ToshDO'TAU mobile app
18 subscribers
32 photos
2 videos
37 files
47 links
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari tomonidan yaratilgan mobil ilovalar.

Murojat uchun : @frontendchannels
Rasmiy guruh : https://t.me/toshdotau_mobileapp_chat
Download Telegram
Loyihaning nomi
“Alisher Navoiy” veb-sayti

Ilmiy yo‘nalishi
Veb-sayt

Annotatsiya (800-1000 ta so‘z bilan loyihaning maqsadi va vazifalari, kutilayotgan natijalar va tatbiq etish rejalari haqida).
Maqsadi :
Ma’lumki, hozirgi shiddatli zamon insonlardan kuchli intellektual salohiyatga ega bo‘lishni, har bir masalani o‘z tafakkuri doirasida mustaqil hal eta olishni talab qilmoqda. Bu esa har bir kishining adabiyot va san’atning mukammal durdonalari bilan yaqindan tanish bo‘lishi lozimligi bilan izohlanadi.
Shu maqsadda, o‘zbek adabiyotining gultoji, jahon adabiyotining mukammal durdonalari – Alisher Navoiy asarlarining yurtimiz va xorijdagi ko‘p sonli o‘quvchilar qo‘liga yetib borishi, til va mavzu ko‘lami murakkabligi nuqtayi nazaridan yetuk adabiyotshunoslar tomonidan qilingan tahlillarning taqdim etilishi uchun “Alisher Navoiy” veb-saytini yaratish zarur. Zero, hozirgi globallashuv va axborotlashuv asrida har bir loyiha foydalanuvchiga elektron shaklda yetkazilishi juda qulay va samarali ekanligi barchaga ayon.
Shuningdek, loyiha Navoiy asarlarining to‘la sifatli elektron variant yaratilmaganligi tufayli mazkur veb-sayt asosida o‘quvchilarga adabiyotlardan tez, natijali va qulay shaklda foydalanish imkonini yaratishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Navoiy asarlari dunyo olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilsa-da, keng kitobxonlar ommasi, sharq adabiyoti shaydolari uchun Navoiy asarlarining rus va ingliz tillaridagi tarjima variantlari alohida to‘plangan shaklda taqdim etilmagan. Navoiy ijodini xorijda samara targ‘ib qilish loyihaning yana bir muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Loyiha, shuningdek, xorijlik foydalanuvchilarga Navoiy ijodi namunalari bilan birga o‘zbek mumtoz adabiyotining umumiy qoidalari, nazariy maqolalar, Navoiy hayoti va ijodiga doir umumiy bilimlarni berishni ham ko‘zlagan bo‘lib, veb-sayt aruz va mumtoz poetika qonun-qoidalari, navoiyshunoslikning fundamental bilimlari, xorijlik va o‘zbek olimlarining Navoiyga bag‘ishlangan maqolalarini ham o‘zida jamlaydi.

Vazifasi :
1. “Alisher Navoiy” veb-saytini yaratishning texnik xaritasini yaratish. Bu orqali foydalanuvchilar uchun sodda va qulay ishlovchi veb-saytni taqdim etish.
2. Veb-saytda “Bosh sahifa”, “Nasr”, “Nazm”, “Navoiyshunoslik”, “Aruz”, “Maqolalar”, “Yuklamalar”, “Aloqa” kabi bo‘limlarni tashkil qilish. Foydalanuvchilar tomonidan veb-saytda jamlangan ma’lumotlarni tizimli ravishda izlab topish imkonini berish.
3.Har bir bo‘limga sifatli va asosli ma’lumotlarni kiritish. xorijlik va o‘zbek tadqiqotchilari, kitobxonlar, sharq adabiyoti qiziquvchilari uchun sifatli axborotni yetkazib bera olish.
4.Har bir asarning lotin va kirill alifbosidagi variantlarini yaratish. Bu orqali veb-saytdan foydalanish auditorisini kengaytirish, ham kirill, ham lotin yozuvida savod chiqargan avlodni veb-saytdan foydalanishlariga erishish.
5.Veb-saytni o‘zbek, ingliz va rus tillarida yaratish. Jahonga o‘zbek mumtoz adabiyoti durdonalarini keng targ‘ib qilish.
6.Veb-saytning mobil versiyasini yaratish. Bu orqali foydalanuvchilarga ma’lumotlardan qulay va istalgan shaklda foydalana olish imkoniyatini yaratish.

Natijasi :
Alisher Navoiy asarlarining yurtimiz va xorijdagi ko‘p sonli o‘quvchilar qo‘liga elektron, sifatli va ishonchli ma’lumotlar bazasi – veb-sayt shaklida yetkazish, mazkur asarlarning rus va ingliz tillaridagi tarjima variantlari alohida to‘plangan shaklda jahon ommasiga berish, xorijlik foydalanuvchilarga Navoiy ijodi namunalari bilan birga o‘zbek mumtoz adabiyotining umumiy qoidalari, nazariy maqolalar, Navoiy hayoti va ijodiga doir umumiy bilimlarni taqdim etish.

https://t.me/Tsuullapp
🔥1
[ Photo ]
🇺🇿 Hurmatli Vatan himoyachilari! 🇺🇿

ToshDO'TAU mobile app jamoasi yurtimizning barcha zabardast o'g'lonlarini 14-yanvar- Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etadi.

Azaldan xalqimiz mardlik, jasurlik, vatanparvarlik timsoli bo'lgan Ona-Vatan va tinchlik himoyachilarini ulug'lab kelgan. Ularning ma'naviy qudrati, shijoati va kuch-qudratiga ishongan, suyangan.

Fursatdan foydalanib, bahodir va dovyurak, haqiqiy vatanparvar o'g'lonlarni, tom ma'nodagi posbonlarimizni bayram bilan tabriklab qolamiz. Biz sizning timsolingizda Vatanimizga tog'dek tayanch bo'lib turgan buyuk ma'naviy kuchni ko'ramiz.

Sizning mashaqqatli xizmatingiz, yurtimiz tinchligini ta'minlash yo'lida qilayotgan say-harakatlaringiz yuksak sharaf va e'tiborga loyiq.

Barchangizga mustahkam sog'liq, oilaviy baxt va hotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Oliyjanob xalqimizning yuksak ishonchi va ehtiromi sizlarga hamisha yor bo'lsin.

https://t.me/Tsuullapp
Videolaringiz yoki rasmlaringizni kreativ tarzda montaj qilishni istaysizmi ?

Turli xil montaj ilovalariga oʻrgana olmayapsizmi?

Unda siz uchun qulay interfeysga ega YouCut — ilovasini tavsiya qilamiz.

Kanalga a'zo bo'lish : @Tsuulapp
youcut-v1.apk
51.4 MB
Kanalga a'zo bo'lish : @Tsuulapp
Samartfoningizdan foydalanyotganingizda ko'zlaringiz tolib qolmoqdami?

Smartfoningizdagi tungi rejim sizga maqul kelmayaptimi?

Smartfoningizga maxsus tungi rejim Blue Light Filter ilovasidan foydalangan holda sogʻligingizni asrang.

Yaqinlaringizga ham ulashing!

@tsuullapp
blue_light_filter.apk
8.7 MB
Blue Light Filter ilovasini telegramdan chiqmasdan yuklab oling!

@Tsuullapp
Hozirda ko'pchilik Ingliz tilini o'rganmoqda. Lekin mustaqil tarzda o'rganishga qiynalyapsizmi?
Unda sizga Cake mobil ilovasini taklif qilamiz.
Ingliz tilini oʻrganishda gapirish, tinglash, oʻqish qoʻyinki barcha jihatlaringizni kuchaytirishga yordam beradigan ilova.

Ingliz tilini mustaqil o'rganayotganlarga yuboramiz

https://t.me/Tsuullapp
me.mycake_3.4.0_1030400.apk
10.5 MB
Telegramdan chiqmasdan yuklab oling!

https://t.me/Tsuullapp
OnClick+Pro+1.15-.apk
12.5 MB
Ushbu ilova orqali instagram akkauntingizni layklar yoki boshqa harakatlar orqali targʻib qilishni avtomatlashtirishingiz mumkin.

Instagram akkauntingizni rivojlantirish aynan ushbu ilova bilan yanada osonlashadi.

Yaqinlaringiz ham ulashing.

https://t.me/Tsuullapp
Ruff – yon daftar vazifasini bajaruvchi ilovalar ichidagi eng qulay, yaxshi va tushunarli interfeysga ega bo'lgan ilova.

Yaqinlaringizga ham ulashing!
ruff.apk
17.2 MB
Telegramdan chiqmasdan yuklab oling

@Tsuullapp
Hilol eBook – foydali elektron kitoblar bilan toʻla ilova. Ilovada bepul kitoblar ham, audio kitoblar ham mavjud. Albatta yuklab olishni va kitoblaridan bahra olib oʻqishni tavsiya qilamiz.

Yaqinlaringizga ham ulashing

@tsuullapp
uz.hilal.ebook.apk
10.7 MB
Hilol eBook
Telegramdan chiqmasdan yuklab oling

@Tsuullapp
Assalomu alaykum !

Sizda ham foydali ilovalar bo'lsa bizga yuboring!
Kanal a'zolari va yaqinlaringizga ham birdek foydali bo'ladi degan umiddamiz

Yuborish uchun :
@Mobil_dasturlash_bot

AudioLab – audio fayllarni tahrirlash bilan ishlash uchun eng qulay ilovalardan biri. Asosiy xususiyatlari bilan yuqoridagi suratda tanishishingiz mumkin.

Yaqinlaringizga ham ulashing!

@tsuullapp
👍1
AudioLab.apk
6.6 MB
AudioLab ilovasi
Telegramdan chiqmasdan yuklab oling

@Tsuullapp
Find my device - ilovasi sizning Gmail pochtangizga ulangan qurilmalarni qayerdaligini topishda, uni bloklashda va uning barcha ma'lumotlarini o'chirib tashlashda yordam beradi.

Smartfoningiz uchun ushbu ilovani tavsiya qilamiz.

Yaqinlaringizga ham ulashing!

@Tsuullapp
Find my device.apk
3.8 MB
Find my device ilovasi
Telegramdan chiqmasdan yuklab oling

@Tsuullapp
ToshDO'TAU mobile app pinned «Assalomu alaykum ! Sizda ham foydali ilovalar bo'lsa bizga yuboring! Kanal a'zolari va yaqinlaringizga ham birdek foydali bo'ladi degan umiddamiz Yuborish uchun : @Mobil_dasturlash_bot»
O'zbek_tilining_universal_lug'ati.apk
19.6 MB
Tan olishimiz kerak: hammamiz ham o'zbek tilidan yozuvda mukammal foydalana olmaymiz. Har bir so'zning ma'nolarini to'liq bilmaymiz. Shuningdek, “h ”va “x” harflari hamda tutuq belgisi (’)da va boshqa jihatlarda xato qilib qo'yamiz.

Siz uchun tavsiya qiladigan “O'zbek tilining universal lug'ati” ilovasi orqali yuqoridagi muammolarni bartaraf qilishingizda sizga yordam beradi.

Muallif : Shohruh Abdurahim

Yaqinlaringizga ulashing!

@Tsuullapp
👍3