Qachon gul berdingiz ayolingizga?
Borini fidolar etguchi so‘zsiz,
Umrini bahshida aylagan sizga,
Bironta bahona, biron sababsiz,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
Jahoni o‘zingiz, joni o‘zingiz,
Bo‘rondan qudratli bitta so‘zingiz,
Mehri ummon bo‘lsa, hislari dengiz,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
Qaysi bozorlarda sotilar qadr,
Vujudi toqatdir, ich-ichi sabr,
Jim o‘tib bormoqda dunyodan axir,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
Vafosiz jononlar siylandi ko‘p bor,
Harom deb, halolga yetadi ozor,
Aytingchi, loaqal bir yilda bir bor,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
Bepardoz yuzidan oqib tursa nur,
Hatto zulmingizdan rohat topgan hur,
Oringiz, fazlingiz, nomusingizdir,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
Joningiz og‘risa tabibingiz shay
Besh kunlik dunyoni berib qo‘ymay boy,
Adolatni tutib Payg‘ambarlarday,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
Goh shirin so‘zingiz zaxardan qimmat,
E’tibor yo‘q yerda yetim muxabbat,
Yurak-yuragida armoni qat-qat,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
O‘zi gul, so‘zi gul, dugonasi gul,
E’zozsiz u hazon bo‘ladi butkul,
Bir gulu - qalbida ozod mingta qul,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
Malika Salimova
@Umr_Falsafasi 🕊
Borini fidolar etguchi so‘zsiz,
Umrini bahshida aylagan sizga,
Bironta bahona, biron sababsiz,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
Jahoni o‘zingiz, joni o‘zingiz,
Bo‘rondan qudratli bitta so‘zingiz,
Mehri ummon bo‘lsa, hislari dengiz,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
Qaysi bozorlarda sotilar qadr,
Vujudi toqatdir, ich-ichi sabr,
Jim o‘tib bormoqda dunyodan axir,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
Vafosiz jononlar siylandi ko‘p bor,
Harom deb, halolga yetadi ozor,
Aytingchi, loaqal bir yilda bir bor,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
Bepardoz yuzidan oqib tursa nur,
Hatto zulmingizdan rohat topgan hur,
Oringiz, fazlingiz, nomusingizdir,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
Joningiz og‘risa tabibingiz shay
Besh kunlik dunyoni berib qo‘ymay boy,
Adolatni tutib Payg‘ambarlarday,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
Goh shirin so‘zingiz zaxardan qimmat,
E’tibor yo‘q yerda yetim muxabbat,
Yurak-yuragida armoni qat-qat,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
O‘zi gul, so‘zi gul, dugonasi gul,
E’zozsiz u hazon bo‘ladi butkul,
Bir gulu - qalbida ozod mingta qul,
Qachon gul berdingiz ayolingizga?
Malika Salimova
@Umr_Falsafasi 🕊
Unutmang – Tangri bir bandasining rizqi, baxti yoki hayotini boshqasiga qaram qilib yaratmaydi. Shunday ekan, sizga berilgan omonat – o‘z hayotingiz va qalbingiz xotirjamligi uchun javobgarsiz, xalos.
Siz boshqa odamni baxtli qilishga burchli emassiz. Siz umuman boshqa odamni baxtli qila olmaysiz. Boshqa odamning baxti sizning qo‘lingizga berib qo‘yilmagan. Siz boshqa odam o‘zining baxtli bo‘lish erkinligidan foydalanishiga to‘sqinlik qilmasangiz bo‘ldi. Mana sizga baxtli turmushning siri: Umr yo‘ldoshingizni baxtli qilish uchun sizdan uning erkinliklarini cheklamaslik talab etiladi, xalos

O'lsam nima bo'larkin
Qiziqaman gohida
Balki paydo bo'larman
Kimlarningdir ohida
O'lsam nima bo'larkin
Yasharmikin xotiram
Men deb chindan yig'larmi
Jigarlarim jamu -jam
O'lsam nima bo'larkin
Ne bo'larkin she'rlarim
Dilda qolib ketarmi
Saqlab yurgan sirlarim
O'lsam nima bo'larkin
Qo'rqitadi xavotir
Qiynaladi sezarman
Ota Onam baribir
O'lsam nima bo'larkin
Kimdir yig'lab qucharmi
Quyosh tongdan qabrimga
Yana nurin socharmi
O'lsam nima bo'larkin
Ochilmasmi ko'zlarim
Mendan keyin meni ko'p.
Eslarmikin do'stlarim...
O'lsam nima bo'larkin..?
@Umr_falsafasi 🕊
Qiziqaman gohida
Balki paydo bo'larman
Kimlarningdir ohida
O'lsam nima bo'larkin
Yasharmikin xotiram
Men deb chindan yig'larmi
Jigarlarim jamu -jam
O'lsam nima bo'larkin
Ne bo'larkin she'rlarim
Dilda qolib ketarmi
Saqlab yurgan sirlarim
O'lsam nima bo'larkin
Qo'rqitadi xavotir
Qiynaladi sezarman
Ota Onam baribir
O'lsam nima bo'larkin
Kimdir yig'lab qucharmi
Quyosh tongdan qabrimga
Yana nurin socharmi
O'lsam nima bo'larkin
Ochilmasmi ko'zlarim
Mendan keyin meni ko'p.
Eslarmikin do'stlarim...
O'lsam nima bo'larkin..?
@Umr_falsafasi 🕊
Ayolning sevgisi choyga o‘xshaydi.
Besabrlik qilib, dam yeyishini kutmasang, xom qoladi, ta’mi buziladi.
Shakaring — SEVGI,
qoshig‘ing — E’TIBOR,
piyolang — ISHONCH bo‘lmasa, ko‘nglini siypalay olmaysan. Hayoting oltin jom bo‘lsa-da, ayol unga talpinmaydi. Va ayolni choyga o‘xshatishdagi eng buyuk sabab shu — sevgan kishisi boshqalarga o‘ralashib yursa, ayol choy kabi soviydi. Uzoq kutgan ayol sovuqqon va e’tiborsiz bo‘ladi. Shuni unutmaki, ayolning ishonchi — UMR kabi. Tugasa, yangidan boshlamaydi!
Umidaaziz

Ayol zoti ajib-da?!
Goʻdaklik chogʻida otasiga jannatdan bir eshik ochadi.Ulgʻayganda, erining iymonini toʻldiradi. Ona boʻlganida esa, JANNAT uning oyoqlari ostida boʻladi.

Alloh ayollarni erkaklar tushkunlikka tushgan mahalimiz qaddimizni tik tutishimiz, ularga qarab ko‘zlarimizga yana quvonch balqishi, idrokimizni ishga solishimiz uchun yaratgan.
Ayol - opa,
Ayol - yoring,
Ayol - singil.
Ayolga ber faqatgina mehr, ko‘ngil.
Ayol - hayot, ayol - sabr, ayol - ona,
Og‘ir kunda bo‘ladi u
Chin parvona!
Ayol asar - so‘ngsiz kitob,
Ayol - shamol.
Ayol borki, butun borliq topar kamol.
Ayol borki, yashayverar Zoti inson,
Unga bosh eg,
Bunga hujjat-dalil - Qur’on.
Ayol zotin bor vujudi faqat mehr,
Mumkin emas unga aslo qilmoq qahr.
Xo‘rlamagin uni debon bir ojiza,
Ayol - bizga Alloh bergan bir moʻjiza!
Erkaklar fikri
@Umr_falsafasi 🕊
Ayol - opa,
Ayol - yoring,
Ayol - singil.
Ayolga ber faqatgina mehr, ko‘ngil.
Ayol - hayot, ayol - sabr, ayol - ona,
Og‘ir kunda bo‘ladi u
Chin parvona!
Ayol asar - so‘ngsiz kitob,
Ayol - shamol.
Ayol borki, butun borliq topar kamol.
Ayol borki, yashayverar Zoti inson,
Unga bosh eg,
Bunga hujjat-dalil - Qur’on.
Ayol zotin bor vujudi faqat mehr,
Mumkin emas unga aslo qilmoq qahr.
Xo‘rlamagin uni debon bir ojiza,
Ayol - bizga Alloh bergan bir moʻjiza!
Erkaklar fikri
@Umr_falsafasi 🕊
Qat’iyatli ayolni xush ko‘rmaysiz.
O‘zidan boshqa hech narsaga mubtaloligi bo‘lmagan ayolni yoqtirmaysiz.
O‘zini boshqa toifadoshlaridan aniq-tiniq chiziqlar bilan ajratgan ayollardan xushlanmaysiz.
O‘yinchoqday o‘ynolmaganingiz ayollarni yoqtirmaysiz.
Har jihatidan boxabar bo‘lolmagan, yo‘lingizu qo‘lingizga to‘kilib sochilmagan ayolni yoqtirmaysiz.
Sukutni afzal ko‘rgan ayolni xush ko‘rmaysiz.
Sabri toshni teshguvchi ayollarni yoqtirmaysiz.
Natijasi yutqiziq bo‘lsa ham, aytgan so‘zining orqasida turadigan ayolni yoqtirmaysiz. "YO‘Q!" degan so‘zni ro‘yi rost ishlatgan ayolni yoqtirmaysiz.
Xatti-harakatlari, yurish-turishini yillar davomida asrab kelayotgan ayolni xush ko‘rmaysiz.
Orqangizdan yugurib yurmaydigan g‘ururli ayolni yoqtirmaysiz.
Kuchini, o‘ziga bo‘lgan ishonchini boyligi deb hisoblaydigan ayoldan xushlanmaysiz.
Bir og‘iz so‘zsiz ko‘nglini she’rga aylantirgan ayolni xush ko‘rmaysiz.
Jamiyatning ODAMLAR o‘ylab topgan qoidalariga bo‘yin egmagan, o‘zining axloqiy qadriyatlaridan voz kechmaydigan ayollardan xushlanmaysiz.
Boshini baland ko‘targan, o‘zidan boshqa hech kimga muhtoj bo‘lmagan, odamlarni rahmini keltirmaslik uchun dardini birovga aytmagan ayolni yoqtirmaysiz.
Yoqtirmaysiz, do‘stdim, xush ko‘rmaysiz!
Yoqtirmaganingiz uchun, QO‘RQQANINGIZ uchun ham uni ezishga urinasiz!
Ayolni faqat QO‘RQOQlar ezadi.
Ayolni QO‘RQOQlar kamsitadi.
Mard, shijoatli, o‘zini hurmat qilgan erkak esa ayol erkakdan ko‘ra MARD, KUCHLI va dono ekanini, bu dunyoga Payg‘ambaru valiylarni, oqilu donolarni va dunyoni titratgan zabardastlarni dunyoga keltirib tarbiyalaganini hech qachon unutmaydi!
Sizni Alloh aziz qilsin, azizam ayollar!

Sen axir bahorsan, yalpiz bo‘yligim.
Kuzman deb o‘ylaysan – shundan kulmaysan.
Sen axir bahorsan xato o‘yligim,
Faqat bahorliging o‘zing bilmaysan...
Vohid Luqmon
@Umr_Falsafasi 🕊
Kuzman deb o‘ylaysan – shundan kulmaysan.
Sen axir bahorsan xato o‘yligim,
Faqat bahorliging o‘zing bilmaysan...
Vohid Luqmon
@Umr_Falsafasi 🕊
Bo‘lmayotgan bo‘lsa, majburlama.
Yo xayollaring parishon bo‘ladi yoki qalbing.
Unutgan kishi kabi bo‘l. Chunki go‘zal narsalar hech kutmagan oningda haqiqatga aylanadi.
Shams Tabriziy

QIZIMGA O‘GITLAR
Jonim qizim!
Fidoiy bo‘l; lekin o‘zingni, qadr-qiymatingni, sog‘ligingni hech kim uchun fido etma.
Mulohazali bo‘l; lekin insonlarni o‘ylashni o‘zingni o‘ylashdan oldinga qo‘yma!
Shafqatli bo‘l; lekin o‘z shafqating bilan avval o‘zingni quchishni unutma.
Qalbing mehrga limmo lim to‘la bo‘lsin; lekin mehrni har istagan uchun berib, o‘zingdan voz kechma.
Ochiq yuzli bo‘l; lekin qoshlaringni o‘yishing kerak bo‘lgan vaqtda, o‘zingni kulishga majburlab, chegarangni bosishlariga yo‘l qo‘yma!
Davolovchi bo‘l; lekin o‘zing jarohatlamagan yaralarning javobgarligini zimmangga olib, yuragingga zalvor yuklama!
Bilimli bo‘l; lekin “men hamma narsani bilaman” degan johilona o‘yga yengilib qolma!
Ehtiromli bo‘l; lekin o‘zini hurmat qilmagan, boshqalarni hurmat qilolmasligidek buyuk haqiqatga orqangni o‘girma!
Mehnatkash bo‘l; lekin mehnatu mashaqqatga o‘zingni butkul topshirib, g‘animat lahzalaring qiymatini yo‘qotma.
Bor bo‘lgin, yor bo‘lgin, shod bo‘lginki; bu hayhotday dunyoda sendan bittagina bor! O‘zingdagi “Sen”ni asrab-avayla go‘zal qizim, har doim seni shunday duo qilamanki, zinhor o‘zingni yo‘qotma, marvaridim...

Ona qo‘shnisini chaqirdi. O‘g‘illariga bir xil maktub yozdirdi: "Bolajonim, juda ham qaridim, o‘rnimdan turolmayman, yurolmayman. Meni parvarish qilinglar, duoi joningizni qilaman."
Birinchi o‘g‘ildan shunday javob keldi:
"Ona, hozir Oq dengiz sohillaridamiz, bu yerlar juda ham go‘zal, hammaga tavsiya qilamiz. Bolalar bu yerdan aslo qishloqqa ketmaymiz, deyapti. Aybga buyurmaysiz, bolalar istamasa biz ketolmaymiz. "
Ikkinchi o‘g‘ildan shunday javob keldi: "Ona, bizga bekorchi gaplar bilan xat yozibsiz. Chunki xatni ochayotib xotinimga ma’qul kelmadi. Siz bu yil ham amallab turavering, o‘zingiz. Aybga buyurmang, men xotinimni yubormayman. "
Uchinchi o‘g‘ildan shunday javob keldi:
"Ona, maktubingizni hozir xotinimga o‘qib berdim. Shu paytda ham birovga xizmat qilinadimi? Xudo xayringiz bersin, shu yoshimda pishgan oshimga sovuq suv quymang. Men xotinimni sizga jo‘natolmayman!"
To‘rtinchi o‘g‘ildan shunday javob keldi:
"Aybga buyurmaysiz ona, ishim ko‘pligidan endi xatingizni o‘qiyapman. Men sizni tushundim, mening xotinimdan boshqa chaqiradigan kelin topolmadingizmi!? Xotinimni yuborolmayman qishloqqa, o‘rganolmaydi!"
To‘rt aka-uka yechim topishga kirishib, boshlari qotgandi, oraga kelinlar tushib aql berishdi. Va onalariga singilning qarashi maqbul ko‘rildi.
Qo‘shni xatlarni bir-bir o‘qib, uyiga ketgach ona sho‘rlik ho‘ngrab yig‘lagancha Allohga omonatingni ol, Robbim deya yolvordi.
Ertasi kuni xorijdagi qizdan maktub keldi. Darhol qo‘shnisini chaqirtirib, o‘qitdi: "Jonim onajonim! Akamdan xabar keldi, ko‘p qayg‘urmang, endi birga yashaymiz. Uch-to‘rt kunda yoningizda bo‘laman..."

Qiyomatda erkak uchun haqsizlik qilganlari ichidan eng birinchi davogar ayoli boʻlar ekan. Ayoli erining savoblaridan olarkan.
Ayolingizni asrang!
@Umr_Falsafasi 🕊
Ayolingizni asrang!
@Umr_Falsafasi 🕊
Bir faqir kulbada baxtiyor o‘sdim,
Mehnatda qavardi kaftdagi po‘stim.
Ne-ne zarbalarga chap berganmanu,
Agar sen o‘q otsang, nishonman, do‘stim.
Ehe, qancha yolg‘on suvdek ichildi,
Qancha qasamlardan oson kechildi.
Nim kulib qo‘yaman kim nima desa,
Faqat sen aldasang, tamomman, do‘stim.
Bilsang, yaqindan ham yovlar chiqarkan,
Sal "ketmoning uchsa" g‘ovlar chiqarkan.
Tabassum ortida g‘ichirlaydi tish,
Faqat mehring bilan omonman, do‘stim.
Kuysam huzuringa qoqaman qanot,
Qoqilsam, ko‘zingdan izlayman najot.
Qara, ko‘rmaysanmi malomatlarni,
Og‘rinib, rang-ro‘yi samonman, do‘stim!
Shoirning ko‘ngli bo‘sh, shoir devona,
Uning suyangani Alloh yagona.
Meni nima desa, deyaversin kim,
Seni yomon desa, "yomonman" do‘stim!
Faqat sen aldasang tamomman, do‘stim!

QIZLARGA O‘RGATING!
Sendan keyin erkak kishi bo‘lsa narvonga chiqma. Bir chetda tur. Erkak chiqqanidan so‘ng undan keyin sen chiq!
Liftda begona erkak bo‘lsa liftga chiqma. U chiqsin. Keyingi safar sen chiq!
Amakingni o‘g‘li, tog‘angni o‘g‘li, xolangni o‘g‘li bilan qo‘l berib ko‘rishma!
Gaplashadigan kishing bilan doimo kerakli masofani saqla!
Qanchalik yaqin bo‘lmasin, kishilar bilan muomala qilganingda chegarani saqla. Viqoringni muhofaza qil!
Yo‘llarda dugonalaring bilan kulishib gaplashma. Ko‘cha odobini saqla!
Sen bor joyga kattalar kirsa diqqatli bo‘l. Kattalarni hurmat qil. Qariyalarga o‘rningni ber!
Ko‘chada otadan boshqa erkaklar begonadir. Ular bilan gaplashish shart emas. Qarindosh bo‘lsada, qalbi kasallar ko‘p!
Biror do‘konda og‘irroq narsani ko‘tarmoqchi bo‘lsang ruku’ qilgandek egilma. Oldin o‘tirib keyin ko‘tar. Mana shu yaxshiroq bo‘ladi. Ko‘rinishing xunik bo‘lmaydi!
Avtobus yoki taksida butun hayotingni doston qilma. Ovozingni ko‘tarma!
Ba’zilar yuqoridagi ishlarni yo‘qolib ketgan eskilik sarqitlari deb qaraydi. Ammo bizga tushgani ularni o‘z o‘rniga qaytarishdir. Bular buyuk dinimizning asl o‘zaklaridandir!
Alloh xotin-qizlarimizni fitnalardan asrasin!

Hayotda eng muhimi bu- OILA!
KARYERA - kechqurun uyda kutmaydi.
PUL - ko‘z yoshlarni artmaydi.
OBRO‘ - tunlari quchoqlab yotmaydi.
@Umr_falsafasi 🕊
KARYERA - kechqurun uyda kutmaydi.
PUL - ko‘z yoshlarni artmaydi.
OBRO‘ - tunlari quchoqlab yotmaydi.
@Umr_falsafasi 🕊
HAYOTDA QANDAY YASHAMOQDASIZ?
•Umidsizlikka tushmang!
Umidsizlik Allohning rahmatiga noshukurlik bo‘ladi.
•G‘azablanmang!
G‘azab fazilatlarni barbod qiladi.
•Kek saqlamang!
Kek saqlash hayotning go‘zalligini o‘chirib yuboradi.
•Mahzun bo‘lmang!
Mahzunlik jismga ham, asabga ham talofat yetkazib, chidab bo‘lmas g‘am-g‘ussaga giriftor qiladi.
•Zamonlar tasarrufi Allohning qazo va qadar saltanati ostida ekanini unutmang!
•Atrofingizdagi voqealarga beparvo bo‘lmang!
•Xudbin bo‘la ko‘rmang!
•Boshqalarga yaxshilikni ravo ko‘rish (iysor) insoniy fazilatlarni eng go‘zalidir.
•Boshqalarga samimiy hamdard bo‘lish- insoniy hususiyatlardandir!

AYOL
Joning shunchalar ham qattiqmi sening,
Kunda o‘lasanu,tiriksan hamon.
Yomonlar so‘ziga ishongan kuning,
Ko‘zinga yutilib ketganmi ummon!
Toshdan yaratganmi boshingni tangrim,
Urilgan harsanglar qum bo‘ldi, qara?
Joning qayerlarda topadi qo‘nim,
Holingni maymunlar qilsa masxara!?
Sen asli ishq uchun yaralgan hilqat,
Mehrning odamzot shaklidagisi.
Seni oddiy inson tuqqani tuxmat,
Sen Quyoshning qizi, sen Oyning qizi!
Rayhon sochlaringdan olgan iforin,
Bitta nigohingdan yaralgan Bahor.
Ne ulug‘ hoqonlar buzib qarorin,
Qarshingda tiz cho‘kib turganlari bor!
Peshonang misoli hududsiz sarxat,
Ming yil o‘qilsa ham tugamas kitob.
Yig‘lasang yomg‘irlar, hayron, hijolat,
Kulsang duv qizarib ketadi oftob!
Muncha joning qattiq yaralgan sening,
Muncha has bo‘lmasang, bunchalar osmon.
Sabrdan,bardoshdan loy qorganmu yo,
Seni yaratganda qodir Xudojon.
Ming bor o‘limlardan chiqasan kulib,
Yana yugurasan, yelasan har yon.
Ko‘ngling bo‘linsa ham ming parcha bo‘lib,
O‘zing omon bo‘lgin, azizam omon!

Toza tilaklarga beshikdur dunyo,
Ochsangiz Jannatga eshikdur dunyo,
Tilagim hayotda hech qilmang xato,
Sizni panohida asrasin Xudo!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin!
@Umr_falsafasi 🕊
Ochsangiz Jannatga eshikdur dunyo,
Tilagim hayotda hech qilmang xato,
Sizni panohida asrasin Xudo!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin!
@Umr_falsafasi 🕊
SIZGA O‘XSHAGAN ONA BO‘LAMAN
Bir kuni onamni qattiq ranjitdim. Cheksiz qayg‘u ichida o‘ksinibgina yuzimga qarab:
— Ona bo‘lsang meni tushunasan,- dedi. O‘smirlikning tentaklik kezlari edi. Qayg‘usiga parvo qilmay:
— Men aslo sizday ona bo‘lmayman!- dedim. Onam indamay oshxonaga chiqib ketdi. Aslida hali so‘zimni tugatmasdanoq pushaymon bo‘lib bo‘ldim, lekin aytilgan so‘z — otilgan o‘q. Ortiqcha g‘urur bor edi ichimda. Oldiga borib uzr so‘rayolmadim. Birdan kechagina olib kelgan kitobiga ko‘zim tushdi. Kichik stol ustida yotardi. Balki kitob o‘qishga tutinsam, ko‘nglini olgan bo‘laman deb xonamga kirib ketdim. Kitob o‘qiyotib uxlab qolibman. Oradan qancha vaqt o‘tganini bilmayman, dadamning ovozidan uyg‘onib ketdim. Ishdan kelib, onam bilan nimalarnidir gaplashayotgan ekan. Atrofga oqshom qorong‘uligi tushgan edi. Turmoqchi bo‘lgandim, ustimga yopinchiq tashlanganini payqadim. Kitob qo‘limdan olinib, ustim yopilgandi. O‘rnimdan turib chiroqni yoqdim, yotog‘im boshida bir bo‘lak keks, yonida dolchinli sut va kichik xat turardi: “Sen menday ona bo‘lmaysan, mendan ham yaxshi ona bo‘lsan!” Boshimdan sharaqlab qaynayotgan suv to‘kilganday bo‘ldi. Qanday qilib onamga shunday deya oldim?!.. Lekin ichimdagi be’mani jahl yana onamning yoniga kelib uzr so‘rashimga to‘siq bo‘ldi. Aslida tortishib qolganimizning sababi ham boshimning ustida turgan mana shu keks edi. Men ertangi kungi o‘quv yili xayrlashuv marosimi uchun shirinlik tayyorlab berishni so‘radim. Onam ishlari ko‘pligi uchun keks tayyorlab berolmasligini qat’iy aytdi. Onam o‘sha shirinlikni tayyorlab bermasa o‘rtoqlarim oldida xijolat bo‘lardim. Modomiki, onam keks pishirar ekan, nega meni buncha xafa qildi?
Dadam yonimga keldilar. Yig‘layotgandim. Ko‘z yoshlarimni artdilar.
— Nimalar bo‘lib o‘tganini bilaman, senga bir sirni ochaman, lekin zinhor onangga aytmaysan, - dedilar. Boshimni tebratdim.
— Ertaga mening maosh oladigan kunim. Uyda yog‘ bilan un tugab qolgan ekan. Onangga bir kun biror nima qilib amallab turishini aytgandim. Sen keks tayyorlashini so‘raganingda, o‘ksinmagin deb “uyda mahsulot yo‘q” deyolmabdi. Qo‘shnilardan so‘rashga ham iymanibdi. Lekin qattiq xafa bo‘lganingni ko‘rib baqqolga qarzga yozdirib olishga majbur bo‘libdi.
Dadamning bu so‘zlaridan boshim g‘ovlab, miyam uvishib qoldi. Avvalgidan ham ulkan qayg‘u bilan onamning yoniga qarab chopdim. Ho‘ngrab-o‘ksinib yig‘lardimu, bir so‘z aytolmasdim. Amallab o‘pkamni bosdimu, shu so‘zlarni ayta oldim xolos:
— Men sizga o‘xshagan ona bo‘laman! Qayg‘uimni farzandlarimga bildirmayman, o‘rni kelganda kiprik qoqmasdan har qanday fidoiylikdan qaytmayman! Va farzandlarimni siz meni sevgandek sevaman!
Tilak JASURning “SENI TUSHUNAMAN, ONA” kitobidan
Tarjimon: Umidaaziz

BAXTLI YASHASH SIRI
Arab donishmandlaridan biri shunday degan ekan:
• Oila a’zolaringga nisbatan qahr va muloyimlik o‘rtasida muomala qilib yashagin!
• Odamlar bilan goh ularga aralashib, gohida ulardan uzlatga chekinib yashagin!
• Birodarlaring bilan jiddiylik va hazil orasida yashagin!
• Shogirdlaring bilan viqor va oddiylik orasida yashagin!
• Farzandlaring bilan qattiqqo‘llik va mehribonlik orasida yashagin!
• Solih hokimlar bilan ular huzuriga qatnash va ulardan uzoq bo‘lish orasida yashagin!
• Qorning borasida to‘yish va ochlik orasida muomala qilib yashagin!
• Jisming bilan charchatish va dam oldirish orasida yashagin!
• O‘z nafsing bilan bermaslik va berish orasida yashagin!
• Robbing bilan qo‘rquv va umid orasida yashagin! Shunda sen baxtli yashaysan!