💊TIBBIYOT SO'ZLAYDi💉🇺🇿
56 subscribers
417 photos
416 videos
1 file
258 links
♨️ SAFIMIZGA QO'SHILING ♨️


1 . SALOMATLIGINGIZ BIZ UCHUN MUHUM❗️

2.NIMALARGA QIZIQASIZ

3. QANDAY MA'LUMOTLAR KERAK



KERAKLI Va SIZ QIDIRGAN MALUMOTLATLAR BIZNING KANALDA


MUROJAT UCHUN: @AKTYORCHI


10- Mart 2018yil
Download Telegram
ga asoslanib qo`yiladi. Ayrim gumon xollarda lakunalardan va bez yuzasidan olingan surtmalarni tekshirish, kasallikni tashxisini to`liq tasdiqlashga yordam beradi. Olingan surtmalarda patolog’ik mikrorfloralar topiladi, leykotsitlarni fagotsitar faoligi pasaygan bo`ladi va qonda leykotsitlarni ko`p yadroli turlari paydo bo`ladi, limfotsitlar kamayyadi.
Surunkali tonzillitni qiyosiy tashxisi ko`p qiyinchilik tug’dirmaydi. Bodomcha bezlarini fiziolog’ik gipertrofiyasini (ayniqsa yosh bolalarda) ko`pincha boshqa soha vrachlarni surunkali tonzillit bilan almashtiradi, xolbo’qi xech qachon tanglay bezlarini xajmi surunkali tonzillitga tashxis qo`yishda axamiyat kasb etmaydi.
Ayrim xollarda limfatik tizimni va qon hosil qiluvchi a`zolarni sistemik kasalliklarida (leykozlarda) tanglay bezlarini giperplaziyasi va tonzillitga xos o`zgarishlari kuzatiladi. Bunda xollarda diqqat bilan umumiy tekshiruv o`tkazish, ayniqsa limfatik a`zolarni va qonni tekshirish kasallikni to`liq aniqlashga yordam beradi.

Bodomcha bezni yomon sifatli o`smasida, bezni bir tomonnini kattalashishi, o`smani qo`shni a’zolarga o`sib kirisha, bo`yinnii limfa tugunlarini metastazi xisobiga kattalashishi kuzatiladi. Aniq tashxisni o`tkazilgan biopsiya natijasiga asoslanadi.

Ko`pincha surunkali tonzillitni surunkali faringitni, oddiy yoki granulyoz turlarini farqlash kerak. Bu kasalliklarda bemorlarda surunkali tonzillitlardagi kabi shikoyatlar uchraydi. Surunkali faringitni qo`zg’alish davrini, ayrim xollarda kataral angina bilan chalkashtiriladi. Surunkali faringit uchun Halqumni orqa devorini shilliq qavatini limfoadenoid to`qimalarini (diffuz yoki maxalliy), qizarishi, shishi bo`lishi xosdir. Ba’zida yonbosh faringitda, tilcha va tanglay yoylarni shishi kuzatiladi,ammo tanglay bezlarida deyarli o`zgarishlar kuzatilmaydi.

Agar surunkali faringit va surunkali tonzillit birdaniga kechsa, tashxisda bir oz qiyinchilik tug’ilishi mumkin. Bu xolatda, qiyosiy tasxislash uchun faringoskopik ma’lumotlar asos bo`ladi.

SURUNKALI TONZLITNI BOSHQA A’ZOLAR

KASALLIKLARI BILAN BOG’’LIQLIGI

Xozirgi kunda surunkali tonzillit faqat xalqumni chegaralangan kasalliklari qatorida emas,balkim butun tanani kaslligi deb qaralmoqda. Bu kasallik xalqumda maxalliy o`zgarish bo`lishi bilan kechsada,ammo butun organizmda o`ziga xos o`zgarishlar keltirb chiqarishga sabab bo`lmoqda. Kasallikni bunday keng tarmoqlaganligini olimlar tomonidan XX asr boshida o`rganishga boshlashgan.

Davolash jarayonida jarroxlik usulini keng qo`llanishi (tonziloektomiya) surunkali tonzillitlarni va uning bilan bog’’liq bo`lgan kasalliklarni bartaraf etishda yaxshi samara beradi. Adabiyotlarda keltrilgan ma`lumotlarga qaraganda, surunkali tonzillitlarda tonzilektomiyadan so`ng ko`pgina yo`ldosh kasalliklarni klinik belgilarini bartaraf bo`lishi tezlashgan, chunki surunkali yallig’’langan tanglay bezlari ko`p kasalliklar uchun infektsiya o`chog’’i xisoblangan. Ingliz muallifi Mur (1929 y) o`zini tonzillit muammosiga bag’ishlangan monog’rafiyasida surunkali tonzilit natijasida paydo bo’ladigan 10 dan oshiq kasalliklarni keltirgan,bular qatoriga: Surunkali toksimiya va septitsemiya, gastroentral dispepsiya, oshqozon va o`n ikki barmoq ichak yara kasalligi, o`tkir infektsion xoletsistit, o`tkir pankreatit, appenditsit, qizilcha, bo`yin limfadeniti, bo`qoq, fibrozit, bursit, periostit, osteomielit, miozit, nevritlar, bod, artritlar, bronxit, bronxoektoziyalar, gangrenalar, mitral va aortal paroklar, perekardit, endokardit miokardit, flebit, septikotromboflebit, nefrit, xoreya, epilepsiya, psixozlar, ko`p shaklli eritema, surunkali torvoq, temiratki, uchuqlar va xokozolar.

Surunkali tonzillitni uzoq davom etishi, turli yo`ldosh kasalliklarni paydo bo`lishi va uning natijasida bemorlarni erta yoshda mexnat qobiliyatini doimiy yo`qotishga xamda nog’ironlikka olib keladi. Bunday yo`ldosh kasalliklardan kallog’an kasalliklar (revmatizm, dermatomiozit, sklerodermiya, tugunli periarterit, tizimli qizil volchanka), teri kasalliklari (psoriaz, ekzema,), nefrit, bo`qoq xisoblanadi. Uzoq davom etgan intoksikatsiy
a xisobiga trombotsitar purpura va gemoragik vasqo’lit rivojlanadi.

YUrakni tonzilog’en zararlanish mexanizmida nerv-reflektor, infektsnon toksik, allergik omillar muxim o`rin to’tadi. Yallig’’lanish natijasida miokardda metabolik o`zgarishlar rivojlanadi,to`qimada oksidlanish-kaytalanish jarayonlarini izdan chiqadi, bu xolat o`z navbatida yurak mushaklarini qisqaruvchanlik miqdorini o`zgartiradi.

Patolog’ik o`zgargan tanglay bezlari, avvalgidek ximoya a`zosi emas balki organizmga «infektsiya tarqalish darvozasi» xisoblanib, septik xolat, revmatik infektsiya, xolitsistit, pielit, nefritni kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi va bir vaqini o`zida organizmni doimiy infektsiya tarqatuvchi o`chog’’iga aylanib (xronio-sepsis) qoladi. Natijada organizmda turli autoimmun va immunopatololgik xolatlar vujudga keladi.

SURUNKALI TONZILLITNI DAVOLASH.

Davolashni boshlashdan avval surunkali yallig’’lanish jarayoni to`liq namoyon bo`lgan, surunkali tonzillitni butqo’l davolash mumkinligi xaqidagi savolni xal qilmoq kerak. Kasallikni oddiy ko`rinishini xozirgi kunda amaliyotda ishlatilayotgan antibakterial dorilar va zamonaviy davolash usullarini qo`llash bilan to`liq davolash mumkin, ammo toksiko-allergik birinchi va ikkinchi darajalarida batamom tuzalish masalalari anchagina muammolidir. Bunday xolat esa yuqorida keltirilgan,kasallik natijasida paydo bo`lgan va uning bilan bog’’liq bo`lgan organizmdagi ikkilamchi kasalliklar asosiy sabablar xisoblanadi.

Kasallikni davolash usuli klinik shaklini turiga qarab konservativ, yarim xirurgik va xirurgik turlariga bo`linadi. Kasallikni qaytalanish davrida albatta yotib davolanish tavsiya etiladi.

Davolashdan oldin kasllikni keltirib chiqaruvchi omillarni, burun va burun yondosh bo`shliqlari, og’’iz bo`shlig’laridagi turli surunkali yallig’’lanish o`chog’’larini to`liq bartaraf etish zarur.

Konservativ davolashga ko`rsatma: Asosiy ta’sir etish turiga qarab konservativ davo quyidagicha guruxlanadi.

1.Organizmni reaktivligini oshirishga qaratilgan davolar: kunlik xayot tarzini to`g’ri rejjalashtrish, o`z vaqtida ishlash,ovqatlanish va dam olish, vitaminlarga boy ratsional ovqatlar istemol qilish, jismoniy mashqlar, sanator-kurortlarda davolanish, gammaglobulin, temir, fosfor preparatlarini qo`llash.

2.Giposensibilizatsiyalovchi davolar: kal’tsiy preparatlari, askorbin-kislota,epsilon-aminokapron kislota, antigistamin preparatlar, kortikosteroidlar tavsiya etiladi.

3.Umumiy ta’sir qiluvchi ximioterapevtik preparatlar (antibiotiklar, antiseptik dorilar, faringosept, metilurasil, falimit,tonzillgon,tonzipret,makropen,loraben va x) .

4.Tanglay bezlarini va ularni regionar limfa tugunlarini sanatsiya qiluvchi vositalar qo`llash: lakunadagi yiringni so`rib olish, antiseptik va antibiotik eritmalari bilan lakunalarni yuvish, lakunalar ichiga antiseptik dorilar bilan to`ldirish, intra va paratonzilyar to`qimalarga antibiotiklar va antiseptik dorilarni in’ektsiya qilish, lakunalarga davolovchi dori pastalarini yuborish, antibiotik va fitontsidlar bilan ingolyatsiya va aerozollar qilish, ul’trabinafsha nurlari, ul’tratovush, lazer nurlari va elektromagnit bilan ta`sir etish, UVCH va boshqalar.
N.V.Belog’olov tomonidan taklif qilingan lakunalarni yuvish eng yaxshi foyda beruvchi usuldir( bu usul nafaqat davolash, balki diagnostik maqsadida xam qo`llaniladi. YUvish uchun ingichka kanyula va shprits kerak. Bez lakunalari kun ora 10-12 ta yuviladi).

Lakunadagi yiring so`rib tashlash maqsadida bir uchi elektro so`rg’ichga, ikkinchi uchi dori moddasi bor eritmaga ulangan vakuum-qopqoqchadan foydalaniladi. Lakunalar yaxshi rivojlanmagan xolatlarda xar bir bodomcha beziga Z-4 kun tannafus bilan, 3 marotaba 0, 5 % novokain va 1% tripsin eritmasini aralashtirilib intra va parotonzilyar to`qimalarga in`ektsiya qilish yaxshi samara beradi. (I. B. Soldatov) . Bunday usul bilan davolash uchun mikroflorani antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlab antibiotiklar xam yuborish mumkin.

Xar bir bodomcha beziga va paratonzilyar to`qimalarga bir vaqtning o`zida 4 ta in’ektsiya qilinadi, muolijani bir
in-ketin bezni yuqorigi, orta, pastki, qismlariga qilinadi.

5.Reflektor ta’sir etish, turli novokainli blokadalar, igna reflektor terapiyasi, bo
yinni ul’trabinafsha nurlantirish.

6. Konservativ davolashda organizmni tabiiy reaktivligini oshirish. Buning uchun V. S. Jdanov usuli bo’yicha S, RR, V gurux vitaminlar, biostimulyatorlar (aloe ekstrakti, shishasimon tana, Fibs) in’ektsiya qilinadi, kal’tsiy glyukonat, fitin, temir preparatlari ichishga buyuriladi.

7.Oxirgi vaqtda levomizol,nukleat natriy, prodegiozan, imudon va auto zardob bilan immunokorrektsiyalovchi davolash otkazish yaxshi samara bermoqda. Konservativ davo yiliga ikki marotaba, ikki xaftadan baxor va kuzda otkaziladi. Surunkali tonzillitni tez-tez qaytalanishi bilan kechadigan korinishida, konservativ davo yiliga 4 marotabagacha otkazish kerak.

Konservativ davolashni yuqorida korsatib otilgan reja asosida olib borilganda, samaradorlik 71-85% ga etadi.

Otkazilgan konservativ davo natijasiz bolganda, surunkali tonzillitni dekompensatsiya turida, anginalar qaytalanishi tezlashganda yarim xirurgik davolardan xisoblangan gal’vanokaustika, diatermokog’ulyatsiya, lakunatomiya, bodomcha bezlariga krio (muzlatish) ta’sirlash, lazer destruktsiya qilinadi, bu davolash usullarini kasallikni klinik shakli, dekompensatsiya turi, albatta bodomcha bezni anatomik xususiyatini xisobga olingan xolda amalga oshiriladi.

SHo’nga kora bodomcha bezlar keskin kattalashgan yoki kichik atrofik xolda,lakunalari yopiq bolsa krio ta’sirlash otkazilmaydi. Bundan tashqari surunkali tonzillitni gipertrofik korinishida, ayrim xollarda bezni bir qismini (tonzillotomiya) kesib tashlanadi. Surunkali tonzillitlarda otkazilgan konservativ davolarni samaradarligini quyidagi belgilarga qarab aniqlanadi: ikki yil davomida nazorat qilinganda, kasallikni obektiv belgilarini yoqolishi, umumiy toksiko-allergik xolatni bartaraf bolishi va kasallikni qaytalanish xuruji (angina) kuzatilmaslik, laborator tekshirishlarni (qon,siydik taxlili,EKG) natijalarini motadilligi xisoblanadi.

Surunkali tonzilitni jarroxlik usuli bilan davolash – tonzillektomiya. O
tkazilgan konservativ davolardan foyda bolmaganda va surunkali tonzillitni toksiko-allergik turini ikkinchi bosqichida anginalarni qaytalanishi davom etsa, paratonzillit va paratonzilyar abstsesslar bilan asoratlansa, bemorda intoktsikatsiya belgilari doimo namoyon bolsa, surunkali tonzillit natijasida bir qancha yoldosh kasalliklar paydo bolganda, bez olib tashlanadi – yaniy tonzilektomiya qilinadi. Bemorni tonzilektomiyaga tayyorlashda, toliq xar tomonlama tekshirishdan otkaziladi, agar bemorlarda revmatizm xuruji davri bolsa, o’nga qarshi davolash ishlari olib boriladi, undan tashqari tonzilektomiya otkazish uchun qarshi korsatmalar aniqlaniladi

Tonziloektomiyaga qarshi korsatmalar: qon kasalliklari * (gemofiliya), yurak va buyrak etishmovchiligi, stenokardiya, gipertenziyani yuqorigi darajasi, qandli diabetni og’’ir shakli, silni faol davri, otkir yuqumli kasalliklar, xomiladorlikni oxirgi oylari, xayz davri.

Tashrix kasallikni qozg’almagan davrida, angina qaytalangandan 2-3 xaftadan otgandan keyin bajariladi.








Tonzilloektomiyada maxalliy og’’riqsizlantirish jarayoni

Tonzilloektomiyada tanglay bezini ajratish jarayoni

Tonzilloektomiyada o’ng tanglay bezi olingan

va chap tomondagi bezni ajratish jarayoni
Tonziloektomiyaga tayyorgarlik-poliklinikada, tashrixi - kasalxonada otkaziladi. Otkazilgan tashrixdan song eng kop uchraydigan xafli asoratlaridan biri bu qon ketishi bolib, koprok bu xolat revmatizm bilan asoratlangan bemorlarda yoki davolanish jarayonida salitsilatlar (aspirin) ichgan bemorlarda uchraydi. Tonziloektomiyani boshqa asoratlaridan: jag’ orti otkir limfodeniti, teriosti emfizemasi, pnevmoniya, opka atelektazi va abstsessi xisoblanadi. Juda kam lekin xayot uchun xafli asoratlaridan meningit, miya abstsesslari xam kuzatilishi mumkin.

Asoratlarni eng xaflisi va ko’p uchraydigan turi qon ketish xisoblanib, quydagi turlari mavjud: arterial, venoz va parenximatoz.
kasalliklar
Gepatit B — turlari, bosqichlari, alomatlari, tashxislash, davolash, parhez, oldini olish
Gepatit B kasalligi faqat bemorning biologik materiallari bilan aloqa qilish orqali yuqishi mumkin. Ko’p hollarda infektsiya bemor uchun sezilmay kechadi, shuning uchun kasallik laboratoriya tahlillari natijasida yoki xususiyatli belgilari namoyon bo’lgan paytda aniqlanadi. O’z vaqtida davolangan odamlar gepatit B kasalligidan butkul sog’ayib ketadi va o’zlarida ushbu kasallikka qarshi barqaror immunitet shakllantirishadi.

Gepatit B virusi
Mundarija: [Yashirish]
1. Gepatit B nima?
2. Gepatitning B ning turlari
3. Gepatit B ning namoyon bo’lishi
3.1. Gepatit B nimasi bilan xavfli?
4. Gepatit B sabablari
4.1. Gepatit B qanday yuqadi?
5. Gepatit B ning alomatlari va belgilari
6. Gepatit B ga qarshi emlash
7. Gepatit B ni tashxislash
8. Gepatit B ni davolash
9. Gepatit B da parhez
10. Gepatit B ning asoratlari
11. Gepatit B ni profilaktikasi
Gepatit B nima?
Gepatit B — bu virusli kasallik bo’lib, virus organizmga tushganda hayotiy zarur bo’lgan ichki organlarga salbiy ta’sir ko’rsata boshlaydi. Ushbu kasallik tufayli eng ko’p jigar shikastlanadi, uning shikastlanishi mikro-hujayrali darajada bo’ladi. Gepatit B alomatlarsiz kechishi yoki aniq belgilar bilan namoyon bo’lishi mumkin. Surunkali bosqichiga o’tganda, ushbu virusli infektsiya ko’pincha jigar sirrozi va saratoni rivojlanishiga olib keladi.
Dunyoning barcha mamlakatlarida ko’p yillar davomida ushbu kasallik statistikasi olib borilmoqda, natijalari esa maxsus ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi:
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda aniqlangan o’tkir gepatit B 90% hollarda surunkali bosqichga o’tadi;
Normal immunitetli yoshlarda gepatit B ning o’tkir shakli juda kamdan-kam hollarda surunkali bosqichga o’tadi — faqat 1% hollarda;
Katta yoshdagi kishilarda aniqlangan o’tkir B guruh gepatitlari 10% hollarda surunkali bosqichga o’tadi.
B guruh gepatitiga qarshi emlash olgan kishilar ushbu kasallik uchun immunitet rivojlantiradilar:
Birinchi emlashdan so’ng — bemorlarning 50% ida;
Ikkinchi emlashdan so’ng — bemorlarning 75% ida;
Uchinchi vaktsinani kiritgandan so’ng — 100% bemorlarda.
Gepatit B kasalligining surunkali shakli bolalarda tashxislanadi:
1 — 5 yoshli bolalarda — 25% -50% hollarda;
Tug’ilish davrida infektsiyalangan chaqaloqlarda — 90% hollarda.
Gepatitning B ning turlari
B guruh gepatiti quyidagicha tasniflanadi:
Yashin tezligida. Gepatitning eng tezkor shaklida bemorlarda bir necha soat ichida miya shishishi yuz beradi va bemor komaga tushadi. Ko’p hollarda, bemorlarning hayoti ushbu turdagi gepatit klinik bosqichga o’tganda qisqa muddat ichida fojiali yakun topadi.
O’tkir. Gepatit B ning o’tkir shaklida bemorlarda ushbu kasallikning bir necha bosqichlari kuzatiladi. Dastlab, asosiy alomatlar namoyon bo’ladi, undan keyin bemorlarning terisi sariq rangga kiradi. Gepatitning B o’tkir shaklining so’nggi bosqichi jigar yetishmovchiligi bilan tavsiflanadi.
Surunkali. Gepatit B virus inson tanasiga kirgandan so’ng 1-6 oy o’tib surunkali bosqichga o’tadi. Ushbu bir necha oy virusning inkubatsiya davri bo’lib, undan so’ng o’ziga xos alomatlar va belgilar paydo bo’la boshaydi.
Gepatit B ning namoyon bo’lishi
Virus bemorning tanasiga kirganidan so’ng, gepatitning inkubatsiya davri boshlanadi, bu o’rtacha 15 dan 90 kun davom etadi, lekin 6 oygacha cho’zilishi mumkin.
Gepatitning o’tkir shakli quyidagicha kechishi mumkin:
O’tkirlashish bosqichi;
Uzoq muddatli kasallik;
Retsidivlar;
Kamdan kam hollarda — koma.
Gepatit B nimasi bilan xavfli?
Gepatit B kech bosqichlarda tashxis qo’yilgan bo’lsa yoki kasallik o’z vaqtida davolanmagan bo’lsa, natijasi aniq: jigar sirozzi yoki gepatotsellyulyar saraton.
Bunday toifadagi bemorlar, shuningdek, gepatit B ning boshqa jiddiy oqibatlariga bilan to’qnashishi mumkin:
Miokardit (yurak muskullarining yallig’lanishi);
Artrit, artroz va boshqa bo’g’im kasalliklari;
Qon tomirlari va buyrak kasalliklari va boshqalar.
Bunday asoratlar oqibatida o’limga olib keladigan xavf sezilarli darajada oshadi.
Hozirgi vaqtda davlat darajasida gepatit B
ga qarshi majburiy emlashga muhtoj insonlar toifasi ro’yxati tasdiqlangan:
Maktab o’quvchilari va talabalar;
Bolalar bog’chalari o’quvchilari;
Bemorlarning biologik materiallari bilan aloqa qilishlari mumkin bo’lgan sog’liqni saqlash xodimlari;
Gemodializga muhtoj bemorlar;
Vena ichiga inyeksiyaga muhtoj bemorlar;
Ozodlikdan mahrum qilish joylarida hukm o’tayotgan shaxslar;
Gepatitning surunkali shaklidan aziyat chekayotgan bemorning olia a’zolari va yaqinlari;
Tartibsiz jinsiy aloqa qiladigan odamlar;
Bu kasallikning epidemiyasi qayd etilgan aholi punktlariga safarlarni rejalashtirgan sayyohlar.
Gepatit B sabablari
B guruh gepatiti rivojlanishining sababi bu kasallik qo’zg’atuvchisi — virusning inson organizmiga kirishidir. Kasallik ayniqsa bir qator salbiy omillar (alkogol, nikotin, kimyoviy va zaharli moddalar, dorilar) ta’sirida zaiflashgan immunitetli kishilarda ko’p uchraydi. Immunitetga shuningdek boshqa kasalliklar ham ta’sir qiladi, bu tanadagi metabolik buzilishlar, vitamin va minerallarning yetishmasligi tufayli yuz beradi.
Gepatit B bilan og’rigan insonlar ijtimoiy izolyatsiyada bo’lmasligi kerak, chunki bu virus havo-tomchi yo’llari orqali yuqmaydi. Kasal odam bilan aloqada bo’lgan har qanday kishi zarur choralarni va shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishi kerak. Ko’p yillar butun dunyo bo’ylab olib borilgan tadqiqotlar natijasi ma’lumotlariga ko’ra, ushbu kasallikning kechishi bemorning qanday infektsiyalanganligiga, shuningdek, uning yoshiga bog’liq. Agar bemor gepatit B bilan tabiiy yo’l (masalan jinsiy aloqa paytida) orqali zararlangan bo’lsa, bu holatda kasallik surunkali bosqichga o’tishi xavfi yuqori bo’ladi. Gepatitning bu shakli ko’pincha yoshlarda paydo bo’ladi, chunki ular sog’lig’iga jiddiy e’tibor bermaydilar va organizmning tashvishli signallariga javob choralari ko’rmaydilar.
Gepatit B qanday yuqadi?
Gepatit B virusi inson organizmiga faqat bemorning biologik materiallari bilan aloqa qilish orqali kirishi mumkin:
Jinsiy yo’l orqali. Gepatit B virusi nafaqat qonda, balki organizmning barcha suyuqliklarida (shu qatorda qin ajralmalari va erkak spermasida) mavjud, shuning uchun himoyalanmagan jinsiy aloqa kasallik yuqishi xavfini oshiradi;
So’lak orqali, chuqur o’pishish bilan. Agar kishi tilida kesilgan yoki jarohatlangan sohalar bo’lsa, kishi o’pishganda gepatit B virusini yuqtirib olishi mumkin;
Qon orqali. Bu infeksiyaning eng keng tarqalgan yo’llaridan biri hisoblanadi. Ko’p bemorlar gepatit B bilan nosteril shpritslar ishlatish va qon quyish orqali kasallanganlar. Bemorning infektsiyalangan biologik materiali bilan aloqa qilish tegishli sanitariya choralari o’tkazilmaydigan go’zallik salonlarida yuqishi ham mumkin.
Tug’ruq jarayonida, agar ona gepatit B tashuvchisi bo’lsa. Bemor ayollarda homiladorlik asoratlarsiz kechishiga qaramay, tug’ruq paytida bola onaning biologik materiallari bilan bevosita aloqada bo’ladi va shuning uchun yuqori ehtimollik bilan kasallanishi mumkin. Ushbu kasallikning rivojlanishining oldini olish uchun gepatit B bilan kasallangan onadan tug’ilgan chaqaloqlar tug’ilgandan so’ng darhol emlanadilar.
Gepatit B virusi agressiv harorat rejimlari, kislotalar va ishqorlar sharoitida yuqori chidamlilikka ega. Virus uzoq vaqt davomida qurib qolgan qonda saqlanishi mumkin, bu esa asbob-uskunalar, ham tibbiy, ham manikyur, ham sartarosh asboblaridir. Shu sababli, har bir inson juda ehtiyotkor bo’lishi va tegishli muassasalarga tashrif buyurganda, xavfsizligi uchun barcha zarur choralarni ko’rishi juda muhimdir.
Gepatit B ning alomatlari va belgilari
Gepatit B bilan og’rigan bemorlarning ko’pchiligida uzoq vaqt bu kasallikning alomatlari kuzatilmaydi. Virusni faqat tibbiy ko’rik yoki homiladorlik uchun ro’yxatga olish uchun zarur bo’lgan laboratoriya qon tahlillari o’tkazilishida aniqlash mumkin. Bunday hollarda maxsus tahlil — «avstraliyalik antigenni» aniqlash uchun qon tahlili amalga oshiriladi.
Inson organizmida rivojlanayotgan gepatit B tashqi belgilarni namoyon qilganda bemorlarda quyidagi alomatlar kuzatilishi mumkin:
Ko’ngil aynishi;
Bosh aylanishi;
Charchoq;
Rinit;
Tana haroratining ko’tarilishi (odatda harorat 39-40 °C ga yetadi);
Yo’tal;
Umumiy zaiflik;
Burun-halqumdagi og’riq hissi;
Kuchli bosh og’riqlari;
Teri rangining o’zgarishi (sariqlik);
Shilliq qavat, ko’z skleralari, kaftlarning sarg’ayishi;
Siydik rangining o’zgarishi (u ko’pira boshlaydi, rangi qora pivo yoki achchiq choy rangiga o’xshaydi);
Bo’g’imlardagi og’riq sindromi;
Ishtahani yo’qolishi;
Axlatning rangi o’zgaradi (rangsizlanadi, oqimtir tus oladi);
O’ng qovurg’a ostidagi og’irlik;
Varaja.
Gepatit B surunkali bosqichga o’tganda bemorlarda asosiy simptomlarga qo’shimcha ravishda organizmning zaharlanishiga olib keladigan jigar yetishmovchiligi belgilari ham kuzatiladi. Agar kasallikning ushbu bosqichida bemor to’liq davolanmasa, kasallik markaziy asab tizimining zararlanishiga olib keladi.
Gepatit B ga qarshi emlash

Gepatit B bilan kasallanishni oldini olish uchun odamlarga o’z vaqtida vaktsina olish tavsiya etiladi. Maxsus ishlab chiqilgan emlash ma’lum bir harorat sharoitida saqlanishi kerak. B guruhi gepatitiga qarshi emlash faqat mushak ichiga kiritiladi. Emlash paytida inyektsiya teri ostiga yuborilgan bo’lsa, u hisobga olinmaydi va bemorga qayta inyektsiya qilish kerak.
Vaktsinani barcha odamlar olmaydi, chunki ba’zi bir qarshi ko’rsatmalar mavjud. Vaktsinani qo’llash kerak emas:
Oziq-ovqatga allergiyasi bo’lgan odamlar (pivo, kvas va tarkibida xamirturush bo’lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga);
Homilador ayollar;
Emizikli onalar;
Muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlar.
Bugungi kunga kelib, gepatit B ga qarshi emlash uchun ikkita sxema mavjud:
Standart (0 — 1 oy — 6 oy). Birinchi inyektsiya tanlangan kunda bemorga qilinadi. Bir oydan keyin ikkinchi bor emlash amalga oshiriladi. Uchinchi bor inyektsiya birinchi vaksinaning kiritilishidan 6 oy o’tgach amalga oshiriladi.
Alternativ (0 — 1 oy — 2 oy). Birinchi emlash tanlangan kun, ikkinchi marotaba 1 oy o’tgach, uchinchisi esa ikki oydan keyin amalga oshiriladi. Ushbu sxema bo’yicha emlashni amalga oshirilganda revaktsinatsiya dastlabki emlash paytidan boshlab 1 yil o’tgach amalga oshiriladi. Revaktsinatsiya bemorlarning muayyan toifasiga — buyraklar yoki immunitet tizimi bilan bog’liq muammolar bo’lgan kishilarga buyuriladi.
Gepatitga qarshi emlashdan so’ng nojo’ya ta’sirlar yuzaga kelishi mumkin. Ko’pgina hollarda mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan organizmning reaktsiyalari kuzatiladi:
Vaksinani qo’llash sohasidagi terining qizarishi;
Vaksinatsiya joyida kichik o’lchamdagi zichlanish;
Harakat paytida yengil noqulaylik;
Yengil harorat ko’tarilishi;
Donachalar yoki toshma toshishi (qisqa vaqtdan keyin mustaqil ravishda o’tib ketadi);
Shamollash belgilari;
Mushaklarda yoki bo’g’inlarda og’riq sindromini rivojlanishi.
Vaktsinani kiritishdan oldin, sog’liqni saqlash xodimi vaktsina yaroqlik muddatini tekshirib ko’rishi va bemorning yoshiga to’g’ri keladigan dozani yuborishi kerak. Barcha zamonaviy «Gepatit B» vaktsinalari o’zaro almashtirilsa bo’ladi. Buning natijasida, birinchi inyeksiyadan so’ng keyingi ikki emlash uchun boshqa kompaniya vaktsinalaridan foydalanish mumkin.
Emlash shuningdek profilaktik maqsadlarda bemorni infektsiyalanganligi ehtimoli mavjud bo’lgan hollarda ham amalga oshirilishi mumkin. Gepatit B bilan kasallangan bemorning biologik materiallari bilan har qanday aloqa qilgandan so’ng, vaktsina bilan birga immunoglobulin (bu preparat virusga chidamli tayyor antitanalardan iborat) yuborilishi kerak. Bemorlarning ushbu toifasi alternativ sxema bo’yicha emlanadi: 0 — 1 oy — 2 oy — 1 yil.
Gepatit B ni tashxislash
Agar biror kishi gepatit B rivojlanishini ko’rsatadigan alomatlarni aniqlasa yoki ushbu kasallik bilan kasallangan bo’lishi mumkinligiga asos bo’lsa, u darhol tibbiy muassasaga tashrif buyurishi kerak. Qabul vaqtida mutaxassis jigarni palpatsiya yordamida tekshirish va kasallik anamnezini yig’ish bilan birlamchi tashxis qo’yadi. Birlamchi tashxisni tasdiqlash yoki rad etishga qon va siydikning laborator tahlillari yordam beradi.

Barcha shunga o’xshash holatlarda bemorga quyidagilarga yo’llanma beriladi:
Klinik va biokimyoviy qon teks
hiruvlari (jigar bilan bog’liq muammolarni yuqori bilirubin, AST yoki ALT miqdori ko’rsatishi mumkin);
Umumiy siydik tahlili;
Gepatit B virusining antigenini aniqlaydigan qon tekshiruvi;
IgG va IgM antitanalari uchun qon tahlili.
Ko’pincha, gepatit B kasalligi ehtimoli mavjud bo’lgan bemorlar immunogramma deb ataladigan klinik-laborator tekshiruvdan o’tkaziladi, buning natijasida nafaqat organizmning bu kasallikka qanday munosabatda bo’lishini o’rganish, balki yaqin kelajakda kasallik o’zinin qanday tutishini ham aniqlash ham mumkin. Ushbu yuqumli virusli kasallikning genetik materiallarini aniqlash va replikatsiya tezligini o’rganish uchun shifokor qo’shimcha analiz — PZR ni belgilashi mumkin. Kasallik og’ri kechayotgan bo’lsa, shifokor gepatit B fonida rivojlanayotgan asoratlardan shubha qilsa, bemorlarda jigar biopsiyasi qilinadi. Ushbu tahlil yordamida jigar tuzilishi qanchalik o’zgarganligi va uning hujayralari saratoni mavjudligi aniqlanadi.
Gepatit B ni davolash
O’tkir gepatit B yengil shaklda bo’lsa, bemor uy sharoitida davolanishi mumkin. Birinchidan, tanani detoksikatsiyasini (zaharlardan holi qilish) amalga oshirish kerak, buning uchun ko’p miqdorda toza suvdan foydalaniladi.
Davolovchi shifokor bemorga dorilarni buyuradi, bu infektsiyani yo’q qilishga va jigar faoliyatini tiklashga yordam beradi. Davolanish vaqtida bemorlar yotoqda tartibida bo’lishlari va har qanday jismoniy zo’riqishlarni istisno qilishlari kerak. Majburiy ravishda bemorlar parhezga amal qilishlari kerak, bu orqali jigarni tiklash jarayoni tezroq kechadi.
Ko’pgina bemorlarda o’tkir gepatit B mustaqil ravishda o’tib ketadi, shuning uchun ularga maxsus dori-darmonli davolash kursi buyurilmaydi. Shifokorlar bemorni virusli infektsiyani bartaraf etishga yordam yordam beradigan qo’llab-quvvatlovchi davolashni tavsiya etishlari mumkin. Kasallik rivojlanishida kasalning organizmida qattiq intoksikatsiya kuzatilgan bo’lsa, davolovchi shifokor tomchilatib yuborish usuli bilan tomir ichiga kiritiladigan maxsus eritmalar tayinlaydi. Gemodezli tomchilar orqali toksinlar qondan tezroq chiqarib tashlanadi va bemoningr umumiy sog’ligi yaxshilanadi.
Gepatit B ni surunkali bosqichga o’tishi bilan bemorlarga kompleks davolash buyuriladi:
Antivirus ta’sirga ega preparatlar (adefovir, lamevudin va boshqalar);
Jigar sklerozining rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin bo’lgan preparatlar (interferonlar);
Immunomodulyatorlar, bunda bemorning tanasida immunitet reaktsiyalari normallashadi;
Gepatoprotektorlar, ularning vazifasi hujayra darajasida jigarning gepatit B virusiga qarshiligini ko’paytirishdan iborat;
Maxsus vitamin va mineral komplekslar.
Ushbu toifadagi bemorlarga kuniga ko’p miqdorda suyuqlik ichish tavsiya etiladi, bu orqali detoksikatsiyaga erishiladi.
Surunkali B guruh gepatit rivojlanishning bir necha bosqichlariga mavjud va ular davriy kechadi:
Replikatsiya — bu bosqichda virus bemorning tanasida faol ko’payib boradi;
Remissiya — bu bosqichda virus o’z DNK sini gepatotsit (jigar hujayrasi) genomiga kiritishni boshlaydi.
Dori-darmonlar bilan davolashdan ijobiy natija olish uchun shifokor asosiy tibbiy tadbirlarni aynan replikatsiya bosqichida amalga oshirishi juda muhim. Kasallikning fazasini to’g’ri aniqlash uchun bemorni laboratoriya tekshiruvlaridan o’tkazish kerak. Qonning serologik tahlillari tufayli mutaxassis surunkali gepatitning rivojlanish bosqichini aniqlik bilan topadi.
Ba’zi hollarda, gepatit B dan muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda virusning antigeni ko’p yillar davomida qonda saqlanib qoladi. Bunday toifadagi odamlar ushbu infektsiyaning tashuvchisi bo’lib, ular muntazam ravishda tibbiy ko’rikdan o’tib turishlari kerak.
Gepatit B kasalligi tashxisi qo’yilgan bemorlar uchun kasallikning quyidagi rivojlanishi variantlari mavjud:
Kishi kompleks terapiyadan o’tib, virusli infeksiyadan butunlay xalos bo’ladi, bu kasallikka qarshi mustahkam immunitetni qo’lga kiritadi;
Bemorda o’tkir gepatit B shakli surunkali bosqichga o’tadi, bu organizm uchun jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin;
Davolanishdan so’ng bemor, o’nlab yillar davom
ida unga bezovtalik tug’dirmaydigan gepatit B antigenining (HBsAg) tashuvchisi bo’ladi. 20 yilgacha bu virus bemorning qonida klinik ko’rinishlarsiz mavjud bo’lishi mumkin;
Tibbiy muassasaga o’z vaqtida murojaat qilmagan bemorlarda jigar sirozi yoki jigar saratoni rivojlanadi, bu shoshilinch jarrohlik aralashuvini talab qiladi. Bemorlarning bunday toifasi uchun o’lim ko’rsatkichi sezilarli darajada oshadi.
Davolash kursini o’tab bo’lganidan so’ng, har bir bemor bir necha yillar mobaynida davolashni o’tagan tibbiy muassasada ro’yxatda turadi. Har qanday asorat yuzaga kelishini istisno qilish uchun bemorlar muntazam profilaktik choralar ko’rishlari, shuningdek parhez va turmush tarziga e’tibor berishlari kerak.
Aziz kanallimiz azolari sizni qiynayapgan savollarga javob topishingiz mumkin Tibbiyot Sozlaydi kanali admini @XCH_KIMSAN KASALLIKLAR HAQIDA MALUMOTLARNI YUKLAP BORAMIZ MUROJAT QILING
Sizga Yordam berganimizdan Xursanmiz
💊TIBBIYOT SO'ZLAYDi💉🇺🇿:
🔉🔊REKLAMAXIZMATI🔺🔻

Xurmatli Kanalimiz AZOLARI 🙋‍♀🙋‍♂ Kanalimizda YANGILIK.☝️🤠
Endi 🔜 SIZ O'zingizni KANALINGIZ📇 ni YOKI MAHSULOTINGIZ🎹 🎁 🛍 🖼 💊 👗👖👡👟👠 👜👒🌂👔 ni REKLAMASINi Kanalimizda🔺🔻 JOYLASHTIRISHINGIZ Mumkin😄☝️.Reklama Orqali Kanalingizni🔝 RIVOJLANTIRISHINGIZ Ham Mumkin.💯MAHSULOTLARINGIZGA HAM🚸 🔜 🔻🔺 XARIDORLAR ChIQADI DEGAN Umitdamiz.🙄🙏
KANALLARDagi ODAMLAR 💁‍♂💁‍♀SONINI Ham🤝🔻🔺 KO'PAYTIRAMIZ😄☝️

XIZMATLAR PULLIK 💸
Murojaat Uchun

ADMINIMIZ : @XCh_KIMSAN
Anemiya yoki temir moddasini yetishmasligi oddiy davosi. 3-4 dona yumshoq xurmoni sut va qaymoqdan olingan sariyog'ni aralashtirib iste'mol qilsa anemiyani oldini olishga yordam beradI.
Соч тўкилишига қарши...

🌸 Хантал+асал+зайтун ёғи+тухум сариғи
2 ош қошиқ хантал, 1 чой қошиқ асал, 1 ош қошиқ зайтун ёғи ва иккита тухум сариғини аралаштириб, намланган сочга суртинг. Сўнгра бошни целлофан билан ўраб, 15 дақиқага қолдиринг. Илиқ сувда чайиб, озиқлантирувчи бальзамда ювиб олинг.

🌸 Асал+коньяк+алоэ шарбати+тухум сариғи
1 чой қошиқдан асал ва коньякни аралаштириб, бир дона тухум сариғи ва 3 ош қошиқ алоэ шарбатини қўшинг. Тайёр ниқобни намланган соч илдизига суртиб, 15 дақиқага қолдиринг. Сўнг илиқ сувда чайиб олинг.

🌸 қатиқ + тухум сариғи
Ярим пиёла қатиққа 2 дона тухум сариқини аралаштиринг-да, қуруқ сочга суртиб чиқинг. Илдиз қисмига суртаётганда бош терисини енгил уқаланг. Сўнгра сочни баландга кўтариб, йиғиб олинг. 15 дақиқа ниқоб таъсири учун етарли. Сочни чайишда эса 2 литр қайнатилган сувга битта лимон шарбати аралаштирилган сувдан фойдаланинг.

🌸 Майонез + бодом ёғи
Сочингиз узун бўлса 4-5 ош қошиқ майонез, калта сочларга эса 2-3 ош қошиғи етарли. Майонезга 1 ош қошиқ (узун сочларга 2 та) бодом ёғини аралаштириб, соч илдизидан узунаси бўйлаб суртиб чиқинг. Сўнгра сочни йиғинг-да, целлофан билан ўраб олинг. 30 дақиқадан сўнг илиқ сувда чайиб оласиz
🌸 @TIBBIYOT_SOZLAYDI
Тухумни чала пишириб, сариғи еб юрилса, юракни қувватлантиради.

Юраги сиқилиб хафақон дардига учраган киши ўзига ёқадиган хушбўй нарсалар (атиргул, райҳон, атир кабилар)ни ўзи билан бирга олиб юриши керак.

Иссиқ мизожли одам кашнични майдалаб еб юрса, юракка қувват беради, уни хафаликдан қутқаради.

Ҳайвон (мол-қўй) юрагини ҳил-ҳил қилиб пишириб ёки ёғ билан қовуриб, сирка қўшиб ейилса, юракка қувват беради, хафақон иллатини қувади.

Ҳар куни наҳорга ўрик шарбатидан бир пиёла ичиш ёки кунига 4-5 та ўрик туршаги еб юриш ҳар қандай юрак хасталигини даволашда қўл келади ва юракни бақувват қилади.

🌸 @TIBBIYOT_SOZLAYDI
https://Telegram.me/Tibbiyot_sozlaydi

Komputer tomografiyasida koʻringan xavfli mezotelioma oʻsmasi.
Saraton (boshqa nomlari: kanser (lot. cancer — “qisqichbaqa”), rak (rus. рак)) deb hujayralarning atipik o'sishi aytiladi. Atipik o'sish bunday hujayralar qarishi yoki jarohatlanishiga qaramay cheksiz ko'payishi bilan ifodalanadi. Sog'lom hujayradan farqli o'laroq, bunday hujayralarda tabiy o'lim mexanizmi o'chirilgan, ya'ni ular to'xtovsiz bo'linish jarayonida bo'ladi.
Saraton mutatsiyaga uchragan hujayralarga qarab asosiy 4 guruhga bo'linadi. Karsinoma — epitelial to'qimalarda, sarkoma — mezenxemal to'qimalarda, leykemiya - qon ishlab chiqaruvchi ilikda, limfoma va miyeloma - immunitet tizimi hujayralarida va miya va bosh miya hujayralarida atipik rivojlanishni anglatadi. Tabiyki, saratonning "suyuq" turlari o'sma paydo qilmaydi.
Saraton badanda joylashishiga qarab ham tasniflanishi mumkin, ya'ni ko'krak bezi saratoni, o'pka saratoni va hokazo.