr talabi'' mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Unda fakultet tyutori R.Matchanov hamda universitet profilaktika inspektori Z.Allanazarovalar mavzu yuzasidan suhbat olib borishdi.

🟠Uchrashuvda hozirgi ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib, internet tarmoqlaridagi xizmatlardan foydalanuvchilar orasida yoshlarning tobora ortib borishi, bu borada har birimizni yanada xushyor va ogoh bo’lishni talab etishi to’g’risida so’z yuritildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fakultet_yangiliklari

✔️"Pedagogning maqomi to'g'risida"gi qonun yuzasidan targ’ibot-tashviqot uchrashuvi kunning ikkinchi yarimida Xorijiy filologiya fakultetining “Roman-german filologiyasi” kafedrasida davom etdi.

Unda Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov hamda kafedra professor-o’qituvchilari ishtirok etib, "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi qonun hamda unda belgilangan pedagogning huquqlari, sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'si to’g’risida so’z yuritildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fakultet_yangiliklari

🖇Bugun, 12-iyun kuni Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakulteti 211- O’simliklarni himoya qilish va 211- Mevachilik va uzumchilik yo’nalishlari talabalari ishtirokida “Ogohlik-davr talabi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Unda UrDU profilaktika inspektori D.Sapayev qatnashib, bugungi kunda dunyoda sodir bo’layotgan voqea-hodisalar ogohlik davr talabi ekanligini ko’rsatishini alohida ta’kidladi hamda talaba-yoshlarni turli huquqbuzarliklarni oldini olishga va doimo ogoh bo’lishga chaqirdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
#fakultet_yangiliklari
#tyutorlar_faoliyatidan

30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan bugun Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakultetining 221- issiqxona va 211- geografiya yo’nalishi talabalari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasida "5 ta muhim tashabbus" ning to’rtinchi yo’nalishiga oid "Kitobxonlik" tadbiri tashkil etildi.

Unda fakultet tyutorlari hamda universitet ARM 1-o’quv zali xodimlari mavzu yuzasidan muloqot olib borishdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fakultet_yangiliklari
#Tyutorlar_faoliyatidan

Bugun Xorijiy filologiya fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida "Ogohlik - davr talabi. Yoshlarning milliy qadriyatlarga munosabati" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Unda Urganch shahar IIOFMB boshlig'i o'rinbosari M.Berdiyev va UrDU profilaktika inspektori D.Sapayevlar mavzu yuzasidan talabalar bilan suhbat olib borishdi. Shuningdek, uchrashuvda bugungi kunda dunyoda bo‘layotgan voqea-hodisalar, ogohlik davr talabi ekanligi alohida qayd etilib, talaba -yoshlar turli huquqbuzarliklarni oldini olishga, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmaslikka va doimo ogoh bo‘lishga chaqirildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fakultet_yangiliklari

🌱Bugun, 24-iyun kuni Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakulteti 211-o'simliklarni himoya qilish yo’nalishi talabalari fakultet tyutori U.Ruzmetov bilan birgalikda Xorazm viloyat Do‘stlik va nodavlat-notijorat tashkilotlari uyiga borishdi.

Tashrif davomida talabalar Koreys milliy-madaniy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U yerda talabalarimizga Xorazm viloyati Koreys milliy-madaniy markazi rahbari Antonina Kim markazda mavjud ashyolar hamda koreys milliy madaniyatiga oid qimmatli ma’lumotlar bilan ulashdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
#Fakultet_yangiliklari
#Insholar_tanlovi

✍️Joriy yilning 27-sentabr sanasida Urganch davlat universiteti Filologiya va sanʼat fakulteti talabalari oʻrtasida "1-oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan "Ustozga ehtirom" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.

🗣Talabalarga insho yozish qoidalari, imlo xato, uslubiy xato, ishoraviy xatolarga yo'l qo'ymaslik, mavzu mazmuni to'liq bayon etilishi lozimligi tushuntirilgach, talaba-yosh o'z bilim va ko'nikmalarini sinovdan o'tkazdilar.

Yakunda tanlovda g'olib talabalar fakultetning esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fakultet_yangiliklari

Bugun, 27-sentabr kuni Xorijiy filologiya fakultetida "Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz" mavzusida fakultet professor-o’qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlarni ilm-u marifatga qiziqtirib, Vataniga sodiq qilib o‘stirish, unga manfaat keltiradigan va Vatan taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shadigan vatanparvar qilib tarbiyalash yurtimiz kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etishi to’g’risida so’z yuritildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
#Fakultet_yangiliklari

Bugun Fizika-matematika fakultetida shoir va yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Unda Urganch shahar "Ijodkor ayollar" guruhi raisi, faxriy fizika fani o’qituvchisi, shoira Qurbonbika O’razmetova talabalar bilan uchrashib, inson go‘zallikka do‘st bo‘lishi, yaxshilik qilish orzusi bilan yashashi haqida suhbatlashdi.

Shuningdek, uchrashuvda Alisher Navoiy, Al-Beruniy, Abdulla Oripov, Muhammad Yusufning ustoz haqidagi she’rlari, fikrlari haqida so’z yuritildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube