Ali. Blog
304 subscribers
336 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Channel created
Channel photo updated
Bu blogda shaxsiy hayotimdan lavhalar, fikrlarimni yozib boraman. Huddi feysbuk sahifamdagidek.
Netflix and Chill

Kecha sevimli multserialimni tomosha qiladigan sayt serverlarida muammo chiqib, pullik bo'lsa ham Netflix'ga ulanib ko'rib olaman degandim.

Netflix - kinofilm va seriallarning pullik tarmog'i. Huddi youtube singari, faqat oylik to'lovi bor. Shuningdek, Netflix'ning o'zi ham bir qancha mashxur kino va seriallarning muallifi hisoblanadi.

Shunday qilib, Netflixga eski akkauntim bilan kirdim. Ancha avval obuna bo'lib, internet muammosi bilan ishlatmagan edim. Hozir karantin sharofati bilan 1 oy bepul premium ta'rifni sovg'a qilishyapti ekan (sizlar ham shoshilinglar).

Afsuski, sevimli multserialimning men kelgan mavsumi yo'q ekan, nisbatan yangilari bor ekan faqat. Nima ko'rishni tanlashni o'ziga bir necha soatlab vaqt sarfladim, mlyaa, rostdan variantlar ko'pda axir?!

Nihoyat kechadan buyon 2-3ta seriallarni boshlab oldim (aytmayman!), Har holda televizordagi turk seriallari, mazasi qochgan o'zbek seriallaridan ming marta zo'r variantlar bor Netflixda!

Shunaqa gaplar!

@TheAliBlog
Shopagolik.

Olimlar xarid qilishdan o'zini tiya olmaydiganlarga shunaqa tashxis qo'yishar ekan. Menimcha menda ham shu kasallik bor shekilli. Sal g'alatiroq.

Video-o'yinlar xarididan o'zimni tiya olmayman. Ayniqsa "faqat siz uchun falon foiz chegirma!" deb reklama qilishsa! O'tgan kuni endi uxlayman deb o'tirganimda Ubisoft Club mobil dasturidan shunaqa e'lon kelib qolsa deng: "Assassin's Creed Odyssey o'yini 3 kun bepul o'ynab, 70 foiz chegirma bilan sotib olishingiz mumkin! Faqat siz uchun!". Sizningcha men shunaqa reklamalarga uchadigan ahmoqmanmi?

Hell I am! (inglizcha iboralar qo'shib ketaman, madaniyatliroq ko'rinish uchun. Boshqalar ruscha qo'shib gapirishadi. Men esa ruscha bilmayman, so we're cool with english)

Keyingi muammo: o'yinni yuklab olish. Ya'ni, internet tezligi muammo. Avvallari yarim kechasi hamma uxlab yotganida aloqa sifati kuchayib, nisbatan katta tezlikda yuklab olardim. Endi hamma karantin qilib uyida internet kovlab chiqyaptimi, bilmadim, xullas kechasi bilan 35GB yuklagan ekan xolos. O'yin 61GB.

Hozir yana yuklashga qo'yib, Netflixda serialimni ko'rib yotibman. Ubisoftni o'yinlarini yuklab olishni shunisi zo'rku, ma'lum foizi yuklab olinsa, bemalol o'yinni o'ynayverish mumkin. Balki ertaga qisqa videolar joylarman. Ko'ramizda.

@TheAliBlog
Floater degan narsa bor, inglizcha so'z, o'zbekchasini bilmayman. Hullas, yotgan joyizda yorug'likka (masalan ochiq osmonga) qaraganizda mayda-mayda bakteriyaga o'xshagan narsa qayoqqa qarasez o'shayoqqa suzib yuradi. Menikcha ko'pchilikda bo'lsa kerak?

Kechadan beri seriallarga mukkamdan ketib qolganim uchun shu floatersni g'alati varianti paydi bo'ldi: yarim oy shaklda, katta-katta, 3-4 xil rangda bijir-bijir qilyapti. Eng qizig'i ko'zimni yumib olsam ham ko'ryapman. Lekin ko'z qorachig'imni uyoq-buyoqqa bursam, uyam sekin harakatlanib kelyapti.

Haya, uy bekalari ko'radigan seriallar emas, jahon miqyosidagi mashxur seriallarni ko'ryapman. Bittasiga shunchalik qiziqib kettimki, kecha kechki 10lardan beri 15tacha qisminu ko'rib chiqdim. Har bir qismi 50-55 minutdan.

Balki uxlashim kerakdir, lekin 2-mavsumini tugatishimga yana 2tagina seriya qoldi. Lekin o'zimni majburlab ko'raman desam, shu bijir-bijir qilayotgan floaterlar telefonim ekranini to'sib, xiralashtirib qo'yyapti. Ko'zim tinib ketyapti.

🥺
O, menimcha o'tib ketdi. Havotir olmanglar)) Kechasi 3 soatcha uxlagandim xolos, shuni tasiridir balki) Lekin serial juda qiziq ketyapti va tugatib qo'ymasam sabrim chidamaydi endi)
Ba'zi yigitlar bor, telegram akkauntiga qarab erkak-ayolligini ajratib bo'lmaydi.

O'zini rasmini qo'ymaganga yarasha, yo yigit kishini yo qizbolani rasmini qo'ymaydi (agar qizbola bo'lsa demoqchiman). 80ta rasmni aylantirib qarab chiqsangam faqat sevishganlar tushgan rasmlar, yoki sevishganlar rasmi ustiga yozilgan o'ldim-kuydim gaplar.

Rasmku mayli, nikneymga ham g'alati-g'alati gaplar yozib olishadi, ko'rganmisizlar shunaqasini? Nikneym bu taxallus, unga yo o'zingni ismingni yo do'st-birodarlaring qanday chaqirishini yozishing kerak, kimni shahzodasi ekaning, onangni yaxshi ko'rishing, blatnoy-krutoy-bespredel balo-battar ekaning emas. Yana ayrimlar bor, o'rtasiga birbalo-birbalo deb yozib, ikki chetiga yuraklar qo'yvoladimiyey, atirgul qo'yvoladimiye. Hezalakmi bu, deydi ko'rgan odam.

Ayniqsa, senga sms yozganida unga uzundan-uzoq yozilgan narsa bilan javob qilsang "ha tushunarli" "ha rahmat" deyishni bilmaydida, "hmm" deb javob yozadi. Men hmm deb yozish qizlarga yarashadi faqat deb bilaman. Chunki ko'zim bilan o'qiyotganimda aynan shu "hmm"ni ichimdagi ovoz qizbola nozlanib aytgan ohangidaka chiqarib beradi negadir. Hech bo'lmasa "aha" deppo'y(

Endi aytamanda menam

@TheAliBlog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Red Dead Redemption 2 o'yinidan lavha. Ultra grafika. Maqtanyapman. Lekin RTX 2080Ti videokartadan bundan chiroyliroq ko'rinadi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hali oxirigacha yuklab ulgurmaganim, Assassin's Creed: Odyssey o'yinining soundtreki.

Balki haliroq undanam parchalar joylarman😉
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assassin's Creed: Odyssey o'yinining boshlanish joyidan parcha.

O'yin "300 Spartalik" jangi bilan boshlanadi. Kadrda Spartaliklar qo'mondoni Leonid (Leonidas).

O'yin bosh qahramonlari ikkita: Aleksios va Kassandra, Leonidning nevaralari.

O'yin qaysidir ma'noda Assassin's Creed seriyasidan chiqib ketgandeo tuyuladi. Chunki barcha assassinlar "mentor" (katta ustoz) deb tan olgan Altair ibn La-Ahaddan minglab yillar avvalgi voqealar yuz beradi bu o'yinda. Shuningdek, Assassinlarning asosiy quroli - yashirin tig'dan foydalanilmaydi bunda. Shu tomonlari chatoq.

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3Ds maxni mustaqil o'rganyotyandim. Qo'llanmada o'rgatilgan topshiriqlardan biri. Menimcha uddalayapman))

@TheAliBlog
Qorong'i tushib ketibdiyu uje, a?)) Bugun (well, kecha va bugun) yangi serialni 11ta qismini ko'rib chiqibman, yana shunchasi bor adashmasam.

Onlayn serial ko'rishni shunisi zo'r ekanki, agar qiziqib ketgan bo'lsang, keyingi seriyani darxol boshlashing mumkin. Ajoyib.

@TheAliBlog
Aytgancha, serial ko'ryapman desam, xotinlar televizorda ko'rib o'tiradigan o'zbeklarni oilaviy muammolaridan boshqa narsani opchiqmaydigan seriallar yoki odamni g'ashi keladigan turk seriallari ko'ryotgan bo'lib gavdalanib qolmay yana) Masalan, hozirgi serial detektiv janrda.

Shunchaki "Rated R" bo'lgani uchun aniq ma'lumotlar yozmayapman. Hali aqli-hushi shakllanib ulgurmaganlar bo'lsa, fikrlashi buzilib ketishi mumkin) Yo'q, honestly.
Assassin's Creed Odyssey: Legend of the Eagle Bearer (Main Theme)
The Flight
Assassin's Creed: Odyssey sauntreki. (Main Theme)

Odamni tinchlantiradigan musiqa. Nahorgi oshda qo'ysayam bo'lorsa kerak)
Hozirgina kecha (aniqrog'i o'tgan kuni) boshlagan serialimni 3-mavsumini ko'rib tugatdim. Shu bilan bu ham tamomlandi.

Serialda azaliy dushmanlaring kun kelib tug'ishgandek qadrdon bo'lib ketishi, yaqinlaring dushmanga aylanishi, og'ir kunlarda birlasha olish kabi ajoyib voqealar ro'y beradi.

Ertaga serial emas, kompyuterim bilan vaqt o'tkazmoqchiman, mendan arazlab qolyapti))

@TheAliBlog
Ko'pchilik shuncha narsaga qanday ulguryapsiz, deb so'rabdi. Ya'ni, ham kompyuter o'ynashga, 3d maxni organishga, serial ko'rib yotishga va hokazo.

Aslida unchalik ham bekorchi emasman. Menda ham uy ishlari (dexqonchilikka yaqin) tiqilib yotibdi. Lekin har bir ishga alohida vaqt ajratishni ma'qul ko'raman.

Uydagi ishlarni nari borsa 2 soatda tamomlash mumkin. Kompyuter o'ynash doim ham shart emas. Shu sababli bir tomonga kompyuter o'yini va kinolarni qo'ysam, ikkinchi tomonga 3D Maxni o'rganishni qo'yyapman.

Masalan, 1-2ta seriya ko'rib bo'lib, qo'llanmadagi yana bir topshiriqni bajarib olaman. Keyin yana kinotaym davom etadi.

Shunaqa gaplar

@TheAliBlog