O'tgan hafta biz tomondagi gaz trubalarini kulrangga bo'yab ketishgandi. Faqat katta yo'l bo'yidan ko'rinadigan qismini. Prezident may oyida Andijonga kelsa kerak, deb tahmin qilgandim. Chunki 12 oy ichida bir martagina, asosan may oyida Andijonga kelishi odatga aylangan.
Men yashaydigan hudud, Bog'ishamolga aslida to'xtab o'tmaydiyam. Mabodo Xonobodga bormoqchi bo'lsa, shu yo'ldan yurib o'tib ketadi xolos.
Tushunyapsizlarmi, shunchaki 100% tonirovka qilingan mashinasida tez yurib o'tib ketayotganida mabodo ko'zi atrofga qarab qolsayu, atrof chiroyliroq ko'rinishi uchun bo'yab chiqilyapti. Albatta, kraskani pulini oyligidan to'lamaydi, biz soliq to'lovchilarning hisobimizdan olinadi.
Bugun esa yo'llardagi g'adir-budur joylarni to'rtburchak qilib kengaytirib o'yib, qo'lbola asfalt bosib chiqishyapti ekan. Ya'ni, bitta yuk mashinasi asfaltni yo'lni o'rtasiga to'kib beryapti, ishchilar uni ketmonga o'xshash ish qurollarida surib, qo'lda sudraydigan katta g'ildirakda presslab chiqishyapti. Bu ish deyarli har yarim yilda amalga oshiriladi, lekin yamalgan yo'l 1 oy ham turib bermaydi baribir.
Shu "maskirovka" uchun sarflanayotgan pullarni umumlashtirib, biror foydali ishga yo'naltirishsa nima bo'larkan? 😒
@TheAliBlog

Aprel oyining boshidan boshlab Disney+da yangi Marvel seriali, "Moon Knight" berib borilyapti. Haftasiga 1 qismdan. Hozircha 2 qism chiqdi.
Shunu aytishim mumkinki, serialga gap yo'q. Zo'r ishlangan. Syujeti ham o'zgacha, yangicha uslubdagi qahramon haqida. Hozircha MCU bilan aloqadorligi sezilmadi, balki kelgusi kinolarda birlashar, ko'ramiz.
DCning "Flash" seriali butun internetda masxara qilib kelinadi, agar ko'rgan bo'lsangiz. O'zbek kinolaridagi vizual effektlar bilan tayyorlangan, arzon byudjetga qimmat effektlarni tayyorlatishga urinishgan. U serialni umuman ko'rmaganmanu, lekin shunaqa parchalarini internetda ko'raverib shu xulosaga kelganman.
Moon Knight esa, vizual effektlarda to'liq metrajli kinolardan qolishmaydigan qilib ishlangan. Masalan, Marvelning kam byudjetli seriallari bo'lgan Daredevil, Jessica Jones va hokazolarda byudjet kam bo'lgani uchun ham ortiqcha effektlarga harakat ham qilishmagan. Moon Knight serialida esa, pulni ayashmagani bilinib turadi. Ayniqsa soundtreki zo'r chiqibdi. (Khonshu theme)
Qisqacha aytib beradigan bo'lsam, muzeyda ishlaydigan Stiven ismli yigit oyparast bo'ladi. Ya'ni, uyqusida yurib ketadigan. Uyg'onganida boshqa joyda paydo bo'lib qoladi, ust-boshi kir bo'pketgan bo'ladi va hokazo. Shu sababli ham kechasi uxlashdan oldin o'zini oyog'ini kishanlab qo'yib uxlaydi.
Lekin kunlarni birida butun hayoti o'zgarib ketadi. U aslida oyparast emasligi, tanasini boshqa bir mavjudot ham boshqarishini, aynan Stiven uyquga ketganida u tana boshqaruvini qo'lga kiritib, turli ishlar qilayotganini tushunib yetadi. Qolganini esa, serialni ko'rish davomida bilib olishinglar mumkin😎

Videokartalar bahorda arzonlashi mumkin ekan, deb yozganim esinglardami?
A'yon bo'lishicha, videokartalar narxi arzonlab bo'lgan aslida. Faqat, negadir bu arzon narxlar bizga yetib kelmagan)) Yetib kelganu, lekin ja unchalik arzonlamagan bizda.
Yozgacha o'zimning GTX1660 videokartamni RTX seriyasiga yangilab olish niyatim bor edi.
RTX3070 o'rtacha 800-900 dollar atrofida ekan. Birmuncha oldin bular 1500 dollar sotilayotgan edi. RTX3080 videokartalari ham oldin 2 mingni tepasida edi, hozir 1200ga tushibdi. 3080Ti variantlari esa 1700ga yaqin narxlarda.
Chetdagi tanishlardan surishtirsam, uyoqda 3070lar o'rtacha 600$ atrofida, 900$ga esa 3080 olish mumkin ekan.
Ha, RTX videokartalari arzonlabdi rostdanam, lekin sal mundayroq variantlar arzonlamagan. GTX1650 4GB videokartalar narxi haliyam 300$ni tepasida. Balki, bularni bari eski tovarlardir, yangisi olib kelinmayotgandir, bilmadim)
Nasib qilsa, yozgacha 3080 olishni dilimga tugib qo'ydim) Albatta shuni o'zi emas, kompyuyerimni boshdan-oyoq yangilab qo'yaman. Bosqichma-bosqich faqat)

Isroil yana Falastin bilan olishishni boshlabdi. Hali to'liq o'rganib chiqmadimu, lekin internetda ko'plab videolar aylanib yuribdi.
Menimcha Putinparastlar bu ishni ham "Isroil potensial xavfni oldini olish uchun shunday qilyapti, Falastinliklar bir necha yildan beri Isroilliklarni qirib kelayotgandi" deb oqlab berishsa kerak 😕😑

Videokartalar amazonga qaytibdi. Menimcha chet elda talash bo'lishi tugab, uje sotilmay ham qolgandir)
Mayningga qoplamay qoldi, qimmat videokartalar, deb eshitgandim. Balki shu sababdir.
Aytgancha, videokartalarni monsteri bo'lgan RTX3090ni 1700 dollar sotishyapti ekan, amazonda. Bizda bu videokartani narxi 3 mingni tepasida.

Ho'kumatga qarshi chiqib qo'ygan blogger-jurnalistlarni "asl basharasi"ni ochish bilan shug'ullanuvchi "Snayper Bloger"ning telegram va feysbuk sahifalari yopilibdi👀
Bu haqida Komil Allamjonov ham o'z sahifasida e'lon qilgan))
Bu sahifani orqasida kim yoki kimlar turishi aniq emas, lekin ba'zilar feysbukdagi "Ismigul Shayxuddinova" nomi bilan bog'lashadi. Lekin o'sha Ismigulning o'zi kim yoki kimlar ekani ham aniq emas))

1 oy oldin Putinga "to'xtama, gazini bos!" deyotgan odam shu urush tufayli o'g'lidan ayrilibdi...
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Telegram yangi versiyada botlar imkoniyatini yanada oshirdi. Endi onlayn savdo botlarini yanada qulay ko'rinishga keltirish mumkin bo'ldi. Dasturchilarga ham rosa ish topiladi endi))
Yangi funksiyani sinash uchun @DurgerKingBot ochilgan ekan, qanday imkoniyatlar qo'shilgani haqida tasavvur hosil qilib olishingiz mumkin

Yaqinda o'lgan dadasi orqali reklama ishlash uchun odam qanchalik qabih bo'lishi kerak?
Lutfulla Sa'dullayev rostdan alhadaya ichganmi-yo'qmi, aniq bilmayman, lekin bu "story" reklama uchun qo'yilgani ko'rinib turibdiyu, to'g'rimi?
Bilgichlarni gaplariga ko'ra, dadasi og'irlashib qolgan vaqtida dadasi uchun xalqdan duo so'rab murojaat qilganida ham alhadayani tiqishtirib ketgan ekan.
Pul o'lsina 🙂

Amerika O'zbekistonga 50ta qanaqadir mashina sovg'a qilibdi, qanaqa ekani esimda yo'q. Lekin negadir u mashinalarga "Amerika PREZIDENTIning O'zbekistonga sovg'asi" deyilmagan ekan. Balki, ularni sovg'asi xalq byudjetidan olingandir, bizni prezidentga o'xshab o'zini pulidan sovg'a qilmayotgandir, qaydam🙂
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Moon Knight serialini 4-qismida tub burilish yuz berib, nima haqiqiy, nima ro'yo bo'lganini bilib bo'lmaydigan holga kelib qoldi. Miyyani ezg'ilab tashlaydi savollar bilan. Ko'rishni tavsiya qilaman🤯
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Elon Mask Twitter platformasini 44 milliard dollarga sotib olyapti.
Twitterni sotib olib, uni so'z erkinligiga ega platformaga aylantirishini ta'kidlab kelayotgandi. Buyog'iga nimalar bo'lishini ko'ramiz.

Tom Holland ijrosidagi "Uncharted" filmi internetga chiqibdi. Ko'rib chiqdim, kino zo'r ishlangan, ko'rishni tavsiya qilaman. "Playstastion Exclusive" o'yinlardan hisoblangan seriyaning kinosi. O'yin bilan voqealar rivoji bir xilmi, bunisini bilmayman, PS yo'qligi uchun o'ynash nasib qilmagan hali))
Lekin bu postda Tom Hollandning ijrosi haqida gapirmoqchiman. Tom Hollandni yangi o'rgimchak-odam sifatida ko'pchilik tanib ulgurgan. Uncharted filmidagi obraziga juda mos tushgan, rolini mohirona ijro etgan.
Biz kichkinaligimizdan beri ekshn janridagi filmlarda sanoqli aktyorlarni ko'ramiz xolos: Tom Kruz, Nikolas Keyj, Met Deymon, Vin Dizel, Dveyn Jonson, Kianu Rivz va hokazo. Nima demoqchi ekanimni tushungandirsizlar, bunaqa aktyorlar sanoqli va aksariyatining yoshi 50dan o'tib bo'lgan.
Lekin yosh avlod aktyorlari ichida ekshn janriga munosiblaridan hozircha faqat Tom Holland ko'zga tashlanyapti. Kaskadyorlik sahnalarini to'liq o'zi bajaradi, rolga yaxshi kirishadi va hokazo. Demak, aktyordan hali ko'plab zo'r ijrolar kutib qolamiz.
Unchartedni esa, ko'rishinglar kerak. PSdagi o'yinlarini hozircha 8ta qismi borligini hisobga olsak, filmni hali davomi uzoq bo'lishi mumkin 😉

Bugun Moon Knight serialining oxirgi qismi chiqdi. Serial har tomonlama zo'r ishlangan. Ko'rishni tavsiya qilaman. Aytgancha, titrlardan keyingi sahnani ko'rmasangiz, serialni eng qiziq joyidan qolib ketgan bo'lasiz))
Shuningdek, ertaga Doktor Strenjning premyerasi bo'ladi. Koreyadagilarda bugun ekan. O'zi umuman olganda dunyo premyerasi 6-may deb e'lon qilingan edi. Lekin bizda qandaydir qilib 1 kun oldin ekan. Koreyada esa, bizdan ham 1 kun oldin ekan))
Agar bu filmni anchadan beri kutayotgan bo'lsangiz, spoylerlardan ehtiyot bo'lib yuringlar internetda)

Doktor Strenj menga unchalik yoqmadi. O'rgimchak Odamdan keyin ko'proq narsa kutvordim shekilli. 1-qismi top chiqqan edi lekin. 2-kino kichkina muammoni deb o'tib ketti. Men kattaroq dushmanlar, kattaroq xavf, kattaroq yechimlar kutgandim. Afsus.
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Ali. Blog
A Man Without Love With Lyrics – Engelbert Humperdinck
Moon Knight serialida ishlatilgan qo'shiqlardan biri. 60-70-yillarni qo'shig'i ekan. Zo'r ekan, tilga o'rnashib qoladigan)