Ali. Blog
390 subscribers
329 photos
78 videos
4 files
204 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: @TheHarryAli
Download Telegram
Anavi cheksiz ovoz telegramdan chiqyaptimi, yoki OBSdan chiqyaptimi, hech topolmadim😑
Live stream started
Live stream finished (2 minutes)
Live stream started
Live stream finished (10 minutes)
Live stream started
Sifat qanaqa bo'layotganini shu post kommentiga yozinglarchi😬
Live stream finished (7 minutes)
Ovoz ham ishkal deyishdi, sifat ham. Kamiga OBSda 720p qilib strim qilgandim ataylab
Ali. Blog
Let Them Eat Cake: internetda mashxurlarni bloklash trendi boshlandi. 1-2 kundan beri instagram va tiktok platformalarida mashxur shaxslarni bloklash ommaviy harakatga aylanib ketti. Buning sababi esa, "Haley Baylee" ismli inflyuenser qizning "Let them eat…
Mashxurlarni bloklash harakati - #Blockout2024 juda ko'plab mashxurlarga qattiq zarba bo'ldi. Masalan, birinchi kundayoq Kim Kardashian 5 mlndan ortiq, Taylor Swift esa 15 milliondan ortiq obunachisidan ayrilgan. Iddaolarga ko'ra, ushbu harakatning asosiy mazmuni shu paytgacha G'azodagi odamlar haqida bir og'iz ham gapirmagan va vaqtini kayfu-safo bilan o'tkazayotganini o'z sahifalarida bo'lishish bilan band bo'lgan mashxurlarni boykot qilishdan iborat.

Ushbu harakatga turtki bo'lgan Haley Bayleening o'zi negadir ko'p yo'qotishga uchramagan. O'sha mashxur vidoesini yuklagan kunda u o'zining 10 million bo'lgan followerlari bilan maqtanib video qo'ygan. Lekin harakat boshlanganidan keyin 9.9Mga tushgan va hozir ham shunaqa. Asosiy fokus boshqa mashxurlarga qaratilgan. O'shalar Haleyni qanchalik yomon ko'rib qolishganini tasavvur qilib ko'ring endi))
Salkam 2 yil oldin e'lon qilingan "Assassins Creed: Codename Red" proyektiga "Assassins Creed: Shadows" nomi berilibdi va o'yinning ilk treyleri ertaga soat 21:00da namoyish qilinar ekan. Ubisoft yana oxirgi AC o'yinlari kabi musor tayyorlayaptimi, yoki eski AC franshizasidek zo'r o'yinlarnimi, buni ham bilib olamiz.

Shuningdek, 2 yil oldin aftidan ibtidoiy davrni eslatuvchi fon bilan "Assassins Creed: Codename Hexe" proyekti ham e'lon qilingan va bu o'yin bo'yicha hali yangilik yo'q.
Kuni kecha OpenAIdagilar GPT-4o versiyasining taqdimotini o'tkazishdi.

Taqdimotda ChatGPT bilan ovozli holatda gaplashishganida ChatGPT turli ohanglarda javob qaytara oladi. Huddi real odam bilan gaplashayotgandek. Bundan tashqari u kamera orqali ko'rib reaksiya bildira oladi. Ko'pchilik yangi versiyani "Her" filmidagi Samanta nomli sun'iy intellektga o'xshatishmoqda. Bir ko'ringlar shu kinoni))
Ali. Blog
Salkam 2 yil oldin e'lon qilingan "Assassins Creed: Codename Red" proyektiga "Assassins Creed: Shadows" nomi berilibdi va o'yinning ilk treyleri ertaga soat 21:00da namoyish qilinar ekan. Ubisoft yana oxirgi AC o'yinlari kabi musor tayyorlayaptimi, yoki eski…
O'yinning ilk kinematik treyleri e'lon qilindi. O'yin voqealari 16-asr oxirlaridagi Yaponiyada bo'lib o'tadi va bosh qahramonlarimiz Yasuke ismli qora tanli samuray va Naoe ismli ninzya qiz. Treyleri shaxsan menga juda yoqdi. Shu o'yindan yaxshi nimadir chiqishiga umid qilgim keldi ochig'i. O'yin shu yil Noyabr oyida taqdim qilinar ekan.

https://www.youtube.com/watch?v=vovkzbtYBC8
Kuni kecha PS Exclusive o'yinlarning navbatdagisi, Ghost of Tsushima video-o'yini PC uchun reliz qilindi. Ammo gamerlar jamiyatining aksariyat qismi bundan norozi.


Gap shundaki, Ghost of Tsushima o'yinini o'ynash uchun PSN (Playstation Network) akkaunt ochish talab qilinadi. PSN servisi esa, dunyodagi sanoqli davlatlarda ishlaydi xolos. Ya'ni, 180ga yaqin davlatlarda ushbu servis ishlamaydi. Bu servis ishlamasa, o'yinni o'ynab ham bo'lmaydi.

O'yin oldindan sotib olishga chiqqanida Steamda juda ko'pchilik sotib olgan, lekin o'z davlatida PSN ishlamasligini anglab yetganidan keyin, bu masalada Steamga arz qilishgandi. Oqibatda Steam o'sha foydalanuvchilar pulini qaytarib berishga va PSN ishlamaydigan davlatlar uchun Ghost of Tsushimaning Steam sahifasi ochilmaydigan qilishga majbur bo'lgandi. Buni orqasidan Epic Games ham shunday qilgan.

O'yinni PC uchun reliz qilishdan maqsad pul bo'lganida, faqat sanoqli davlat fuqarolari uchungina chiqarishmasdiku? Bu masalada fikringiz qanday?
2014-yildagi "Game of the Year" nominatsiyasida yutgan "Dragon Age: Inquisition" video-o'yini Epic Games storeda 100% chegirmada berilmoqda. Olishga ulgurib qolinglar)
Aytgancha, ChatGPTning sayti chatgpt.com ga almashibdi va endi unga rasmlar ham yuborish mumkin bo'libdi. Ya'ni, u siz yuborgan rasmni ham tushuna oladi. Sizlarda ham shunaqami? Hammaga ochilganmi bu funksiya?

Shuningdek, javob kelganida javoblar orasida default holatda 4o modeli tanlangan turibdi. 4o modeli test rejimda oddiy foydalanuvchilarga taqdim etilganmi yoki o'zi bepul versiyamikan bu?🤔
Qora tanlilar ishtirokidagi 2ta media proyekt hozirda tarmoqda rosa trend bo'lmoqda. Biri Romeo va Julyetta bo'lsa, biri Assassins Creed. Har ikkisini ham yoqlaydiganlar va yoqlamaydiganlar yetarlicha topilmoqda. Sizning fikringiz qanday bu masalalarda?
Dushanba kundan boshlab mana shu post instsgramni portlatdi, desam bo'laveradi. Rasm AI orqali tayyorlangan, chodirlarda yashab yurgan olomon chodirlari bilan "All eyes on Rafah" (Barcha Rafahga qarasin) deb yozilgan. Bu postni 40 milliondan ortiq marta o'z profillariga ulashishgan. Ulashganlar orasida mashxur aktyor, qo'shiqchi va hokazolar ham bor.

Isroil G'azodagi tinch aholini "tinch zona" deb iddao qilgan Rafahga borishga undagan, haydab chiqarishgandi ham. Ya'ni, Rafah shahri Falastinning tinch aholisi uchun xavfsiz hudud ekani va'da qilingan edi. Lekin xoramidan bo'lgan Isroil yakshanba kunidan boshlab Rafahga ham hujum uyushtirish, bomba tashlashni boshladi. Bu trend esa, mana shu ishga dunyoning diqqatini jalb qilishga qaratilgan
Qurbon Hayiti bayrami barchamizga muborak bo'lsin!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Luma AI taqdim etilishi bilan, oxirgi 3-4 kunda instagram va tiktokda AI memlar bosib ketti.

Luma AI bu kiritilgan rasmga prompt qo'shish orqali uni 5 soniyalik videoga aylantirib beradigan AI xizmati. Bu orqali videolarni uzaytirish uchun videodagi kerakli bir kadrni o'zini rasm shaklida saqlab, shu rasmga prompt yozishmoqda.

Natijalar boshlanishiga yomon emas, lekin ularni orasida qo'rqinchlilari uchrab turibdi. Shunaqalariga qo'rqinchli musiqa qo'yib, trendga chiqarishyapti))

Men ham shu video orqali yangi xizmatni sinab ko'rgandim))

Xizmatdan bepul tarzda 30ta generatsiya uchun foydalanish mumkin, shuningdek, 1 kunda 5tadan ortiq video generatsiya qilib bo'lmaydi va har bir generatsiya o'rtacha 1-2 soat vaqt oladi.