Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Barchamizga ramazon hayiti muborak bo'lsin!
Bugun Moon Knight serialining oxirgi qismi chiqdi. Serial har tomonlama zo'r ishlangan. Ko'rishni tavsiya qilaman. Aytgancha, titrlardan keyingi sahnani ko'rmasangiz, serialni eng qiziq joyidan qolib ketgan bo'lasiz))

Shuningdek, ertaga Doktor Strenjning premyerasi bo'ladi. Koreyadagilarda bugun ekan. O'zi umuman olganda dunyo premyerasi 6-may deb e'lon qilingan edi. Lekin bizda qandaydir qilib 1 kun oldin ekan. Koreyada esa, bizdan ham 1 kun oldin ekan))

Agar bu filmni anchadan beri kutayotgan bo'lsangiz, spoylerlardan ehtiyot bo'lib yuringlar internetda)

@TheAliBlog
Kecha maqtanganimga ko'z tegibdi. Premyera 6-ga qoldirilibdi πŸ˜‘

@TheAliBlog
Doktor Strenj menga unchalik yoqmadi. O'rgimchak Odamdan keyin ko'proq narsa kutvordim shekilli. 1-qismi top chiqqan edi lekin. 2-kino kichkina muammoni deb o'tib ketti. Men kattaroq dushmanlar, kattaroq xavf, kattaroq yechimlar kutgandim. Afsus.

@TheAliBlog
Ali. Blog
A Man Without Love With Lyrics – Engelbert Humperdinck
Moon Knight serialida ishlatilgan qo'shiqlardan biri. 60-70-yillarni qo'shig'i ekan. Zo'r ekan, tilga o'rnashib qoladigan)
Kompyuterda 2-monitorga kino-pino qo'yvolib ishlayman, degan edim. Ekrandagi kino ko'p hollarda e'tiborni orqa fonida turadi. Lekin bugungi chiqqan Subyektivning yangi sonini ko'rish uchun ishni to'xtatib turishimga to'g'ri keldi.

Subyektiv kanali men kuzatadigan sanoqli o'zbek kanallardan biri. Bir oyda bir martagina video chiqaradi va shuning uchun ham sifatli chiqarishga harakat qilishadi. Bugungi sonida o'zi baloniyam eplolmasdan, biznes trening o'tib yurgan infolo'lilar haqida gapirilibdi. Hammangizga ko'rishni tavsiya qilaman. Ba'zi infolo'lilarni fakt-cheking orqali asl basharasini ochib bergan))

https://www.youtube.com/watch?v=O9XTWHUW7qQ
Internetga "Morbius" chiqqan ekan, kecha ko'rib chiqdim. Sizlarni vaqtingizni tejab qolish uchun aytishim mumkinki, jaa ko'rish shart bo'lgan kinolardan emas. Bekorchilikdan ko'rsangiz bo'laveradi.

Lekin menga kinoni oxiridagi "post-credit" sahnasi yoqdi. Morbius qahramoni Marvel kompaniyasiniki bo'lgani bilan, qahramonning mualliflik huquqi Sony kompaniyasiga tegishli. Huddi Venom yoki O'rgimchak-Odam kabi. Va menimcha Sony o'zining keyingi Marvelga aloqador proyektlari uchun multiverse voqealarini tayyorlab bormoqda.

Masalan, oxirgi O'rgimchak Odam filmida biz umuman Venomni ko'rmadik, lekin Venom filmini oxirida u o'rgimchak odamni dunyosiga o'tib qolgan va unga qarshi jang qiladigandek ko'ringandi. To'g'ri, O'rgimchak-Odamning post-credit sahnasida barmendan birnimalar so'rayotganini ko'rganmiz, lekin bu voqealar rivojiga umuman ta'sir qilmagandi.

Morbius filmining oxirida esa, huddi O'rgimchak-Odam filmining oxirrog'ida bo'lganidek, osmon yorilib, boshqa olamdan bir qahramon Morbiusning olamiga tushib qoladi. Ortiqcha spoyler qilmoqchi emasmanu, lekin bilishimcha Morbius Endryu Garfild o'rgimchagining olamida yashaydi. O tomonga o'tib qolgan qahramon esa, Tom Holland o'rgimchagining olamidan edi.

Demak, O'rgimchak-Odamning keyingi filmida biz uni multiverse yovuzlariga qarshi kurashishini ko'rsak kerak πŸ€” Aniqroq aytganda, O'rgimchak-Odamning 4-qismi ham chiqar ekan demak.

Yoki, muxlislar fleshmob uyishtirganiga javoban, Endryu Garfild o'rgimchagining 3-qismi olinarmikan? πŸ‘€

@TheAliBlog
Ancha avval aytgandim, yangi uchastkaga ko'chdik, deb. Yaqinda esa, eski uyimga qaytib chiqdik. Men, xotinim, qizim.

Vey, huddi yangi uy olib chiqib ketgan odamdek bo'lyapman. Uyga hamma narsa olish kerak bo'ldi xullas. Anovi ming doldirga videokarta olish niyatim negadir borgan sari surilib ketyapti. Pulni endi tayyorladim deganda uyga biror nima olish kerak bo'lyapti πŸ˜‘ Qimmat emasu, deydigan mayda-chuyda narsalarga ham bunaqa katta pul ketib qolishini umuman kutmagandim lekin.

Lekin baribir o'sha videokartaga yetishaman haliπŸ˜”

@TheAliBlog
Kompyuterimni apgreyd qilishni boshladim bugundan. Kichikroq qadamlardan bo'lsayam))

Xotirasi to'lib qolaverib jonga tekkandi, yoniga yana bitta 2TB HDD oldim bugun. Umumiy 4TB bo'ldiπŸ€“

Keyingi bekat: yana bitta 16GB operativ xotira))

@TheAliBlog
Namanganda qanaqadir festivalni jonli efirda ko'rsatyapti. Xullas, bitta operachiga o'xshash bola chiqib "Bella Ciao"ni aytdi. So'zlarini shunaqangi ko'p xato bilan talaffuz qilyaptiki, urib tashlagim kelyapti 🀨

Anchagina qadrdon bo'pqolgan bu qo'shiqπŸ€“

@TheAliBlog
​3D grafika sohasida asosan CGTrader platformasida ishlashimni aytgandim shekilli, a?)

Xullas, may oyi bo'yicha 3D dizaynerlar reytingi e'lon qilinibdi. Oldingi oylarda bunaqa reyting yo'q edi. Yangilik qilishibdi) Reytingda 7-o'rinda ekanman🀀

Mingdan ortiq 3D dizaynerlar orasida 7-o'rin bo'libman. Ichimga sig'may kettim rosa) Reyting 1 oy ichida bajarib topshirilgan ishlar soniga ko'ra tuzilgan ekan.

Xullas, rosa xursand bo'pkettimey))

@TheAliBlog
Playstation 5 sotib olishga sabablar 1taga kamayib, videokarta olishga sabab 1taga ko'laydi!

Xullas, nolalarimiz Sonyga yetib boribdi shekilli, nixoyat shu yilning 22-avgustida "playstation exclusive" turiga mansub "Marvel's Spider-Man" o'yini PC uchun ham taqdim qilinarkan! Va yilning oxirida "Miles Morales" ham PC uchun taqdim qilinar ekan😎

Nasib qilsa, buqaaaa kompyuterda strim qilaman bu o'yinlarni))

@TheAliBlog
Kuni kecha Marvelning yangi "Ms Marvel" seriali namoyishi boshlandi. Har chorshanba 1 seriyadan chiqib boradi.

Marvel oxirgi vaqtda seriallarga zo'r yondoshyapti. Masalan, Moon Knight serialidagi uslub odamni darrov o'ziga tortib, ko'pchilikni qiziqtirgan edi. Ms Marvel serialida o'zgacha uslubdan foydalanib, komiksga o'xshash effektlar bilan boyitilgan.

Serial bosh qahramoni Kamala Xon amerikalik arab, musulmon oiladan. Bu Marvelning birinchi musulmon superqahramoni bo'ldi. Serial davomida musulmonlarga hos iboralar quloqqa ko'p chalinadi)

Kalama Kapitan Marvelning muxlisi bo'lgani uchun, uning cosplay kostyumini kiyib yuradi, chamasi shuni ko'rib unga atrofdagilar "Ms Marvel" deb nom qo'yishsa kerak. Kamalaning ota-onasi esa farzand tarbiyasida o'zimizga hos mentalitetga ega ekanini ko'rishimiz mumkin: qizini kechasi ko'chaga chiqarmasligi, tor kiyim kiyishiga qarshiligi va hokazo. Ota-onasi dakki bergan joylarida men negadir ota-ona tomonda bo'ldim bu safar, qariyabman shekilli))

Serial nomiga kelsak, nega Ms? Miss yoki Mrs emas?

Miss bu hali turmushga chiqmagan qizlarga nisbatan ishlatiladi. Mrs esa turmushga chiqqan ayollarga.

Ms esa, turmushga chiqqan-chiqmaganini aniq bilmaydigan holatlarda ishlatiladi. Masalan, ko'chada biror ayolni ko'rib qoldingiz, i turmushga chiqqan-chiqmaganini bilmaysiz. Shunaqa holatlarda, agar turmushga chiqmagan bo'lsa "xola" deb mazax qilgan bo'pqolmaslik uchun Ms ishlatiladi. Talaffuzda Mis deb talaffuz qilinadi. Miss dagiga o'xshab emas, huddi o'zbekcha mis so'ziga o'xshab. Ana, men bilan inglizchaniyam bilvolyapsizlar))

Serialni esa, ko'rishni tavsiya qilaman.

@TheAliBlog
Shakarni narxi 25-30 mingga chiqib ketib ham odamlarni aqli kirmaydiya, tovbaπŸ€¦β€β™‚ Videolarni ko'rib odam uyalib ketadi. Supermarketlarda, bozorlarda odamlarimiz qo'ypoda bo'lib shakar talashayotgani videolarini ko'rgandirsizlar?

Sal aqlniyam ishlatish kerakda, endi. Qaysi kalla bilan qimmatlayotgan narsadan iloji boricha ko'proq olishga harakat qilishyapti? Shakar narxi salkam 3 barobar oshganidayam kompot qilishmoqchimi?πŸ€¦β€β™‚

Uyda iste'mol qilish uchun 1 kilo olinsa, shuyam ancha vaqtga yetadi. Shu 1 kilo olib turib, yeb bo'lingunicha kutishsa, narxi arzonlashi, serobgarchilik bo'pketishi mumkinligini o'ylashmaydimi?πŸ˜‘

Befarosat odamlarga farosat bersin, deb qolamiz🀲

@TheAliBlog
PS5 sotib olishga endi sabab qolmadi ham!

Bir necha kun oldin Spider-Man o'yini avgust oyida kompyuterlar uchun chiqarilishini aytgandim. Kuni kecha youtubedagi Playstation rasmiy kanali Playstation konsolidagi eng mashxur ekslyuzivlardan biri bo'lgan "Last of Us Part I"ni PS5 uchun remeyki chiqishini e'lon qildi.

Remastered emas, aynan Remake! Ya'ni, o'yin grafikasi yana qaytadan tuzib chiqilib, nexy-gen standardlariga moslashtirilgan.

Xo'sh, remeyk PS5 uchun chiqsa nima bo'pti, deyotgandirsiz? Treyler oxirida "Also in development for PC" jumlasini ko'rishimiz mumkin. Ya'nikim, o'yin kompyuterlar uchun ham chiqarilishi ustida ish olib borishyapti!

Yaxshi yangiliklar ko'payaversin🀲

@TheAliBlog
Uyda televizorimiz yo'q edi. O'tgan kuni xotinga televizor olib berdim. Olib berdim hamki, xotin aka seriallar olamiga sho'ng'ib ketti) Vey, sahar soat 3da qarasangam qanaqadir serial bo'lyotgan bo'ladidaπŸ€”

Endi shu kunlarda seriallar haqida ko'p gapirvorishim mumkin, hafa bo'may turasizlar endi) Xullas, o'zbek seriallaridagi eng asabimni buzadigan holat haqida gapirmoqchiman. Bu - vaqtni cho'zishi.

Bir og'iz gapniyam har bir so'zidan keyin kamida 5-10 sekund to'xtalib gapirishlariga hech e'tibor berganmisizlar? E'tibor berdimda, jahli chiqayotgan holat bo'lsayam, quvnoq kayfiyatdagi qahramon bo'lsayam farqi yo'qda, albatta shunaqa qilib vaqtni cho'zib gapiradi. Bu seriallarni nima haqida ekanini aytib o'tirish ham shart emas menimcha, hali oilaviy masaladan tashqari serial olishmadi menimcha))

Shunaqa gaplar, xullas. Aytgancha, televizorni yoqib qo'yib uxlash boshqacha mazza ekaney, oldin uxlolmay yotardim, hozir birpasta uxlab qolyapman))

@TheAliBlog
Netflix "Squid Game" serialining 2-mavsumi ham olinishini rasman e'lon qildi. Bungacha rejissor 2-mavsumni olish rejasi hali yo'qligini aytgan, lekin tarmoqlarda 2-mavsum chiqishi haqidagi mish-mishlar tarqab yurgandi.

Faqat yodda tutinglar, serial hali chiqmadi, balki endi suratga olish ishlari boshlangandir. Shunday ekan, "Squid Gameni 2-mavsumini tashlavoringlar" deb odamni jig'iga tegmanglar))

@TheAliBlog
1 haftada 45 kilovat tok ishlatibmiz. Konditdiner yo'q, ventilyator yo'q, 2 kishimiz. Bu degani 1 oyda 200 kilovat atrofida tok ishlatishimiz mumkin ekan.

295 so'mdan hisoblash limiti 250 kilovatgacha. Qaranglarda, ertaga sovuq tushsa, uyni isitish uchun ham elektrdan foydalansak, bu xoramidan bo'ganlar 5-6 yildan beri gaz berishmayotgan bo'lsa, nima qilamiz? πŸ€”

O'sha limit qo'yish haqidagi qarorda tabiiy gaz bilan isitilmaydigan ko'p qavatli uylarga limitni 250kW emas, ko'proq qilib belgilashgan.

Tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan hovli uylarda odam-podam yashamaydi, qishda isinmoqchimi, 2,5 barobar ko'proq to'lab isinaversin anaπŸ˜’

Vey, gaz yo'q davlat bo'lsagam alam qilmasdida, gazimizni chetga sotmasdan, o'zimizni xalqqa bersa, pulini to'laydiku hammaπŸ˜‘ 1-2tasi ishlatib pulini bermasa butun xalqni gazdan mosuvo qilib, chetga sotib soqqa qilish kerak deganimaskuπŸ˜’

@TheAliBlog
Men nima deb edim? Sabr qilsanglar hali yana suvtekin narx bo'pketadi deganmidim? πŸ˜‘

Hali bozordan surishtirganimda narx 12 ming so'm ekan, ertaga borib yana arzonlasa kerak. 8500gacha tushadi, degan xabarlar tarqalgandi.

Qimmatchilik paytida ko'tarasiga sotib olganlar nima bo'ldi endi? Ziyon qilganiga achishib o'tirishdan boshqa ilojiyam yo'q. Ayniqsa haligi mashinasiga 150 kilo shakarni g'amlab olgan odamni o'ylasam bir kulgim keladi, bir ichim achiydi. Yo'q joydan 1 million ortiqcha harajat qilgan bo'pqoldiπŸ˜‘

Rosa iste'molga zarur bo'lganida ham 1 kilo olib turish kifoya edi, shunda hech kim kuymasdi. Lekin yo'q, biznikilar ayni shakar defitsit bo'lib, narxi 3 barobar ko'tarilganida panika qilib, tezroq 1 qop shakar olib kompot va qiyom qilvolishi kerakπŸ˜‘


Aytgancha, Ms Marvelni 2-qismi chiqib bo'libdi. Hozir yuklab olyapman. Sizlar ham bekor o'tirgandan ko'ra borib serial ko'ringlar)

Yana bitta aytgancha, tiktokka video joyladim. Bugundan aktivlikni oshirmoqchiman) Podderjka uchun videoni to'liq ko'rib, keyin kopirovat ssilku yoki prochee ga bosib qo'ysanglar, yanayam ko'proq odamga yetib boradi)
https://vm.tiktok.com/ZSdW33KCN/?k=1


@TheAliBlog