Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY
13.7K subscribers
52.5K photos
3.87K videos
360 files
15.3K links
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi

🌐Veb-sayt: www.urdu.uz
Facebook: facebook.com/urduuz
Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati
Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
Download Telegram
#Dayjest
#Fakuletlardan_xabarlar

Bugun Urganch davlat universitetida “16-noyabr – Xalqaro bag'rikenglik kuni” munosabati bilan “Bag'rikenglik haftaligi” doirasida turli tadbir va ko’rgazmalar tashkil etildi. Xususan, Xorijiy filologiya fakultetida ARM xodimlari bilan hamkorlikda kitoblar hamda rasmlar ko'rgazmasi tashkil etilib, talaba-yoshlar ko’rgazmadan joy olgan asarlarga katta qiziqish bildirishdi.

Shuningdek, kun munosabati bilan Filologiya va san’at fakultetida ham 221-Amaliy filologiya talabalari ishtirokida "Milliy qadriyatlarda Vatan aksi" mavzusida suhbat va ko'rgazma o’tkazildi. Unda Xotin-qizlar masalalari boyicha dekan maslahatchisi X.Boymurotova talabalarga milliy qadriyatlar bo’yicha ma'lumotlar berdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| in | YouTube
🟦🟦🟦

🗣Filologiya va san'at fakultetidan xabarlar...

🔵Bugun, 14-noyabr kuni Filologiya va san'at fakultetida “16-noyabr – Xalqaro bag'rikenglik kuni” munosabati bilan “Bag'rikenglik haftaligi” doirasida “О‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida davra suhbati uyushtirildi. Uchrashuvga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Urganch tumani bo'linmasi bosh mutaxassisi Q.Sobirov mehmon sifatida taklif qilinib, mavzu yuzasidan talabalar bilan o'zaro suhbat olib bordi.

🔵Shuningdek, fakultet talabalari o’rtasida sana munosabati bilan "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etilib, unda yoshlar faol ishtirok etishdi. Bu kabi bellashuvlar talabalarning aqliy salohiyatini yanada oshirishga, intellektual qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| in | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔂Oliy ta'lim muassasalari va o'rta maxsus ta'lim hamkorligi

Bugun, 14-noyabr kuni Urganch davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi “Kasbiy ta'limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risidagi” PF-158 son Farmoni bo'yicha oliygohga biriktirib berilgan 11 ta kasb-hunar maktabi, 5 ta texnikum va 1 ta kasb-hunar kolleji direktorlari bilan universitet O'quv ishlari bo'yicha prorektori S.Xodjaniyazov, bosh hisobchi A.Xayitboyev hamda Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti dekani A. Xudayberganovlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda O'quv ishlari bo'yicha prorektor S.Xodjaniyazov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 24-oktabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-oktabrdagi PF-158 son Farmoni ijrosini tashkil etish to'g'risida” gi 394-son buyrug'ida berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida va sifatli bajarish bo'yicha zarur ko'rsatmalar berilib, muhokama qilindi hamda buyruqni ilovasida berilgan chora-tadbirlar rejasini belgilangan muddatlarda bajarish bo'yicha tegishli bandlari birma-bir ko’rib chiqildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| in | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣1️⃣1️⃣

🤔Bugun, 14-noyabr kuni Urganch davlat universitetida “16-noyabr – Xalqaro bag'rikenglik kuni” munosabati bilan “Bag'rikenglik haftaligi” doirasida turli xil sport o'yinlari, jumladan, tosh ko'tarish, arqon tortish va stol tennisi talabalar ishtirokida tashkillashtirildi.

Bunday musobaqalar talaba-yoshlarni sogʻlom turmush tarzini taʼminlash, sportga keng jalb qilish, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o'tkaziladi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| in | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM