Ali. Blog
304 subscribers
335 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Qiziqchilar

Avvallari qiziqchilarning konserti chiqsa, diskini birinchilardan bo'lib olardim. Hozir ko'rishga harakat ham qilmay qo'ydim. Qanaqadir bachkana, beo'xshov hazillar bilan bo'lib qolgandek.

Gap Dizayn yoki Million kabi guruhlar haqida emas, bir necha o'n yillardan beri qiziqchilik bilan shug'ullanadiganlar haqida.

Obed qilayotganimda qaysidir kanaldan Valijon Shamsiyevning konsertini beryapti ekan. Rosa tomoshabinlarni kuldirishga harakat qilyapti. Harakatlar, hazillar beo'xshov. Yarim soatcha shuni ko'rgan bo'lsam, chin so'zim, bir marta ham kulganim yo'q, hatto jilmaymadim ham.

Anovi kuni Dizaynni konserti chiqdi. Youtube'da o'tirib ko'ryapman, hazilni hazm qilib olish, buralib kulib olish uchun videoni pauza qilib olardim unda.

Bilmadim, negadir ana shu Shukrullo Isroilov, Mirzabek Xolmedov, Valijon Shamsiyev, Avaz Oxun kabi qiziqchilarni 5-6 yildan beri ko'rgim kelmay qolgan. Kuldira olishmaydi meni negadir.

Gap aynan dirty joke (bema'ni hazil) bo'lishi haqida emas. Masalan, ingliz qiziqchilarini ham ko'p ko'raman, Russel Peters, Chris Rock, Kevin Hart, Trevor Noah... Bularni deyarli barchasini chiqishlarini kuzatib boraman. To'g'ri, dirty joke'lar ham bo'ladi, lekin oddiy mavzulardagi qilgan hazillariga ham buralib kulsa bo'ladi bularda.

I mean, bizni qiziqchilarga nima bo'lyapti? Konsertni nima uchun berishyapti, haliyam tirik ekanini bildirish uchunmi yoki faqat pul topish uchunmi? Negaki, yangi hazillarni baham ko'rish uchun emasligi aniq. Yangi hazil yo'q. Hazil yo'q.

@TheAliBlog
Yangi Assassin uchun taklif.

Assassin's Creed seriyasining har bir qismida turli millatga mansub qahramonlarning turli davrlardagi turli shaharlardagi sarguzashtlari o'rin olgan. Altair bilan yaqin sharq va arabiston tarixini, Etzio bilan o'rta asrlardagi italiya va turkiya tarixini, Radunhageydu Konnor bilan mustaqillik arafasidagi amerika hayotini, uning bobosi Edvard Kenuey bilan Qarib dengizi hayotini, Arno bilan 18-asr oxirlaridagi Fransiyani, egizak Fraylar bilan 19-asr oxiridagi Angliyani, medjay Bayek bilan qadimgi Misrni, opa-uka Kassandra va Aleksioslar bilan qadimgi yunon davlatlari tarixini o'rganishimiz mumkin. O'yin syujetida nafaqat tarixiy voqealar, balki shaharlarning o'sha paytdagi ko'rinishi ham qayta tiklanadi.

Maqsadga ko'chsam, o'zi Etzioni turkiyaga borishi haqidagi (AC Revelations) o'yinni o'ynayotganimdayoq hayolimga kelgandi, o'zimizning tarixga oid o'yin chiqarilsa ham bo'lar ekanu, shu yo'nalishda, deb.

Misol, Temuriylar davlatini olaylik, xarbiy jihatdan juda kuchli imperiya bo'lgan. Menimcha, keyingi assassinni Temuriylar imperiyasi davridagi birorta sarkarda yoki askar qilib gavdalantirishsa, menimcha qiziqarli bo'lsa ham kerak. Ayniqsa, o'sha davrlardagi shaharsozlik madaniyati o'yin grafikasini yanada boyitib bera olgan bo'lardi.

Shularni eslab, Ubisoftdagi akaxonlarga xabar yozgandim, Temuriylar Imperiyasi haqida ishlasanglar o'lasanmi, deb. Taklif uchun rahmat, lekin bunaqa g'oyalar bilan maxsus jamoalar shug'ullanadi, shunda ham g'oya uchun tashakkur, deb yuborishibdi.

Ochig'ini aytaman, bir necha yillardan beri shu kompaniyada ishlashni orzu qilaman. Agar mabodo joylashib olsam, keyingi Assassin kim bo'lishini taxmin qilishingiz mumkin🙃

@TheAliBlog
Kompyutersiz 12 soat.

Meditatsiya holatida falsafiy hayollar og'ushiga cho'mib, insonning dunyoga kelishi besamar ketmasligi kerakligi, u hayoti davomida izlanib, shunchaki odamlar unutib qo'yadigan odam kabi o'lim topmasligi kerakligi haqida o'yga toldim.

Agar inson o'z tanasini to'la bo'ysundira olsa, tanasidagi issiqlikni yoki quvvatni muayyan bir a'zosiga to'play olishi mumkinligini bilarmidingiz? Huddi Bryus Liga o'xshab.

Nega odamlar tasodifan tilini tishlab olsa uzib olgandek bo'ladida, ataylab tishlasa hech nima sezilmaydi?

Hamma zerikkanlar nimanidir sanash bilan band, oyna oldida o'tirib olib soqolimni sanab ko'rsammikan?
Youtubeda Captain Disillusion degan kanal bor. Internetda tarqalgan sirli videolarning sirini ochib beradi.

Gap shundaki, aslida kimdir kompyuter grafikasini qo'shish orqali yaratgan videosini boshqa soddalar "mo'jiza" deb baholab, tarqatib yurishadi.

Captain Disillusion esa aynan shunday videolar aslida qanday yaratilganini tushuntirib beradi. Videolarini kuzatib borishni maslahat beraman, shunda internetda tarqalgan videolar bilan sizni ahmoq qila olishmaydi.

https://youtu.be/OX-Ra4nrVj0
Kambag'alni uyida ehsonni tortib ko'radigan tarozisi ham bor. Uyida kartoshka-guruch yo'q, lekin tarozi bor! Agar kambag'al bo'lsa elektron tarozi qayerdan keldi?
Masofaviy ta'lim


Institutimizdagi har bir guruh uchun telegramda alohida masofaviy ta'lim guruhlari tashkil etilib, o'qituvchilar tomonidan onlayn darsliklar yuklab borilmoqda edi.

Lekin negadir dekan yordamchisi kuratorimizga davomat jadvalini yuboribdi. Qizig'i, jadvalda hammaga "nb" qo'yilgan. Masofaviy ta'limda qatnashmayapmiz ekan.

Qanaqa bo'ladi u, masofaviy ta'limda qatnashish, biror kim tushuntirib berdimi bizga shuni? O'qituvchilar yuborgan qo'llanmalarni yuklab olib, o'qib chiqish masofaviy ta'lim hisoblanmasa, unda davomatda "nb" tushmasligi uchun forma kiyib o'tirgan rasmimizni jo'natishimiz kerakmi?

Institutimiz saytidagi moodle tizimiga kirish uchun login-parollar yuborishibdi. Qiziq tomoni, tizim xatolik sabab ishlamayapti. Molodsi, axborot texnologiyalari markazi!

@TheAliBlog
Plastik kartani Amir Temur ixtiro qilgan (?)

Bir opaxonning shu nomdagi maqolasini ko'rib, kulgim keldi. Pulni o'rniga muhr bosilgan suyaklardan foydalanilgan ekan. Buni qayeri plastik kartaga o'xshayapti lekin? Yoki o'sha suyaklardagi ilik miqdori pul miqdorini bildirganmikin? Plastikka pul solishni o'rniga suyakka ilik to'ldirib olishganmikin?

Og'zim bor deb, bobolarimizni maqtashim kerak deb har baloni valdirayveradimi odam endi?

@TheAliBlog
Angina.

Yoshligimdan meni faqat bittagina kasallik jiddiy bezovta qilib kelgan: angina.

Sovuq o'tkazib yuborish yoki sovuq ichimliklar ichish natijasida anginam ishib ketadi, tomog' klapanlari yopilib, yutina olmay ham qolaman, isitma chiqarib yuboradi. Buni orqasidan 10-15 kunlab isitmalab yotganman.

Bir necha yillik tajribamdan kelib chiqib, oxirgi 1-2 yil davomida kasallik alomatlari sezilishi bilan o'zimni muolaja qilishni boshlab, haftalab kasal bo'lib yotishlarni keskin kamaytira oldim.

Menimcha Toshkentdagi qorning sovug'i kelib, gaz kelmaganidanmi, bilmadim, ertalab anginam bezovta qilganga o'xshadi. Obedga kelib issig'im ham paydo bo'lganga o'xshadi, lekin termometr 36,5dan yuqoriga chiqmadi.

Xullas, tajribamdagi muolajalarni boshladim. O'ranib yotib oldim. Xonamdagi pechkaga o'tin yoqdim. Netflixda seriallarni davom ettira boshladim.

Xudoga shukrki, hozirga kelib issig'im orqasiga qaytib ketti. Aks holda anginaning ta'siri ekaniga ham qaramay ayam izolyatorga jo'natib yuborgan bo'lardi))

Shunaqa gaplar xullas)

@TheAliBlog
Forwarded from Toshkandiy
​​Постни ўқишдан олдин қуйидаги расмга қаранг

Давлатнинг бош қароргоҳи, ундаги зал, катта стол, фақат икки киши, бир кўришдан олий рахбарники эканлигини англаш қийин бўлмаган қора кресло, ўнг томонда эса оддийроқ стул, унинг эгаси олий рахбарга юзланиб иш юзасидан нималардир деяпти.

Орқада эса ҳилпираганда этни жунбушга келтирувчи ўша байроқ. Унинг тепароғида эса герб. Ҳашаматли пардалар олий раҳбарни сўзларини сукут ила тинглаётгандек гўё. Кўчадаги ёмғир армонда, ичкарида бутун бир миллатнинг хаёт режаси тузилмоқда, балки. Лекин ёмғир беҳабар қолди.

Кўзингиз тушган ўша монитор онлайн видео алоқа учун. Ичида сиёсий элитанинг амалдорлари. Балки нариги хонададир улар. Масофа узоқ эмасдир балки. Сукунат бор. Сураткаш хам битта бўлса керак.

- Жаноб президент, фалончи вазир алоқада - деган сўзлар жаранглаётгандир-а. Масофа-чи, олий раҳбардан бир неча метр узоқликдаги мулозим. Яқинроқ ўтирса хам бўлади. Балки тартиб шунақадир.

Нима бўлса ҳам хонада икки ҳил "оригинал" атир ҳиди тараляпти. Катта бир давлатнинг кичик зали!

@al_toshkandi
Komil Allamjanov bloggerlarga soliq imtiyozi berilishini taklif qilibdi.

Bu degani, undan avval bloggerlar ham soliq to'lab kelgan, olgan daromadidan.

Hech tushunmayman shuni, bloggerlar nima asosda soliq to'lashi kerak davlatga, nima qilib bergani uchun? U aynan O'zbekiston hududida yashab turgani uchunmi?

Rossiyaga borvolib ham qila oladiku bu ishlarini, nega soliq to'lashi kerak? Yoki biror imkoniyatlar beriladimi soliq to'laganlarga?

Nega chet elda oyiga bir necha minglab dollar daromad oladigan blogger-vloggerlar soliq to'lamaydiyu, bizda to'lashi kerak? 😡

@TheAliBlog
Psixolog.

Chet el seriallaridagi qahramonlar negadir psixolog-terapevt huzuriga qatnashni yoqtirishadi. Shunchaki boshog'riq suhbat bo'ladi xolos, lekin negadir muammolarini shu bilan hal qiladigandek bo'lishadi. Aytaylik, qahramon dadasidan so'kish eshitsa ham ko'ngliga ozor yetib, psixologga boradi (rostan aytyapman). Bir-ikki serialda shunaqa narsani ko'raverib, psixologlar beradigan savollarni ham yodlab oldim. Masalan, dadasidan so'kish eshitgan qahramon bilan suhbat bunday bo'lardi:

- Nima muammo bo'ldi?
- Dadam meni so'kdi.
- Xo'sh, dadangiz sizni nega so'kdi deb o'ylaysiz?
- Bilmadim, gap qaytarganim uchundir balki?
- Nega dadangizga gap qaytardingiz?
- Bazmga borishga unamaganidan jaxlim chiqdi.
- Nega rozilik bermaganidan jahlingiz chiqdi?
- Chunki borgim kelgandi!
- Aynan nima uchun bazmga borgingiz kelgandi?

Xullas, shunaqa savollar bilan ezvoradi. Qahramonni psixologiyasi bunaqa suhbatdan keyin o'zgaradi, lekin meni asabim buzilgani qoladi.

@TheAliBlog
Ayol - kuchli.

Xullas, kechki ovqat vaqtida dadam tuzlangan qalampirlardan opchiq, degandi, bir banka ko'tarib chiqdim podvaldan. Qopqog'i buraladigan banka ekan, hech urinsam ham ocha olmadim. Sochiqqa o'rab mahka burasam ham qimir etmadi. Akam "buyoqqa ol" deb qo'liga oldiyu, bir-ikki urinishda qo'lini qayrib olay dedi.

Dadam miyig'ida kulib, ayanga ber, bizni kuchimiz yetmaydi baribir, dedi. Hayron bo'lib, bankani ayamga uzatgandim, ayam "toq" etib burab ochib qo'ydi. Og'zim lang ochilib qolsa deng🙈

@TheAliBlog
Oxirgi vaqtlarda berilgan hayriya mahsulotlaridan noliyotganlar ko'payib ketdi. Ozroq mahsulot berilsa ularni ustidan kulgan bo'larmish. Bittasi erinmasdan har bir mahsulotlarni tarozida tortib ko'rgandi, hozir ko'rgan videomda bir ayol ehsonni qaytib olib borib beribdi. "Bunaqa kam bergandan bermanglar birato'la" degan ma'noda.

Uyimizda kartoshka tugaganiga ancha bo'ldi. 1 haftadan beri makaron yoki guruchli ovqatlar yeyishga o'rganib qoldik. Chunki atrofimizdagi do'konlarda kartoshka yo'q😩

Shu ehsonni bermasa ham o'tirgan odamlar olgan narsasiga shukr qilmasligi asabimni buzadi. Lekin videodagi akaxonni asabiga qoyil qoldim, o'sha ayolga to'g'ri tushuntira oldi vaziyatni.
Erta tongda yomon tush ko'rib uyg'onib ketdim, qarasam ahvol chatoq. Anginam jiddiylashib qolibdi. Issig'im ham bordek.

Darrov yuzimni yuvib, aptechkani ochdim. Termometr va azaliy dushmanim - streptodsidni qo'lga oldim. Boshqa vaqt bo'lsayu, kasal bo'lib yotsam ham streptodsidni so'rimayman, der edim. Hozirgi vaziyat to'g'ri kelmasa kerak.

Yeslicho, yaxshi-yomon gapirgan bo'lsam rozi bo'lasizlar, 1003ga telefon qilib "opketinglar" deyman😞 Agar issig'im bo'lsada, mabodo.

Lekin o'lay agar, ko'chada hech kim bilan qo'l berib ko'rishganim yoki gaplashganim yo'q (nega desangiz avval ham shunaqa edim o'zi). Demak, oddiy angina bo'lishi mumkin. Oddiy anginaku, to'g'rimi? 🥺

Izolyatorga telefonimni olib kirishga ruxsat berishadi deb umid qilaman, har qalay telefonim 5G emasku, kasallik tarqatmaydi🙃

Issig'im - 37,5 😔

@TheAliBlog
Xullas, hali ertalab 1003ga telefon qilishga duxim yetmadi. Ketma-ketiga 5-6talav streptotsidni so'rib, aftimni bujmaytirib yotaverib, uxlab qopman.

Sal avval uyg'onib qarasam, angina sal-pal chekingan. Issig'im - 37. Menimcha kechqurungacha tuzalib olsam kerak bemaza dorilar hisobiga)

@TheAliBlog
37,7
Balki kompyuterimga ichikayotgandirman😖
37,4
Ayam ertalab sut qaynatib beradigan bo'ldi
Bitta tirmizak hayriya tarqatayotganlarni jiddiy tandiq qilibdi. "Berayotgan narsangni hatto uyingdagi molinga ham bermaysan o'zi", "2 kilodan emas, 5 kilodan tarqatiladi aslida"

I'm sorry, what? Endi bu masalada qonun-qoidalar ham ishlab chiqildimi? Huddi qo'li bilan ushlab ko'rgandek, "molinga ham bermaysan" deyishi battar asabni buzadi lekin😡

https://t.me/MILITSIYA_UZB/12332