Abdujabbor’s TweetLab
61 subscribers
16 photos
4 links
Download Telegram
Dangasalik 1

Xalqimizda bir ibora bor “Bekorchidan Xudo bezor.”

Oxirgi paytlarda ko’p insonlardan eshitayotgan narsam bir xil, o’zining ishidan nolishlari bo’lmoqda

Ularning aytishicha Cristiano kabi boy bo’lib ketib, har kuni damni olsa, hech nima qilmasa.

Oxirgi paytlarda insonlar haftasiga 40 soat emas, 4 soat ishlashni hohlashmoqda. Eng achinarlisi shundaki, qolgan vaqtlarini boshqa mashg’ulot uchun emas, shunchaki hech narsa qilmaslik yoki dam olish (enjoying life) bilan o’tkazishmoqchi.

Hayotdan ma’no topa olmaslik, ya’ni dangasalik, maqsadsizlik, bu o’lim bilan tengdir.

Statistikaga ko’ra dunyodagi eng ko’p umr ko’ruvchi insonlar bular ustozlar ekan

Estonida olib borilgan tadqiqotda aytilishicha universitet professorlari boshqalardan ko’ra 9 yil ko’proq umr ko’radi.

Sababi ularda har doim maqsad bor, ertaga universitetda bolalarga dars o’tish kerak.

Yoshligimizda ko’p eshitganmiz, munkillab yurgan o’qituvchilar degan so’zni

Lekin bu iborani dasturchilar uchun, shifokorlar uchun aytilganini kamdan kam holatda eshitganman.

Michigan State Daily yozishicha, odamlar orasidagi dangasalik COVID paytida ko’paygan

Natijada, o’quvchilar topshiriqlarni kunlik emas, deadline vaqtida topshirishgan, va ana shu vaqt orasida academic achievement eng quyi darajada bo’lgan.

NLM ga ko’ra, COVID davridagi dangasalik, Amerikdagi 42% odamlarning o’rtacha 13 kg vazn olishiga sababchi bo’lgan.

EveryDayHealth nashriga ko’ra 2022-yilda 1.8 milliard, ya’ni dunyoning 31% aholisi jismonan faol bo’lmagan, va bu ko’rsatkichlar 2030-yilgacha 35% bo’lishi mumkinligi ta’kidlangan. Bu davr ham COVID davriga yaqin bo’lgan.

The worst thing that can happen to a man is to become civilized.” - David Goggins

Erkak uchun sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yomon narsa bu haddan tashqari qulaylikka o‘rganib, chiniqishni yo‘qotishidir.

Garry Varnechukning bir postini ko'rib qoldim

Hozir oddiygina dangasa emas, Shunchaki ular hech narsa qilishni hohlamaydi

Chunki dangasa inson eng kamida qisqa yo'lni topishga harakat qiladi. Lekin hozir unday emas.

2025-yil workout ga borishni boshlagan edim. Bir kichik odat, ana o'sha zalga borishimni chekladi.

Bu esa social media while working out. Ijtimoiy tarmoqda cheksiz kontent bor.

Va uning algoritmi sizga yoqqanlarini taqdim qiladi

Va uni ishlatishni to'xtatdim. Natijada hayotim tubdan o'zgardi.

Dr. Dimitri Christakisga ko'ra ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish aqliy rivojlanishni to'xtatadi hamda attention spanni tushiradi

Bunga qo'shimcha If you’re bored with life — you don’t get up every morning with a burning desire to do things — you don’t have enough goals.” — Lou Holtz

Ko'p insonlarning orzusi boy bo'lib ketish
Qanday boy? Kambag'allarga yordam bera oladigan? Maktablar qura oladigan? Yokida ko'proq xayriya qiladigan?

Yo'q unday emas, ular hayotdan shunchaki zavq olish uchun boy bo'lishni hohlashadi. Qimmatbaho uy, mashina hamda boshqalar.

Va bunday fikrlash ularni oson yo'lni topishga undaydi.
Ya'ni ular oson yechimni topishga intilishadi.

Haqiqiy rich insonlar bir narsaga erishgandan keyin, boshqa maqsadni ham o'z oldiga qo'yadi

Masalan Jeff Bezos. Uning maqsadi dunyodagi eng katta kutubxonani qurish bo'lgan. Lekin Amazon hozirgi kunda dunyodagi eng katta har narsa bor bo'lgan do'kon.

Demak hech narsaga dangasalik orqalik erishib bo’lmaydi. No pain, no gain!

@TweetLab
Dangasa 2

Ota-onalar o’qimaydigan farzandlariga eng ko’p beradigan ta’rif. - Dangasa

Kattalar orasida ham - aqlli, dangasalar uchrab turadi. Istalgan mavzuda fikri bor. Bir nimani qoyillatmagan.

Do’stlar, aqllilik va dangasalik bitta odamda yig’ilmaydi.

Putin aytganidek, hammamiz dangasamiz)

Aqlli odam, dangasaligini yenga olgan odam.

Aqlli odam, o’sha aqlini ishlatib, bir nima qila olgan odam.

Dangasalikka yengilgan, o’yin kulgiga berilganlarda - haqiqiy aqlni ko’ra olmaymiz.

Yo’qotilgan dahoning aqliy qoldiqlari sezilib turadi, xolos.

Dasturchi bo'lishimga ham dangasalikim sababchi bo'lgan.

Bu haqida keyingi postda gaplashamiz

@tweetLab
Growth and Fixed Mindset

2 xil fikrlaydigan insonlar bo’ladi.

Birinchisi o’zini mukammal yoki o’zgartirib bo’lmaydigan deb hisoblaydigan odamlar. Ikkinchisi esa hali ham o’zini tolibi ilm hisoblaydiganlardir.

Birinchi toifadagi insonlar o’z ayblarini tan olishni istamaydilar. Bunga misol, avtohalokatlarning 75% da haydovchi boshqa bir aybdorni topar ekan. Undanda qizig’i avtohalokat faqatgina 1 insondan iborat bo’lgan bo’lsa ham 37% da boshqa aybdorni topar kena.

Dweck kitobida birinchi toifa odamlar, ya’ni o’zgarmaslar haqida gapiradi

Ularga aqllisan, iqtidorlisan, mukammalsan maqtovlari yoki dangasasan, ahmoqsan, dovdirsan ayblovlari ko’p aytilgan.

Ikkinchi toifadagi insonlar aybini tez tan olar ekan. Talaba qanday qilib adashmasin.

Talaba kabi fikrlaydiganlarga esa, talabalarga aytiladigan gaplar aytilgan.

Bu safar o’xshamasa, keyingisi.

Boshqa bu xatoni takrorlama.

Qilgan ishing noto’g’ri bo’libdi.

Ya’ni inson sifatiga emas, qilgan ishga baho berilgan. Kelajakka umid berilgan.

Bu fikrlarimni o’qiyotgan bo’lsangiz demak siz men tengi yoki shu yosh atrofidagi insonsiz.

Fikrlaysiz, sizga ham ana o’sha talabadek gaplashishmagan bo’lsa nima qilamiz? O’tmishni o’zgartira olamizmi?

Psixolog Dr Kennedi ajoyib kuzatuvni aytadi: Ota-onamizning biz bilan gaplashish usuli, katta bo’lganimizda ichki gaplashish usulimizga aylanadi. Mavzuni tushunganimizda otamiz bizni himoya qilib, o’qituvhcimizdni ayblagan bo’lsa, katta bo’lib, biz ham muammolarda atrofni ayblay boshlaymiz.

Bizga bog’liq bo’lmagan ishlarda ham onamiz bizni ayblagan bo’lsa, katta bo’lib, kunlik aybdorlikni his qilamiz.

Agar biz ayblarimizni tan oladigan bo’lsak, ichki tuyg’uyimiz ham o’zgarib boradi.

Sog’ligi o’z qo’lida deb o’ylagan qariyalar, sog’ligi hamshiralar qo’lida deb o’ylagan qariyalardn ko’proq yashashgan.

Shu mantiqqa asosan, bilim olishni o’qituvchisida emas, o’z harakatida deb ko’rganlar yaxshiroq o’rganadi.

Oylik olishni boshlig’iga emas, o’z qobilyatlariga asosan o’lchaydigan insonning oyligi tezroq oshadi.

Ko’p talabalarni ko’rayapman, universitetni tashlashmoqda

Ularning gaplari: o’ylaganimdakamasakansan.

Yomon talaba bo’lishni o’qituvchilarga to’nkab qo’ya qolishadi.

Lekin ba'zi bir talabalar professor o'rgatmaganini kitobdan o'rganishmoqda. Ma'suliyatni o'zlariga olmoqda

@TweetLab
Dangasalik odamga xos. Odamga dangasalik xos.

3-qism

Dangasa bo’lishimizga katta sabablardan biri bu nafs.

Nafsimiz kam kaloriya sarflab, ko’p mukoflofotlar olishni xohlaydi.

Kam ishlab, ko’p pul topishni xohlaydi.

Kam yurib, uzoqlarga yetishni hohlaydi.

Hohishlarimiz katta, lekin unga qarab bosayotgan qadamlarimiz kichkina.

Natijani juda ham tez kutadigan bo’lib qolganmiz. Kam vaqt ichida, ko’pga erishishni hohlaymiz.

IELTS ni 2 oyda 7.0 olib beramiz deganlar hozir qayerda? Booknomy degan kitob bo’larmidi?

Biror narsaga erishish uchun katta mehnat qilish kerak. Dangasalik oson yo’lni oxtarishga undaydi.

Lekin u hech qachon ijobiy natija olib kelmaydi. Ijobiy bo’lganda ham uzoqqa bormaydi.

Uzoqqa borganda ham ichi kovak bo’ladi. Bir ursangiz ovozi chiqadi.

Do’stlarimiz bo’lar edi, men o’qigan IDUM ga pul hamda tanish bilan kirishgan edi. Hayotni oson tasavvur qilishgan edi. 1 yil ham o’qimasdan, o’qishni tashlagan edi. Hamma narsa pul bilan, tanish bilish bilan bitaversa, barcha ana o’shanga qarab yuradi.

Dangasa - vaqtni kelajakdan qarzga olib turgan insonning bir sifati.

Maktab paytimda bolalar hamma narsaga ulgirishar edi. Aylanishga, video o’yinlar, qizlar bilan gaplashishga, uzoqlarga ketib qolishga. Shuncha vaqtni qayerdan olishadi deb o’ylar edim.

Yaqinda tushindim. “Yoshligimda matematikani o’qimagan ekanman, rosa qiynalyapman” deb qoldi biri. “Yaxshiroq o’qish kerak ekan, endi vaqtim yetmayapti” deb aytib qoldi ikkinchisi.

Ular vaqtini kelajakdan olib turishga. Qarz bo’lib qolishgan. Endi esa to’lashyapti.

Yoshliklarida nafsini nazorat qila olmaganlar, yoki nazoratsiz qoldirayotgan ota onalar bir narsani bilib oling.

Bo’sh vaqtingizda o’qib o’rganmay, bekorchilik qilayotganda, kelajakdan qarz olayapsiz.

Qarzniku olaverasiz. Lekin qarz bu farz. Ya’ni albatta to’laysiz.

Demak dangasalikimzning asosiy sababi bu bizning nafsimiz.

Ko’p mehnat qilib nima qilaman, oson yo’l bilan erishaman deganlar “Jannat mashaqqatlar bilan o‘ralgan, do‘zax esa shahvatlar (nafs istaklari) bilan o‘ralgan.” Abu Hurayra R.A

@TweetLab
Dangasalik: Komfort Zonasi, Yoxud Tiriklayin Ko'milish

4-qism

Hayot xuddiki pastga tushayotgan eskalator ga o’xshaydi.

Turgan pastga tushib ketadi

Yurgan o’z o’rnida qoladi

Yugirgan esa oldinga siljiydi

Bugun erta turishni amal qilamiz, ertaga kitob o’qishni, undan keyin esa telefon ishlatishni kamaytiramiz. Va biz boshida yechgan muammolar keyinchalik muammo sifatida ko’rilmaydi.

Yoshlikka qaytamiz, bizni dada deb tiilimiz chiqishini 1 yil kutishgan

Birinchi qadamimizni tashlaganimizda necha marta yiqilgan edik?

Bular haqida man ham aniq bilmayman, lekin kichik ukalarimning yurishni, gapirishni boshlashgani mani ham hayratga qoldirgan.

Hozirchi, sayrashadi, yugirishadi, lekin bu kichik ishlarga biz avvalgidek ahamiyat bermay qo’yganmiz. Chunki yurish, gapirish, yeyish endi muammo emas.

Kunlar o’tgani sari boshqa katta muammolar kelib chiqaveradi.

Masalan ishga joylashish, universitetga kirish, oila tebratish va boshqalar.

Shu haqida bir kun bir do’stim bilan gaplashib qolgan edim.

Hamma ham bir xil sharoitda bo’lmaydiku, ba’zilar 10 yoshida otasiz qolib, oila tebratishni boshlasa, ba’zilari 20 ga kirganda ham akalari yordam berishadi. Ba’zilar kitoblari javonlarga to’la oilalarda tug’ilsa, ba’zilarning kitob sotib olishga sharoiti yo’q bo’ladi deb qoldi.

Biz bundan norizo bo’la olmaymiz. Biz daraxtlarning urug’iga o’xshaymiz.

Taqdir shamoli qayerga qo’ndirsa o’sha yerdan o’sib chiqmiz. Biri ko’klamdagi daraxtlar orasida o’sadi. Boshqasi esa suvsiz cho’lga tushadi.

Tug’ilish, muhit hamda shakllanish nuqtamiz har xil ekan, demak ish faoliyatimizni qanday boshlash ham o’zimizga bog’liq emas ekan. Aksarimiz oylika, o’zimiz emas, bozor tanlab bergan ishlarda pul topoishni boshlaymiz. Vaziyatni o’zgartira olmaganimiz sabab, vaziyatga qarab ish tutamiz.

Ba’zilarning esa o’qishni bitirishiga ish kutib turibdi.

Bunga hayotimdagi bir misolni aytib o’taman. Yaqinda bir tanishim tibbiyot universitetini tamomladi, va qaysidir kichik shifoxonada o’z ishini boshladi. Manimcha yordamchi sifatida.

Bir qarindoshim esa chet-elda hirurga sifatida ishlab, katta tajribaga ega bo’lib, hozirgi kunda vatanimizda o’z klinikasini ochmoqda. Ko’p insonlar bilmaydiki o’sha kuchli mutaxassilarning ham o’z jiyanlari va farzandlari bor. Uning farzandi ham hozirda tibbiyot universitetida o’qiyapti.

Ya’ni ikki insonning boshlanish nuqtasi bir xil emas, lekin o’sish tezligi ikki xil bo’lishi mumkin.

Birinchi ishimizni tanlay olmasak ham, qanday qilishni bemalol tanlay olamiz.

Agar biz har kuni o’sishda davom etadigan bo’lsak, biz albatta hohlagan natijamizga erisha olamiz.

Nafsimiz qonganidan keyin to’xtadikmi? Demak, biz tilla kishanlar ga o’z qo’limizni qo’yganimiz bilan barobardir.

@TweetLab
Study logic and math, because once you've masered them, you won't fear any book.
Dangasalik: Cho'qqi Yo'q

5-qism

Ko'pchiligimiz bir narsaga ishonamiz.

Bir kun keladi.

Universitetga kiramiz.

Ish topamiz.

Uy olamiz.

Mashina olamiz.

Boyib ketamiz.

Va nihoyat baxtli bo'lamiz.

Muammo shundaki, bu kun hech qachon kelmaydi.

Insonning tabiati shunaqa.

10 million topsa, 100 millionni xohlaydi.

100 million topsa, milliardni xohlaydi.

Bir maqsadga erishsa, boshqasini qo'yadi.

Cho'qqiga chiqaman deb o'ylaydi.

Lekin hayotda cho'qqining o'zi yo'q.

Faqat navbatdagi tog' bor.

Maktabda universitetni kutamiz.

Universitetda ishni kutamiz.

Ishda ta'tilni kutamiz.

Ta'tilda yana nimanidir kutamiz.

Kutib-kutib umr o'tadi.

Eng qizig'i shundaki, eng baxtli insonlar ko'pincha eng boylari emas.

Eng baxtli insonlar — har kuni nimagadir intilayotganlar.

Bir professor ertangi darsini o'ylaydi.

Bir dehqon keyingi hosilini o'ylaydi.

Bir dasturchi keyingi loyihasini o'ylaydi.

Bir sportchi keyingi mashg'ulotini o'ylaydi.

Ularni tirik tutayotgan narsa natija emas.

Jarayon.

Dangasa odamning muammosi ishning qiyinligi emas.

Uning muammosi ma'nosizlik.

Nima uchun qilayotganini bilmagan odamga eng oddiy ish ham og'ir.

Nima uchun qilayotganini bilgan odamga esa eng og'ir ish ham yengil.

Shuning uchun maqsad toping deyishmaydi.

Ma'no toping deyishadi.

Maqsadga yetasiz va yangisi paydo bo'ladi.

Ma'no topsangiz esa yo'lning o'zi zavqqa aylanadi.

Dangasalik ko'pincha tananing emas, ruhning charchog'idir.

Ruh esa ma'no bilan tiriladi.

Cho'qqi yo'q.

Faqat o'sish bor.

Faqat harakat bor.

Faqat yo'l bor.

Va ehtimol, baxt manzilda emasdir.

Balki yo'ldadir.

@TweetLab
you can do what you want, but you can't want what you want
Yes, you can control what you do, but you'll do what you want, and you can't control that
the reason this is mistaken is that people do sometimes change what they want. People who don't want to want something - drug addicts, for example - can sometimes make themselves stop wanting it. And people who want to want something - who want to like classical music, or broccoli - sometimes succeed
So, you can do what you want, but you can't want to want what you want. However, it is possible to change what you want to want.

@TweetLab
Afsus, ko'pchilik o'zi yaxshi ko'rgan ishini topa olmaydi. Sababi ular o'zlari yoqtirmagan ishda shunchalik ko'p ishlashadi-ki, kasb almashtirish orqaga yurishga o'xshab qoladi. Hozirgi ishlari beradigan obro' va pulga o'rganib qolgan bo'ladilar. Yana oila tomonidan almashtirishga qarshi bosim ham bo'ladi.
https://www.alinoor.uz

Hey folk

This is Alinoor. I built this for myself to deepen my knowledge and strengthen my spiritual journey. Over time, I realized it could benefit others too, so I decided to make it available for everyone. Now you can see Aziz Rahimov's 152 essays, whole quran with english translation, Imam Bukhari's hadiths, Arabic language and other essential things like prayer times, your habits.

Whether you’re looking to learn more about Islam, build better daily habits, or stay connected with your faith, I hope you’ll find it useful.

Check it out: https://www.alinoor.uz

I’d love to hear your feedback and suggestions.

The reason I made this project in English is that I couldn’t get used to the new Uzbek alphabet with letters like Ş, Ç, Ö, and Ğ.
An entrepreneur should focus on a single project and be truly passionate about it.

I've seen many cases where the founder has multiple projects, and they can't keep up with any of them. Their work ends up being a constant juggling act, just putting out fires.

Building a large international company requires immense energy from the founder.

And that energy needs to be focused on a single point, sustained over a long period, and applied with full force.

If that energy is spread across multiple projects, they will all grow slowly, but none of them will truly flourish.

As one of my mentors said: entrepreneurs put all their eggs in one basket. Investors, on the other hand, diversify.