Ali. Blog
304 subscribers
335 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Angina.

Yoshligimdan meni faqat bittagina kasallik jiddiy bezovta qilib kelgan: angina.

Sovuq o'tkazib yuborish yoki sovuq ichimliklar ichish natijasida anginam ishib ketadi, tomog' klapanlari yopilib, yutina olmay ham qolaman, isitma chiqarib yuboradi. Buni orqasidan 10-15 kunlab isitmalab yotganman.

Bir necha yillik tajribamdan kelib chiqib, oxirgi 1-2 yil davomida kasallik alomatlari sezilishi bilan o'zimni muolaja qilishni boshlab, haftalab kasal bo'lib yotishlarni keskin kamaytira oldim.

Menimcha Toshkentdagi qorning sovug'i kelib, gaz kelmaganidanmi, bilmadim, ertalab anginam bezovta qilganga o'xshadi. Obedga kelib issig'im ham paydo bo'lganga o'xshadi, lekin termometr 36,5dan yuqoriga chiqmadi.

Xullas, tajribamdagi muolajalarni boshladim. O'ranib yotib oldim. Xonamdagi pechkaga o'tin yoqdim. Netflixda seriallarni davom ettira boshladim.

Xudoga shukrki, hozirga kelib issig'im orqasiga qaytib ketti. Aks holda anginaning ta'siri ekaniga ham qaramay ayam izolyatorga jo'natib yuborgan bo'lardi))

Shunaqa gaplar xullas)

@TheAliBlog
Forwarded from Toshkandiy
​​Постни ўқишдан олдин қуйидаги расмга қаранг

Давлатнинг бош қароргоҳи, ундаги зал, катта стол, фақат икки киши, бир кўришдан олий рахбарники эканлигини англаш қийин бўлмаган қора кресло, ўнг томонда эса оддийроқ стул, унинг эгаси олий рахбарга юзланиб иш юзасидан нималардир деяпти.

Орқада эса ҳилпираганда этни жунбушга келтирувчи ўша байроқ. Унинг тепароғида эса герб. Ҳашаматли пардалар олий раҳбарни сўзларини сукут ила тинглаётгандек гўё. Кўчадаги ёмғир армонда, ичкарида бутун бир миллатнинг хаёт режаси тузилмоқда, балки. Лекин ёмғир беҳабар қолди.

Кўзингиз тушган ўша монитор онлайн видео алоқа учун. Ичида сиёсий элитанинг амалдорлари. Балки нариги хонададир улар. Масофа узоқ эмасдир балки. Сукунат бор. Сураткаш хам битта бўлса керак.

- Жаноб президент, фалончи вазир алоқада - деган сўзлар жаранглаётгандир-а. Масофа-чи, олий раҳбардан бир неча метр узоқликдаги мулозим. Яқинроқ ўтирса хам бўлади. Балки тартиб шунақадир.

Нима бўлса ҳам хонада икки ҳил "оригинал" атир ҳиди тараляпти. Катта бир давлатнинг кичик зали!

@al_toshkandi
Komil Allamjanov bloggerlarga soliq imtiyozi berilishini taklif qilibdi.

Bu degani, undan avval bloggerlar ham soliq to'lab kelgan, olgan daromadidan.

Hech tushunmayman shuni, bloggerlar nima asosda soliq to'lashi kerak davlatga, nima qilib bergani uchun? U aynan O'zbekiston hududida yashab turgani uchunmi?

Rossiyaga borvolib ham qila oladiku bu ishlarini, nega soliq to'lashi kerak? Yoki biror imkoniyatlar beriladimi soliq to'laganlarga?

Nega chet elda oyiga bir necha minglab dollar daromad oladigan blogger-vloggerlar soliq to'lamaydiyu, bizda to'lashi kerak? 😡

@TheAliBlog
Psixolog.

Chet el seriallaridagi qahramonlar negadir psixolog-terapevt huzuriga qatnashni yoqtirishadi. Shunchaki boshog'riq suhbat bo'ladi xolos, lekin negadir muammolarini shu bilan hal qiladigandek bo'lishadi. Aytaylik, qahramon dadasidan so'kish eshitsa ham ko'ngliga ozor yetib, psixologga boradi (rostan aytyapman). Bir-ikki serialda shunaqa narsani ko'raverib, psixologlar beradigan savollarni ham yodlab oldim. Masalan, dadasidan so'kish eshitgan qahramon bilan suhbat bunday bo'lardi:

- Nima muammo bo'ldi?
- Dadam meni so'kdi.
- Xo'sh, dadangiz sizni nega so'kdi deb o'ylaysiz?
- Bilmadim, gap qaytarganim uchundir balki?
- Nega dadangizga gap qaytardingiz?
- Bazmga borishga unamaganidan jaxlim chiqdi.
- Nega rozilik bermaganidan jahlingiz chiqdi?
- Chunki borgim kelgandi!
- Aynan nima uchun bazmga borgingiz kelgandi?

Xullas, shunaqa savollar bilan ezvoradi. Qahramonni psixologiyasi bunaqa suhbatdan keyin o'zgaradi, lekin meni asabim buzilgani qoladi.

@TheAliBlog
Ayol - kuchli.

Xullas, kechki ovqat vaqtida dadam tuzlangan qalampirlardan opchiq, degandi, bir banka ko'tarib chiqdim podvaldan. Qopqog'i buraladigan banka ekan, hech urinsam ham ocha olmadim. Sochiqqa o'rab mahka burasam ham qimir etmadi. Akam "buyoqqa ol" deb qo'liga oldiyu, bir-ikki urinishda qo'lini qayrib olay dedi.

Dadam miyig'ida kulib, ayanga ber, bizni kuchimiz yetmaydi baribir, dedi. Hayron bo'lib, bankani ayamga uzatgandim, ayam "toq" etib burab ochib qo'ydi. Og'zim lang ochilib qolsa deng🙈

@TheAliBlog
Oxirgi vaqtlarda berilgan hayriya mahsulotlaridan noliyotganlar ko'payib ketdi. Ozroq mahsulot berilsa ularni ustidan kulgan bo'larmish. Bittasi erinmasdan har bir mahsulotlarni tarozida tortib ko'rgandi, hozir ko'rgan videomda bir ayol ehsonni qaytib olib borib beribdi. "Bunaqa kam bergandan bermanglar birato'la" degan ma'noda.

Uyimizda kartoshka tugaganiga ancha bo'ldi. 1 haftadan beri makaron yoki guruchli ovqatlar yeyishga o'rganib qoldik. Chunki atrofimizdagi do'konlarda kartoshka yo'q😩

Shu ehsonni bermasa ham o'tirgan odamlar olgan narsasiga shukr qilmasligi asabimni buzadi. Lekin videodagi akaxonni asabiga qoyil qoldim, o'sha ayolga to'g'ri tushuntira oldi vaziyatni.
Erta tongda yomon tush ko'rib uyg'onib ketdim, qarasam ahvol chatoq. Anginam jiddiylashib qolibdi. Issig'im ham bordek.

Darrov yuzimni yuvib, aptechkani ochdim. Termometr va azaliy dushmanim - streptodsidni qo'lga oldim. Boshqa vaqt bo'lsayu, kasal bo'lib yotsam ham streptodsidni so'rimayman, der edim. Hozirgi vaziyat to'g'ri kelmasa kerak.

Yeslicho, yaxshi-yomon gapirgan bo'lsam rozi bo'lasizlar, 1003ga telefon qilib "opketinglar" deyman😞 Agar issig'im bo'lsada, mabodo.

Lekin o'lay agar, ko'chada hech kim bilan qo'l berib ko'rishganim yoki gaplashganim yo'q (nega desangiz avval ham shunaqa edim o'zi). Demak, oddiy angina bo'lishi mumkin. Oddiy anginaku, to'g'rimi? 🥺

Izolyatorga telefonimni olib kirishga ruxsat berishadi deb umid qilaman, har qalay telefonim 5G emasku, kasallik tarqatmaydi🙃

Issig'im - 37,5 😔

@TheAliBlog
Xullas, hali ertalab 1003ga telefon qilishga duxim yetmadi. Ketma-ketiga 5-6talav streptotsidni so'rib, aftimni bujmaytirib yotaverib, uxlab qopman.

Sal avval uyg'onib qarasam, angina sal-pal chekingan. Issig'im - 37. Menimcha kechqurungacha tuzalib olsam kerak bemaza dorilar hisobiga)

@TheAliBlog
37,7
Balki kompyuterimga ichikayotgandirman😖
37,4
Ayam ertalab sut qaynatib beradigan bo'ldi
Bitta tirmizak hayriya tarqatayotganlarni jiddiy tandiq qilibdi. "Berayotgan narsangni hatto uyingdagi molinga ham bermaysan o'zi", "2 kilodan emas, 5 kilodan tarqatiladi aslida"

I'm sorry, what? Endi bu masalada qonun-qoidalar ham ishlab chiqildimi? Huddi qo'li bilan ushlab ko'rgandek, "molinga ham bermaysan" deyishi battar asabni buzadi lekin😡

https://t.me/MILITSIYA_UZB/12332
Chuqur reja qilingan o'g'irlik haqidagi kinolarni ayrimlarini ko'rganda mazza qiladi odam. Masalan, Oushenning 11 do'sti (Ocean's 11) kinosini ko'rib juda mazza qilgandim.

Well, huddi shunga o'xshash serial boshlab qo'ydim. Lekin menimcha bitta qizni deb dunyodagi eng yirik o'g'irlik ag'dar-to'ntar bo'lib ketadiganga o'xshayapti😡

@TheAliBlog
36
Kecha Toshkent Cityda jipir-jipir qilib yurgan qizni instagramdagi muxlislari (!)ga murojaati chiqibdi. "Alhamdulilloh uydaman", "karantinni uyda o'tkazish kerak", "Karantinda Toshkent City ochiq bo'ladimi?", "Karantinda ko'chada yurib bo'ladimi?"

Taxminan 5-6 minutlik videoni 1-minutini oxirigacha ko'rishga asabim dosh bermadi. Uyda karantinda o'tirib basharasini polniy bo'yab olgan, yana o'zini taqvodor ko'rsatib ham qo'yadi (rostan, erish tuyuladida axir!)

Undan keyin "mendan havotir olgan muxlislarim" degan joyida umuman tugadim. Bu befarosat skankni muxlislari ham bormi hali? Ne zamonlarga qoldik, a😞

@TheAliBlog
Shit! Shit! Shit! Damn it! Karantin vaqtida shu yetmay turuvdi! Naushnigimni bir tarafi ishlamay qoldi endi. Yangisini olish imkoni yo'q hozir, mlyaaa😖

@TheAliBlog
Naushnikni simini ma'lum burchak ostida tortib turilsa ikkala tomoni ham ishlayapti. Bo'lmasa faqat bir tarafi. Odamlar eplab ko'chada yurgan vaqtda men eplab naushnik ishlatyapman...

@TheAliBlog
Bugun jiyanlarim keladigan edi. Ayam soqolingni uyoq-buyog'ini to'g'rilab ol, deganiga mashinkamni olib, oynani oldida turib olgancha soqolni tekislay boshladim. Bir oydan oshibdi o'zi tekislanmaganiga, tagidan olishni yoqtirmayman, soqol qo'yib yuraman desam hali soqol qo'yib yuradigan darajada to'liq o'smaydi bu jonivor. Xullas, mavzu boshqa narsa haqida.

Oynaga qarab soqolimni tekislarkanman birdan boshimga birnarsa "bam" etib urilgandek bo'ldi. Mashinkam batareyka bilan ishlaydi. Zaryad oladi. Uni batareykasi sichqonchamga ham tushadi! Voila! (Vualya deb o'qilsin) 🍺

@TheAliBlog
Qaysidir qo'shnimiz wifi ochib, nomini "maza qlarn" deb yozib qo'yibdi. Toshkentni shevasiga taqlid qiladiganlarni yoqtirmayman. O'z shevangdan shunchalik uyalsang adabiy shevada yoz. Lekin Anjanni shevasi hecham uyaladigan emas.

Imlo xatolarni gapirib o'tirmayman

@TheAliBlog