Umr Falsafasi
22.7K subscribers
1.53K photos
533 videos
1 file
3 links
✍️ She'riyat
🖇 Falsafa
🌱 Psixologiya
📖 Mazmunli satrlar
❤️ Qalbga yaqin so‘zlar
📚 Mulohaza

Reklama:@Umr_info
Murojaat: @Umr_Falsafasi_admini
Download Telegram
#Ibratli

16 yoshga to‘lgan bir qizaloq qiziqib onasidan so‘rabdi: "Oyi, men 18ga to‘lganimda nima sovg‘a qilasiz ? Onasi "Hali ungacha ancha vaqt borku" debdi.
Qiz 17 ga to‘lganida avtohalokatga uchrabdi. Oyijon endi man o‘lamanmi?
Onasi: Yo‘q qizim, unaqa dema, hali sen uzoq yashaysan", deb javob beribdi. Oradan ancha vaqtlar o‘tibdi va qiz tuzalib uyiga qaytibdi va xonasidan bir xat topibdi. Xatda "Qizim sen mendan 18 yoshga to‘lsam, nima sovg‘a qilasiz deb so‘rarding, men senga yuragimni sovg‘a qildim. Tug‘ulgan kuning bilan qizalog‘im" deb yozilgan ekan.
Biz uchun jonini berishga tayyor bo‘lgan onajonimizni hechqachon unutmaylik!

@Umr_Falsafasi 🕊
Ona, siz og'rimang...
Siz kasal bo'lmang!

🎙Feruzabona

@Umr_Falsafasi 🌱
#Mulohaza

Bir ayol kichik, sovuqotgan, och qolgan ILONni ko‘rib, unga yordam berish uchun uyiga olib keldi. Uni parvarishlab taom bera boshladi. Ilon ayolga o‘rganib, kundan-kun katta bo‘lib borardi. Ayol uy ichida qayerga borsa ilon ham uning izidan birga ergashib borardi.
Kechqurun uxlayotganda ilon ayolning yonida uxlardi. Oradan yillar o‘tdi, ilon ancha katta bo‘lib qoldi. Kunlarning birida ayol kutmagan hodisa ro‘y berdi. Ilon noma’lum sababga ko‘ra taom yemay qo‘ydi. Rahmdil ayol ochlikdan o‘lib, halokatga uchramasin deb, ilonga ovqat berishga ko‘p urinardi. Ammo ilon ovqatga qaramasdi. Ayolning barcha urinishlari zoye ketdi.
Ilon bir necha hafta davomida taomdan bosh tortgan bo‘lsa ham, ammo ayolning izidan qolmay doim unga ergashib yurardi. Kechqurun yonida yotishni ham tark qilmasdi. Hatto tunlari ayol uxlayotganda uning tanasiga o‘ralib olardi.
Oxiri ayol ilonni veterinarga ko‘rsatishga qaror qildi. Shoyad veterinar uni tekshirsayu muolaja qilsa, deb o‘yladi.
Ilonni boshdan oyoq kuzatgan veterinar ayoldan: «Siz bu ilonda taomga ishtahasizlikdan boshqa yana biror kasallik belgisini sezdingizmi?», deb so‘radi.
Keksa ayol: «Yo‘q», deya javob berdi.
Veterinar yana undan: «Haliyam kechqurun yoningizda uxlayaptimi?», deb so‘radi.
Onaxon: «Ha, ko‘pincha shunday bo‘lyapti, men hovlining qaysi burchagiga borsam birga boradi, har kecha so‘rida yonimda uxlaydi», dedi.
Veterinar yana onaxondan so‘radi:
«Yoningizda uxlayotganda tanangizni o‘rab olayotganini mabodo sezmadingizmi?»
Onaxon dahshatga tushdida, veterinarga: «Ha, ha, oxirgi paytlarda kasal bo‘lib qolgan lahzalarda yonimda isinish va mehrni his qilish uchun tanamni o‘rab olib uxlayapti. Uyg‘onganda menga nigohini qaratib termulib turgan bo‘ladi. Men darhol unga taom berishga harakat qilaman, afsuski, u taomni rad etadi va o‘z joyida turaveradi», dedi.
Ana shunda veterinar tabassum qildi va onaxonga: «Xonim, bu ilon kasal emas, balki sizni yutishga tayyorlanyapti, u sizni yeyish uchun yaxshigina och qolishni kutib yuribdi. Shuningdek, har kecha tanangizni o‘rab olayotgani o‘ylaganingizdek sizga bo‘lgan muhabbati, mehr kutganidan emas, balki tanangizni hisob-kitob qilib, oshqozoni sig‘dirishi uchun o‘zining hajmiga solishtirib ko‘ryapti. Sizga hujum qilish uchun payt poylab yuribdi, juda ehtiyot bo‘ling, xonim. Bu ilondan tezda xalos bo‘ling», dedi.

Xulosa shuki...
Ba’zilar atrofidagi insonlarga muhabbat, mehr, yaxshilik ulashish orqali ularning o‘zgarishlariga sabab bo‘laman deb o‘ylaydilar.
To‘g‘ri, ba’zan bu borada muvaffaqiyatlarga erishadilar. Lekin shuni unutmangki, shunday tabiatli insonlar bor, ular bilan yaxshilik asosida muomala qilish foyda bermaydi, muhabbat ularga yordam bera olmaydi. Bunday insonlardan ehtiyot bo‘ling, ularga yaqinlashish ulkan xatardir.
Shunday kishilar borki, siz ularga hech narsa bermasangiz ham ular sizga muhabbatni tortiq qiladilar.
Shunday kishilar borki, siz ularga hamma narsani bersangiz ham, ular sizga alam va og‘riqni tortiq qiladilar...

@Umr_Falsafasi 🌱
#Mulohaza

AJOYIB MEROS

Misr hukmdori bilan Rum hukmdori o‘zaro kelishib, do‘stlik ahdini tuzdilar va oradagi adovatga barham berdilar. Hatto Misr hukmdori Rum hukmdorining qizini o‘g‘liga nikohlab, qizini esa Rum shahzodasiga uzatdi. Ularning do‘stlik va qarindoshlik aloqalari uzoq davom etdi. Bir kuni Rum hukmdori qudasiga bu mazmundagi maktubni yo‘lladi:
-Ko‘zlarimizning nurlari bo‘lmish aziz farzandlarimizning bizlardan keyin ham farog‘atda yashamoqliklari uchun hozirdan chora-tadbir ko‘rishimiz kerak. Men o‘g‘lim uchun juda ko‘p oltin jamladim. Chiroyli bog‘ va saroy barpo ettirdim. Siz ham shunday qilgandirsiz?
Misr hukmdori maktubni o‘qib tabassum qildi va bu javobni yo‘lladi:
-Azizim, men sizdan ko‘ra sal boshqacharoq yo‘l tutdim. Vafosiz mol-dunyo va matohlariga iltifot etmaganim tufayli o‘g‘limga oltinu javharlar emas, ilm, hunar, odob, axloqni meros etib qoldirishni istadim. Uni ilmli, hunarli, xushaxloqli qilib tarbiyaladim. Uni yaxshi adab libosi bilan bezadim. Mol-dunyoga qachondir zavol yetadi, ammo men qoldirayotgan merosga hech zamon zavol yetmaydi. Bu meros farzandimni har qanday balo-ofatlardan omon
saqlagay...

Ota o‘z farzandlariga meros etib molu dunyo emas, odob-axloq qoldirishi kerak. Mol-dunyo merosi kundan kun kamayib, odob-axloq merosi esa oshib boradi.

@Umr_Falsafasi 🌱
"Er-xotin qo'sh ho'kiz" emas.
Oilada faqat er ho'kiz.
Xotin esa "aravada" mazza qilib yurishi kerak...

Mubashshir Ahmad

@Umr_Falsafasi 🌱
So‘rayver, bir kuni beradi Xudo,
Demagin, "Duolar ar‘shlarga bormas..."
Tog'ning bag‘irlari yoriladi-yu,
Osmon eshiklari ochilmay qolmas!

Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin, qadrdonim!

@Umr_Falsafasi 🕊
#Mulohaza

Dunyo ulkan bir maktab!

Unda har qancha a’lochi bo‘lmagin, (oxirida) vafot to‘g‘risida shahodatnoma olasan, xolos!

Menga o‘lishim muammo emas...
Qay holatda o‘lishim muammo!
Robbim, sahifamizni "La illaaha illalloh" bilan yopgin!


@Umr_Falsafasi 🌱
#Mulohaza

Ayolim ishlamaydi.

Er va psixolog o‘rtasida suhbat

— Muammoingiz nima?
— Charchoq va og‘ir ish.
— Nima ish qilasiz?
— Bankda hisobchi.
— Ayolingiz nima ish qiladi?
— Ishlamaydi. Faqatgina uy bekasi.
— Kim ertalab sizni va farzandlaringizni uyg‘otib, barchangizga nonushta tayyorlaydi?
— Ayolim. Chunki, u ishlamaydi-da.
— Ayolingiz qachon uyg‘onadi va siz qachon uyg‘onasiz?
— Ayolim ertalab beshda, men yettida uyg‘onaman. Chunki, u bolalarni maktabga tayyorlab, bizga nonushta pishiradi.
— Bolalarni maktabga kim olib boradi?
— Ayolim. Chunki, u ishga bormaydi.
— Ayolingiz bolalarni maktabga olib borgandan keyin nima ish qiladi-yu, siz nima ish qilasiz?
— Uyga qaytib, tushlik tayyorlaydi, kiyimlarni yuvadi, uyni supuradi, farzandlarning qaytishini kutadi. Ishlamaydi-da, shuning uchun bu yumushlarni qiladi. Men esa, peshindan keyingi soat uchgacha ishxonada bo‘laman.
— Kechqurun ishdan qaytganingizda, nima qilasiz? Ayolingiz-chi?
— Mashaqqatli ish kunidan so‘ng ovqatlanib, biroz dam olaman. Ayolim bolalarimning uy vazifalarini qilishga qarashib yuboradi. Keyin choy damlab kelib, birga choy ichish uchun meni uyg‘otadi.
— Shundan keyin kechqurun siz nima qilasiz? Ayolingiz-chi?
— Gazeta o‘qiyman, televizor ko‘raman, yangiliklar bilan tanishaman, ayolim idishlarni yuvadi, uyni tozalaydi va bolalarimni uyquga hozirlaydi.
— Endi aytingchi, psixolog maslahatiga kim kelishi kerak?! Sizmi yoki ayolingizmi?! Ko‘proq kim dam olishi kerak?! Sizmi yoki ayolingizmi?! Erta tongdan to kechgacha tinmay mehnat qiladigan ojiza insonni “Ishlamaydi! Ishsiz!” deyishga uyalmaysizmi?! Ish soatisiz, maoshsiz, texnika xavfsizligisiz, mukofot pulisiz, tashakkursiz ishlaydigan va bu bilan shikoyat qilmaydigan, tashlab ketib qolmaydigan insonni “Ishlamaydi! Ishsiz!” deyishga uyalmaysizmi?! Onalar, opalar, singillar, xotinlar, qizlar tinim bilishmaydi. Yana ularni “bekorchi” deyishadi.

@Umr_Falsafasi 🌱
Menga ko'p narsa kerak emas. Menga faqat:
— Sen bilan o‘qiladigan namozlar!
— Sen bilan kuladigan hazillar!
— Sen bilan yuradigan yo‘llar!
— Sen beradigan Mehr va vafo!
— Sening qadaming nurafshon etgan uy!
— Sen o‘qib beradigan Qur'on!
— Sen beradigan cheksiz baxt!
— Sen bilan bo'ladigan suhbatlar!
— Senla kirishga umid bog‘laganim - jannat!
— Sen bilan ichiladigan choy-u qahvalar!
— Sen bilan yengib o‘tiladigan sinovlar!
— Va sen bilan hayotda boshlanib, Jannatda ham davom etadigan umrni istayman...

@Umr_Falsafasi 🕊
​​Erning bo‘ydor bo‘lgani yaxshi,
Yoki puldor bo‘lgani yaxshi,
Har kimning o‘z suygani yaxshi
Shukur qiling, shukrona ayting.
Hammadan ham eringiz yaxshi!

Dugonamning eri zo‘r, demang,
Mening erim epsiz, g‘o‘r, demang,
Ax, peshonam muncha sho‘r, demang,
Shukur qiling, shukrona ayting.
Hammadan ham eringiz yaxshi.

Yuzi to‘la tirtiq bo‘lsa ham,
Kiyimlari yirtiq bo‘lsa ham,
Bir qilig‘i ortiq bo‘lsa ham,
Shukur qiling, shukrona ayting.
Hammadan ham eringiz yaxshi!

Cho‘ntagi bo‘sh deya o‘ylamang,
Mehrga boy bo‘lishi mumkin!
Boshqa boqqa aslo bo‘ylamang,
Omad ketib qolishi mumkin.
Duo qiling, duogo‘y bo‘ling,
Hammadan ham eringiz yaxshi!

Kuyinmang, tepakal bo‘lsa ham,
Tepangizda soya bo‘ladi!
Mayliga, pakana bo‘lsa ham,
Siz suyangan qoya bo‘ladi!
Ko‘z tegmasin ko‘zmunchoq taqing,
Hammadan ham eringiz yaxshi!

Mayli, ba’zan qittay ichsa ham,
Mastlikda rost so‘zlab keladi.
Mayli, gohi musht o‘qtalsa ham,
Janjaldan so‘ng shodlik kuladi.
Shukur qiling, shukrona ayting.
Hammadan ham eringiz yaxshi!

Men Qilichday shoir bo‘lmasin,
Traktorchi bo‘lsa ham mayli.
Illo, qalbi majruh bo‘lmasin,
Jismi majruh bo‘lsa ham, mayli!
Ko‘z tegmasin, ko‘ztumor taqing,
Hammadan ham eringiz yaxshi!

@Umr_Falsafasi 🌱
#Mulohaza

Suriyalik bir boladan so‘rashdi:
- Katta bo‘lsang kim bo‘lasan?

Bola xursand bo‘lib javob beribdi:
- Men ham katta bo‘lamanmi?

@Umr_Falsafasi 🌱
​Biz o‘ylayotgan o‘y fikrlarimiz va so‘zlayotgan so‘zlarimizdan tashkil topganmiz. Shunday ekan foydalanayotgan so‘zlaringizga e’tiborli bo‘ling.

"Menga bo‘laveradi" demang, "Menga eng yaxshisi kerak" deng.

"Charchadim" emas, "Dam olishim kerak" deng.

"Aybdorman" demang, "Bu menga tajriba bo‘ldi" deb ayting.

"Vaqtim yo‘q" emas, "Keyinroq bajaraman" deng.

"Harakat qilaman" emas, "Bajara olaman" deng.

"Men bunga loyiq emasman"
demang, "Men eng yaxshilariga loyiqman" deng.

"Hammasi yaxshi" ni o‘rniga, "Menda hammasi zo‘r" deb ayting.

@Umr_Falsafasi 🌱
Bizni nimamiz bor, mehrdan boshqa?!

@Umr_Falsafasi 🌱
#Mulohaza

Bekor katta bo‘lyapmanda. Bolaligimda dunyo chiroyli edi...
Oson edi...
Tushunarli edi...
Yoqimli edi...
Bolaligimda hamma yaxshi narsalar menga edi. Hech kim menga ichim kuysa achchiq qalampir tutmasdi... Hech qachon yaram ustiga tuz sepishmasdi...
Bolaligim oson edi. Erisholmagan narsalarimga bitta erkalanishim yoki ko‘z yoshlarim orqali erishardim... Ermak uchun ham ko‘z yoshimni to‘kardim... to‘kishmasdi. Do‘stim ustimga tuproq sochsa, men unga loy otardim. Lekin, shu loy-tuproq qo‘llarimiz bilan bir-birimizni quchardik...
Bolaligim tushunarli edi. Men multfilmda ko‘rganim - kesib chiqish eng yaqin yo‘l, degan fikrni afzal bilardim. Bilmasdimki, uchburchakda a²+b²=c² katetlar kvadratlari yig‘indisi gipatenuzaning kvadratiga teng... degan xossasi borligini.
Bolaligim yoqimli edi. Xato qilib qo‘ysam, meni yomon ko‘rishmasdi. Nafrat ko‘zlari butun vujudimni teshib o‘tmasdi. Mobodo, qilgan xato ishim uchun otam urishsa onamga, onam urishsa otamga borib aytardim. “Hozir, shoshmay turgin. Boplaymiz...” - ko‘nglimni osmon qadar ko‘tarardi...
Eh, bekor katta bo‘lyapmanda...

Kamoliddin Azzamov

@Umr_Falsafasi 🌱
Odamlarning musibatlaridan biri shuki, yoqmagan birgina fe'ling uchun avvalgi barcha yaxshiliklaringdan kechib yuboradi.

@Umr_Falsafasi 🌱
#Mulohaza

Sirdosh kerak, dardkash kerak, tushunuvchi inson kerak...

Afsuski bunday insonlarni topish qiyin. Dardingni tinglagan tushunmaydi, siringni saqlagan dardkash bo‘la olmaydi, tushungan esa siringni saqlay olmaydi. Hayot qiziq hammani o‘ziga yarasha dardi ham siri ham bor. Hech kimga ayta olmaydigan, aytsa ham tushunmaydigan...

Hayot qiziq o‘rtasi chiziq, shu chiziq bo‘lmasa nimasi qiziq😏

Hurmat ila Risliqoy

@Umr_Falsafasi 🌱
#Mulohaza

Yolg‘iz ayollardan tilingizni torting!

U siz kabi ruchkasini o‘ynatib pul topayotgani yo‘q yoki kimlarnidir aldab yoki qaysidir erkakni qo‘yniga kirib, yoki qaysidir ayolni baxtini yarimta qilib rizqini kesib kun o‘tkazayotgani yo‘q. Yolg‘iz ayol farroshlik qilsa ham, ko‘chalarda axlat va xattoki xojatxona tozalasa ham peshona teri bilan xaloldan topyabdi. Siz kabi millionlar ichida yashamasa ham o‘ziga yarasha g‘ururi, ori bor. Boylik yoki qo‘lni kiri bo‘lmish pul oldida o‘zligini aslo sotmaydi va yo‘qotmaydi.

Ajrashganlarni past nazarda qarayotgan xurmatli odamlar. Sizni Alloh baxtingizni to‘kis qilib yaratgandir, balki sizni bardoshingiz xayot sinovlariga chidamsizdir, shu uchundir Alloh sizni sinovlarla sinamayakkandir.
Chunki Alloh yaxshi biladi, sinovni qay bandasiga berishini, o‘sha siz mensimayakkan ayolni sabri metinday mustaxkam ekanki, Alloh ketma- ket sinovlar, musibatlar, yo‘qotishlar bermoqda.
Kiyomatda bir qaradingiz o‘sha siz dunyoda mensimaganingiz Allohni arshi soyasida turibdi, siz esa xo‘rlik uzrasiz.
Aytingchi kim yutkazdi dunyoda?

Gapirayotganda tilingizni eng avvalo o‘zingizni avaylang. Chunki siz bugun ustidan kulganingiz, tuxmatlar ichida qoldirib, boshidan mazg‘ava ontarganingiz o‘sha ojiza ayol aslida yolg‘iz emas. Sizni yoningizda suyanganingiz yoringiz bo‘lsa, uni yonida Alloh bor!
Alloh uni har bir ko‘z yoshini va og‘riqlarin xisobin, intiqomin albatta oladi.
Bugungi faxrlanayotgan oilangizni, qasrdan bo‘lgan uyingiz va boyligingizni uning Robbisi tortib olib, ertaga sizni shu yolg‘iz ayol o‘rniga tushirib qo‘ysa u vaqtda sizga g‘ururingiz ham chiroyingiz ham yordam bermaydi.

Osmonda bo‘lsangiz ham hamisha oyog‘ingiz yerda bo‘lsin, chunki sizni xikoyangiz davomi hali oldinda!

@Umr_Falsafasi 🌱
Hayotga sizni g‘iybatingiz tinglash yoki xafa bo‘lish uchun yashash niyatim yo‘q. Maqsadim va meni yorqin kelajagimni amalga oshirish uchun yashamoqdaman.

O‘ylab gapiring, daqiqangiz balki soniyangiz ham hisoblidir?! Befoyda va mayda narsalar bilan qalbingizni va ongingizni yaralamang. Bitta chiroyli so‘zga doim rioya qiling: "Hammasi yaxshilikka" yoki "Hammasi o‘tib ketadi" o‘tmasa "O‘tib ketamiz!" .

Shunaqa!

@Umr_Falsafasi 🌱
​​​​SUYANCH!

Ayol mehr-muhabbat manbaidir.

Erkak zoti borki shu chashmadan bahramand bo‘lishga intiladi...
Ayrim erkaklar ayolga uning boyligi, kelishgan qaddi qomati va chiroyli ko‘rinishi yoqadi, deb o‘ylaydi va shunga ko‘ra ayolning muhabbatini qozonish uchun puldor ko‘rinishga, o‘ktam qomatli bo‘lishga urinadi.

Aslida esa ayol uchun eng ma’quli suyansa bo‘ladigan erkakdir.
Ayol o‘zi suyana oladigan erkakning barcha kamchiliklariga ko‘z yuma oladi, agar suyana olmasa u erkakning barcha fazilatlari u uchun begona bo‘lib ko‘rinadi.
Aksar ko‘ngil sovushlar suyana olmaslikdan kelib chiqadi!
Shunday ekan, aziz erkaklar, avvalo ayolingizga suyanchiq bo‘la oling, ana shunda siz unda haqiqiy muhabbat jilosini ko‘rasiz.

@Umr_Falsafasi 🌱
Bolalikka bilet sotinglar,
Men dadamga salom aytaman.
Ayam yana kulcha non yopar,
Sizlarga ham olib qaytaman…

✍🏻Bahodir Gʻulom she’ri
🎙Feruzabona


@Umr_Falsafasi 🌱