Xavfli terrorchini ushlashibdi o'ziyam! 🤬
Nega endi dronga egalik qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishi kerak? Aynan nima sababdan?
Yashirincha hukumat vakillarini kuzatish mumkinligi uchunmi?
@TheAliBlog

https://t.me/Alimofflive/2490
Umuman olganda, agar o'sha gruppasini Xushnud akani kanalida reklama qilganida, ham arzon tushardi, ham ko'proq odam qo'shilardi))

Telegram
Alimoff Live
Манави школотронни балансига 5 минут ичида 5 миллион пул тушибди.😂 Шу ёшда банкка бориб пластик очдирмоқчи бўлсанг кетинга тепиб хайдаворишса керак. Машенниклар виждонини йўқотиб ёш болаларни ҳам жалб қилмоқда мана. Шунақа одам қўш ва соққа қил группалардан…
Ko'pchilik Youtubega ham kanal oching, deyaverganidan, youtubeda kanal ochdim. Hali hech nima joylamadim, nimadir joylab e'lon qilarman.
Shunchaki yangi kanal yaratish vaqtida eski kanallarim orasidagi o'xshamagan proyektlarimdan biriga ko'zim tushdi. Huddi youtubedagi "Trap Nation" yoki "Bass Nation" kanallariga o'xshab vizual ekvalayzerli qo'shiqlarni joylab bormoqchi edim, bunga qiziqadiganlar ko'pdek tuyulgandi. Aytgancha, faqat The Cover Up qo'shiqlarini)) Bu After Effects dasturini o'rganishimda ham yordam bergandi. Lekin faqat bitta qo'shiqni qilib, keyin hafsalam bo'lmay qolgan)) O'sha kanalni o'chirib tashlashimdan avval kirib ko'rib olinglar, yeslichcho))
https://www.youtube.com/watch?v=SLbWuauBIm4

YouTube
Jasmin - Dubay [The Cover Up]
Jasmin - Dubay The Cover Up loyihasidagi Radius-21 qo'shiqlariga ishlangan kaverlardan biri Kanalimizga obuna bo'ling!
Sardobaga yordam tariqasida jo'natilgan buyumlar ko'pligidan yoqib yuborilmoqda ekan.
Bu holatga aslida Ekopartiya ham munosabatini bildirib, qoralab chiqishi mumkin edi, atmosferani bulg'ashayotgani uchun. Lekin AES qurilishini yoqlab chiqqan ekopartiyadan nimani ham kutardik? Balki ekopartiyani o'zi boshchilik qilgandir, buyumlarni yoqishga ham. Qaydam...

Meni ba'zilar g'irt bekorchi, ertalabdan kechgacha tinmasdan subtitr tarjima qilish majburiyatini zimmadiga olgan odam deb o'ylashsa kerak ba'zilar😒
O'sha komment:
https://comments.bot/thread/FvHrmhAy9/4890841
@TheAliBlog
O'sha komment:
https://comments.bot/thread/FvHrmhAy9/4890841
@TheAliBlog
Kimdir Elite serialini joylamaslik, undagi bir jinslilar o'rtasidagi ishqiy munosabatlar yoshlarni ongini zaharlashi bo'yicha xabar yozibdi. Shu haqida.
Avvalo, serialni o'zbekchaga tarjima qilmasligimni asosiy sababi ham shunda. Agar hali fahm-farosati shakllanib ulgurmagan yosh bolalar inglizcha seriallarni bemalol tushunib ko'radigan darajaga yetib bo'lgan bo'lsa, demak, ularni fikrlash doirasi ham ayrimlarnikidan ko'ra kengayib bo'lgan.
Ya'ni, men kanalda hayotida faqat yaxshilikdan iborat, musaffo osmon ostida yashayotgan insonlardan hikoya qiluvchi seriallarni joylash niyatim yo'q. Tomoshabin turli voqeliklarni ko'rib, xulosa chiqarsin, dunyoda ana shunday voqealar ham bo'lib turishini anglab yetishini xohlayman.
Undan keyin, agar bitta serial bilan kimnidir tarbiyasi buzilib ketadigan bo'lsa, bu meni emas, o'sha odamni ota-onasini muammosi. Farzandiga tarbiya bersin edi avval. Bu mavzuda boshqa gapim yo'q.

Agar shaxsiy xabar orqali bildirgan fikringizni kanalimda yozib chiqsam, yozishmaning skrinshotini e'lon qilsam, bunda sizga g'ayirligim yo'q. Siz yozayotgan mavzuda sizdan boshqalar ham yozmasin degan maqsadda kanalim orqali o'sha masalaga o'z pozitsiyamni (mlya, ruscha ishlatmayman degandim, ishlatvoryapman. Men madaniyatli ko'rinish uchun tarmoqdagi ko'pchilikka o'xshab ruscha emas, inglizcha yoki ispancha qo'shib yozishim kerak edi aslida. Bo'pti, qavsni ichidagi gap cho'zilib ketdi, asosiy masala esinglardan chiqib ketmasidan to'xtata qolay, yana gaplashamiz.) bildirib o'tish uchun yozaman. Bundan tashqari hatto skrinshotda ham sizni shaxsingiz yashiringan bo'ladi, xavotir olmang. Lekin agar izoh orqali bildirgan fikringiz ma'qul kelmasa, shaxsingizni yashirib o'tirmayman. Sababi: izohni shundoq ham hamma ko'ra oladi.
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Tokyo: Professor, 4-mavsum e'lon qilingan vaqtda hamma ishda, o'qishda bo'ladi. Buni hech kim ko'rmaydi, shubxasiz.
Professor: Gapingni tushundim Tokyo, shu joyida "Uxan rejasi"ni boshlaymiz. Premyeradan 4 oy avval Xitoydagi odamimiz ko'rshapalak yeydi.
😂 Dumalappoldim o'qib))

Balki o'zbekcha subtitr bilan berilayotgan yagona serial shu bo'lgani uchundir, balki boshqa kanallarda shu serial reklama qilingani uchundir, balki rostdan kanal obunachilari o'zlari qiziqib turgani uchundir, bilmadim. Kanaldagi postlar orasida eng ko'p ulashilayotgani "Qog'oz Bino" seriali bo'lyapti ekan. Qolgan seriallardan bir necha barobar ko'p ulashilmoqda. Barchangizga tashakkur!
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Shunaqalarni ko'rsam, "yo birato'la ko'zoynagingni taqib ol, yoki birato'la yechib qo'y" degim keladi. O'zim ham ko'zoynak taqadigan odam sifatida bunaqa holat umuman yoqmaydi.
Aslida bunaqq taqib olishga sabab u yaqinni ko'ra olmaydi. Qo'lidagi qog'ozni o'qishga harakat qilib pastga qarasa ko'zoynak orqali qaraydi, oldidagi odamga gapirayotganida ko'zoynaksiz qaraydi.
Lekin baribir chetdan juda xunuk ko'rinadi vey 😒

Eng korrupsiyadan holi bo'lgan, hukumatga o'xshab ko'zbo'yamachilik ishlatilmaydigan soha - IT sohasi ham prezident kelishi bilan yuqorida aytilgab ishlarga adaptatsiya qilindi. (Inglizcha va ispancha, esimda. Adopteyshn qilindi).
Andijonda "Digital City" degan IT Park ish boshlagani haqida kechadan beri televizorlar, OAV nashrlar bong urib, prezident tashrifidan lavhalarni ko'rsatib yotibdi. Hatto AKT Vazirligi ham "O'zbekiston 24" kanali tayyorlagan lavhani e'lon qilib chiqibdi.
Lavhada hammasi ajoyib: IT sohasiga qiziqadigan yoshlar o'z sevimli mashg'ulotlari bilan band, kimdir illustratsiya (shit, inglizcha yoki ispancha ishlatish kerak! Illustreyshn) chizib o'tiribdi kimdir notepad dasturini ochvolib kod yozib o'tiribdi, Geym-klubda bir qancha yigitlar o'yin o'ynashmoqda (karantindaya?), hatto bitta qiz shuyerda amaliyot boshlaganini ham gapirib chiqqan. Lekin meni kayfiyatimni tushirgani, asabimni buzgan joyi: hammasi soxtalik! Hamma-hammasi soxta! Prezident kelishi uchun yaratilgan spektakl!
Amaliyotga kelgan qiz? Qanaqa amaliyotga keladi? Qayerdan keladi? O'qishlar butkul to'xtatilgan, biz uyimizdan chiqolmayotgan vaqtda kechadan boshlab amaliyot o'tayaptimi?
Kod yozayotgan yigitchi? Tayyor faylni boshiga chiqib olib, 2ta so'z yozib, yana o'chirib tashlayaptimi?
Grafik dizayn bilan shug'ullanayotgandek taassurot uyg'otishi kerak bo'lgan yigit bitta so'zni sal uyoqqa surib, sal buyoqqa surishdan boshqa ish qilmayaptimi?
Ha mayli, eng qizig'i, ITchilarni ham tilyog'lamalarga aylantirishni bas qilaylik axir. Aytmoqchi bo'lganim, juda ko'plab dasturchilar bilan tanishman, ham hayotda, ham internetda. Lekin kompyuter qarshisida ishlaydigan odam kostyum-shim kiyib o'tirishi lyuboy (haligi... Ekvivalent topolmadim) dasturchiga erish tuyuladi. Nima, prezident kelyapti, deb, ITchilarni o'zligidan maskirovka (damn!) qilishimiz kerakmi?
Yuqoridagi gaplarni unutib turaylik. Bugun bir programmist oshnam bir-ikki sheriklari bilan IT-Parkka boribdi, sharoitni o'rganish uchun. Lekin eshikdan kirgazishmabdi, "hali ish boshlamadi" deb🤦♂
Juda zo'r, hammasini prezident kelishiga tayyor qilaveringlar, maskirovkalarda davom etinglar, lekin iltimos, IT sohasini bulg'amanglar bunaqa ishlar bilan!

Ana, anovi kuni hokimbuvamizi tarafini olib yozgan maqolamdan keyin prezident ko'krak nishoni bilan taqdirlabdi. Yeslichcho maqtab, baxt yo'llaringizni ochib beroraman))
@TheAliBlog
@TheAliBlog
"Qog'oz Bino" serialidagi "Qirollik Zarbxonasi" (Royal Mint) binosi yodingizdami?
Asida suratga olish jarayonida foydalanilgan bino Zarbxona emas, "Ispaniya Milliy Tadqiqot Konsulligi" binosi bo'ladi. Yarim kechasi uyqim kelmay, "Google Earth" dasturi orqali Madrid ko'chalarini titkilab, nihoyat topdim)) Ertaga kompyuter orqali qanday borishni videosini yuklayman)

Meni o'qib turgan barchani Ramazon Hayiti bilan chin yurakdan, chin o'pkadan, chin jigardan tabriklayman!
Shablon-tabrik yuborayotganlarga ham rahmat, shablon-javob yo'q edi, shunga javob yozmayapman ularga))

Bugun gap orasida dadamga diplomni olib bo'lganimdan keyin Toshkentga o'quv kursiga ketmoqchi ekanimni aytib oldim. Dadam qarshilik qilmadi. Hayron bo'layotgandirsiz, shunga nima, deb. Shunchaki, dadamni qattiqqo'l ekanini hisobga olsak, yural yutib aytib olganim o'zim uchun katta yutuq)))
Toshkentda qanaqa o'quv kursi? Well, 3D grafika va dasturlash bo'yicha iloji boricha eng mukammal bilimlarni o'zlashtirib kelmoqchiman. Dasturlash bilan telefonlar uchun dastur yasab, pulni tagida qolish mumkin, buyurtma bo'yicha qandaydir dastur yaratib berib, pul ishlash mumkin. 3D grafika bilan arxitektura yo'nalishida pulni tagida qolish mumkin, VFX sohasida pulni tagida qolish mumkin. Lekin bu ikki soha birlashsachi? BAAAM! Video-o'yin sanoati!

Agar qulog'imda naushnik bilan ketayotgan bo'lsam, bu yonimdagi haydovchiga "Menga gapirma, birovni eshitgim kelmayapti" demoqchi bo'layotganimni anglatadi. Lekin ba'zi haydovchilar buni anglashmaydi😒
Ha aytgancha, bugun (aslida kecha) hayitlik qilib shahar aylangani chiqib keldim. Well, jaa aylanmadim ham, havo juda issiq. Lekin oshnalar bilan ko'rishib, birga otamlashib (spirtli ichimlikni aytmayapman) o'tirdik. Oxirgi to'plangan kunimizda karantin e'lon qilingan edi...