Ali. Blog
335 subscribers
331 photos
78 videos
4 files
205 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: @TheHarryAli
Download Telegram
Tabriklashinglar mumkin, bugun qiz farzandlik bo'ldim! Allohga shukr, sog'-salomat tug'ildi. 🥰

Uje hozirdan boshqacha hislar qurshayapti, otalik olamiga qadam qo'ydim)

@TheAliBlog
Tovba, ko'pchilik menga "uylanganmisiz?", "hali yoshsiz shekilli?" deb hayron bo'lishyapti. Asosiy rasmga yosh bolani qo'yib olganimga hamma menu yosh deb o'ylaydimi? 👀

Yoshim: 25da
Bo'yim: 182
Vaznim: 73
Oilaliman, muqaddam sudlanmaganman, oliy ma'lumotliman)
Pullik videodarslar.

Shunday qilib, uzoq o'ylab, ushbu oy vaqtimni Blender bo'yicha pullik videodarslik chiqarishga bag'ishlamoqchiman. O'ylab ko'rsam, shu yo'l bilan ham mundayroq pul ishlab olaman, ham ko'pchilikka foydasi tegar ekan))

Hozirda 3D modellashtirish bo'yicha videokurslar juda qimmat, 100-150 dollar atrofida. (Balki arzonlari ham bordir, xabarim yo'q) Men esa, 20 dollardan taklif qilib, ko'proq auditoriyani qurshab olmoqchiman. Albatta, bu 20 dollar bilan professional modelyer bo'lib ketmaysiz, birinchi videokursni boshlang'ich daraja (beginner)ga olib chiqishga bag'ishlasam, ikkinchisini o'rta daraja (intermediate)ga bag'ishlayman. Shunday qilib, 20 doldirdan 40 doldir bo'ladi🤓.

Profi darajasini va'da qilolmayman, bunisi uchun kechirasizlar, lekin nasib qilsa, shu ikkala kursdan keyin o'z parvozingizni boshlab, bilmaganlaringizni oson o'rgana olish darajasiga chiqib olasizlar.

Demak, bu ikki kursda biz 3D modellashtirish haqida tushuncha, obyektlar yaratish va tahrirlash, modellashtirish, teksturalar, animatsiya, moshn-grafika kabi bir qancha bilimlarni egallaymiz.

Shuningdek, videokurs sotib olganlar uchun alohida guruh ochilib, u guruhda o'rganuvchilar bir-birlari bilan fikr almashishlari, o'z ishlarini bir-biriga maqtanishlari mumkin bo'ladi. Shuningdek, u guruhda a'zolar so'ragan biror funksiyani o'sha guruhdagilarni ba'ri uchun tushuntirib berib boraman, ya'ni, "life-time support" bo'ladi))

Albatta, bu videokursni olmasdan, youtubedagi turli kanallardagi bepul darsliklardan yoki pullik kurslarni sotib olsangiz ham bo'ladi. Men ham o'sha pullik kurslardan o'rganganman, har xolda) Lekin men o'sha 10dan ortiq pullik kurslarni o'rganib chiqqan odam sifatida, ularni umumiylashtirib tushuntirib borishim mumkin bo'ladi))

Xullas, shunaqa gaplar. Agar oldindan sotib olmoqchilar bo'lsa, oldindan sotib olganlarga 20 foiz chegirma qilib beraman, keyingi kurs uchun esa 35 foiz chegirma olishadi)) Kurs tayyor bo'lishi bilan chegirma qilib berish to'xtaydi. Shunday ekan, shoshilinoradi))

Videokurs nasib qilsa, shu oy o'rtalariga tayyor bo'ladi. Qo'shimcha savollarni izohda yoki shaxsiy xabarda yozishingiz mumkin.

@TheAliBlog
Tiktokda kuzatib boradiganlar Damas haqida video va'da qilganimni bilishsa kerak) Hozir shuni ustida ish olib boryapman.

Ushbu ko'prik modeli sizlarga juda murakkab model bo'lib ko'rinayotgandir, lekin aslida juda oson. Youtubedagi 5ta videodarsni o'rganib chiqqanlar bemalol modellashtira oladi. Faqat biroz fantaziya kerak. Buyerda hamma narsa shunchaki kub va silindrlardan ishlangan, hech qanday ortiqcha modifikatsiyalar yo'q.

@TheAliBlog
Modellashtirish jarayonlarini tugattim nihoyat)) Endi oldinda animatsiya jarayonlari eng qiyini - renderlash qoldi))

Bitta kadr 10 daqiqadan oshiq renderlandi. Teksturalarni optimizatsiya qilishim kerak ekan hali😑

@TheAliBlog
Tiktok va instagramga animatsiyani joyladim. Unchalik zo'r chiqmadi, sababi animatsiyani ishlash juda qiyin kechdi)

https://vm.tiktok.com/ZSJw22nJb/


https://www.instagram.com/p/CTgumyGK7Ox/?utm_medium=copy_link
Damasdan o'za oladigan mashina yo'q deb o'ylaganmidinglar?))

Keyingi poyga qattiq bo'ladi!)

Tez kunda!! (Treylerlarga o'xshab fut-fut-fut effektini qo'shib o'qinglar))

@TheAliBlog
Saylov oldidan kimdir o'z siyosatini o'zi tanqid qilib qoptimi?)) 5 yildan beri amalga oshirish haqida o'ylanmagan ishlarni agar keyingi 5 yillikda saylansa qilar emish))

ITni o'rganinglar, til o'rganinglar, oilanglarni olib chetga suringlar. Men ham shuni harakatidaman)

@TheAliBlog
Shunaqa dolbayob bo'lmanglar))

@TheAliBlog
Videokurs tayyorlash qiyin ekan. Bugun 12 soatdan ortiq kompyuterda ishlashimni yozib, mikrofonga to'xtovsiz tushuntirib gapirib o'tirdim. Shuncha ishlaganimni yarmidan ko'pi montajda o'chirib tashlanadigan yo tezlashtirib yuboriladigan qismlar))

Kursni sotib olgan odam ketgan puliga achinmasligiga, qo'lidan ko'p narsalar kelishiga ishonishiga harakat qilyapman. Masalan, "bunaqa narsa qilish menga emas, buni qilish uchun ohooo bo'lish kerak" degan fikrni miyadan chiqarib tashlab, hammasi aslida oddiy narsa ekanini tushuntirishga harakat qilyapman.

Agar ma'lumot berib o'tsam, hozirda videokursning 4ta bo'limi rejalashtirilgan:

1-bo'limda shunchaki dastur bilan tanishuv;
2-bo'limda modellashtirish, rang berish, animatsiya, renderga boshlang'ich qadamlar
3-bosqichda detalli modellashtirish, yani realistik xona modelini tayyorlash,
4-bosqichda realistil tekstura berish. 3-bosqichda yaratilgan xona modeliga tekstura berish

Hozircha mana shu bosqichlarni tuzib bo'ldim va bu bo'limdagi videodarslarni yozish tugay deb qoldi. 5-bo'limga yana qandaydir ma'lumotlar qo'shib, umumiy 5ta bo'limdan iborat qilmoqchiman. Va bu faqatgina boshlang'ich, "Beginner" darajasidagi videokurs bo'ladi xolos!😎

@TheAliBlog
"Shunaqa dolbayob bo'lmanglar" turkumidan))

Shunday qilib, Telegramda blender haqida kimgadir bir narsa yozganimni qidirmoqchi bo'lib, "Blender" deb qidiruv bergandim, bir user chiqib keldi. Negadir bloklagan ekanman. Biosida o'z kanaliga link berilgan ekan. Kanaliga qarasam, sal teparoqda "mahsulot tayyor" deb joylagan videosi negadir tanish ko'rinib ketti:
https://t.me/Jamshidbek_shaxsiy_blog/98


Bu negadir men 24-may kuni instagran va tiktok platformasiga joylagan proyektimga sal o'xshayapti. Atiga 100.00 foizga!
https://www.instagram.com/p/CPPvKI_BnHc/?utm_medium=copy_link

Aynan nega blok qilganman, eslolmadimu, lekin tushungandek bo'ldim. Xullas, sarlavhadagi gap)

@TheAliBlog
Kecha kechqurun (yoki bugun ertalab?🤔) Videodarslik yozishni tugatdim. Endi videolarni tahrirlab, montaj qilib, keraksiz qismlarini o'chirib tashlab, ba'zi qismlarini tezlashtirib chiqishim kerak.

Demak, shu 2-3 kun ichida videodarslik tayyor bo'ladi, nasib qilsa)

@TheAliBlog
Bu yil Marvel o'z muxlislari uchun juda katta sovg'alar bermoqda desak bo'laveradi. Yil davomida bir nechta film va seriallar premyeralaridan bahramand bo'ldik. Undan tashqari, O'rgimchak Odam muxlislari uchun juda katta shov-shuv bo'ldi: parallel olamlar haqidagi navbatdagi O'rgimchak Odam filmi.

Hozircha Marvel film treylerida eski aktyorlar qaytishi haqida hech bir ishora bermagan, lekin uchala aktyorlarning muxlislari buni intiqlik bilan kutishmoqda.

1-2 kun avval internetni Endryu Grafild o'rgimchak odam kiyimida, suratga olish maydonida turib kimgadir gapirayotgan 3-4 soniyalik video portlatdi.

Mashxur shoumen Tim Fallon o'zining navbatdagi ko'rsatuvida Endryu bilan videoaloqa bog'lab, undan bu video haqida so'raganida aktyorning avvalgi reaksiyasi tomoshabinlarni xursand qilib yubordi. Lekin keyinroq o'zini tutib olib, Endryu bu videoni montaj ekanini aytdi.

Lekin Marvel muxlislari kompaniyaning maxfiylik saqlashini yaxshi bilishadi)

Shuningdek, bugun youtubeda Endryu ishtirokidagi qisqa video qanday qilib dipfeyk texnologiyasi orqali montaj qilinganligi haqida bir akkaunt tomonidan video yuklandi. Ya'ni, buni o'zi qilgani haqida e'lon berdi.

Va bu videodan keyin juda ko'pchilik ana shu dipfeykning o'zi feykligi haqida raddiya videolar bermoqda. Xullas, mavzu juda qizg'in))

@TheAliBlog
Blender Pullik Videodarsligi!

Nihoyat, videodarslik tayyor bo'ldi😎 Gapni uzoq aylantirmay, darslik haqidagi ma'lumotlarni aytsam:

Darslik umumiy salkam 9 soat keladigan 22ta videodarsdan iborat. Darslar 5ta bo'limga ajratilgan:

1-Bo'limda dasturni yuklab olish, interfeys va navigatsiya;

2-Bo'limda boshlang'ich modellashtirish, rang berish, animatsiya va renderlash. Raketa modeli yasash va uning havoga ko'tarilish animatsiyasi misolida.

3-Bo'limda detalli modellashtirish. Xona va undagi jihozlar modelini yasash.

4-Bo'limda detalli tekstura, 3-bo'limda modellashtirilgan xona va undagi jihozlarga realistik tekstura berish, realistik yorug'lik berish, onlayn assetlar bilan ishlash

5-Bo'limda rigging haqida tushuncha va fizik simulyatsiyalar.

Batafsil youtubedagi videoda tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/a8apXoYxgtE

Videodarslik narxi: $20 (Bankning sotuv kursi bo'yicha hisoblanadi). Chegirma yo'q. To'lov uzcard/humo/visa kartaga o'tkazma orqali.

Kursni sotib olganlar uchun alohida yopiq telegram guruhi ochilib, unda yana ko'rsatmalar berib boriladi)

Sotib olish uchun:
@HarryAli ga murojaat qiling.