Umr Falsafasi
23K subscribers
1.52K photos
514 videos
1 file
3 links
✍️ She'riyat
🖇 Falsafa
🌱 Psixologiya
📖 Mazmunli satrlar
❤️ Qalbga yaqin so‘zlar
📚 Mulohaza
Download Telegram
Yaxshi ko‘rmay qo‘yding meni negadir,
Shunday ham bo‘lishi mumkinmi, sen ayt.
Shuncha qizg‘andimi shodlikni taqdir,
Shuncha oz qildimi baxtimni qismat.

Yaxshi ko‘rmay qo‘yding meni, voajab,
Shundayin yakundan karaxtu, lolman.
Yashin urib kuygan daraxtga o‘xshab,
Tutab tugayotgan aftodaholman.

Yaxshi ko‘rmay qo‘yish mumkinmi, birdan,
Axir ishq hech qachon tuzalmas dardku,
Sevib qoldim seni deya aytmasdan,
Avvalo rostdan ham sevmoqlik shartku!

Yaxshi ko‘rmay qo‘ydim deya olsang ayt,
Kimnidir tiriklay o‘ldirsang, o‘ldir.
Yongan ko‘priklardan o‘tib ortga qayt,
Illo ishq so‘ngicha olovli yo‘ldir!

Yaxshi ko‘rmay qolish eng oliy farmon,
Hakam qonunlarni yoddan bilgandek.
Bu ham til uchida aytilgan yolg‘on,
- Seni yaxshi ko‘rib qoldim! - degandek.

Malika Salimova

@Umr_Falsafasi 🕊
Gunohning kattasi ham kichigi ham gunohdir.
Xoh uni tilda bajaring, xoh amalda farqi yo‘q!

Astag‘firulloh va atubu illayh!
Allohim bilib, bilmay qilgan gunohlarimizni kechir 🤲


@Umr_Falsafasi 🕊
#Mulohaza

Rivoyat qilinadiki, Alloh taolo bir kishiga oltita qiz berdi. U kishining ayoli yana homilador bo‘libdi. Kunlar o‘tgan sayin tug‘ilajak farzandi qiz bo‘lib qolishidan xavotiri ortar, lekin o‘g‘il ko‘rishga bo‘lgan umidi ham so‘nmagan edi. Eri: “Agar ayolim bu safar ham qiz tug‘sa, taloq qilaman”, deb qaror qildi va o‘sha kuni tush ko‘rdi. Tushida go‘yo qiyomat bo‘lib, do‘zax qizdirilibdi. Har safar u kishi do‘zax eshiklaridan birining oldiga keltirilganda, qizlaridan birini ko‘rardi va qizlari uni do‘zaxga tushishdan to‘sardi...
Hatto jahannam eshiklaridan oltinchi eshikkacha shunday davom etdi. Har bir eshik oldida do‘zaxdan to‘sib turgan qizlaridan birini yettinchi eshik oldida topolmadi. Dahshatdan lol qoldi va yettinchi farzandi haqidagi qarori noto‘g‘ri ekanini bilib afsus-nadomat qildi. Allohga:
- “Ey Alloh, yettinchi qiz bilan menga rahm qilgin!” deb yig‘ladi...

Qissadan xulosa shuki, biz qiz farzand ko‘rgan odamga PAST nazar bilan emas, balki havas bilan qarashimiz lozim...
Chunki Alloh Taolo ham Qur’oni karim oyatlarida avvalo QIZ farzandni birinchi bo‘lib tilga olgan...
- "U Zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etadi va xohlagan kishisiga o‘g‘illar hadya etadi".
Demak xursand bo‘ling aziz dindoshim sizga Alloh rahmati yog‘ilibdi. Unga shukronalar ayting!
Axir tirnoqqa ZOR insonlar qancha....
Alloh taolodan shaxsan o‘zim va birodarlarim uchun mastura, muxlisa, mo‘mina qizlar, solih o‘g‘illar berishini so‘rab qolaman...
AMIN!🤲

@Umr_Falsafasi 🕊
#Mulohaza

Doktor Xolid al-Munif aytdilar:

Erkaklar bilan uchrashuvlarning birida men u yerda bo‘lganlardan uyali telefonlarini olishlarini va ayollariga shunday habar yozishlarini so‘radim.
"Men sizni yaxshi ko‘raman!"
Ba'zilari yozishni boshladilar...
Bir daqiqadan ham o‘tmay butun zal telefon qo‘ng‘iroqlari bilan to'ldi. Ayollarining javoblari kela boshladi...
Ulardan biri shunday deb yozgan edi:
"Bu so‘zlarni menga birinchi marta aytdingiz, shuning uchun ularni umrim davomida eslab yuraman!"
Boshqasi:
- Tinchlikmi, sizga nimadir bo'ldimi, hammasi joyidami?
Eng diqqatga sazovor javob quyidagidir.
Javob muallifi shubhalanib, shunday deb yozgan edi:
— Ey, Abu Muhammad, telefoningizni o‘g‘irlashganmi?
U yerda o‘tirgan erkaklar jamoasi birdan kulib yubordi...

Ayollaringizni tez-tez maqtab turing va ularga go'zal so‘zlar ayting...

@Umr_Falsafasi 🕊
Bilmam peshonamga nelarni bitgan,
Kimni yodidamiz, kimdir unutgan,
Hamisha sog‘inib yo‘limni kutgan,
Sizdek yaqinlarning boriga shukur!

Yaxshi ham, yomon ham ne’mat aslida,
Turfa fe’l topilgay odam naslida,
Goh qishda yashaymiz, goh yoz faslida,
Sizdek yaqinlarning boriga shukur!

Kimning duosida doim ismimiz,
Kimningdir o‘ta bir yoqimsizimiz,
Goh rohat, goh azob ichra jismimiz,
Sizdek yaqinlarning boriga shukur!

Hamisha gul tutib turmaydi hayot,
Tunlar ham, tonglar ham emas umrbod,
Har bir kunimizni etguchi obod,
Sizdek yaqinlarning boriga shukur!

Bog‘boni soz bo‘lsa, bog‘i so‘lmaydi,
Goho kimlardandir ko‘ngil to‘lmaydi,
Goho bizlarga ham chidab bo‘lmaydi,
Sizdek yaqinlarning boriga shukur!

Keling, bir kelishib olamiz bugun,
Hayot - tegirmondan chiqib bus-butun,
Yashaymiz yaxshilik ulashmoq uchun,
Sizdek yaqinlarning boriga shukur!

Malika Salimova

@Umr_Falsafasi 🕊
#Mulohaza

Arab mamlakatlarida, xususan Misrda ikki odam xusumatlashganda uchinchi bir begona inson kelib "Solli a’la Muhammad" deydi, buni ko‘p guvohi bo‘ldik. Shunda, ikki janjallashayotgan inson salovat aytishga va janjalni tark qilishga majbur bo‘ladi va bu bilan vaziyat chiroyli tarzda hal bo‘ladi.

Bizning yurtimizda ham eskidan "o‘tgan ishga salovat" degan naql bor. Demakki, bizda ham chiroyli odatlar bo‘lgan. Buni tatbiq qilsak yomon bo‘lmasdi...

Salim Ayyubiy

@Umr_Falsafasi 🕊
Qadrli er janoblari!
Oddiy ishlar va so‘zlar bilan hayotingiz go‘zal bo‘lishini istaysizmi?
Unda, “Tashakkur”, “Rahmat”, “Marhamat”, “Baraka toping”, “Alloh rozi bo‘lsin”, “Alloh ajringizni bersin”, “Juda chiroyli bo‘libdi”, “Juda shirin bo‘libdi”, kabi kalit so‘zlar bilan qallig‘ingiz qalbiga surur bag‘ishlang. Yoki uyga kirganda “Assalomu alaykum”, deya salom berish, biror hikmat aytib berish, yuziga tabassum qilish, uy ishlarida qarashish, yoki biror yaxshilik qilish – o‘zi arzimagan ishlar bo‘lsa-da, ayolingiz uchun o‘ta qadrlidir. Demak, hayot go‘zal bo‘lishi sizning qo‘lingizda ekan, astoydil bo‘ling!

Ikrom Sharif

@Umr_Falsafasi 🕊
#Mulohaza

Qadimgi zamonlarda, arablar to‘y qilsa mehmonlarga nonga o‘ralgan go‘sht tarqatishar edi. Agar mehmonlar soni go‘shtdan ko‘ra ko‘proq bo‘lsa, o‘z yaqinlari va do‘stlariga quruq non o‘rab berishardi. Do‘stlari esa, nonning ichi bo‘shligini boshqalarga bildirmay yeyishardi.

Bir kuni, to‘yga kelgan mehmonlardan biri nonida go‘sht yo‘qligini ko‘rgach hammani ichida “Xoy falonchi, mening nonimda go‘sht yo‘q ekan” deb  baqira boshladi. To‘y egasi esa unga “Oldingda aybdorman, men seni «o‘zimniki» deb o‘ylabman” debdi.

Kutganlaringizga emas, kutmaganlaringizga tayyor turing... Quruq, go‘shtsiz non tarqatadigan insonlaringizni yaxshilab tanlang.

@Umr_Falsafasi 🕊
Oradan ozgina vaqt o‘tsa bo‘ldi,
Yodimdan mutlaqo o‘chsang ham  kerak!
Bechora yuragim zardobga to‘ldi,
Bir oz chidab bersa bo‘ldi shu yurak!

Kunlarim osuda, tunlarim sokin,
Boshimga qulab ham ketmadi falak!
Men hali sevib ham qolishim mumkin,
Bir oz chidab bersa bo‘ldi shu yurak!

Har ishda xayr bor, har ishda hikmat,
Balki ketishlaring baxtimdan darak!
Ustingdan Xudoga qildim shikoyat,
Bir oz chidab bersa bo‘ldi shu yurak!

Sen esa, kimlardan kechganingni bil,
Mendek yonib oshiq bo‘lar qay malak?!
Sendan yomon qoldi, ishonsang, ko‘ngil,
Bir oz chidab bersa bo‘ldi shu yurak!

Oradan ozgina vaqt o‘tsa bo‘ldi,
Yodimdan mutlaqo o‘chsang ham  kerak!

Malika Salimova

@Umr_Falsafasi 🕊
AFSUSLANMANG!
Hayotingizda qanday inson bo‘lmasin, uni yomon ko‘rib, u bilan tanishganingizga afsuslanmang! Chunki, yaxshi insonlar sizga "baxt- saodat" bersa, yomonlari "tajriba" beradi. Ularning eng yomonlari sizga "dars" bo‘lsa, eng yaxshilari esa "xotira" bo‘ladi.

@Umr_Falsafasi 🕊
Rashq tufayli ayro ketdik ikki yo‘ldan,
Xijron azob olib keldi qo‘sha-qo‘sha.
Qalbimdagi ishq o‘tini so‘ngan demang,
Sizga bo‘lgan muhabbatim o‘sha-o‘sha!

@Umr_Falsafasi 🕊
Yodda tuting...

Ijobiy fikrlang!
Badantarbiyani unutmang!
To‘g‘ri ovqatlang!
Astoydil ishlang!
Kuchli bo‘ling!
Asabiylashmang!
Raqsga ham tushib turing!
Seving!
Baxtni xis qiling!

@Umr_Falsafasi 🕊
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mulohaza

Rassom mahoratini shunday ishga solganki, inson shiddat bilan o‘tayotgan umrini eslamaslikning iloji yo‘q.
Hamma narsa o'tkinchi ekanini anglashimiz ham mumkin.
Biz o‘lmaymiz balki vaqt o‘lishi muqarrar. Vaqt har soniyada o‘lib boradi. Biz esa yashashda davom etaveramiz.
Bir kun afsuslanmaslik uchun daqiqalarni emas, soniyalarni qadriga yetaylik. Yuksalish uchun balki ana shu soniyalar muhimdir.
 
@Umr_Falsafasi 🕊
#Mulohaza

SULTON SULAYMON VAFOTIDAN OLDIN UCH NARSANI VASIYAT QILGAN EKAN
:

1. Tobutini davlatining eng zo‘r tabiblari qabrga ko‘tarib borishini;
2. Bor boyliklari javohir-oltinlarini qabrgacha boradigan yo‘lga sochib qo‘yishlarini;
3. Tobutidan ikki qo‘lini chiqarib qo‘yishlarini.
Saroy peshvolari xayron bo‘lib, buni sababini so‘rashadi.

SULTON SULAYMON QUYIDAGI JAVOBNI BERGAN EKAN:

1. Zamonaning eng zo‘r tabiblari tobutimni ko‘tarishsin so‘ng odamlar ko‘rishsin har qancha zo‘r tabib davolamasin, Allohdan kelgan ajal oldida ular ojizdirlar, o‘lim xaq.
2. Bor boyliklarimni yo‘lga sochib qo‘yinglar, so‘ng odamlar ko‘rishsin, har qancha mol-dunyo yig‘ib ham, inson uni oxiratiga ortib olib ketolmasligini.
3. Qo‘llarimni tobutdan chiqarib qo‘yinglar, so‘ng odamlar ko‘rishsin, qanday katta lavozimda, davlat sultoni bo‘lib, qanday katta boyliklarga ega bo‘lib, saroylarda yashagan bo‘lsamda, qabrga quruq qo‘l bilan ketayotganimni.

@Umr_Falsafasi 🕊
ISTIGʻFORNING 40 XOSIYATI

1.  Allohga  itoatgo‘y  banda  istig‘for aytadi;
2.  Istig‘for  aytgan  banda  payg‘ambarlar,  solihlar yo‘lidan  yuradi;
3. Istig‘for  aytgan  odam  imon  halovatiga  erishadi;
4. Istig‘for  bandani  gunohlardan  poklaydi;
5. Istig‘for  aytgan  odamning  gunohlari  savobli  ishlarga  almashtiriladi;
6. Istig‘for  aytgan  odamga  ne’matlar ko‘paytirib beriladi
7. Istig‘for  bandaning  martabasini  ko‘taradi;
8. Baxt-saodat,  tinchlik-xotirjamlik  olib  keladi;
9. Istig‘for  tufayli  odamlar ham, jamiyat  ham  buzuqliklardan  poklanadi;
10.  Istig‘for ѐmg‘ir  ѐg‘ishiga  sabab bo‘ladi;
11. Mol-dunѐga  baraka  kiritadi;
12. Istig‘for  aytgan  inson  farzand ne’mati  bilan  siylanadi;
13. Dehqonchilik,  chorvachilikdagi  unumdorlik  ham  istig‘for aytish bilan  uzviy  bog‘liq;
14. Istig‘for  aytuvchi  jahannamdan  najot topadi;
15.  Istig‘for bandaning jannatga  kirishiga  sabab bo‘ladi;
16.  Istig‘for  Allohning  rahmati  tushishiga,  banda  holati  ijobiy  tomonga  o‘zgarishiga  sabab bo‘ladi, yaxshiliklarni  ko‘paytiradi;
17. Istig‘for  tanani  baquvvat,  sog‘lom qiladi, kasalliklarni  aritadi;
18. Istig‘for  aytgan  odamning  haѐti  farovon  bo‘ladi ;
19. Istig‘for  bilan  vatan  tinch  bo‘ladi,  el-yurt  taraqqiy  etadi;
20. Istig‘for  inson  ko‘nglini  xotirjam  qiladi;
21. Boshga  tushgan  balolarni  daf  etadi;
22. Bandani  Allohga  yaqinlashtiradi;
23. Istig‘for  aytgan  odam  Allohning  marhamatiga  sazovor bo‘ladi
24. Istig‘for  majlis  kafforatidir;
25. Istig‘for  g‘iybatga  kafforat  bo‘ladi ;
26. Shayton  vasvasasini  qaytaradi;
27. Alloh  istig‘for aytgan  bandani  yaxshi  ko‘radi ;
28.  Istig‘for aytish  Allohni  rozi  qiladi;
29. Gʻam-tashvishlarni  ketkazadi;
30. Xursandchilik  olib  keladi;
31.  Yuzni  nurli  qiladi;
32. Rizq  kelishini  osonlashtiradi;
33. Istig‘for aytgan  odamning duosi  qabul bo‘ladi .
34.  Alloh  istig‘for aytuvchining  og‘irini  yengil qiladi;
35. Ko‘p  istig‘for aytgan  odam  qiѐmat  kuni  nomai  a’molini  ko‘rib  xursand bo‘ladi;
36.  Olamdan  o‘tib  ketgan  ota-onalar  farzandlari  aytgan  istig‘for  tufayli  jannatda  yuqori martabaga  ko‘tarilishadi;
37. Istig‘for  odamni  tushkunlikdan  xalos  etadi;
38. Hasrat-nadomatni,  pushaymonni  ketkazadi;
39. Qalbni  tiniqlashtiradi;
40. Istig‘for aytgan odamning rizqi keng bo‘ladi, kasb-koriga baraka kiradi...

📚Salovatlar va Zikrlar

@Umr_Falsafasi 🕊
#Mulohaza

DUONING ODOBLARI

1.  Qiblaga  qarab duo qilish.
2.  Ikki  qo‘lni  ko‘tarib  duo qilish.
3.  Ikki  qo‘lni  ko‘tarib  duo  qilgandan  keyin  qo‘llarni yuzga  surtish.
4.  Ikki  qo‘lni  ko‘tarib,  kaftning  ichini  o‘ziga  qaratib duo qilish. So‘ngra  ularni  yuzga  surtish.
5.  Duoning avvalida  Alloh  taologa  hamdu  sano aytish.
6.  Payg‘ambar  sollallohu  alayhi  vasallamga  salovot aytish.
7.  Azmi  qaror bilan  ikkilanmay,  bo‘shashmay  so‘rash.
8.  Duoning  ijobat  bo‘lishiga  shoshilmaslik  va  nima uchun  duoim  qabul bo‘lmayapti,  demaslik.
9.  Ijobatga  aniq  ishongan  holda duo qilish.
10.  O‘ziga  va  o‘ziga  tobe’  bo‘lgan  shaxs  va  narsalarga duoi  bad qilmaslik.
11.  Gunoh  aralashtirmasdan  duo qilish.
12.  Qarindoshlik  aloqasini  uzmasdan  turib,  duo qilish.
13.  Duoda  mubolag‘aga  ketib, haddan  oshmaslik.
14.  Duoni  uch  marta takrorlash.
15.  Duo  qiluvchi  taomi,  sharobi  va  kiyimining  halolpok  bo‘lishi  uchun  harakat  qilmog‘i.  Bo‘lmasa,  duo  qabul bo‘lmasligi  aniq.
16.  Duo  qiluvchining  ozuqasi,  maskani,  libosi  va barcha  narsalari  haloldan  bo‘lishi  kerak. Imom  Muslim  rivoyat  qilgan  hadisda  Payg‘ambar sollallohu  alayhi  vasallam: «Bir  kishi  uzoq  safar  qiladi.  Horib,  charchaydi.  Changu g‘uborga  burkanadi.  Ikki  qo‘lini  cho‘zib,  ey  Robbim,  ey Robbim,  deydi.  Holbuki,  taomi  haromdir,  sharobi haromdir,  libosi  haromdir,  haromdan  g‘izolangandir.  Bas, qandoq  ham  unga  ijobat  qilinsin»,  deganlar.
17.  Duo  qilish  uchun  sharafli  vaqtlarni  ixtiyor  qilish lozim.  Yilning  eng  sharafli  vaqti  Arafa  kunidir. Oylarning  eng  sharaflisi  Ramazondir.  Haftaning  eng sharafli  kuni  Juma  kunidir.  Sahar  chog‘i  har  bir  kunning eng sharafli  vaqtidir.
18.  Duo  qilish  uchun  sharafli  holatlarni  ixtiyor qilish  lozim.  Yomg‘ir  yog‘ishni  boshlagan  vaqt,  azon  va iqomadan  keyin,  farz  namozdan  keyin,  iftor  paytida, sajdadagi  holda,  ko‘ngil  erigan  paytlar  duo  qilish  uchun munosib holatlar bo‘ladi.
19.  Ovozni  juda  ko‘tarib  ham,  juda  pastlatib  ham yubormay  duo qilish kerak.
20.  Tazarru’,  xushu’,  xuzu’,  rag‘bat  va  iltijo  ila  duo qilish  lozim.
21.  Yolvorgan  holda duo  qilish.
22.  Oldin  astoydil  tavba  qilib,  zulm  qilgan  bo‘lsa, uni o‘rniga qaytarib turib, duo qilish lozim.
Duoni odoblari o‘rganib olaylik chunki duo haqida juda ko‘p hadislar bor.

📚Hadis va Hayot 35-juz

@Umr_Falsafasi 🕊
Erkak kishi ulug'vorlik ko'ylagini ustidan halimlik to'nini kiysa va g'azabni sabr-la yutib, ayoliga shafqat bilan muomala qilsa, yuksaladi. Shunda ayol eriga ehtirom ko'rsatadi. Ayol odobni eridan o'rganadi.

@Umr_Falsafasi 🕊
Quyoshni sevaman endi jon dildan,
Shamolga ma’shuqa bo‘laman yohud.
Norizo, bag‘rihun chala shoirdan
Rizo bo‘l, qiyomat kungacha unut!

Osmondan o‘tingum, bo‘l tanti og‘am,
Bahorga yolvorsam, opa bo‘l dilbar.
Bulutdek bag‘rimni sitib yig‘lasam,
Meni o‘z holimga qo‘ying odamlar!

Yolg‘onni yomg‘irdek yog‘dirmanglar, bas!
Nayranglar yashindek yordi yuragim.
Men ketay, qushlarga qilguncha havas,
Sizlarga bo‘lmasa endi keragim!

Ko‘zimni ko‘rlarga olib beringlar,
Oshiq yuragimni beyuraklarga.
Eh, qahri qattiqlar, omon bo‘linglar,
Men singil tutindim kamalaklarga!

Qorlar oqdan oqroq yog‘adi endi,
Tunlar kunduzlardek yorug‘, charog‘on.
Gunohlar gard kabi Yerni qoldirib,
Odamsiz yurtlarni etaman makon!

Illo rozi bo‘ling, unutmoq qochmas,
Qadrlang ozgina omonatlarni.
Men endi ketyapman sizga qoldirib
Muhabbat atalmush xiyonatlarni!

Malika Salimova

@Umr_Falsafasi 🕊
Pulingizga taom sotib olishingiz mumkin, ammo to‘yish hissini sotib ololmaysiz.
Pulingizga dori sotib olishingiz mumkin, lekin shifoni sotib ololmaysiz.
Pulingizga divan sotib olishingiz mumkin, biroq uyquni sotib ololmaysiz.
Pulingizga uy sotib olishingiz mumkin, lekin xotirjamlik sotib ololmaysiz.
Pulingizni mahrga berib bir qizga uylanishingiz mumkin, ammo muhabbat, bir-birini tushunish va baxtni sotib ololmaysiz.
Pulingizga shuhratni sotib olishingiz mumkin, biroq ehtiromni sotib ololmaysiz.
Pulingizga kitoblar sotib olishingiz mumkin, ammo fahm-farosat, madaniyat va hikmatni sotib ololmaysiz.
Bugun amallar bor lekin hisob yo'q.
Ertaga hisob bor, lekin amal bo'lmaydi.
Qadringizni yo‘qotmang, vaqtingizni g‘animat biling!

@Umr_Falsafasi 🕊
Ota tarbiyada yo‘l qo‘ymasligi kerak bo‘lgan 10 ta qoida

1. Kamsitmaslik. "Miyyang bormi?", "He ahmoq!", - bular otalarga tanish so‘zlar. Ota o‘zining bolalik onlarini xotirlashi va bu kabi haqoratli so‘zlar unda qanday his uyg‘otganini eslashi kerak. Bola o‘zini kamsitilgan his qiladi va bora-bora o‘z kuchiga ishonchi yo‘qolaveradi.

2. Qo‘rqitmslik. Bola "yana ukangni ursang, qo‘lingni sindiraman!" kabi po‘pisalar bilan qo‘rqitilsa, unda ota-onaga nisbatan nafrat va qo‘rqinch uyg‘onadi. Qolaversa, tarbiyaning qo‘rqitish uslubi bola xulqini yaxshilamaydi.

3. Va’da talab qilmaslik. Masalan bola biror sho‘xlik qildi. Ota esa "Yana shunday qilasanmi?!" degancha bolaning boshida qahr qilichini yalang‘ochlaydi. Yarim soatdan keyin esa xuddi o‘sha sho‘xligini takrorlaydi. Bola uchun so‘z berish hech narsani anglatmaydi. Agar farzand yumshoq ko‘ngilli bo‘lsa, unda aybdorlik hissi tug‘ila boshlaydi. Ortiqcha ta’sirchanlikka berilmaydigan bola esa gap boshqa, amal boshqa qabilida ish tutishni o‘rganadi.

4. Ortiqcha g‘amxo‘rlik talab qilmaslik. Ortiqcha g‘amxo‘rlik bolada "Men hech narsa qila olmayman" degan hisni rivojlantiradi. Ota bolaning qo‘lidan kelgan ishni o‘zi qilib bermaslikni qoida qilib olishi kerak. Ko‘pgina ota-onalar "Bolam buni qila olmaydi", degan fikrda barcha ishni o‘z yelkalariga ortib olishadi. Farzandning qo‘lidan ham ko‘p ish keladi, ota faqat sabr bilan o‘rgatishni unutmasligi kerak!

5. Buyruqni zudlik bilan amalga oshirishni talab qilmaslik. Ota bolasiga biror ishni zudlik bilan bajarishni talab qilishdan oldin, o‘ziga ham kimdir "Zudlik bilan barcha ishingni tashlab, men aytgan ishni qil", deyishini tasavvur qilishi kerak. Bu otaga yoqmaganidek, bolaga ham yoqmasligi tabiiy. Ota biror ish buyurganida uni avvalroq ogohlantirishi kerak: "10 daqiqadan keyin dasturxonni yig‘ib, idishlarni yuvib qo‘y". Bola qo‘g‘irchoq emas, ko‘r-ko‘rona bo‘ysuna olmaydi. Aks holda u o‘z fikriga ega mustaqil shaxs sifatida ulg‘ayishini kutmasa ham bo‘ladi. 

@Umr_Falsafasi 🕊