Umr Falsafasi
22.7K subscribers
1.53K photos
533 videos
1 file
3 links
✍️ She'riyat
🖇 Falsafa
🌱 Psixologiya
📖 Mazmunli satrlar
❤️ Qalbga yaqin so‘zlar
📚 Mulohaza

Reklama:@Umr_info
Murojaat: @Umr_Falsafasi_admini
Download Telegram
Biz ular uchun yonib kuyamiz..
Ular esa shunchaki isinib olishadi...


@Umr_falsafasi 🕊
Kun kelib, insonlarning senga qilganlariga sabr qilishni emas, e’tibor bermaydigan bo‘lishni o‘rganasan.

Elif Shafaq

@Umr_falsafasi 🕊
#Mulohaza

Ayolingiz siz uchun:
-Familyasini o'zgartiradi.
-Uyini o'zgartiradi.
-Oilasini o'zgartiradi.
-Yashash tarzini o'zgartiradi
-Agar xohlasangiz yurish, turishini o'zgartiradi.
-Sizga yoqish uchun, muhabbatingizni qozonish uchun qo'lidan kelgan hamma fidokorlikni qiladi.
-Sizni nomingizni, sulolangizni davom ettirish uchun jonini Jabborga berib homilador bo'ladi.
-Homilalikda go'zalligini, sog'ligini farzandingiz uchun qurbon qiladi.
-Sizni nomingiz dunyodan o'chib ketmasligi uchun semiradi, xuniklashadi. Siz esa bu ko'rinishi uchun undan ko'nglingiz qoladi. Aslida uni sizdan ko‘ngli qolishi kerak, ahir sizni deb qancha jabru-jafolar boshiga keldi.
-To'lg'oq dardidan go'r og'zidan qaytsa ham,ming azobda dunyoga keltirgan farzandlari unga o'xshamasa ham sizni o'ziniki qilish dardida,sizga qattiqroq chirmashib ketish istagida qayta-qayta tug'averadi(Bu aqlsizligidan emas, muhabbatining kuchidan aqli o‘tmaslashib qolganidan.)
-Farzandingiz tug‘ulgandan keyin, uyqularini bedor qilib, malollanmay kechalari shirin uyqisidan voz kechib, emizish uchun, tagligini almashtirish uchun uyg‘onadi.
Bundan hatto sizga shikoyatchi ham bo‘lmaydi, hammasini muhabbat bilan ado etadi
.
-Siz uchun, qanchalar qiyin bo'lsa ham, onangizni ona, otangizni ota, oilangizni oilam deb atay boshlaydi.
-O'ziga qarashga vaqt topa olmasa ham, sizning hidlangan paypoqlaringizni uyning har burchagidan to'playdi, kiringizni yuvadi, sizga chang qo'ndirmaydi, siz uchun shirin ovqatlar qilishga harakat qiladi, farzandlaringizni tarbiya qiladi, parvarishlaydi, oilangizni xizmatini qiladi ko'nglini oladi, sirlaringizni qalbini to'rida huddi o'z siridek avaylab, saqlaydi.
-Qo'polliklaringizni, nohaq haqoratlaringizni, achchiq kelganda butun urug'-aymog'ini haqqiga changitib tuhmatlar yog'dirishingizni, nafsonyati bilan o'ynashingizni hatto besabab qo'l ko'tarishingizni ham indamay kechiradi.
-Umri davomida molingizni muhofaza qiladi, ovqatingizni qiladi,uyingizni tozalaydi, xohlasangiz kechasi uyg‘onib ovqat pishiradi, eng og‘ir kunlaringizda yoningizda bo‘ladi,ko‘chadan kelishingizni intizor kutadi, Allohga haqqingizga duo qiladi, farzandlaringizni tarbiya qiladi, darsini qildiradi, qo‘yinki umrining ohirigacha siz uchun yashaydi.


Siz uchun shuncha fidokorlik qilgan ojiza, nahot muhabbatingizga loyiq bo‘lmasa.
Siz uchun borini qurbon qilgan, qovurg‘angizni bir bo‘lagini e’zozlash shunchalar qiyinmi
?

@Umr_falsafasi 🕊
Tashqingdan ko‘ra ko‘proq ichingni go‘zal tut!
Chunki tashingga xalq qarasa, ichingga nazar soladigan Zot Haqning O‘zidir!

Jaloliddin Rumiy

@Umr_falsafasi 🕊
"Agar Alloh ikki qalbni birlashtirmoqchi bo'lsa, ularni birlashtiradi, hatto ular orasida osmondan yergacha bo'lgan masofa bo'lsa ham."

@Umr_falsafasi 🕊
#Mulohaza

Boyazid Bistomiy hazratlari jinnixona yonidan o‘tayotganlarida, bir tabibning havonchada dori maydalayotganini ko‘rib:
— Behad gunohkorman, — debdilar, — shu kasalimga qarshi doring bormi?
Tabib boshini ko‘tarib ulgurmasdan, jinnixona panjarasidan qarab turgan bir xasta javob beribdi:
— Tavbaning tomiri bilan istig‘forning yaprog‘ini aralashtir. Qalb havonchasida tavhid to‘qmog‘i bilan tuyib maydala. Insof elagidan o‘tkaz, ko‘z yosh bilan yo‘g‘ir, ishq tandirida pishir va bomdod bilan shom orasida ko‘proq tanovul qil. Ko‘rasan, xastaligingdan asar ham qolmaydi!
Bistomiy hazratlarining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib debdilar
:
— Yo, Robbim! Bu dunyo xastaxonasida ne tabiblaring bor!

Cheksiz marhamat sohibi Robbimiz barcha Biz kabi xastalarga shifoi komil ato etsin...

@Umr_falsafasi 🕊
Alloh meni Robbimdir!
Unga hech kimni sherik qilmayman.

@Umr_falsafasi 🕊
Agar nimagadir muhtoj bo'lsangiz, bandasidan so'ramang. Bersa minnat, bermasa-illat.
Faqat Allohdan so'rang, bersa ne'mat, bermasa-hikmat.


@Umr_falsafasi 🕊
🌟Siz kulsangiz ham, yig‘lasangiz ham, baribir hayot o‘taveradi. Shunday ekan, barcha dardlaringizni ustingizga yuklab olmasdan, ulardan xalos bo‘ling, ularni unuting va tabassum qiling! Ehtimol vazifangiz ortga surilyotgandir. Ehtimol, uylanishingiz yoki turmushga chiqishingiz kechikayotgandir.

@Umr_falsafasi 🕊
#Mulohaza

Sizning hayotingiz yomon deb o'ylaysizmi? Bolalar uyiga boring. Hech narsada aybdor bo'lmagan va sizga ega bo'lgan narsaning kamida 10% egasi bo'lgan, minglab ko'zlar sizga qaraydigan uyga ...

@Umr_falsafasi 🕊
Belgi bo‘lsa, odam yo‘lda adashmaydi.
Aqlli bo‘lsa, kishi so‘zda adashmaydi
...

@Umr_falsafasi 🕊
Hammani o‘zimizdek o‘yladik..
Qadrlasak, qadr ko‘ramiz deb o‘yladik.
Ba‘zan, afsuski adashdik...

@Umr_falsafasi 🕊
Baxtli bo‘lish sirlari:
Sabrli bo‘lish..
Shukr qilish..
Qanoatli bo‘lish..
Tavakkal qilish..
Umid bilan yashash.

@Umr_falsafasi 🕊
Rivoyat qilinishicha, bir kishi xakimlardan birining xuzuriga kelib:

“Xazrat, mening bir o‘g‘lim va bir qizim bor.

Ulardan har ikkisini o‘qitishga qurbim yetmaydi, faqatgina bittasini o‘qitishga imkonim bor, qaysi birini o‘qitay
?”, deb so‘rabdi.

Shunda xakim zot:
Qizingni o‘qit, chunki u kelajakda farzand tarbiya qiladi.Agar o‘g‘lingni o‘qitsang, bir kishini o‘qitgan bo‘lasan, ammo qizingni o‘qitsang, butun bir jamiyatni o‘qitgan bo‘lasan”, deb javob bergan ekan.

@Umr_falsafasi 🕊
Sindirsalar qo‘llarida iforin qoldiradigan, yanchsalar xotiralarini umrbod bezaydigan guldek bo‘ling...

@Umr_falsafasi 🕊
"Allohim oʻzgartira olmaydigan narsalarni qabul qilishim uchun SABR!
Oʻzgartira oladigan narsalarni oʻzgartirishim uchun JASORAT!
Farqni anglash uchun AQL ber..."

@Umr_falsafasi 🕊
Ishq - barcha tuyg‘ularning eng kuchlisidir!
Bir vaqtning o‘zida ham qalbingni, ham vujudingni, ham aqlingni o‘z izmiga soladi...

@Umr_falsafasi 🕊
Eski munosabatlarga qaytish, bir kitobni ikki marotaba o‘qishga o‘xshaydi.
Qancha o‘qisang ham ma‘nosi o‘zgarmaydi...

@Umr_falsafasi 🕊
Insonni pul, boylik yoki mansab emas. Insonni inson buzadi.

@Umr_falsafasi 🕊
Alloh aytadi:
O'ylanma bandam,
Yolg'iz boshinga tashvish kelsa ham,
Sen haqingda o'zim yeyman g'am
Sen faqat shukr qil... Meniki olam!

@Umr_falsafasi 🕊