This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu qo'shiqni tiktokda yoki boshqa tarmoqlarda turli qo'rqinchli voqealar fonida eshitgan bo'lishingiz mumkin. Qidirib-qidirib oxiri originalini topdim)
Qo'shiq aslida Qarib Dengizi Qaroqchilarida dor og'zida turgan odamlar tomonidan kuylangan. Yuotuber Colm McGuinness esa uni cover qilib aytib chiqqan ekan. Xullas, zo'r aytilgan ekan))
@TheAliBlog

Mlyaa, vaqtni tez o'tib ketishini qaranglar. O'tgan chorshanba kunida Ms Marvelni yangi qismi chiqibdi, ko'ringlar, deb yozgandim. Uje mana yana birpasta chorshanba kepqopti. 2-qismini huddi kecha ko'rgandekman.
1 hafta davomida biror nima qilishga ulgurdimmi-yo'qmi, o'zi 1 hafta vaqtim qayoqqa ketti, bilmayman. Huddi o'tgan hafta Ms Marvelni ko'rib bo'lib, uxladimu, bugun uyg'ongandekman.
Vaqtimni tez o'tib ketayotganiga sabablarsan biri ko'p uxlaydigan bo'pqolganim shekilli. 10-12 soatlab uxlayapman 1 kundaπ
Vaqtinglarni behudaga o'tkazmanglar, 1 hafta emas, 1 yil ham bilinmasdan o'tib ketishi mumkin.
Aytgancha, kecha Doktor Strenjni yangi qismi internetga chiqqan. Ko'rmaganlar bo'lsa ko'rvolishinglar mumkin)
Yana bitta aytgancha, tiktokda cherez-den birbalo videolar joylab turibman, shularni ko'rib, linkini kopirovat qilvolib tursanglar, ha boshqalargayam ko'rsatish kerak ekan, deb ko'proq odamlarni rekomendatsiyasida chiqardi)) Endi ayttim qo'ydimda, majburiymas lekin)

Agar Telegram Premium obunasiga ulanmoqchi bo'lsanglar, unda @PremiumBot rasmiy boti orqali sotib olinglar. Dastur sozlamasidagi Premiumga ulanish punktida Google Pay orqali to'lov qilinishi hisobiga uyerda Googlening komissiyasi ham qo'shib hisoblangan (oyiga 5 dollar).
PremiumBot orqali esa, oyiga 4 dollar ekan))
1-2 kun oldin telegram dasturimni Telegram.org saytidagiga almashtirdim. Play Marketdan yuklab olinganni o'chirdim. Bunisi mazza ekan, mualliflik huquqi bo'yicha bloklangan barcha kanal-botlar ishlayveradi)) Va ishlashi ham nariginisidan ko'ra yaxshiroqqa o'xshab tuyulyapti menga)

Har qancha dolbayob, debillashib ketsangiz ham mana shunaqa, dindan ochko ishlash maqsadida foydalanadigan darajada dolbayob bo'lmanglar.
Namozni har kim o'zi uchun o'qiydi va bu umuman maqtanadigan narsa emas. "Insof kirdimikan" deb profiliga qarasam uje keyingi videolarida jilpanglab o'ynab yotibdi yanaπ€¦ββ

Konstitutsiyaga o'zgartirish takliflarida prezidentlik vaqtini 5 yildan 7 yilga o'zgartirish taklif qilinyapti ekan.
Bunaqa ahmoqona odat qayerdan chiqqan, bilmadimu, lekin negadir prezidentlik muddati o'zgarsa, amaldagi prezidentning necha marta saylangani nolga tushirib qo'yiladi. Ya'ni, hozirgi prezident 2-marta saylanishi, konstitutsiyaga ko'ra 2 martadan ortiq saylanishi mumkin emas, lekin agar prezidentlik muddati 7 yilga o'zgartirilsa, hozirgi prezidentimiz hali bir martayam saylanmagan, deb hisobga olinadida, keyingi saylovda 1-marta o'z nomzodini qo'yaveradi yana. Jinnilik a? Karimov davrida buni bir necha bor amalda guvohi bo'lganmiz.
Anovi Akmal Saidov deganlariga ko'ra hozir konstitutsiyaga o'zgartirish taklifini berayotgan ko'pchilik yurtdoshlarimiz asosan prezidentlik muddatini uzaytirishni so'rashyapti ekan va demokratik jamiyat tamoyillariga ko'ra, xalqni xohish-irodasi ular uchun har narsadan ustun emish. (pxxxxxxxx deb kulvoriladigan joyi)
Bir videoda ko'rgan bo'lsanglar, atrofiga maktab bolalarini yig'iv olgan bitta kap-katta debil portalga telefon qilib, prezidentlik vakolati umrbodga uzaytirilsin, deb taklif bergandiπ€¦ββ
Afsuski, xohlaymizmi-yo'qmi xalqimizning katta qismini "brainwash" qilib bo'lishgan. Ko'pchilik prezident xudoning yerdagi soyasi, deb hisoblaydi. Shunaqa fikr bildiradiganlar bilab shaxsan gaplashganman, seryozna. Ular shu prezidentga va shu siyosatga munosib odamlar. Lekin aqli-hushi joyida bo'lgan qolgan fuqarolarchi? Biz surishni harakatini qilaveramiz demakπ

Forwarded from imhohub
Telegram ortiq xavfsiz emasmi va telegramni qanday arzonroqqa sotib olish mumkin?
https://www.youtube.com/watch?v=DAoCULc_7BA

Referendum arafasida rosa jonbozlik ko'rsatiladi shekilli hali) Tonirovka arzonlabdimi, tekin bo'libdimi, xullas nimadir bo'libdi shu masala) Mashinam yo'qligi uchun bu mavzu qiziq emas menga.
Lekin gazni lukoyldan tortib olib, o'zimizni gazni o'zimizni xalqqa beriladigan qilsa, gaz Karimovni davridagidek serobgarchilik bo'lib ketsa, ovoz bervoraman lekin))

1-2 oycha oldin yangicha uslubdagi blogger paydo bo'lgandi, "Aktivist Uz" degan. Ko'rmagan odam qolmadi shekilli. Do'konlardagi muddati o'tgan mahsulotlarga qarshi kurashadigan blogger, qisqacha aytganda. Videolari tiktoklarda ham rosa aylanganida ko'rib turardim, har xolda janjalni tomosha qilishga qiziqish o'zbekchilikda bor narsa))
Xullas, kecha tiktokda andijonga kelgan videosidan parcha ko'rib qolib, youtube kanaliga o'tib to'liq ko'rib chiqdim. Keyin ish qilayotib quloq band bo'lib turishi uchun boshqa videolariniyam ko'rib chiqdim. Ko'p magazinlardagi "reyd"lar janjal-tortishuv bilan tugagan. Lekin Andijonga kelganida katta supermarketlardan birida rosayam koooo'pgina muddati o'tgan mahsulot topilganidayam, supermarket ishchilari tortishmasdan, janjallashmasdan, yaxshi muomala bilan tugatishgan.
A lekin farg'onadagi videoni ko'rib mazza qildim lekin, rosa tortishuvlarga boy bo'libdi)) O'zidan aqlli yasab olgan klientlar, shallaqi ishchi qizlar, "ko'chinskiy" bollar, podstavalar, xullas rosa qiziq voqealarga boy bo'libdi) Rosa bekor qolib ketgan bo'lsanglar, ko'rishni maslahat beraman. Youtubega "Aktivist Uz" deb yozsanglar chiqib keladi.
Endi blogger haqidagi umumiy fikrimni aytsam, qilayotgan ishi umumiy jihatdan to'g'ri, yaxshi ish. Chunki o'zim qachon olayotgan narsamni muddatini tekshirib olganimni eslolmayman. Shu sababli ham mahsulotlar muddatiga do'kon o'zi e'tibor berishi kerak, deb hisoblayman) A faqat bitta chatoq tomoni bloggerni qo'rs muomalasi ekan. Balki janjal kelib chiqishini asosiy sabablaridan biri ham shudir balki. Lekin ming yaxshi muomala qilganida ham kelvolib janjal qiladiganlar topilarkan baribir, buniyam videolarida ko'rdim))

Ali. Blog
Referendum arafasida rosa jonbozlik ko'rsatiladi shekilli hali) Tonirovka arzonlabdimi, tekin bo'libdimi, xullas nimadir bo'libdi shu masala) Mashinam yo'qligi uchun bu mavzu qiziq emas menga. Lekin gazni lukoyldan tortib olib, o'zimizni gazni o'zimizni xalqqaβ¦
Yaqin orada yana "katta qadam" tashlanishi haqida gaplar yuribdi. Ba'zilar buni UzImei haqida bo'lishini taxmin qilishyapti.
Yaxshilab mulohaza qilib ko'rilsa, bu yaratilayotgan "katta o'zgarish"larga sababchi muammolar ham aynan shu odamni davrida paydo qilingan edi))
G'alati ishlar ham bo'lyapti. Aytishlaricha konstitutsiyadan "Qoraqalpog'iston istalgan vaqtda referendum o'tkazib, mustaqil bo'lishi mumkin"ligi haqidagi moddani olib tashlashmoqchi ekan. Endi davomini eshiting. Shundan keyin Qoraqalpog'istonda internet avvaliga sekinlashtirib, hozirda eshitishimga ko'ra butunlay o'chirilgan. Saroy jurnalist va bloggerlariga bu mavzuni yoritish ta'qiqlangan va hokazo. Qisqacha aytganda, qoraqalpoq do'stlarimiz mabodo qonun o'zgarishidan norozi bo'lsa, bu norozilikni bildira olishmaydigan sharoit qilishyapti, tahminimcha.

Qoraqalpog'istonda kecha ancha to'polon bo'lgan, minglab odamlar miting uyushtirgan, bir nechtasini olib ketishgan, balo-battar ishlar bo'lgan. Bugun esa muxtaram yurtboshimiz tashabbusni qo'llariga olib, zudlik bilan Qoraqalog'iston Respublikasiga uchib borib, uyerdagi Jo'qorg'i Kenges bilan uchrashuv tashkil qilib, Konstitutsiyani Qoraqalpog'istonga oid moddalarini o'zgartirishsiz qoldirish kerakligini ta'kidlabdilar. Yashasin muxtaram yurtboshimiz! π Xalq qahramoni unvoni berilsin!
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Zelenskiy o'ynagan "Sluga Naroda" serialini 1-mavsumini ko'rib tugattim. Serialni ko'rib kayf qilib o'tirish kerak ekan xullas) Siyosiy o'yinlardan uzoq bo'lgan oddiy tarix o'qituvchisi prezidentlik saylovida yutib chiqib, hukumatda juda katta o'zgarishlar qiladi. Serial shunday ishlanganki, qilingan o'zgarishlar huddi o'zimizni davlatda yuzberayotgandek xursand bo'lib ketasiz, a serial tugaganidan keyin esa, real hayot sizga og'irlik qilib ketadi)
Aytishlaricha, Zelenskiyni prezidentlik saylovida g'olib bo'lishida shu serialni ham anchagina hissasi bormish. Qiziq, a? Oldiniga serialda Ukraina prezidenti bo'ladi, 1-2 yil o'tib haqiqiy hayotda shunaqa bo'ladi) Lekin haqiqiy hayotda ham serialdagidek o'zgarishlar qildimi-yo'qmi, aniq bilmayman, jaa izlanib ko'rganim yo'q.
Qisqasi, serialni ko'rishni tavsiya qilaman. O'zbekcha dublyajda 10 qism chiqqan ekan xolos. Aslida esa, 1-mavsum 23 qismdan iborat va umumiy 3ta mavsum bor ekan.

"Din ishlari bo'yicha qo'mita"ga raisiga o'rinbosarlik qilgan, lekin aslida dinga qarshilik qilib yurgan "Narimon Abulxasan" degan kimsa oxirgi vaqtda o'zini dindor ko'rsatib propaganda bilan shug'ullanmoqda ekan. Advokat Abduvohid Yakubov shu haqida maqola yozibdi:
https://t.me/abduvohidyakubov/584
https://t.me/abduvohidyakubov/584
"Thor: Love and Thunder" hamma joyda tanqidlarga sabab bo'lmoqda. O'zim ham o'tgan kuni kinoga tushib, ko'rib chiqdim va barcha tanqidlar o'rinli degan xulosaga keldim. Diqqat, oldinda SPOYLERLAR!
Eng yoqmagan joylaridan biri bu Thorni 2-qismidan beri ko'rinish bermagan Jeyn Fosterning qaytishi bo'ldi. Yo'q, agar qaytib, "She-Thor" bo'lib oxirigacha qolganida boshqa gap edi. Xuddiki rejissorlarga qurbonlik uchun biror qahramon kerak bo'lganu, hozirgi qahramonlardan voz kecholmay Jeyn Fosterni qaytarib, yana o'ldirishvorgandek.
Undan keyin Thor MCU franshizasining asosiy qahramonlaridan. Qasoskorlarning fundamental qahramonlaridan biri. Ya'ni, bu kino muhim rol o'ynashi kutiladi doim. Lekin tanishtirilgan yangi yovuz qahramon "Gorr the God Butcher"ni juda kam ko'ramiz, jang sahnalari deyarli yo'q va oxirida birgina gap bilan fikri o'zgarib qoladiπ€¦ββ Kinoga umumiy holatda 6/10 ball berish mumkin, undan tepasi bizga qoplamay qoladi)
Marvel fandomdagilar 4-faza boshlanganidan beri haligacha asosiy maqsad qo'yilmaganidan nolishmoqda. Ko'plab film-seriallarida multiverse haqida hikoya qilinmoqda, lekin buni oxirida asosiy maqsad bormi-yo'qmi haligacha qorong'i. Masalan, MCUning boshidagi 3ta fazasida ham asosiy dushman Thanos bo'lgan. 4-faza boshlanganidan beri esa, haligacha qahramonlar birlashin jang qilishi mumkin bo'lgan katta va xavfli dushman tanishtirilmadi. Haligacha barcha qahramonlar o'z hayoti bilan, o'z hayotidagi dushmanlar bilan bandπ
Xullas, shu bilan keyingi yirik premyeralar Noyabr oyida "Wakanda Forever", kelasi yil Mart oyida Chumoli-Odam, May oyida Galaktika Qo'riqchilari, va Iyul oyida " The Marvels" kinolarini ko'ramiz. Bular orasida meni ko'proq qiziqtirayotgani hozircha faqat Chumoli-Odam.
Nimayam derdik, kuzatishda davom etamiz.

Kecha "Ms Marvel"ning oxirgi qismi chiqdi. Serialga 7 ball qo'ysa bo'ladi. Serial haqida umumiy gapiradigan bo'lsam, komikslardagi voqealarni MCUga opkirishga yaxshi urinishgan. Vizual tomonlama, demoqchiman. Chunki Kamala Xan komikslarda huddi "Incredibles" multfilmidagi Elastik Qizga o'xshash edi. Ya'ni, tanasi huddi rezinadek kattalashardi. Serialda esa, bu narsa huddi gologrammaga o'xshash ko'rinishga keltirilgan. Syujet biroz cho'zilib ketgan lekin. Serialning oxirgi sahnasi esa, Ms Marvel keyingi ko'rinish beradigan kinoga bir qadam tashlab qo'yilgan. Keyingi MCU seriali kelasi oyda boshlanadigan "She-Hulk" bo'ladi.
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Bazz Yorqin Yulduz haqidagi "Light Year" multfilmi internetga chiqibdi. Sizlarga uyga vazifa bu. Ertaga shu haqida gaplashamiz))
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Light Yearni ko'rib chiqdim. Syujet zo'r o'ylangan, grafikaga ham gap yo'q. "Toy Story"dagi Zurg obrazi haqida ham yaxshiroq ma'lumot berishgan bu safar.
LGBT sahnasiga kelsak, shu kapitan Houtorn (ayol kishi) boshqa bir ayol kishi bilan turmush quradi. Endi meni tushunmagan joyim, Bazz safardan qaytib kelgunicha ular turmush qurishgani va asosiysi kapitan Houtorn homilador bo'lgani bo'ldi)))
O'zbekcha dublyajida ham nari borsa 2 soniyalik kadrni o'chirib tashlab, 1-2 ta gaplarni boshqacha tarjima qilishsa kerak, menimcha.
Xullas, multfilm zo'r chiqqan, ko'rish kerak. Lekin nega IMDb reytingi 5.3 ekaniga hayronman π

Tarmoqlarda Afzal Rafiqov ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda. O'zining bergan intervyusida u Rossiya-Ukraina urushida Putin haq ekani, urush yomon bo'lgani bilan, Ukraina shunga majbur qilgani, Ukraina Yevropa kabi fashistlashib ketgani va urushda Putin g'alaba qilishiga umid qilishini bildirgan.π
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Tiktokda "ibratli videolar" ishlaydigan blogger bo'lish moda bo'lganmi, nima balo? Kamiga 99 foizidagi syujet odamga rosa erish tuyuladi. Eng qizig'i rosa ko'pchiligi o'sha 3-4 minutlik videodagi "qissadan hissa"ni oxirida 10-15 sekundlik qaysidir domlaning qaysidir ma'ruzasidagi parcha bilan tushuntirgan ham bo'lishadi.
Vey, baribir uni mazmunini tushunish uchun o'sha domlani ma'ruzasidan parchani eshitishimiz kerak bo'lsa, ibratli videoga bir necha minut vaqt sarflamay, o'sha 10-15 sekundlik ma'ruzani tinglab qo'yavergan afzal emasmi? π€¦ββπ

βKutayotgan o'yinlarimdan bo'lgan "Spider Man" kechadan boshlab oldindan sotib olish uchun chiqarildi. Ya'ni, hozirdan pul to'lab qo'yaverasiz, reliz bo'lganidan keyin o'ynaysiz baribir))
Narxiga to'xtalsak, odatdagi yuqori grafikali kompyuter o'yinlarinikidan baland: 60 dollar. Kompyuter uchun yuqori grafikadagi o'yinlar odatda 30-40 oralig'ida bo'lardi (masalan: Need for Speed Heat, Read Dead Redemption, Assassins Creed Valhalla, Watch Dogs Legion va hokazo). Spider Man narxi esa, PS5 o'yinlari narxiga yaqin, PS5 o'yinlari o'rtacha 70 dollar turadi.
Lekin kecha e'lon qilingan o'yin uchun talablar ro'yhatiga qarasak, bu narxga arzirli bo'lishi ham mumkin. Meni kompyuterim "recommended"ga javob berarkan xolos π’ Maksimum grafika uchun RTX3080 videokartasi talab qilinishi belgilangan.
O'yin relizi 12-avgustga belgilangan. U vaqtgacha videokarta ololmasam kerak (aniq desayam bo'ladi). Lekin o'yinni sotib olib, strim qilishga harakat qilaman, baribirπ Chunki bu o'yinni o'ynashni bir necha yildan beri niyat qilib kelardim, bu haqida oldin ham yozganman))