Ali. Blog
304 subscribers
334 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Oxirgi kunlarda bizning hokimbuvamiz tomoniga yog'dirilayotgan tanqidlarga fikrimni bildirib o'tsam. (Anjan hokimini aytyapman)

To'g'ri, balki bizni hokim pulni orqa-oldiga qaramay sovurayotgandir, pullarni o'zlashtirayotgandir (baribir aniq bilmaymiz), lekin bu narsa faqat bizni hokimda kuzatilayotgani yo'q, prezidentni kuyovlari katta kompaniyalarni sotib olayotgan vaqtda hokimbuvamiz ishlatgan pullar hech nima bo'lmasa kerak))

Jaa tarafini olyapti demanglaru, shunchaki solishtirish uchun aytaman sizlarga. Bizni hokim shu vaqtgacha qaysidir hududdagi uylarni buzib, aholini pulini bermay aldab ketmadi, bizni hokim tadbirkorlar bir necha milliard pul tikkan joyini snosga tushirib, benzin bilan yonmadi, bizni hokim gapiga kirmaganlarni ariqqa tushirib qo'ymadi, bizni hokim muammo chiqqan hududdagilarni "xorami" deb haqoratlamadi, bizni hokim kimnidir janozasini o'qishni tayinlamadi, bizni hokim jurnalistlarni orqasidan quvlab, kamerasini sindirib, ustidan tuxmat qilmadi, bizni hokim "shest sekund"da taksida odamni geyga chiqarib yuborish bilan tahdid qilmadi, to'g'rimi?

Agar bu mish-mishlar rost bo'lgan taqdirda ham, u shunchaki barcha hukumat vakillari qilayotgan ishni qilyapti, xolos. Shunday ekan, meni hokimbuvamizga e'tirozim yo'q.

@TheAliBlog
Yarim soatdan beri mahallamizdagi sartaroshxona oldida navbat kutib turibman. Eng qizig'i, halitdan beri hali 1 odamni sochini olib tugatmadi. Qadrini o'tkazyaptida bular. Chidashdan boshqa ilojimiz yo'q😐

@TheAliBlog
Har safar kanalga qarasam, obunachilar soni yo kamaygan yoki ko'paygan bo'ladi. Agar ko'paygan bo'lsa, "demak zo'r narsalar yozvorippanda" deyman, agar kamayib qolsa "o'zi ashi gapdi bekar yozdimdachi" deb qo'yaman))

Borilarga shukr, ichimdagi hasratlarimni eshitadigan shuncha odam bor)


Aytgancha, biz tomonda rosa qattiq shamol bo'lib, yomg'ir yog'ayapti. Bir nechta joylarda katta daraxtlar sinib tushibdi ham. Ehtiyot bo'lovringlar.

@TheAliBlog
Birlashishni Hindlardan o'rganinglar.

Ijtimoiy tarmoqlarda oxirgi kunlarda "TikTok" dasturiga nisbatan noroziliklar avj olib ketgandi. Aniq sababini bilmayman bu noroziliklarni. Lekin xoramidan bo'g'an Hindlarni birlashib ish qilishganini qarangki, 2 kun ichida dastur reytingi 4,5dan 2,6ga tushirib qo'yishdi! Tasavvur qilyapsizmi?

To'g'ri, Hindiston aholisi juda ko'p, negativ ovoz berganlar soni mamlakat aholisining 0,1 foiziga ham to'g'ri kelmas balki. Lekin bu ish bilan ular birlasha olishlarini ko'rsatishdi.

TikTok servisi ijtimoiy tarmoqlardagi turli guruhlarda (O'zbeklarga aloqasi bo'lmagan guruhlarda) masxara qilinar, TikTok foydalanuvchilari ham beo'xshov va bachkana videolar ishlagani sabab kamsitilar edi.

Aslida, biz ham birlasha olsak, juda katta kuchmiz. Qayoqdagi Zaxarovani ham, yoki monopoliya kompaniyalarning ham tishi o'tmaydi. Lekin shu birlasha olmasligimiz chatoq.

@TheAliBlog
Aytaylik, ko'pchilikni videosidan kolleksiya yig'ib, youtubeda e'lon qilmoqchiman. Agar "Qog'oz Bino" muxlisi bo'lsangiz, "Bella Chao" qo'shig'ini videoda hirgoyi qilib, yuborgan bo'larmidingiz?
Anonymous Poll
27%
Albatta!
28%
O'ylab ko'rish kerak 🧐
45%
Yo'q 😒
Ashnaqami? 🥺

@TheAliBlog
Ali. Blog
Ashnaqami? 🥺 @TheAliBlog
Bo'ldiyey, bechorani pushaymon qilvordinglaru)
Ko'pchilik dublyaj fikrini ham yoqlab, o'ylab ko'rishni taklif qilmoqda. Shu bo'yicha 2 og'iz.

Huddi sizlar kabi men ham bu filmni o'zbekchaga dublyaj qilinishini (hatto o'zim boshchilik qilmasam ham) juda xohlayman. Chunki sevimli serialimga yanada ko'proq odamlarni kasal qilib qo'ygim keladi)

Lekin, bir tomonini o'ylash kerakki, avvalo dublyajni men uyimdagi kompyuterda, naushnik mikrofoni bilan, bir o'zim qila olmayman.

Kamida 2 erkak va 2 ayoldan iborat jamoa kerak (oralaringizda ko'ngillilar ko'p, bilaman). Undan tashqari texnika va sharoit kerak. Batafsilroq tushuntiraman.

Aslida, dublyaj sohasiga qiziqishim bor, ovoz beruvchi sifatida emas, tashkilotchi sifatida. Lekin hozir televideniyada qilinayotgandek eski ovozlarni ustidan gapirib o'tib ketadigan dublyaj qilgandan ko'ra, qilmaslikni afzal bilaman. Agar raz shu ishga kirishadigan bo'lsak, butunlay yangittan ovoz berish kerak. Bu degani qurol shovqinlaridan tortib qadam tovushlarigacha qaytadan yozish kerak degani. Bu esa, osonlik bilan bo'ladigan ish emas. Abdullajon kinosida aytgandek "Kaaaatta pul kerak".

Qo'l uchida qilishga esa, hozirgi subtitr varianti ham yetib ortadi. Bir o'zim bemalol amallayman. Sizlar ham biroz qiynalib bo'lsa ham, tushuna olasizlar. "kaaaatta pul"ni keragi bo'lmaydi.

Shundoq ham hali reklamaga sarflangan pullarimni chiqarib olishim kerak)))

@TheAliBlog
Xavfli terrorchini ushlashibdi o'ziyam! 🤬

Nega endi dronga egalik qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishi kerak? Aynan nima sababdan?

Yashirincha hukumat vakillarini kuzatish mumkinligi uchunmi?

@TheAliBlog
Ko'pchilik Youtubega ham kanal oching, deyaverganidan, youtubeda kanal ochdim. Hali hech nima joylamadim, nimadir joylab e'lon qilarman.

Shunchaki yangi kanal yaratish vaqtida eski kanallarim orasidagi o'xshamagan proyektlarimdan biriga ko'zim tushdi. Huddi youtubedagi "Trap Nation" yoki "Bass Nation" kanallariga o'xshab vizual ekvalayzerli qo'shiqlarni joylab bormoqchi edim, bunga qiziqadiganlar ko'pdek tuyulgandi. Aytgancha, faqat The Cover Up qo'shiqlarini)) Bu After Effects dasturini o'rganishimda ham yordam bergandi. Lekin faqat bitta qo'shiqni qilib, keyin hafsalam bo'lmay qolgan)) O'sha kanalni o'chirib tashlashimdan avval kirib ko'rib olinglar, yeslichcho))

https://www.youtube.com/watch?v=SLbWuauBIm4

@TheAliBlog
Avvaliga nimaykan debman 😂

@TheAliBlog
Sardobaga yordam tariqasida jo'natilgan buyumlar ko'pligidan yoqib yuborilmoqda ekan.

Bu holatga aslida Ekopartiya ham munosabatini bildirib, qoralab chiqishi mumkin edi, atmosferani bulg'ashayotgani uchun. Lekin AES qurilishini yoqlab chiqqan ekopartiyadan nimani ham kutardik? Balki ekopartiyani o'zi boshchilik qilgandir, buyumlarni yoqishga ham. Qaydam...

@TheAliBlog
Feysbukka kompyuter o'yinini translatsiya qilib ko'rmoqchiman)) Balki youtubega ham)

@TheAliBlog
Meni ba'zilar g'irt bekorchi, ertalabdan kechgacha tinmasdan subtitr tarjima qilish majburiyatini zimmadiga olgan odam deb o'ylashsa kerak ba'zilar😒

O'sha komment:
https://comments.bot/thread/FvHrmhAy9/4890841

@TheAliBlog
Kecha hech nima yozmabman. Yozadigan gap ham topolmadimda axir😒
Kimdir Elite serialini joylamaslik, undagi bir jinslilar o'rtasidagi ishqiy munosabatlar yoshlarni ongini zaharlashi bo'yicha xabar yozibdi. Shu haqida.

Avvalo, serialni o'zbekchaga tarjima qilmasligimni asosiy sababi ham shunda. Agar hali fahm-farosati shakllanib ulgurmagan yosh bolalar inglizcha seriallarni bemalol tushunib ko'radigan darajaga yetib bo'lgan bo'lsa, demak, ularni fikrlash doirasi ham ayrimlarnikidan ko'ra kengayib bo'lgan.

Ya'ni, men kanalda hayotida faqat yaxshilikdan iborat, musaffo osmon ostida yashayotgan insonlardan hikoya qiluvchi seriallarni joylash niyatim yo'q. Tomoshabin turli voqeliklarni ko'rib, xulosa chiqarsin, dunyoda ana shunday voqealar ham bo'lib turishini anglab yetishini xohlayman.

Undan keyin, agar bitta serial bilan kimnidir tarbiyasi buzilib ketadigan bo'lsa, bu meni emas, o'sha odamni ota-onasini muammosi. Farzandiga tarbiya bersin edi avval. Bu mavzuda boshqa gapim yo'q.

@TheAliBlog
Agar shaxsiy xabar orqali bildirgan fikringizni kanalimda yozib chiqsam, yozishmaning skrinshotini e'lon qilsam, bunda sizga g'ayirligim yo'q. Siz yozayotgan mavzuda sizdan boshqalar ham yozmasin degan maqsadda kanalim orqali o'sha masalaga o'z pozitsiyamni (mlya, ruscha ishlatmayman degandim, ishlatvoryapman. Men madaniyatli ko'rinish uchun tarmoqdagi ko'pchilikka o'xshab ruscha emas, inglizcha yoki ispancha qo'shib yozishim kerak edi aslida. Bo'pti, qavsni ichidagi gap cho'zilib ketdi, asosiy masala esinglardan chiqib ketmasidan to'xtata qolay, yana gaplashamiz.) bildirib o'tish uchun yozaman. Bundan tashqari hatto skrinshotda ham sizni shaxsingiz yashiringan bo'ladi, xavotir olmang. Lekin agar izoh orqali bildirgan fikringiz ma'qul kelmasa, shaxsingizni yashirib o'tirmayman. Sababi: izohni shundoq ham hamma ko'ra oladi.

@TheAliBlog