ToshDO'TAU mobile app
18 subscribers
32 photos
2 videos
37 files
47 links
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari tomonidan yaratilgan mobil ilovalar.

Murojat uchun : @frontendchannels
Rasmiy guruh : https://t.me/toshdotau_mobileapp_chat
Download Telegram
Lison_ut_tayr.apk
10.2 MB
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Alisher Navoiy asarlarini targ'ib qilish maqsadida Lison ut-tayr asarining ixchamlashgan mobil ilovasi yaratildi.

Kanalga obuna bo'ling :@Tsuullapp
ToshDO'TAU mobile app pinned «Mobil dasturlashni o'rganishni xohlaganlar uchun ajoyib imkoniyat. Mobil dasturlash bo'yicha 5 kishiga bepul online kurs tashkil qilmoqchimiz. 5 kishini mativatsion xat orqali aniqlab olmoqchimiz. Buning uchun siz bizga O'rganishdan maqsadingiz. Nega aynan…»
Forwarded from sarvarcoder
Assalomu alaykum barchangizga!

Bugun soat 22:00 da videochat tashkil qilmoqchimiz!

Mavzu
: NoCoding

Mobile dasturlashga qiziquvchilar uchun ajoyib bir Platforma haqida tanishtirib o'tishga harakat qilamiz.

https://t.me/CompScienceUZ/20575

Kompyuter va internetingiz bo'lsa juda ham yaxshi bo'ladi

https://t.me/CompScienceUZ
Saddi_Iskandariy(1).apk
11 MB
"Saddi Iskandariy" mobil ilovasi : Ushbu ilova Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonining ixchamlashtirilgan variant asosida yaratilgan.

https://t.me/Tsuullapp
Maxbub_ul_qulub(1).apk
10.1 MB
"Maxbub ul-qulub" mobil ilovasi :
Ushbu ilova Alisher Navoiyning "Maxbub ul-qulub" asarining ixchamlashtirilgan varianti asosida yaratilgan.

https://t.me/Tsuullapp
Layli va Majnun.apk
11.2 MB
"Layli va Majnun" mobil ilovasi :

Ushbu ilova Alisher Navoiy ning "Layli va Majnun" dostonining ixchamlashtirilgan varianti asosida yaratilgan.

https://t.me/Tsuullapp
Forwarded from Dorilfunun
Ilk qadam uchun yaxshi imkoniyat

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-son Qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandiga muvofiq universitet miqyosida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida startap loyihalar tanlovini e’lon qiladi.
 
Startap loyihalarni qabul qilishda qo‘yiladigan shartlar:
•  arizalar 2021-yil 15-dekabrdan 2022-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi;
•  1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin;
•  Startap loyihalar asosida elektron o‘quv adabiyot, dasturiy mahsulot, xizmatlar va texnologiyalar yaratishning eng ko‘p muddati 6 oydan oshmasligi lozim.
 
Startap loyihalar tanlovini o‘tkazish shartlari:
•  Tanlovda keng ko‘lamdagi barcha yo‘nalishdagi istiqbolli startap-loyihalarni yaratish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular innovatsiyalar va texnologiyalarga asoslanishi shart.
 
Startap loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
•  Loyihaning innovatsionligi – respublikada avval qo‘llanilmagan yangi texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkillashtirish tamoyillaridan foydalanish darajasi, yangi xizmat turini yaratishni ko‘zda tutganligi;
•  Loyihaning texnik jihatdan mukammalligi;
•  Loyihani moliyaviy rejalashtirish – loyiha moliyaviy ta’minotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi va harajatlar smetasining hajmi 5 (besh) mln. so‘mdan oshmasligi;
•  Marketing rejasi – loyihani amalga oshirish strategiyasi, bozor hajmi, maqsadli auditoriya, aloqalar/sotuvlarning asosiy kanallari, raqobat muhiti va h.k;
•  Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish sifati va muddatlari.
 
Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar startup.toshdotau@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
 
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar  PDF shaklda elektron pochtaga yuborilishi lozim:
•  Startap loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza;
•  Startap loyiha pasporti (1-2 bet);
•  Xarajatlar smetasi (1 bet);
•  Startap loyiha biznes matni (1-2 bet);
•  Startap loyiha taqdimoti (5 slayd).
 
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.
 
Quyidagi hollarda taqdim etilgan loyihalar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmasligi mumkin:
•  Startap loyiha mazmunan innovatsion xususiyatga ega emasligi;
•  Startap loyihaning maqsad va vazifalari yoritib berilmaganligi;
•  Startap loyihada taqdim etilgan muammoning echimi mavjud emasligi;
•  Startap loyihaning avvalgi tanlovlarda g‘olib bo‘lganligi.
 
🎯 G'oliblarga loyihani amalga oshirishi uchun qiymatiga qarab 5 mln so'mgacha bo'lgan mablag' taqdim etiladi (kredit yoki qarzga emas)! Universitet budjeti hisobidan, loyihangizni amalga oshirish sharti bilan albatta!

📌 Startap loyihalarni shakllantirish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limiga murojaat qilish mumkin: A blok 421-xona.

P/S: Sizdan nima ketdi. Qatnashib ko'ring. Marketing plan kerak bo'lsa, manov kishiga murojaat qilaverasizlar. Ancha bilgich deb eshitgandim)

🚀 Bizning auditoriya: @fakultetFilologiya
Assalomu alaykum!
Biz loyihalarimizni boshladik


Qullab quvvatlaysiz degan umiddamiz

ToshDO'TAU mobile app jamoasi
Loyihaning nomi
“Alisher Navoiy” veb-sayti

Ilmiy yo‘nalishi
Veb-sayt

Annotatsiya (800-1000 ta so‘z bilan loyihaning maqsadi va vazifalari, kutilayotgan natijalar va tatbiq etish rejalari haqida).
Maqsadi :
Ma’lumki, hozirgi shiddatli zamon insonlardan kuchli intellektual salohiyatga ega bo‘lishni, har bir masalani o‘z tafakkuri doirasida mustaqil hal eta olishni talab qilmoqda. Bu esa har bir kishining adabiyot va san’atning mukammal durdonalari bilan yaqindan tanish bo‘lishi lozimligi bilan izohlanadi.
Shu maqsadda, o‘zbek adabiyotining gultoji, jahon adabiyotining mukammal durdonalari – Alisher Navoiy asarlarining yurtimiz va xorijdagi ko‘p sonli o‘quvchilar qo‘liga yetib borishi, til va mavzu ko‘lami murakkabligi nuqtayi nazaridan yetuk adabiyotshunoslar tomonidan qilingan tahlillarning taqdim etilishi uchun “Alisher Navoiy” veb-saytini yaratish zarur. Zero, hozirgi globallashuv va axborotlashuv asrida har bir loyiha foydalanuvchiga elektron shaklda yetkazilishi juda qulay va samarali ekanligi barchaga ayon.
Shuningdek, loyiha Navoiy asarlarining to‘la sifatli elektron variant yaratilmaganligi tufayli mazkur veb-sayt asosida o‘quvchilarga adabiyotlardan tez, natijali va qulay shaklda foydalanish imkonini yaratishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Navoiy asarlari dunyo olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilsa-da, keng kitobxonlar ommasi, sharq adabiyoti shaydolari uchun Navoiy asarlarining rus va ingliz tillaridagi tarjima variantlari alohida to‘plangan shaklda taqdim etilmagan. Navoiy ijodini xorijda samara targ‘ib qilish loyihaning yana bir muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Loyiha, shuningdek, xorijlik foydalanuvchilarga Navoiy ijodi namunalari bilan birga o‘zbek mumtoz adabiyotining umumiy qoidalari, nazariy maqolalar, Navoiy hayoti va ijodiga doir umumiy bilimlarni berishni ham ko‘zlagan bo‘lib, veb-sayt aruz va mumtoz poetika qonun-qoidalari, navoiyshunoslikning fundamental bilimlari, xorijlik va o‘zbek olimlarining Navoiyga bag‘ishlangan maqolalarini ham o‘zida jamlaydi.

Vazifasi :
1. “Alisher Navoiy” veb-saytini yaratishning texnik xaritasini yaratish. Bu orqali foydalanuvchilar uchun sodda va qulay ishlovchi veb-saytni taqdim etish.
2. Veb-saytda “Bosh sahifa”, “Nasr”, “Nazm”, “Navoiyshunoslik”, “Aruz”, “Maqolalar”, “Yuklamalar”, “Aloqa” kabi bo‘limlarni tashkil qilish. Foydalanuvchilar tomonidan veb-saytda jamlangan ma’lumotlarni tizimli ravishda izlab topish imkonini berish.
3.Har bir bo‘limga sifatli va asosli ma’lumotlarni kiritish. xorijlik va o‘zbek tadqiqotchilari, kitobxonlar, sharq adabiyoti qiziquvchilari uchun sifatli axborotni yetkazib bera olish.
4.Har bir asarning lotin va kirill alifbosidagi variantlarini yaratish. Bu orqali veb-saytdan foydalanish auditorisini kengaytirish, ham kirill, ham lotin yozuvida savod chiqargan avlodni veb-saytdan foydalanishlariga erishish.
5.Veb-saytni o‘zbek, ingliz va rus tillarida yaratish. Jahonga o‘zbek mumtoz adabiyoti durdonalarini keng targ‘ib qilish.
6.Veb-saytning mobil versiyasini yaratish. Bu orqali foydalanuvchilarga ma’lumotlardan qulay va istalgan shaklda foydalana olish imkoniyatini yaratish.

Natijasi :
Alisher Navoiy asarlarining yurtimiz va xorijdagi ko‘p sonli o‘quvchilar qo‘liga elektron, sifatli va ishonchli ma’lumotlar bazasi – veb-sayt shaklida yetkazish, mazkur asarlarning rus va ingliz tillaridagi tarjima variantlari alohida to‘plangan shaklda jahon ommasiga berish, xorijlik foydalanuvchilarga Navoiy ijodi namunalari bilan birga o‘zbek mumtoz adabiyotining umumiy qoidalari, nazariy maqolalar, Navoiy hayoti va ijodiga doir umumiy bilimlarni taqdim etish.

https://t.me/Tsuullapp
🔥1
[ Photo ]
🇺🇿 Hurmatli Vatan himoyachilari! 🇺🇿

ToshDO'TAU mobile app jamoasi yurtimizning barcha zabardast o'g'lonlarini 14-yanvar- Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etadi.

Azaldan xalqimiz mardlik, jasurlik, vatanparvarlik timsoli bo'lgan Ona-Vatan va tinchlik himoyachilarini ulug'lab kelgan. Ularning ma'naviy qudrati, shijoati va kuch-qudratiga ishongan, suyangan.

Fursatdan foydalanib, bahodir va dovyurak, haqiqiy vatanparvar o'g'lonlarni, tom ma'nodagi posbonlarimizni bayram bilan tabriklab qolamiz. Biz sizning timsolingizda Vatanimizga tog'dek tayanch bo'lib turgan buyuk ma'naviy kuchni ko'ramiz.

Sizning mashaqqatli xizmatingiz, yurtimiz tinchligini ta'minlash yo'lida qilayotgan say-harakatlaringiz yuksak sharaf va e'tiborga loyiq.

Barchangizga mustahkam sog'liq, oilaviy baxt va hotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Oliyjanob xalqimizning yuksak ishonchi va ehtiromi sizlarga hamisha yor bo'lsin.

https://t.me/Tsuullapp
Videolaringiz yoki rasmlaringizni kreativ tarzda montaj qilishni istaysizmi ?

Turli xil montaj ilovalariga oʻrgana olmayapsizmi?

Unda siz uchun qulay interfeysga ega YouCut — ilovasini tavsiya qilamiz.

Kanalga a'zo bo'lish : @Tsuulapp
youcut-v1.apk
51.4 MB
Kanalga a'zo bo'lish : @Tsuulapp
Samartfoningizdan foydalanyotganingizda ko'zlaringiz tolib qolmoqdami?

Smartfoningizdagi tungi rejim sizga maqul kelmayaptimi?

Smartfoningizga maxsus tungi rejim Blue Light Filter ilovasidan foydalangan holda sogʻligingizni asrang.

Yaqinlaringizga ham ulashing!

@tsuullapp
blue_light_filter.apk
8.7 MB
Blue Light Filter ilovasini telegramdan chiqmasdan yuklab oling!

@Tsuullapp
Hozirda ko'pchilik Ingliz tilini o'rganmoqda. Lekin mustaqil tarzda o'rganishga qiynalyapsizmi?
Unda sizga Cake mobil ilovasini taklif qilamiz.
Ingliz tilini oʻrganishda gapirish, tinglash, oʻqish qoʻyinki barcha jihatlaringizni kuchaytirishga yordam beradigan ilova.

Ingliz tilini mustaqil o'rganayotganlarga yuboramiz

https://t.me/Tsuullapp
me.mycake_3.4.0_1030400.apk
10.5 MB
Telegramdan chiqmasdan yuklab oling!

https://t.me/Tsuullapp
OnClick+Pro+1.15-.apk
12.5 MB
Ushbu ilova orqali instagram akkauntingizni layklar yoki boshqa harakatlar orqali targʻib qilishni avtomatlashtirishingiz mumkin.

Instagram akkauntingizni rivojlantirish aynan ushbu ilova bilan yanada osonlashadi.

Yaqinlaringiz ham ulashing.

https://t.me/Tsuullapp
Ruff – yon daftar vazifasini bajaruvchi ilovalar ichidagi eng qulay, yaxshi va tushunarli interfeysga ega bo'lgan ilova.

Yaqinlaringizga ham ulashing!
ruff.apk
17.2 MB
Telegramdan chiqmasdan yuklab oling

@Tsuullapp