Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Masalan, G'arb filmlarini ko'pchilik LGBTni targ'ib qiladi, deb o'ylaydiyu, shular o'zbek seriallari insestni targ'ib qiladi, deb o'ylasharmikan?

Shunaqa o'zbek seriallaridan parchalarni ko'p ko'rib qolaman. Bittasida bir yigit uyida hech kim yo'q ekanida o'gay singlisini quchoqlab olib sevgi izxor qiladimiyey, yana bittasida kelinchak qaynotasiga sevgi izxor qiladimiyey, xullas aqlga sig'maydigan narsalarda🤦‍♂

Masalan, o'sha g'arbda kinolarni hisobga olmaganda ham ularni hayotida LGBT vakillari o'rnashib bo'lishgan, lekin bizni atrofimizda shunaqa insest voqealar bo'lyaptimi? Ularni filmlari ularni hayotiga ko'zgu desak, bizni kino-seriallarimiz bizni hayotimizga ko'zgu bo'la oladimi?))

Umuman, "falon serialni, falon kinoni ta'qiqlash kerak. Falon kinoni oila davrasida ko'rib bo'lmas ekan, shu kinoni farzandlaringizga ko'rsata olasizmi?" degan mazmundagi postlar juda ko'p uchraydi. Avvalo, oila davrasids kino ko'rishdan oldin uni necha yoshdagilar uchun ko'rish tavsiya etilishini qarash kerak. O'zi kinoga katta qilib 18+ deb yozib qo'ygan bo'lsayu, ichidagi behayo sahnalarini pesh qilib "mana, bolalarga ko'rsatasizlarmi shuni?" deb ayyuhannos solish ahmoqlikdan boshqa narsa emas.

@TheAliBlog
Yangiliklarga ko'ra Microsoft kompaniyasi video-o'yinlar sanoatida katta o'rin egallagan kompaniyalardan biri - "Activision"ni sotib olish bo'yicha kelishuv tuzibdi. 20-aprel kuni Activision kompaniyasi 69 milliard dollar evaziga Maykrosoftga topshirilar ekan.

Activision kompaniyasini asosan Call of Duty o'yini orqali tanisangiz kerak. Shuningdek, uning tarkibiga kiruvchi "Blizzard Entertainment" kompaniyasi World of Warcraft o'yinining yaratuvchisi hisoblanadi va bu kompaniya ham Activision bilan birgalikda Maykrosoftga o'tadi.

Buni PC-gamerlar uchun yaxshi yangilik desak bo'ladi, chunki yuqori sifatli o'yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyani dunyodagi eng yirik va boy bo'lgan kompaniyalardan biri sotib olmoqda.

Shu bilan birgalikda, bu Maykrosoftga qarashli Xbox o'yin konsolining Sony Playstation bilan raqobatidagi navbatdagi qadam bo'lishi ham mumkin. Chunki huddi Sony yuritadigan siyosat kabi Maykrosoft ham endi katta o'yinlarni "Xbox Exclusive" sifatida sotuvga chiqarishi mumkin)

@TheAliBlog
O'zi deyarli televizor ko'rmayman. Ovqat mahali yoqib qo'yishgani uchun ko'zim tushib qoladi. Bugun shu vaqtda anovi yor-yor bo'layotgan ekan.

Qarang, bir dolbayob kishi 46ga kirsa ham uylanmagan ekan. Asosiy sabab: kambag'alligi.

Uni dolbayob deyishimga sabab uni kambag'alligi emas, dolbayobcha fikrlashi. Qarang, 46ga chiqqan, odamlar kambag'al ekansan deb qizini bermayapti o'zi bunga, yana nima emish, uylansa faqat xo'ja avlodidan bo'lgan qizga uylanarmish😂 Sababi, ota-bobolari faqat xo'jalarga uylangan emish🤦‍♂

Mlyaa, qanaqa dolbayoblar bilan bir zamonda yashayapmiza o'zi😑

@TheAliBlog
"80 yoshga chiqqanimda ham tebranma kursida o'tirgancha Garri Potterni o'qiyotgan bo'laman. Shunda oilamdagilar "shuncha vaqtdan keyin hammi?" deb so'rashganida "Doimo" deb javob beraman"
- Alan Rikman.

Garri Potter franshizasida eng mahorat bilan ochib berilgan obrazlardan biri bu shubxasiz Severus Sneyp obrazi. Mahorat bilan ko'rsatilishiga sabablardan biri Alan Rikman shuncha aslida Sneyp Garrini himoya qilib yurgan bo'lishini oldindan bilgan ekan. Ya'ni, kitoblar hali to'liq yozib bo'linmasidan oldin Rouling xonim buni Alanga aytgan ekan. Aniqrog'i, Alanni o'zi buni Roulingdan so'ragan, "bunga haqqim bor deb o'ylayman" degan ekan. Lekin bu haqida hech kimga aytmagan ekan.

Buni Hogvartsga Qaytishni ko'rib bildim. Ehhe, zo'r davrlar bo'lgan edi rostdanam, kitobini yana qaytadan o'qib chiqqim kepketti))

@TheAliBlog
"Shok video! Amirsoyda yarim-yalang'och ayol fotosessiya qilyapti ekan! Buyerda har qalay yosh bolalar bor, uyalsa bo'lardi😒" deb o'sha ayolni videosini tarqatayotgan kanal adminlari dolbayobmisizlar? Yo'q, menga qiziq shu narsa, dolbayobmisizlar?

O'shayerda nari borsa 4-5 odam ko'rishi mumkin bo'lgan narsa 100 minglab odamlarga tarqatadigan farosatni qayerdan olgansizlar? O'shayerga bormasdim keyin.

@TheAliBlog
Shu vaqtgacha ijtimoiy tarmoqda yozgan kommentlarimdan eng ko'p layk to'plagani shu bo'lsa kerak, o'tgan kuni yozilgan komment edi))

Video: https://vm.tiktok.com/ZSeVtrQ2t/

@TheAliBlog
Svetni o'chirgandan keyin hech bo'lmasa aholiga gaz berish haqida o'ylashmasmikan shu dolbayoblar?

Gaz oldindan yo'q edi, endi svet ham yo'q, enasini birjoyiga to'layapmizmi soliqlarni?

Chet elda ishlab yurganlar, hech shunaqa holat bo'lganmi uyoqlarda?

@TheAliBlog
Aynan shuning uchun ham yirik IT kompaniyalar serverlarini O'zbekistonga ko'chirmasliklari kerak!

@TheAliBlog
Andijonda kecha soat 17larda ko'plab hududlarda svet berilgan, lekin biz tomonda haliyam yo'q😒 Ko'chaga chiqib, bankomat ofislaridagi rozetkalardan telefonimni zaryad qilvoldim)

Mlya, shunaqa paytlarda notbukim ham yo'qligiga afsus qilaman, ba'zi proyektlarimni oxirgi muddati bir necha soatdan keyin keladi😑

@TheAliBlog
Kecha zaryadim oz qolganida telefonimni titkilab, o'zim tarjima qilgan Garri Potterni pdf variantini topib olgandim, haliyam turibdi ekan. Bekorchilikdan shuni o'qishni boshlab, 2-bo'limini o'qiyotganimda zaryadim tashlavorgandi. Hozir zaryadimni to'ldirvolganman, haliyam svet yo'q.

Endi shuni o'qib yotishga zo'r bahona topildi)) Muzdekkina xonada o'ranib yotvolib telefoningda Garri Potterni o'qishga nima yetsin))

Qiziqqanlar bo'lsa @PotterlandUz kanalida bor kitob.

@TheAliBlog
O'zini bolasini ayiqni qafasiga uloqtirish uchun qay darajada dolbayob bo'lishi kerak maxluqot degani? Nega faqat bolani ahvoli haqida yozishyapti? Nega onasiga chora ko'rish haqida yozishmayapti?

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endryu Garfilddan O'rgimchak-Odam qo'shig'ining kaveri. Yodingizda bo'lsa, bir necha oy avval Endryu aynan mana shu Jimmy Fallon shousida onlayn muloqot qilib, tarqalgan videolardagi u emasligi, uni kinoga chaqirishmaganini aytgandi)) Va bularni hammasi kinoni haqiqiy zavq bilan tomosha qilishimizga sabab bo'lgandi.

Endryu ijrosidagi o'rgimchak odam filmlarini oldin ko'rmaganimni, No Way Home premyerasidan 1 oycha oldin ko'rib chiqqanimni yozgandim. Umuman, endilikda Endryuning aktyorlik mahoratiga va insoniy hislatlari uchun unga ancha hurmatim oshdi. Muxlislarini xurmat qiladigan, burni ko'tarilib ketmagan odamlardan ekan, Kianu Rivzga o'xshab))

@TheAliBlog
Kecha ozgina qor yog'ib qo'yganiga svetni o'chirib, haliyam yoqishmadi, xoramilar😒

@TheAliBlog
Blenderda modellashtirgan yangi tank modelimni turli tarmoqlar, telegramdagi turli guruhlarga yuborgandim. Rosa ko'pchilik buni 3D model ekaniga ishonmay, o'yinchoq deb o'yladi boshlanishiga)) Rosa xursand bo'ldim lekin bu fikrdan)

@TheAliBlog
Youtubedagi amerika xit qo'shiqlar reytingida "We don't talk about Bruno" turibdi ekan. Rostdanam zo'r qo'shiq chiqqan shu. Multigini ko'ringlar, Encantoni. Multik zo'r, undagi qo'shiqlar yanayam zo'r)

@TheAliBlog
Oxirgi kunlarda hamma Ukraina voqealarini kuzatib borayotgan bo'lsa kerak. Prezident Zelenski haqiqiy erkakni ishini qilyapti, masalan. Tan berish kerak. Hech qayerga qochmadi. Poytaxtda qolib, "bugun o'lib ketsam kerak" deb ham o'z yurtini himoyasida yuribdi.


Ba'zi bir davlatlarning yaloqxo'r rahbarlari esa, uyoqda urush bo'layotgan vaqtda Putlerga telefon qilib, o'zini davlati va Rossiya o'rtasidagi kelgusi do'stona aloqalarni muhokama qilib yuribdi🤦‍♂ Hattoki Ukrainaga hamdard ekaniniyam bildirishga qo'rqyapti😒

Bu urush tezroq tugashi va nima sababdan bo'lsa ham Putlerning tezroq o'lib ketishini tilab qolaman.

@TheAliBlog
Dunyodagi eng katta hakerlik guruhlaridan bo'lgan "Anonymous" guruhi Rossiyaga turli tomonlardan zarbalar bermoqda.

Masalan, 1-2 kun oldin barcha davlat xodimlarining email akkauntlari va parollari ommaga taqdim qilingandi. Undan tashqari bir nechta hukumat saytlarini ishdan chiqarishdi.

Kecha esa, rus xarbiylarining radioaloqasini kuzatuvga olishganini e'lon qilishdi. Bundan parcha ham joylashgan hatto.

Shuningdek, 2-3 soat oldin barcha rus kanallariga buzib kirishgani va endi Rus kanallari haqiqatni ko'rsatayotganini e'lon qilishdi. Ko'rsatilgan videoda bir nechta telekanallar urush daxshatlari haqida tayyorlangan xujjatli filmga o'xshash narsa ko'rsatayotganini anglash mumkin.

@TheAliBlog
Ba'zilar Putinni juda ilohiylashtirib yuborishgan. Putin hech qanaqasiga yaxshi odam emas. Urush boshlashidan oldin ham diktatordan farqi yo'q edi.

Sizlarga aytsam, dunyoda tinchlik bo'pturishiga eng ko'p harakat qilgan prezidentlardan biri bu Tramp ekan. Rostdan, behazil. Uni qadriga yetmaganimiz mana shunaqa vaqtlarda bilinyapti.

Masalan, tasavvur qiling, siz tiriklik vaqtingizda amerikaga prezidentlik qilganlarni hammasi qayergadir urush qilgan. Qanchadan qancha odamlar qirilishiga sabab bo'lgan. Lekin tagi biznesmen bo'lgan Tramp hech qayerga urush qilmadi. Qon to'kmadi. Naoborot eng xavfli rahbarlar bilan do'stona aloqalarni mustahkamlab turdi. Masalan, Shimoliy Koreya rahnamosi Kim Chen In bilan ham, Putin bilan ham, Isroil rahbari bilan ham uchrashib, ular bilan do'stlik aloqalarini o'rnatgan. Xavfli davlatlarni nafaqat amerika bilan, balki boshqa davlatlar bilan ham nizoga borishini oldini olgan.

Lekin dunyo uni impichmentlar bilan taqdirlab, muddatidan oldin kursisini olib qo'ydi)

@TheAliBlog
Xitoyning Rossiyadagi elchixonasi tvitterda dunyoga xavf solayotgan davlat aslida Amerika ekanligi haqida tvit yozibdi. Va amerika bomba tashlagan davlatlar va yillari ko'rsatilgan rasmni biriktirib qo'ygan. Demak, Xitoy ham Rossiya tomonida.

Ko'pchilik Shimoliy Koreya ham Rossiya tarafida ekanini aytishyapti

@TheAliBlog
Tvitterda Medvedev Fransiyaga tahdid qilib yotibdi)) Fransuz vazirlaridan biri Rossiyaga iqtisodiy urush ochilgani haqida gapirgan ekan, Medvedev esa, "ehtiyot bo'linglar, tarixdagi ko'plab iqtisodiy urushlar haqiqiy urushga aylanib ketgan" deb yozibdi))

@TheAliBlog
Tvitterda Oqiljon Oxunjonovich nomi bilan tanilgan ushbu shaxs ko'pchilikni ishonchiga kirib, ko'pchilikdan qarz olib kiydirib ketibdi)) Militsiyaga xabar berishganida bu shaxsni ustidan bunaqa arizalar ko'p tushganini aytishibdi)

Internetda 1-2 yozishib yurgan odaminglarga qarz bervoradigan darajada sodda bo'lmanglar, do'stlar. Kimdir pulga muhtoj bo'lsa, ehson sifatida bering, lekin tanimagan odamingizga qarz sifatida pul bermang, rostdan.

@TheAliBlog