#munosabat

🔺 Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagoni ichida yo‘lovchiga tegishli quvvatlash qurilmasi (powerbank)dan tutun chiqqani yuzasidan turli xabarlar tarqalmoqda.

🫥 Mazkur holat bo‘yicha “Toshkent metropoliteni” DUK quyidagilarni ma’lum qiladi:

Hodisa joriy yilning 7-iyun kuni soat 9:15 atrofida Rohat-Olmos metro bekatlari orasida harakatlanayotgan 85-sonli harakat tarkibi vagonlaridan birida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchiga tegishli uyali aloqa qurulmasi texnik nosozlik sababli tutun chiqqan. Shundan so‘ng qurilma vagon poliga tashlangan va metro xodimlari tomonidan vaziyat tezkor nazoratga olinib, keyingi bekatda ushbu buyum harakat tarkibidan olib tashlangan.

🎤 Ta’kidlash joizki, hodisa poyezdlar harakati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatmagan hamda yo‘lovchilar uchun jiddiy xavf tug‘dirmagan. Harakat tarkiblari belgilangan jadval asosida o‘z faoliyatini davom ettirgan.

🟢Shu oʻrinda yo‘lovchilardan quvvatlash qurilmalari, litiy-ion batareyalar bilan jihozlangan boshqa elektron vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini hamda texnik nosozlik alomatlari kuzatilgan qurilmalardan foydalanmasliklarini so‘rab qolamiz.

“Toshkent metropoliteni” DUK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2271🤩1
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам обеспечения занятости выпускников организаций высшего образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2👍2👏1
🎥 Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan metro vagonida yo‘lovchining uyali aloqa qurilmasi tutab ketishi bilan bog‘liq holat yuzasidan videokuzatuv kameralari tasvirlari qo‘shimcha ravishda o‘rganildi.

🫥 Tasvirlardan ko‘rinishicha, ayrim yo‘lovchilar yuzaga kelgan holat haqida zudlik bilan mashinistga xabar berish o‘rniga uni videotasvirga olish bilan band bo‘lgan.

❗️Shuningdek, ayrim ijtimoiy tarmoq faollaridan va axborot resurslari yurituvchilaridan holatga biryoqlama yoki noto‘g‘ri baho bermasdan, faqat tasdig‘ini topgan rasmiy ma’lumotlarga tayanishlarini so‘rab qolamiz.

🔹Shu munosabat bilan yo‘lovchilardan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda befarq bo‘lmaslikni hamda vagonlarda mavjud mashinist bilan tezkor aloqa qurilmasi orqali darhol xabar berishni so‘raymiz. Bu mutaxassislar tomonidan zarur choralarni o‘z vaqtida ko‘rish, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash va noxush holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

“Toshkent metropoliteni” DUK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍319🔥7👌1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по повышению эффективности системы комплаенс-контроля в судах»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🤩31👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyohlar_e’tirofi

Toshkent metropoliteni nafaqat mahalliy, balki chet ellik yo’lovchilarning ham e’tirofiga sabab bo’lmoqda.

#Traveler’s_reviews

Toshkent metropoliteni nafaqat mahalliy, balki chet ellik yo’lovchilarning ham e’tirofiga sabab bo’lmoqda.

#Признание_туристов

Ташкентский метрополитен вызывает восхищение не только у местных жителей, но и у иностранных пассажиров.

🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Metro_odamlari

Hayotining deyarli yarmini metroda yo’lovchilar xizmatiga sarflagan faxriy xodimamizning dil kechinmalariga quloq tutdik.

***

#Люди_метро

Мы побеседовали с нашей ветераном-сотрудницей, которая посвятила почти половину своей жизни служению пассажирам метро, и выслушали её искренние воспоминания и размышления.

🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2718
🟦🟦

🚇 Avval xabar berganimizdek, Toshkent metropolitenining “Chinor” metro bekatida yo‘lovchilar uchun yanada qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish maqsadida rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi.

🔸 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2026-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan 25-son yig‘ilish bayonnomasida Bosh vazir o‘rinbosari A.J. Ramatov tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda.

🤗 Loyiha doirasida bekatning kirish va chiqish qismlari kengaytiriladi, aholining barcha qatlamlari, jumladan, yoshi ulug‘ fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda bolali oilalar uchun 4 ta katta sig‘imli zamonaviy lift o‘rnatiladi. Shuningdek, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida qo‘shimcha 12 ta turniket o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, rekonstruksiya ishlarini xavfsiz va sifatli amalga oshirish maqsadida joriy yilning 13-iyun sanasidan boshlab “Chinor” metro bekati 50 kun muddatga vaqtincha yo‘lovchilar uchun yopiladi.

🔹Yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik hamda transport qatnovining uzluksizligini ta’minlash maqsadida “Chinor” va “Yangihayot” metro bekatlari o‘rtasida, bir bekat masofasida maxsus metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Metrobuslar belgilangan jadval asosida harakatlanib, yo‘lovchilarning manzillariga o‘z vaqtida yetib borishlariga xizmat qiladi.

🟢Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar metro infratuzilmasini yanada takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda yo‘lovchilar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga qaratilgan.

“Toshkent metropoliteni” DUK

*** ***

Как сообщалось ранее, на станции метро «Чинор» Ташкентского метрополитена будут проведены работы по реконструкции с целью создания более комфортной и современной инфраструктуры для пассажиров.

Основанием для реализации данного проекта является исполнение поручений, определённых заместителем Премьер-министра Республики Узбекистан А.Ж. Раматовым в протоколе совещания №25, состоявшегося 30 апреля 2026 года в Кабинете Министров Республики Узбекистан.


В рамках проекта предусмотрено расширение входных и выходных зон станции, установка 4 современных лифтов большой вместимости для всех категорий населения, в том числе для граждан пожилого возраста, лиц с инвалидностью и семей с детьми. Кроме того, в целях дальнейшего повышения качества обслуживания пассажиров планируется установка дополнительных 12 турникетов.

В связи с этим, для обеспечения безопасного и качественного проведения реконструкционных работ, с 13 июня текущего года станция метро «Чинор» будет временно закрыта для пассажиров сроком на 50 дней.

В целях недопущения неудобств для пассажиров и обеспечения бесперебойного транспортного сообщения между станциями метро «Чинор» и «Янгиҳаёт» на участке протяжённостью в один перегон будет организовано движение специальных метробусов. Метробусы будут курсировать по установленному графику, обеспечивая своевременную доставку пассажиров к месту назначения.

Приносим извинения за возможные временные неудобства. Реализация данного проекта направлена на дальнейшее совершенствование инфраструктуры метрополитена, повышение качества обслуживания и создание ещё более комфортных и современных условий для пассажиров.

ГУП «Тошкент метрополитени»

🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2310🤩52🔥1👌1
🚇 Metropoliten xodimlari uchun o‘quv amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi

“Toshkent metropoliteni” DUKning O‘zbekiston elektrodeposida rejaga asosan navbatdagi o‘quv amaliy mashg‘uloti tashkil etildi. Unda tizimdagi eng muhim bo‘g‘inlar — O‘zbekiston elektrodeposi, Vagonlarni ta’mirlash elektrodeposi, Halqa yo'li elektrodeposi, Elektromexanika xizmati, Yo‘l xizmati ishchi-xodimlari ishtirok etdi.

🔸 Mashg‘ulotning asosiy maqsadi xodimlarga yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish, yong‘inlarning oldini olish va ularni o‘chirish qoidalarini tushuntirish, shuningdek, birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanishning texnik jihatlarini amaliy tarzda o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.

🎤 Tadbir Metropoliten Harbiylashtirilgan yong‘indan saqlash bo‘limi hamda O‘zbekiston elektrodeposining fuqaro muhofazasi bo‘yicha muhandis xodimi ishtirokida o‘tkazildi. O‘quv jarayonida har bir xodim o‘z ish joyida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishi uchun shaxsan mas’ul ekani alohida ta’kidlanib, ularning bilim va amaliy ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.

🟢Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar orqali ishchi-xodimlarning favqulodda vaziyatlardagi tayyorgarlik darajasi yanada oshirilib, ular tomonidan to‘g‘ri va muvofiqlashtirilgan harakat qilish ko‘nikmalari muvaffaqiyatli shakllantirildi.

🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75🔥2
🟦🟦🟦🟦🟦

🚇 Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida vazirlik va idoralarda yoshlar bilan ishlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarini o‘rganishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun “Toshkent metropoliteni” DUK tizimida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlar ishtirokida “Muvaffaqiyat sirlari” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Unda korxona boshlig‘i o‘rinbosari Y. Yusupov qatnashdi.

Uchrashuv davomida Y. Yusupov o‘zining mehnat faoliyati, bosib o‘tgan hayot yo‘li hamda erishgan yutuqlari haqida so‘z yuritib, muvaffaqiyatga erishishda qat’iyat, mas’uliyat, intilish va tinimsiz izlanishning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u yoshlar bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashib, ularning kelgusidagi faoliyati va kasbiy rivoji yuzasidan tavsiyalar berdi.


🤗 Tadbir davomida iqtidorli yosh xodimlar ham so‘zga chiqib, sport sohasidagi yutuqlari, ularga erishish yo‘lida duch kelgan sinovlar, intizom va mashaqqatli mehnatning ahamiyati haqida tengdoshlari bilan fikr almashdilar.

👍 Shundan so‘ng yoshlar tomonidan sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

👍Mazkur uchrashuv yoshlarning bilim va tajribasini oshirish, ularda yuksak maqsadlar sari intilish, tashabbuskorlik va fidoyilik kabi fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4