Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim tizimi axborot rasmiy kanali
541 subscribers
17K photos
2.43K videos
216 files
7.82K links
Toshkent viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanalida maktabgacha ta'lim tizimiga oid tadbir, seminar, rasmiy yig'ilishlar yoritib boriladi.

Fuqarolar murojaati bo'yicha ishonch telefoni: (70) 202-10-11
Download Telegram
#Bo'stonliq_tumani
#seminar

Viloyatning Bo'stonliq tumanida joylashgan 4-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari ishtirokida "Ta'limning bolaga yo'naltirilgan yondashuvi" mavzusidagi o'quv-seminar bo'lib o'tdi.

Mazkur o'quv-seminar davomida ishtirokchilar soha yuzasidan tarbiyalanuvchilarga berilayotgan ta'lim va tarbiya jarayonlaridagi yondashuvlar hamda zamonaviy yangicha metodlar xususida o'zaro fikr almashdilar.


Toshkent viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Matbuot xizmati.
#Ohangaron_tumani
#tadbir

Ohangaronda "Qomusim-baxtim" bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati, Ohangaron tumani Maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi 3-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlab, tarbiyalanuvchilar ishtirokida "Qomusim-baxtim” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Kuy va qo‘shiqlar, bolajonlar tomonidan aytilgan she'rlar hamda namoyish qilingan raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.


Toshkent viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Matbuot xizmati.
Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni ulug' ayyom - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

Har bir xalqning konstitutsiyasi uning o‘ziga xos madaniyati, shart-sharoiti va qadriyatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga, fuqarolarning umumjahon huquqlarini belgilovchi hamda himoya qiluvchi asosiy hujjat sanaladi.

Konstitutsiya, eng avvalo barchamizga Vatanimiz ozodligining shahodati sifatida qadrlidir. Mana shu qadr abadiy bo‘lishini niyat qilgan holda, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, shaxsiy va ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatlar tilayman.

Obod yurtimizni tinchlik-osoyishtalik, fayz-baraka aslo tark etmasin!

Toshkent viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Baratova Sayyora Rahmatovna.
#Yangiyo‘l_shahar
#tadbir

Yangiyo‘lda "Qomusim-baxtim" bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahar Maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining katta guruhida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlab, tarbiyalanuvchilar ishtirokida "Qomusim-baxtim” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Kuy va qo‘shiqlar, bolajonlar tomonidan aytilgan she'rlar hamda namoyish qilingan raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.


Toshkent viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Matbuot xizmati.
#Quyichirchiq_tumani
#tadbir

"Qomusim-nomusim" bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani Maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi 8-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2-maktabga tayyorlov guruhida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlab, tarbiyalanuvchilar ishtirokida "Qomusim-nomusim” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Kuy va qo‘shiqlar, bolajonlar tomonidan aytilgan she'rlar hamda namoyish qilingan raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.


Toshkent viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Matbuot xizmati.
#Qibray_tumani
#tadbir

"Qomusim-faxrim" bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati, Qibray tumani Maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi 21-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining maktabga tayyorlov va katta guruhlarida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlab, tarbiyalanuvchilar ishtirokida "Qomusim-faxrim” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bolajonlar tomonidan aytilgan she'rlar hamda namoyish qilingan raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.


Toshkent viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Matbuot xizmati.