🚇 “Toshkent metropoliteni” DUKda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish, yosh xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchilari lavozimiga nomzodlarni saralash ishlari yakunlandi.

🤗 Kuni kecha korxona tasarrufidagi depo va xizmatlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar orasidan tavsiya etilgan nomzodlar bilan yakuniy suhbatlar o‘tkazildi. Suhbatlar davomida nomzodlarning kasbiy salohiyati, tashabbuskorligi, tashkilotchilik va yetakchilik qobiliyatlari, shuningdek, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari har tomonlama baholandi.

👍 Saralash yakunlariga ko‘ra, yoshlarni o‘z ortidan ergashtira oladigan, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qodir bo‘lgan munosib nomzodlar Boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchilari etib tanlab olindi.

🟢Tanlab olingan yoshlar yetakchilari tizimda yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda jamoada sog‘lom va faol yoshlar muhitini shakllantirish borasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰

🚇 “Toshkent metropoliteni” DUK “Chilonzor” elektrodeposida yangi xarid qilingan harakat tarkiblari haqida keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Press-tur tashkil etildi.

▶️ Mazkur press-turda mahalliy OAV xodimlari jalb etilib, xarid qilingan yangi harakat tarkiblari xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

👍 Shuningdek, metro tasarrufidagi barcha harakat tarkiblari, xususan eski poyezdlar hamda yangi poyezdlar farqlari taqqoslanib, zarur tushunchalar shakllantirildi.
_____________________

В электродепо «Чиланзар» ГУП «Тошкент метрополитени» был организован пресс-тур с целью ознакомления широкой общественности с новыми поездами, недавно поступившими в метрополитен.

В рамках пресс-тура представители отечественных средств массовой информации получили подробную информацию о технических характеристиках и преимуществах новых подвижных составов.

Кроме того, участникам мероприятия были представлены сравнительные характеристики всех эксплуатируемых в метрополитене подвижных составов, в частности поездов старого и нового поколения. Представители СМИ также получили разъяснения об их основных отличиях, преимуществах и современных возможностях.

🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤9🔥3
🚇 “Yoshlar kuni” doirasida “Toshkent metropoliteni” DUK, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Aloqabank hamkorligida tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirokida “Yosh tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash” kuni munosabati bilan targ‘ibot va ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

🤗 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va Toshkent shahar Bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari o’zlarining taqdimotlari bilan shuningdek, Aloqabankning Raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish va texnik qo‘llab-quvvatlash hamda Kichik va o‘rta biznes subyektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari tijorat banklarida mavjud imtiyozli kredit dasturlari taqdimoti bilan ishtirok etdi.

✅ Uchrashuv davomida yosh xodimlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, imtiyozli kreditlar, davlat dasturlari doirasidagi imkoniyatlar, zamonaviy bank xizmatlari hamda raqamli moliyaviy xizmatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

🎤 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

🟢Mazkur uchrashuv yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, ularning tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish hamda davlat va bank tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 16-iyul kuni soat 14:34 da “Yer usti halqa” yoʻnalishining “Turon” metro bekatida tom konstruksiyasining qismida siljib tushish holati aniqlangan.

Harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida mazkur bekatda metro poyezdlari harakati zudlik bilan vaqtincha toʻxtatildi. Hozirda mutaxassislar tomonidan holat yuzasidan texnik oʻrganish ishlari olib borilmoqda hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Mazkur hodisa oqibatida ikki nafar yoʻlovchi yengil tan jarohati olgan. Ularga voqea joyining oʻzida birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Qipchoq” va “Quruvchilar” metro bekatlari oraligʻida bepul metrobuslar harakati yoʻlga qoʻyilgan.

“Toshkent metropoliteni” DUK yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yoʻlovchilardan uzr soʻraydi hamda yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlashni eng ustuvor yoʻnalishi ekanini maʼlum qiladi.

———————————

16 июля текущего года в 14:34 на станции «Turon» Кольцевой надземной линии Ташкентского метрополитена было выявлено смещение части конструкции кровли.

В целях обеспечения безопасности движения поездов движение на данной станции было незамедлительно временно приостановлено. В настоящее время специалисты проводят техническое обследование, а также принимают меры по устранению выявленных недостатков.

В результате данного происшествия двое пассажиров получили лёгкие телесные повреждения. Им была оказана первая медицинская помощь непосредственно на месте происшествия.

Для обеспечения удобства пассажиров организовано бесплатное движение метробусов между станциями «Qipchoq» и «Quruvchilar».

ГУП «Тошкент метрополитени» приносит пассажирам извинения за временные неудобства и сообщает, что обеспечение безопасности пассажиров является его безусловным приоритетом.

🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍31❤17🤩12👏8⚡5🔥4🎉3👌3
🇺🇿 “Toshkent metropoliteni" DUK da fuqarolar va ishchi xodimlar murojaatlarini o'rganish maqsadida "Toshkent metropoliteni" DUK boshlig'ining navbatdagi qabuli o’tkazildi.

👍Qabul davomida, xodimlar muammolari hamda takliflari tinglanib, tegishli xizmat xodimlariga mazkur masalalarni hal etish bo'yicha topshiriqlar yuklandi.

📊 Qayd etish lozimki, har bir murojaatchining muammosi yakka tartibda, mas'ullar bilan birgalikda zarur hujjatlar asosida o‘rganildi. Ayrimlari joyida ijobiy hal etildi.

🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤12👏3🎉2
🚇“Toshkent metropoliteni” DUKda navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, davlat va jamiyat hayotidagi muhim yangiliklar hamda dolzarb ijtimoiy-siyosiy masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, ishtirokchilar o‘rtasida fikr almashildi.

Shuningdek, xodimlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish, amaldagi qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risidagi xabardorligini kuchaytirish hamda fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


✅Tadbir yakunida xodimlarning bilim va dunyoqarashini mustahkamlash maqsadida savol-javoblar tashkil etildi. Savollar Toshkent metropoliteni faoliyati, badiiy asarlar va ularning mualliflari, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish mavzularini qamrab oldi. Savollarga to‘g‘ri va faol javob bergan xodimlar rag‘batlantirilib, ularga "Mutolaa" hamda "Ibrat farzandlari" loyihalarining 3 oylik Premium obunasi sovg‘a qilindi.

💠Mazkur ma’rifiy tadbirlar jamoa a’zolarining bilim va dunyoqarashini boyitish, Vatanga sadoqat va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, jamiyat hayotida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.

🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1👏1🎉1