Lexander
1.83K subscribers
93 photos
7 videos
63 files
139 links
Download Telegram
Hurmatli talabalar

avgust oyidan ijara xonadonlarini topib imkon qadar qulay joy avtobus metroga yaqin hududlardan kvartiralarni oldindan hal qilib qo'yishingiz o'zingiz uchun foydali bo'ladi.

TTJ ga birinchi navbatda imtiyozi bor talabalar kiritiladi qolganlar esa istalgan vaqt jadval bo'yicha tartibi shaklanadi.

@TheLexander
⚡4❤1
Amaldagi tartibga muvofiq, quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida TTJga joylashtiriladi:
✅ "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari, yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
✅ "Ijtimoiy reyestr", "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, shuningdek "Yoshlar daftari"da ro‘yxatda turgan talabalar;
✅ I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
✅ Bir oiladan bakalavriatning kunduzgi ta'lim shaklida ikki va undan ortiq farzandi to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan oilalar farzandlari;
✅ Xalqaro fan olimpiadalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
✅ "Yil talabasi" va "Talabalar teatr studiyalari" respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari;
✅ Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual o‘yinining respublika bosqichi g‘oliblari;
✅ TTJDA Talabalar kengashi raisi yoki qavat sardori.
⚡3❤1
🏛 1-kursdan 2-kursga o‘tuvchi talabalar uchun 2026/2027-o‘quv yiliga oid grantlarni qayta taqsimlashning apellatsiyagacha bo‘lgan dastlabki "TO‘G‘RI BALLARGA ASOSLANGAN" natijalarini ko‘rishingiz mumkin.

📊 Jami: 77 ta grant
• 27 ta — to‘liq davlat granti;
• 50 ta — qisman grant.

⚠️ Eslatma!

Roʻyxat 98% aniqlikda tuzilgan.

✅ 1–27-oʻrinlar — 100% davlat granti uchun asosiy da’vogarlar.
🔄 28–35-oʻrinlar — agar Top-27 dagi ayrim talabalar qoʻshimcha grant uchun ariza topshirgan boʻlsa, ular yuqoriga koʻtarilib, 100% grant yutish imkoniyatiga ega.

📌 36–77-oʻrinlar — 98% aniqlik bilan 50% (qisman) grant uchun da’vogar hisoblanadi.

https://t.me/TheLexander
❤6👏2⚡1👍1👻1
Lexander
🏛 1-kursdan 2-kursga o‘tuvchi talabalar uchun 2026/2027-o‘quv yiliga oid grantlarni qayta taqsimlashning apellatsiyagacha bo‘lgan dastlabki "TO‘G‘RI BALLARGA ASOSLANGAN" natijalarini ko‘rishingiz mumkin. 📊 Jami: 77 ta grant • 27 ta — to‘liq davlat granti;…
ℹ️ Roʻyxat inson tomonidan shakllantirilgani sababli ayrim yuqori ball toʻplagan 1-2ta talabalar tasodifan qolib ketgan boʻlishi mumkin. Shu sababli aniqlik 98% deb baholangan.
Agar siz Top-77 roʻyxatiga kirmagan boʻlsangiz, lekin balingiz 84,8–85,8 oraligʻida boʻlsa, Top-77 dagi ayrim talabalar qoʻshimcha grant uchun ariza topshirgan boʻlsa, sizda 50% grant olish imkoniyati mavjud.

https://t.me/TheLexander
⚡3👍2❤1👻1
🇷🇺 Rus tilidan kurs!

Rus tilini 0 dan boshlab A2–B1 darajagacha o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun yangi guruh ochyapman.
📌 Kurs davomiyligi - 2,5 oy
📌 Boshlanish sanasi - 11.08.2026
📌 Guruhga atigi 10 nafar talaba olinadi.
Guruhni ataylab kam talaba olyapman, chunki kurs davomida har bir talaba bilan individual ishlash niyatim bor.

Darslarda faqat grammatika o‘tib ketmaymiz. Rus tilining barcha asosiy ko‘nikmalari bilan birgalikda ishlaymiz:
— so‘zlashuv;
— eshitib tushunish;
— o‘qib tushunish;
— yozish;
— grammatika;
— to‘g‘ri talaffuz.

Bundan tashqari, har bir talaba bilan alohida speaking olinadi. Ya’ni gapirishdagi xatolar, talaffuz va fikrni rus tilida to‘g‘ri ifodalash ustida ham individual ishlaymiz.

Uyga vazifalar muntazam beriladi va 100% tekshiriladi, xatolaringiz ko‘rsatilib, nima uchun xato bo‘lgani tushuntiriladi va har bir vazifaga fikr beriladi.

Men mavzularni imkon qadar maydalab, tushunmagan joy qolmaguncha tushuntirishga harakat qilaman. Shu sababli, sabrsiz bo‘lsangiz yoki uyga vazifalarni muntazam bajarishga tayyor bo‘lmasangiz, bu kurs siz uchun emas

Chunki natija chiqishi uchun men tomondan ham, siz tomondan ham harakat bo‘lishi kerak.

Vazifalarni vaqtida bajarib, darslarda faol qatnashsangiz, natija uchun javob beraman.

Kurs haqida batafsil ma’lumot va mening rus tili bo‘yicha darajam haqida bilish uchun:
📩 @legistlar_admin ga yozing.

Bo'sh joylar soni: 5 ta.

To'lovni 20.08.2026 gacha qilsangiz bo'ladi, faqat ANIQ ishtirok etmoqchi bo'lsangiz yozing.
❤5❤‍🔥3⚡2👏1🗿1
Daaa...

Aynan bugun o'tgan yili mandat chiqqan edi. Shu kanaldagi kuzatuvchilar bu hissiyot qanaqa ekanligini yaxshi bilishadi.

Katta ehtimol bugun mandat chiqishi kutilmoqda azizlar.

https://t.me/TheLexander
1⚡6🔥4❤3❤‍🔥1🥰1👻1
Xo'sh xo'sh...

Bugun 00:00 dan mandat javoblari chiqadi va barcha abiturentlar 15-avgust ertalab 8:00 gacha o'z natijalarini ko'rishi mumkin bo'ladi degan insaydlar haqida xabardor bo'ldim.
Menimcha ertaga chiqadi

Qachon chiqsa ham sabr guys 😉

https://t.me/TheLexander
❤5❤‍🔥3🔥2👍1😁1🙏1🆒1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3⚡3
Guys abiturentlar bo'lsa kanalda menga tashlanglarchi o'zim birinchilardan bo'lmasam ham tabriklab qo'yaman 😉
👌2🤝2❤1🔥1
Tabriklayman grant 🎉
sizni TDYUda kutib qolamiz endi

@shavkatova_mj
⚡4❤3👏3🗿1
Lexander pinned «Guys abiturentlar bo'lsa kanalda menga tashlanglarchi o'zim birinchilardan bo'lmasam ham tabriklab qo'yaman 😉»
Bugun ikki xil kayfiyat bor.

Bugun kimdir mandat natijasini ko‘rib, ota-onasiga quvonch bilan qo‘ng‘iroq qilgan. Kimdir esa telefonini bir chetga qo‘yib, biroz jim qolgan bolishi mumkin.

Birinchi guruhdagilarni chin dildan tabriklaymiz 🎉
Siz uzoq kutgan natijaga erishdingiz. Endi oldinda talabalik, yangi muhit, yangi insonlar va katta imkoniyatlar bor. TDYU sizni kutmoqda.

Ammo agar bugun natijangiz siz kutgandek bo‘lmagan bo‘lsa, bu post aynan siz uchun.

Bugungi natija sizning imkoniyatingizning chegarasi emas, shuni unutmang.

Balki, hozir bu gap oddiy tasalli bo‘lib tuyular. Balki ichingizda "shuncha mehnat bekorga ketdimi " degan savol ham bordir.

Yo‘q.

Siz o‘rgangan narsalaringiz, qilgan mehnatingiz, yiqilganingiz va yana turganingiz bularning hech biri yo‘qolib ketmaydi.
Ba'zilar o‘z yo‘lini 18 yoshida topadi. Ba'zilariga esa biroz ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.

Muhimi, yo‘lning qachon boshlanganida emas, oxirigacha borishingizda.

Shuning uchun bugun TDYU talabasi bo‘lganlarga talabalik muborak hurmatli yap yangi 1-kurslar

Bugun kira olmaganlarga esa:

Boshingizni ko‘taring.
Bu hali hikoyaning oxiri emas.
Balki eng kuchli bobingiz hali yozilmagandir.

Bir kun kelib, bugungi kuningizga qaragan holda "yaxshiyam taslim bo‘lmagan ekanman" deysiz.

See you at TSUL

https://t.me/TheLexander
❤‍🔥3❤2⚡2👏1
Birinchi kurslar uchun barcha zarur ma’lumotlarni, foydali materiallarni va universitetga borguncha kerakli bo'ladigan postlarni joylab boraman.

O'quv yili davomida ham siz uchun manfaatli bo'ladi bizda katta rejalar bor.

Shunday ekan barcha 1-kurslarni kanalga taklif eting. Biz boshladik

https://t.me/TheLexander
1🫡3❤1👍1
Forwarded from TDYU Registrator ofisi
📢 Assalomu alaykum hurmatli talabalar!

✅ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2,3,4-kurs talabalar uchun, sirtqi shaklida tahsil olayotgan 3,4,5-kurs talabalar uchun bugun, ya`ni 2026-yil 17-avgust soat 12:00 dan 2026/2027-o‘quv yili kuzgi semestri uchun tanlov fanlarini tanlash jarayonlari boshlanadi.
✅ 2026/2027-o‘quv yili kuzgi semestri uchun tanlov fanlarini tanlash std.tsul.uz platformasidagi shaxsiy kabinetingiz orqali amalga ochiriladi. 2026/2027-o‘quv yili kuzgi semestri uchun tanlov fanlarini 2026-yil 17-avgust soat 12:00 dan 19-avgust soat 08:00 ga qadar tanlashingiz so‘raladi.

📢 Здравствуйте, уважаемые студенты!

✅ Для студентов 2, 3, 4 курсов бакалавриата, обучающихся по очной форме обучения, а также 3, 4, 5 курсов, обучающихся по заочной форме обучения, сегодня, то есть 17 августа 2026 года с 12:00, начинается процесс выбора элективных дисциплин на осенний семестр 2026/2027 учебного года.
✅ Выбор элективных дисциплин на осенний семестр 2026/2027 учебного года осуществляется через ваш личный кабинет на платформе std.tsul.uz. Просим вас выбрать элективные дисциплины на осенний семестр 2026/2027 учебного года в период с 12:00 17 августа 2026 года до 08:00 19 августа 2026 года.

@Law_SSC2
1🔥3❤1👍1👏1🕊1
TDYU Registrator ofisi
📢 Assalomu alaykum hurmatli talabalar! ✅ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2,3,4-kurs talabalar uchun, sirtqi shaklida tahsil olayotgan 3,4,5-kurs talabalar uchun bugun, ya`ni 2026-yil 17-avgust soat 12:00 dan 2026/2027…
Ma'lumot uchun 2 -kursda o'tiladigan asosiy fanlar:

-Ma'muriy huquq
-Jinoyat huquqi (Umumiy qism)
-Mulk huquqi
-Xalqaro ommaviy huquq
-Mehnat huquqi

oʻtgan yili quyidagi fanlar tanlangan edi 6- fan sifatida
• Moliya huquqi
• Islom moliyasi / Islom huquqi
• Siyosiy ta'limotlar
• Huquqni muhofaza qiluvchi organlar
• Konstitutsiyaviy odil sudlov

@TheLexander
🔥4🥰2👏2❤1⚡1