Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY
12.8K subscribers
43.6K photos
3.16K videos
347 files
13K links
Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi

🌐Veb-sayt: www.urdu.uz
Facebook: facebook.com/urduuz
Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati
Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
Download Telegram
Akademik Saidaxror Gulyamov Urganch davlat universitetida maʼruza qildi

🔘Bugun, 10-iyun sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, i.f.d., akademik, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Saidaxror Gulyamov Urganch davlat universitetida boʻlib, oliygohning professor-oʻqituvchilari va iqtidorli talabalariga “Yangi O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirishda sifatli taʼlimning roli” mavzusida maʼruza qildi. Uchrashuvni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berdi.

🔘Akademik Saidaxror Gulyamov oʻz maʼruzasida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev islohotlariga atroflicha toʻxtaldi. Xususan, ““Raqamli O‘zbekiston—2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, “Sun’iy Intellekt” strategiyasining qabul qilinishi, ta’lim islohotlari, o‘qituvchi va boshqa byudjet xodimlarining majburiy mehnatdan ozod qilinishi, maktablarga va oliy ta’lim muassasalariga qaratilayotgan eʼtibor, boshqaruv tizimining strukturasi optimallashtirilishi singari ko‘plab masalalar haqida soʻz yuritdi.

🔘Shuningdek, ilm-fan va innovatsion texnologiyalar rivojlanib borayotgan davrda kelgusida talab oshadigan va talab qisqaradigan kasblar borasida gapirib, zamonga mos va yetuk saloyihatga ega yoshlar bo‘lib shakllanishida talab etiluvchi ko‘nikmalar yuzasidan taqdimot asosida oʻzining teran fikrlarini bildirdi.

Maʼruza yakunida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev mazmunli va yuksak fikr-mulohazalarga boy uchrashuv uchun universitet professor-oʻqituvchilari nomidan tashakkur bildirdi.


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi?

🗣Xorijdagi oʻzbek oilalarining farzandlariga ona tilini oʻrgatish platformasi ishga tushirildi

Xabarga koʻra, mashgʻulotlarni tamomlagan oʻquvchilarga maxsus sertifikat beriladi.

Batafsil: https://onatilim.vatandoshlarfondi.uz/

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹Xorazm MTRK ning “Nafosat” ko’rsatuvining navbatdagi soni faxriy ustoz Onaxon Jumanazarovaning faoliyatiga bag’ishlandi

💐Unda Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti “Kompyuter ilmlari” kafedrasida samarali mehnat olib borgan katta o'qituvchi Onaxon Jumanazarovaning hayot yo’li, mehnat faoliyati davomida qilib kelayotgan jonkuyarliklari, universitet o’quv va ilmiy jarayonlariga qo’shgan ulkan hissasi va insoniy fazilatlari e’tirof etildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube