Ali. Blog
394 subscribers
329 photos
78 videos
4 files
204 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: @TheHarryAli
Download Telegram
Kech bo'lsayam o'zimni tug'ilgan kunimga sovg'a qildim))
Bilayn kompaniyasi bir necha oydan beri arzon ta'riflarida "resurslarni oshirish bahonasi" bilan abonent to'lovini doimiy oshirib kelmoqda.

Men foydalanadigan "Yana Bitta" ta'rifiga birinchi ulanganimda, oylik to'lovi 23 ming edi. Umuman olganda, arzonligi uchun ulangan edim. Va buni sekin-sekin oshirib borib, mana, aprel oyidan abonent to'lovi 35 ming so'm bo'lar ekan. Eng qizig'i, Bilaynda bu narxdagidan arzon ta'rif qolmagan. Hatto "konstruktor" ta'rifi ham shunaqa bosqichma-bosqich narxi oshirib qo'yilgan.

Modem uchun ishlatadigan simkartamda esa, bir necha oydan beri Bilayndan oqilona foydalanib kelmoqdaman)) Bu simkarta faqat va faqat internet uchun ishlatiladi, undan sms/qo'ng'iroqlar umuman foydalanilmaydi. Xullas, u raqamga Dekabr oyidan beri abonent to'lovi to'lanmagan. Lekin shunda ham agar internet paket bo'lsa, internet ishlatish mumkin ekan.

Internetni ham salkam cheksiz qilib olganman. "Juma takliflari"dagi "kunlik 100GB" xizmati aslida 1 kun emas, 2 kun ishlashini bilarmidingiz? Masalan, xizmatni juma kuni yoqsangiz, 100GBni siz shanba kuni 23:59gacha ishlatishingiz mumkin. Agar yakshanba 00:00da hisobingizga 7 ming so'm tushirsangiz, xizmat avtomatik uzaytirilib, yakshanba-dushanba kunlari yana 100GBni ishlatishingiz mumkin. Shunday tartibda 105 ming so'm evaziga 1 oy mobaynida 1,5TB internetdan foydalanishingiz mumkin. Xizmatni nomi "kunlik" bo'lgani sabab, agar xizmatni Juma kuni yoqsangizu, shanba kuni balansingizda kamida 7 ming so'm bo'lsa, shanba kuni 7 mingni yechvolib, qaytadan 100GB beradi va bu ketishda 1 oyda 210 ming so'm ishlatib qo'yasiz. Shu sabab balansda kamroq pul bo'lishi va har 2 kunda 7 ming so'mga to'ldirilishi kerak.

Aslida xizmat narxi boshida 5 ming edi, yaqindan boshlab 7 ming qilib qo'yishdi.

Shunday qilib, salkam 3-4 oydan beri abonent to'lovi to'lamasdan, oyiga 105 ming ishlatib, 1.5TB internetdan foydalanib kelyapman))
Notcoin yig'ish bilan shug'ullanayotganlar bormi? Hozirda Notcoinning pre-market bahosi 10M notcoin uchun 40-70$gacha ekan. 10 Million notcoin yig'ishga sarflanayotgan vaqtinglar shu pulga arziydi, deb hisoblaysizlarmi?

Shuningdek, Notcoinni chindan ham Telegramga aloqasi bor, deb hisoblaysizlarmi/ishonasizlarmi?

Shaxsan o'zim notcoin chiqqanidan boshlab loxotron deb hisoblab kelganman. Juda bo'lmaganda NFT singari vaqtinchalik hayp bo'ladigan narsa deb bilaman.
Anavi iWash degan moykachi blogger "chet el mashinalarini opkelib arzonga sotsak xalq mazza qilyapti, lekin avtosanoatimizga bolta urmasligimiz kerak" degan gapi tarqalganidan keyin Mufasa degan blogger uni UzAutoMotorsdan soqqa olganligi haqidagi shartnoma nusxasini ko'rsatdi)) Endi qaysidir podkastga chiqib, o'zini oqlash uchun yanada dolbayobona fikrlarni ilgari surgan emish. Podkastlar ko'payib, shunaqalar aslida kim ekani yuzaga chiqib qolyapti))

Adashmasam, UzAvtoMotors tarmoqlarida 10-15 mingta odam ishlaydi umumiy. Ya'ni, 36 mln xalqni erkin avtomobil xarididan to'sib turuvchi bu monopoliyani tarqatvormaslik uchun shu 10-15 mingta odamning non topishi sabab qilib ko'rsatiladi ko'pincha.
Aytishlaricha, iWashning instagram akkauntidan ommaviy tark etishlar boshlanib, 50Kdan ortiq odam chiqib ketgan. Shuningdek, iwash profiliga kimgadir ehson qilingani haqidagi video pin qilib qo'yilibdi)

Kecha Troll Uz ishtirokida jonli efirga chiqishgandi. Shunin to'liq varianti qayerda bor, biladiganlar bo'lsa darak beringlar.
Barchamizga Ramazon Hayiti muborak bo'lsin!
Ali. Blog
Bugun apgreydni 2-bosqichini amalga oshirib, yana bitta OZU oldim. 16GB 3200MHz. O'zimdagi 16GB bilan sherikchilikda ishlashadi endi)) Apgreyd bo'yicha rejalar: - GTX1660 => RTX4070 - 16GB RAM => 32GB RAM - 120GB SSD => 1TByoki 512GB SSD - 750W PSU =>…
Apgreyd bo'yicha yana bir kichik qadamni bosib o'tdim. Nihoyat, 1000W blok pitaniya, 1TB SSD oldim. Endi C diskim to'lib qolaverishi va bir nechta dasturlar ishlatayotganimda tok yetishmovchiligidan kompyuterim qotib ishlashidan qutulaman)) Hali kompyuterga o'rnatganim yo'q, shu 1-2 kunda kompyuterim bo'shab qolsa, o'rnataman))

1 yilga yaqin vaqt ichida rejalarimdagi apgreydni deyarli to'liq tugalladim (monitor qoldi xolos):

- GTX1660 => RTX4070
- 16GB RAM => 32GB RAM
- 120GB SSD => 1TB yoki 512GB SSD
- 750W PSU => 850 yoki 1000W PSU (blok pitaniya)
- Bitta oyog'i singan stul => Gaming kreslo
- Ukamni dars qiladigan stoli => kattaroq stol
- 1ta 27', 1ta 19' monitor => 3ta 27' monitor.

Va o'z o'rnida keyingi, asosiy apgreyd uchun ham reja tuzib qo'ydim, DDR5ga o'tish va CPUni oxirgi avlodlarga yangilash. Nasib qilsa, apgreydni boshlaganimga 1 yil to'lmasidan bu qadamni ham tashlab olaman))
Endi meniyam uyimda simli internet bor))
Live stream started
Live stream finished (13 minutes)
Xo'sh, strim sifati bu safar qanday bo'ldi? Qotishlar bo'lmadimi? Video sifati qanday ketti?
Strimdagi o'yin "The Crew: Motorfest". Ubisoft tomonidan ishlangan poyga o'yini. Need For Speed o'yinini yorvoraman deb o'ylaydiganlar bu o'yinda ancha qiynalib qolishadi, chunki avtomobillar fizikasi boshqacharoq, boshqarish ancha qiyin. Shuningdek, o'yinda istalgan turdagi transportda poyga uyushtirish mumkin: mashina, mototsikllar, samolyot, kema va hokazo.

O'yin hozirda Ubisoft magazinida 50% chegirma bilan sotilmoqda, shuningdek, LEGEND24 promo-kodi bilan yana 10 yevroga kamaytirish mumkin (Shunda umumiy 25 yevro atrofida bo'ladi narxi).

O'tgan hafta Cyberpunkni yuklab olganimda, videokartam RTX ekanini deyarli his qilmagan edim) Lekin mana bu strimda boshidagi, qorong'idagi poygadan Ray Tracing effektlarini ancha yaxshi his qildim))

Xullas, kompyuterim lyuboy o'yinni eng yuqori kachestvada ochishga va youtubega cheksiz kattalikdagi videolarni joylashga tayyor. Qanday takliflar bor?)
Ali. Blog
Xo'sh, strim sifati bu safar qanday bo'ldi? Qotishlar bo'lmadimi? Video sifati qanday ketti?
Strimda telegram o'zi qilgan zapisida kadrlar juda qotib chiqqan. Sizlarda ham shunaqa ko'ringanmidi?😐 Balki telegram hali videostriming uchun tayyor emasdir?😕 Youtubeni sinab ko'rish kerak.
Let Them Eat Cake: internetda mashxurlarni bloklash trendi boshlandi.

1-2 kundan beri instagram va tiktok platformalarida mashxur shaxslarni bloklash ommaviy harakatga aylanib ketti. Buning sababi esa, "Haley Baylee" ismli inflyuenser qizning "Let them eat cake" degan videosi ortidan boshlandi.


Bir boshidan tushuntirishga harakat qilaman. 18-asrda Fransiyadagi inqiloblar vaqtida qirolicha Mari-Antuanet bazm uyushtirganida, unga a'yonlari "avom xalqning nochorligi, yetarlicha non ham yeyisholmayotganligi" haqida gapirishadi. Bunga javoban qirolicha "unda tort yeyishsin" (let them eat cake) deya javob beradi. Bu bilan qirolicha oddiy xalqqa nisbatan e'tiborsizligini ko'rsatgan edi.

Haley Baylee'ga kelsak. Nyu-Yorkda har yili o'tkaziladigan "Met Gala" kechasiga kazo-kazolar o'zini ko'z-ko'z qilish uchun yig'ilishadi. Aytishlarucha unda qatnashish uchun 1 kishilik o'rin narxi 75 ming dollar turarkan. Instagram va Tiktokda vayn olish bilan tanilgan Haley Baylee fransiya qirolichasi Mari-Antuanet uslubida kiyinib, kameraga qarab "Let them eat cake" deya gapiradi. Videoni davomida yana nimalar bo'lishini bilmayman, video uje o'chirib tashlangan.

Shu videodan keyin yana nimalar bo'ldi, tushunmay qoldim, lekin shu oddiy odamlar sabab ko'tarilib, ularni nazarga ilmay qo'ygan, degan qarash bilan mashxurlar ommaviy blok qilinmoqda.
Kecha EA Games o'yinlariga 85 foizgacha chegirma ketayotganini ko'rib, NFS Outboundni sotvolishga qiziqib ko'rgandim. Steamda o'yinni $10ga olsa bo'larkan. EAning o'zini magazinida esa 500 rublga turibdi. (5-6$ bo'lsa kerak). EA Appdan opqo'ysam qulay ekan, deb sotvolishga harakat qilayotgandim, EA Appga faqat Paypal orqali to'lov qilish mumkin ekan.

Keyin Steam orqali $5ga "EA Play" obunasini sotib oldim. Bu obuna bilan EAga qarashli hamma o'yinlarni 1 oy davomida xohlagancha o'ynasam bo'laveradi.

Kecha NFS Unboundni yuklab oldim, shunday qilib. Ozroq o'ynab ham ko'rdim. NFS Heatdan keyin pastga qulash qilishgan, xullas. Grafika uncha emas. Anavi multiksimon grafitti effektlar odamni medasiga tegadi😑

O'tgan safar o'ynab ko'rganim "The Crew Motorfest" grafika bo'yicha ancha yaxshi edi.😑
Aytgancha, tg kanaldagi layvstrimni boshqa dastur orqali qilish mumkin ekan. Masalan, OBS orqali. Shuni sinab ko'ramizmi, sifat qanaqa borishini? 😑
Live stream started
Live stream finished (2 minutes)
Anavi cheksiz ovoz telegramdan chiqyaptimi, yoki OBSdan chiqyaptimi, hech topolmadim😑
Live stream started