Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Tarmoqlarda Afzal Rafiqov ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda. O'zining bergan intervyusida u Rossiya-Ukraina urushida Putin haq ekani, urush yomon bo'lgani bilan, Ukraina shunga majbur qilgani, Ukraina Yevropa kabi fashistlashib ketgani va urushda Putin g'alaba qilishiga umid qilishini bildirgan.πŸ™‚

@TheAliBlog
Tiktokda "ibratli videolar" ishlaydigan blogger bo'lish moda bo'lganmi, nima balo? Kamiga 99 foizidagi syujet odamga rosa erish tuyuladi. Eng qizig'i rosa ko'pchiligi o'sha 3-4 minutlik videodagi "qissadan hissa"ni oxirida 10-15 sekundlik qaysidir domlaning qaysidir ma'ruzasidagi parcha bilan tushuntirgan ham bo'lishadi.

Vey, baribir uni mazmunini tushunish uchun o'sha domlani ma'ruzasidan parchani eshitishimiz kerak bo'lsa, ibratli videoga bir necha minut vaqt sarflamay, o'sha 10-15 sekundlik ma'ruzani tinglab qo'yavergan afzal emasmi? πŸ€¦β€β™‚πŸ˜‘

@TheAliBlog
​Kutayotgan o'yinlarimdan bo'lgan "Spider Man" kechadan boshlab oldindan sotib olish uchun chiqarildi. Ya'ni, hozirdan pul to'lab qo'yaverasiz, reliz bo'lganidan keyin o'ynaysiz baribir))

Narxiga to'xtalsak, odatdagi yuqori grafikali kompyuter o'yinlarinikidan baland: 60 dollar. Kompyuter uchun yuqori grafikadagi o'yinlar odatda 30-40 oralig'ida bo'lardi (masalan: Need for Speed Heat, Read Dead Redemption, Assassins Creed Valhalla, Watch Dogs Legion va hokazo). Spider Man narxi esa, PS5 o'yinlari narxiga yaqin, PS5 o'yinlari o'rtacha 70 dollar turadi.

Lekin kecha e'lon qilingan o'yin uchun talablar ro'yhatiga qarasak, bu narxga arzirli bo'lishi ham mumkin. Meni kompyuterim "recommended"ga javob berarkan xolos 😒 Maksimum grafika uchun RTX3080 videokartasi talab qilinishi belgilangan.

O'yin relizi 12-avgustga belgilangan. U vaqtgacha videokarta ololmasam kerak (aniq desayam bo'ladi). Lekin o'yinni sotib olib, strim qilishga harakat qilaman, baribirπŸ˜‰ Chunki bu o'yinni o'ynashni bir necha yildan beri niyat qilib kelardim, bu haqida oldin ham yozganman))

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yagona maktab formasi bizga milliy iftixor, vatanparvarlik ruhi, fidoyilik hissini berarkan.πŸ˜‘

@TheAliBlog
Soat 00:00dan o'tib, Juma kuni boshlanishi bilanoq Juma bilan tabriklashnk boshlaydiganlarni tushunmaymanda. Uxlasangchi, vey!

Yo'q, mana, eng birinchisi 00:08da kelgan, hozirgacha 13ta odamdan keldi. Shu odamlar bilan yozishmalar tarixini qaraydigan bo'lsam, kamida oxirgi 10ta xabari Juma bilan tabriklash bo'lgan. Tushunyapsizmi, bu 10 haftadan beri faqat Juma kundagina, Juma bilan tabrik jo'natib chiqasi degani. Bunaqa ketma-ketlikni rekordi adashmasam 30 haftadan oshgan. 10-15 kuncha oldin qiziqib sanab chiqqandim))

Tabriklamanglar emas, mayli tabriklanglar, kunduzi tabriklanglar. Hammadan birinchi bo'lishinglar shart emas. Men telegramda shaxsiy yozishmalardan faqat muhim masalalar uchun foydalanaman. Ishdan/shaxsiy hayotdan chalg'itmasligi uchun barcha guruh/kanallarni ovozsiz rejimga o'tkazganman. Shunday ekan, yarim kechasi tingir-tingir qilib sms kelsa, ish qilayotgan bo'lsam ishimni to'xtatib, uxlayotgan bo'lsam uyqimni buzib ochib qarayman, tinchlikmikan deb.

Undan keyin, shaxsiy xabarda hol-ahvol so'ramaydigan, salom-alik qilib turmaydigan bo'lganingizdan keyin, nega kerak shu tabriklarni jo'natish? Haqiqiy yaqin odamlaringizga jo'natib tabriklasanglarchi undan ko'ra😐 Shunchaki, bunday insonlar birorta kanalga joylangan tabrikni hamma kontaktiga pereslat qilib chiqadi. Shunaqa odamlarni juda ko'pini ovozsiz rejimga qo'yganman va ming muhim xabar yozgan bo'lsayam, g'irt bekorchi bo'lib, telegramdagi o'qilmagan xabarlarni o'qib chiqay, deb vaqt ajratmagunimcha bir necha kunlab xabar ochilmay turaveradi.

Mana, sizlarga tabriklash odobini o'zim va eng yaqin do'stlarim misolida ko'rsatsam. Har Juma kuni Juma namozidan chiqqandan keyingina "uzkiy krug"imizni guruhiga kirib bir-birimizni tabriklab qo'yamiz. Shundayam qisqagina qilib "ayyomilar bilan baldar" deb yozamiz ko'pincha, yoki shunaqa qisqa gapdan iborat ovozli xabad yuboriladi. Bo'ldi! Mana shu qisqa, o'z tili bilan yozilgan xabarda samimiylik bo'ladi, kanaldagi shablon xabarlarni yuborishda samimiylik yo'q! (Bu haqida boshqa bayram tabrigi bo'yicha gapirganda ham aytgamdim). Bundaylarga javob yozib ham o'tirmayman, ketma-ket har Juma tabriklar kelaveradi.

Qissadan hissa shuki, bolajonlar, chindan yaqin bo'lmagan, haddingiz bo'lmagan odamingizni bo'lar-bo'lmas bezovta qilmaslikni o'rganinglar. Tabriklaringizni barcha kontaktlaringizga emas, faqat yaqinlaringizga yuboringlar, shablon emas, o'z tilingizdagi gapni yuboringlar. Yoki umuman yubormanglar. Sizlar tabrigini "pereslat" qiladigan kanallarda biz ham bordirmiz balki, o'sha kanaldan o'sha tabrikni o'qib bo'lgandirmiz ham balki.

Xullas, bu postni nasihat sifatida qabul qilinglar, negativ sifatida emas))

@TheAliBlog
John Wick 4ning treyleri chiqibdi. Kino kelasi yil May oyida chiqarkan. Treylerga ko'ra, Donni Yen franshizaga qo'shilgan (bu haqida ancha oldin ham aytuvdim adashmasam) va u shunchaki oddiy obraz emas, John Wick uchun juda kuchli raqib bo'lib gavdalangan.

https://www.youtube.com/watch?v=27EF723ZDmI
Bir qancha masalalarni jiddiy tanqid ostiga olib kelayotgan blogger Olimjon Haydarovni 15 sutkaga opkirib qo'yishibdi. Kecha IIBga suhbat uchun chaqirishgan, borishsa uje sud vaqtiyam belgilangan ekan ularga, sud ularga 15 sutka bervoribdi o'sha borganidayoq.

IIBni bayonotiga ko'ra, blogger qaysidir cherkovni noqonuniy ekani haqida ommaga gap tarqatgan, bu gap o'sha cherkov ruhoniylariga yetib borib, ruhoniylar bloggerni ustidan yozib bergan va natijada 15 sutka bilan jazolangan.

Aslida esa, bloggerning o'sha postida "bu cherkov faoliyati ishqilib qonuniymi?" ma'nosida so'z yuritilgan. Tahminlarga ko'ra blogger bundan oldin ro'molga va soqolga qarshi chiqayotgan muassasalarni ochiqchasiga olib chiqib, shu mavzuni ko'tarib yurgani uchun yuqoridagilarga yoqmay qolgan bo'lishi mumkin.

Boshqa bloggerlar misolida aytish mumkinki, 15 sutkalik qamoqdan keyin srazi yana boshqa ish bo'yicha sud qilinib, yanayam ko'proq muddatga ulanib ketishi ham mumkin. O'zbekistonga xush kelibsizlar. Battar bo'laylik. E, yo'g'ey, bardam bo'laylikπŸ™‚

@TheAliBlog
"San-Diego Comic-Con"da sal avval MCU ishtirokchilari bilan o'tgan uchrashuvda yangi ma'lumotlar taqdim etildi. Unga ko'ra MCUning yangi 3 fazasi "The Multiverse Saga" nomini olgan. Avvalgi 3 fazaning nomi "The Infinity Saga" edi. 6-fazaning yakuni "Avengers: The Kang Dynasty" va "Avengers: Secret Wars" ekani ma'lum qilindi. Demak, ushbu "saga"dagi asosiy dushman Kang bo'lar ekan. Uni hozircha faqatgina Loki serialida ko'rdik.

Shuningdek, 5-fazada Blade va Fantastic Four filmlari ham MCU uchun taqdim etiladi. Blade filmida mish-mishlarda aytilgandek Mahershala Ali o'ynashi aniq bo'ldi. Hozircha Fantastic Fourning a'zolari ma'lum emas.

Daredevil serialining yangi 18ta qismi ham taqdim etilib, serialda Charli Cox o'ynashni davom ettiradi. Shu yaxshi bo'libdi, Daredevil rolida boshqasini tasavvur qilolmasdim o'zi. Undan tashqari, serial endi Netflix emas, Disney tomonidan moliyalashtirilishini hisobga olsak, kuchli grafikadan foydalanishni boshlashadi deb umid qilsak bo'ladi.

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saudiya Arabistoni yangi shaharsozlik proyektini taqdim qildi. Proyekt "The Line" (Chiziq) deb nomlanadi va balandligi 500m, eniga 200m, uzunligi esa 170km uzunlikda bo'lib, shaharni u boshidan bu boshigacha 20 daqiqada borish mumkin bo'ladi va 5 daqiqalik piyoda yurish orqali o'z hududingizdagi istalgan muassasaga yetib borishingiz mumkin.

Lekin bu tarmoqda ko'plab savollarni keltirib chiqarmoqda, buyer yashash uchun qulay ham deylik, unda ishlash qanday bo'ladi? Odamlar faqat biznes bilan shug'ullanishlariga to'g'ri keladimi yoki sanoat uchun ham imkoniyat yo'lga qo'yiladimi?

Ma'lumotlarga ko'ra ushbu shahar rejasi 2030-yillarga mo'ljallangan. Buni qarang, boshqa davlatlar keyingi 10 yillikka qanaqa katta rejalar tayyorlashadi. Biz esa, keyingi 10 yillikda bosqichma-bosqich yagona maktab formasiga o'tishni rejalashtiramiz xolosπŸ™‚

@TheAliBlog
Ali. Blog
Saudiya Arabistoni yangi shaharsozlik proyektini taqdim qildi. Proyekt "The Line" (Chiziq) deb nomlanadi va balandligi 500m, eniga 200m, uzunligi esa 170km uzunlikda bo'lib, shaharni u boshidan bu boshigacha 20 daqiqada borish mumkin bo'ladi va 5 daqiqalik…
Aytgancha, ushbu loyihaga Saudiya hukumati tomonidan 500 milliard dollar ajratilgan. Shunaqangi katta loyihaga 500 milliard dollar ajratgan! Bizda 500 milliard dollar nimaga ajratilishi mumkin edi, masalan? Fikrlaringizni yozib qoldiring))
"Minions: Rise of Gru" internetga chiqibdi bugun. Ko'ringlar.
Uyim mahallani burchagida bo'lgani uchunmi, ko'pincha uyim atrofiga turli chiqindilarni tashlab ketishadi: baklashka, pistani paketlari va shunga o'xshash mayda-chuyda narsalar. Birortasini tashlayotgan vaqtda ushlab olsam edi, deb yuraman doim. Sal oldin non olgani magazinga chiqib ketayotib qarasam bitta xorami qora paketda to'la axlatni uyimni yon tarafiga tashlab ketgan ekan.

Shunaqa dolbayoblarni ushlavolib, moralniy ezish uchun ham uyimni tashqi tomoniga kameralar o'rnatishni niyat qildim. 1-2 chiqimli masalalarni hal qilib olsam, uyga kamera o'rnatib, shunaqa dolbayoblarni topib, uyimdagi bor musorlarni o'shani darvozasini tagiga tashlab kelaman. Hatto uchastkavoyga yozib berib, jarima undirvolishim ham mumkin, kamerani puli chiqib qolar balki) Hazil hazil bilanu, lekin rosa asab buzildi shu holatni ko'rib.

@TheAliBlog
Anchadan beri o'zim ayron tayyorlashga qiziqib yuruvdim, kecha bozorga borganda 1 kilo suzma olib keluvdim rayxon bilan. Kechqurun ayronni tayyorlab, muzlatkichga sopqo'yuvdim, ertalab turib qarasam ko'chadagi ayronlarga dam bervoradigan narsa bo'pqoptida o'ziyam 🀀

@TheAliBlog
Bugungi Ashuro kuni munosabati bilan butun oila yig'iladigan kechki dasturxonimizga ayron tayyorlab qo'ydim. Bu safar achchiq olmalari bilan))

@TheAliBlog
Endi multfilmlarni yangiliklaridan gaplashsak, Apple kompaniyasi ham multfilm sanoatiga kirib kelmoqda. 1-2 kun oldin premyera qilingan "Luck" (Omad) multfilmi bugun internet saytlariga chiqib bo'libdi. Ancha oldin treylerini ko'rib qiziqib qolgandim. Dunyodagi omad va omadsizlikni boshqaruvchi yashirin mushuklar jamiyati haqida)) Shuni ko'rib turinglar, kechroq batafsil fikrimni yozaman, o'zim ham endi ko'raman.

@TheAliBlog
"Luck" multfilmini ko'rdim, g'oya zo'r chiqqan, animatsiyaga gap yo'q, ayniqsa komedik janrda ishlangani yanada qiziqarli qilgan. Apple kompaniyasidan endi bunaqa proyektlarni davomiy bo'lishini kutib qolamiz. Barchaga ko'rishni tavsiya qilaman.

@TheAliBlog