Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Bugun svet bilan muammo boshlanganiga 3 kun bo'ldi. Hokimigayam, prezidentigayam ming la'nat bunaqa davlatni. 😑
Bugun tarvuzni modellashtirib, tekstura berib ko'rdim) 50 minut vaqt ketdi) Teksturalash jarayonini tezlashtirilgan holatdagi videosini tiktok va instagramda ko'rishingiz mumkin)

@TheAliBlog
1-2 odam o'zini osganini ortidan bukmeker kontoralariga qarshi ommaviy qarshilik boshlanib ketti. Bu g'irt ahmoqlik.

Avvalo, bukmekerlik kontoralarini yoqlamoqchi emasman, bu narsa diniy tomondan xarom ekanidan ham yaxshi xabarim bor. Lekin o'sha o'zini osgan dolbayoblarni birov o'ynashga majburlamagan, 100 million yutkazgan bo'lsayam, o'zi xohlab o'ynagan. O'zi o'sha pulini bir necha barobar ko'paytirib olish dardida tikvorgan.

Shaxsan men, shunaqa dolbayoblar o'zini osib qo'yishlaridan xursand bo'laman. Dunyodagi bunaqa ahmoqlar shu yo'l bilan bo'lsa ham qirilib ketgani yaxshi. Jiddiy aytyapman.

Bu mavzuda esa, biz bukmekerlik kontoralariga qarshi kurashishimiz emas, odamlarni qarashlarini o'zgartirishimiz kerak.

Agar xarom narsalarga kurash boshlamoqchi bo'lsak, unda ichkilikdan boshlaylik. Qimorda yutkazib qo'yib, o'zini o'ldirganlar 5-6ta bo'lsa, ichkilik oqibatida birovni o'ldiradiganlar, avariya sodir qiladiganlarni son-sanog'i yo'q.

@TheAliBlog
2-3 kundan beri shug'ullanayotgan ishim. O'zbekona milliy dasturxon ko'rinishi bo'ladi tugaganida) Portfolio uchun. Idishlarni sotish uchun yasagandim. Tugatib olsam, suvtekin narxlarda 3D modellar saytlariga joylab qo'yaman. Hammasi paxta gulli idishlar, real o'lchamlarda.

Paxta gulli naqshlarni topish muammo bo'ldi. Topilganlaridan ko'nglim to'lmadi. Oxiri fotoshopda o'zim 4K va 2K o'lchamli teksturalar tayyorlab oldim. To'g'ri, noldan chizib chiqmadim, kamerada olingan rasmni ustidan tekislab chizib chiqdim. Lekin har bir idishni naqshi boshqa-boshqa ekan, hammasi paxta gulli bo'lgani bilan.

@TheAliBlog
O'zbekona nonushta dasturxoni))

Barcha modellar blender dasturida ishlangan. Mato teksturalaridan boshqa barcha teksturalarni o'zim yaratdim, idishlarni paxta gulli naqshlarini ham)

Paxta gulli idishlar komplekt holatda yasalgan (choynak, piyola, kosa, tovoq/lagan).

@TheAliBlog
Bir necha kundan beri umuman bo'sh vaqt topishni iloji bo'lmay qoldi. Yangi uchastkamizga ko'chib chiqish yo'l xaritasini ishlab chiqish bilan bo'shamayapman. Uyerda ham gaz yo'q, svet sal yaxshiroq xolos.

Blender haqidagi darslikka kelsak, yana yoziladigan 4-5ta mavzu qoldi xolos. Keyin montaj qilib chiqilsa bo'ldi. Hozirgacha reja qilingan videodarslar tayyor bo'ladi.

Eslatib o'taman, ushbu darslikda sizlar modellashtirish bo'yicha qo'shimcha bilimlar, protsedural teksturalarni tushunib yarata olish, rigging, drayverlar, fizik simulyatsiyalar va animatsiya bo'yicha yo'l-yo'riqlarni o'rganasizlar. Hozircha aniq narx belgilanmagan, montajdan keyin belgilaymiz)

Shuningdek, darslikka keyinchalik yana yangi darslar, yangi bo'limlar qo'shib boriladi. Qo'shilishidan oldin sotib olganlar yangi darslarni bepulga olishadi. Ya'ni, yangi darslar, bo'limlar qo'shilganida darslik narxi ko'tariladi))

@TheAliBlog
3-Dekabr kuni 3ta ish bo'ldi. Birinchisi, avval aytganimdek, yangi uchastkaga ko'chib o'tdim. Ikkinchisi, Qog'oz Bino (Money Heist) serialining yakuniy qismlari chiqdi. Nihoyat, uchinchisi Blender v3.0 versiyasi e'lon qilindi.

Bu uch ishni oqibatida ishlarim yanada ko'payib ketti. Qog'oz Bino serialining oxirgi qismlarini @UzNetflix kanalim uchun tarjima qilishni boshladim. Blender bo'yicha tayyorlanayotgan ikkinchi darsligimni qayta tayyorlab chiqishga to'g'ri keladigan bo'ldi. Chunki men darslikni Blender V2.93.5 versiyada tayyorlayotgan edim.

Tushunmagan odamlar uchun biroz tushuntiraman. Blender dasturi deyarli har oy yangilanib, kichik o'zgartirishlar kiritiladi va versiya raqami 2.93.5 2.93.6 2.93.7 kabi o'zgaradi. Sal ko'proq o'zgarish kiritilsa 2.94 2.95 versiyalar chiqishi mumkin. Juds yirik o'zgartirishlar bo'lganida esa, 3-4-5 versiyalar chiqadi.
Masalan, Blender V2 versiyasi chiqqaniga salkam 20 yil bo'ldi. 20 yil davomida 2.3 2.4 2.90 2.93 2.93.6 bo'lib yangilanib kelib, o'tgan kuni birato'la v3 versiya e'lon qilindi. Demak, darslikni o'zgartirib chiqishga to'g'ri keladi endi))

Shuningdek, bir necha kundan beri juda kam uxlayotganim sababli shu kunlarda juda asabiymanπŸ˜•

@TheAliBlog
Iyul oyi o'rtalaridan Oktyabr oyi boshlarigacha har kuni 6-8 soat vaqtimni "Egrilik Sari" serialining tarjimasiga ajratdim. Serialni avval pullik kanalga, 2 hafta farqi bilan asosiy kanalga joylab bordim.

Har doim mendan pullik xizmat sotib oladiganlar uchun (pullik serial kanali, videokurs, frilans xizmati va hokazo) oldindan ogohlantiruvchi uzun matn yuboraman unda. Matnda shunga o'xshash dolbayoblar keyin boshni og'ritmasliklari uchun barcha shartlar, kelishuvlar va boshqa holatlardan ogohlantirilishadi.

Lekin 2 oy sarflagan mehnatimni 30-40 ming so'mga sotib olib ko'rgani yetmagandek, oradan shuncha vaqt o'tib "bergan pulimga rozi emasman" deyishi ochig'i juda oshib tushdi.

Pulniku, qaytarib berdim, lekin shundoq ham 10-15 kundan beri buzilib yurgan asab yanada buzildi.

Shunaqa dolbayob bo'lmanglar xullas.

@TheAliBlog
Bugun 2-bosqich darslikning shu kungacha yozilgan videolarini montajini tugatdim. Jami 32ta video, 10 soatdan sal ko'proq davomiylikda. Lekin bu umumiy rejadagi darslarning 40-50 foizi chiqadi xolos))

Nasib qilsa, to'liq darslik kelasi hafta oxirlarigacha tayyor bo'ladi va sotuvga chiqariladi)

Aytgancha, Blender v3.0 versiya chiqqani eski yozilgan darslarga muammo bo'lishi mumkin, deb havotirlangandim. Lekin qarasam, avvalgi versiyalardan uncha katta farqi yo'q ekan, asosiy funksiyalarda.

@TheAliBlog
Nihoyat, uzoq kutganim, O'rgimchak Odamning premyerasi bo'lib o'tdi bugun. Oshnalarim bilan eng birinchi qo'yiladigan seansga shoshildik.

Filmdan olgan taassurotlarim juda zo'r. 1 yildan ortiq kutganimga yarasha kino bo'lgan. Film davomida kinozalda qarsaklar va qiy-chuvlar deyarli tinmadi. Aniqrog'i, biz tindirmadik)) Ko'rish yoki ko'rmaslikka o'ylanib yurganlar bo'lsa, ko'ringlar. Ko'rmaslik jinoyat deb baholash mumkin bo'lgan darajada zo'r ishlangan xullas))

Yeslicho, instagram va tiktokda kichik spoyler bor. Lekin agar Marvelni muxlisi bo'lsangiz, spoylerlardan qochib yurib, tezroq kinoteatrlarga boringlar. Chunki bugundan butun internet olamida spoylerlar mavsumi boshlandi. Ulardan ko'p qochib yurishni imkoni yo'q))

@TheAliBlog
​Sababini bilmaymanu, lekin negadir doim yangi yil atrofida Garri Potter kinolarini ko'rish modaga aylanadi. Agar bu franshizaga haliyam qiziqmagan bo'lsangiz, ko'rib chiqishni tavsiya qilaman. Garri Potter ham huddi Marvel Kinematik Olami (MCU)ga o'xshab alohida dunyo yarata olgan asarlardan biri hisoblanadi.

Agar kinolarini avval ko'rgan bo'lsangiz, demak, kitoblarni ham o'qib chiqishingiz kerak)) Masalan, mana kanal(im)da 1 yarimta kitobni o'zim o'zbekchaga tarjima qilib chiqqanman. Tarjimon sifatidagi eng birinchi yirik ishim shu bo'lgan) Lekin afsuski keyin hafsala bo'lmay, tarjimani to'xtatib qo'ygandim. Lekin shu borini o'qib chiqsangizlar ham bo'laveradi.

2 yil avval tayyor tarjimalarimni o'qishga qulay holatga keltirib, pdf formatiga aylantirib qo'ygandim. Namuna quyidagi rasmda. Rasmlar bilan bezatilgan)) Xullas, xohlasangiz telegram kanal orqali, xohlasangiz pdf versiyasini yuklab olib o'qishingiz mumkin. Men kitob o'qimay qo'yganimga yarasha, sizlar o'qib turinglar))

@PotterLandUz - shu kanalda)
Blender dasturida yaratilgan lampochka va tekstura natijasi. Menimcha, yuqori sifatli desa bo'ladi)) Siz ham shunday modellar yasab, shunday teksturalar berishni o'rganmoqchi bo'lsangiz, unda pullik videokurslarimga marhamat)) (reklama)

Yangi kurs shu hafta ichi chiqadi, nasib qilsa, agar 1-kursni olmagan bo'lsangiz, ungacha olib o'rganib turaveringlar))

Modelni yaratish va tekstura berish jarayoni tiktok sahifamga joylashtirilgan: link

Postni 3D grafikaga qiziqadigan tanishlaringizga ulashishingiz mumkin))

@TheAliBlog
Yangi videokursdagi darslar soni nechta bo'ladi?

Boshlang'ich videokurs 22ta videodarsdan iborat edi. Yangi kursni esa, hozirgina 53-videoning montajini tamomladim)) Umumiy uzunlik haqida hozircha biror nima deyolmayman, hozir hisoblashni imkoni yo'q. Lekin yana o'rtacha hisobda 10-15ta video qo'shiladi.

Va nasib qilsa yangi kursni shu 1-2 kun ichida taqdim qilaman))

@TheAliBlog
Telegramga yana yangilanish qo'shilib, postlarga reaksiya bildirish va spoyler funksiyalari qo'shilibdi.

Spoyler matn bu birov behosdan o'qib yubormasligi uchun yashirib qo'yilgan matn. Masalan, ushbu matnda falon kino haqida spoyler bor, deb ogohlantirib, keyingi matnlarni yashirib qo'ysa, o'quvchi agar spoylerni o'qiyvermoqchi bo'lsa, "bijir-bijir" matnni ustiga bosadi va matn o'qisa bo'ladigan holatga keladi.

Reaksiya bildirish uchun shunchaki postni ustiha bir marta bosib, reaksiyalardan birini tanlash kifoya)

@TheAliBlog
Mana sizlar bilan yana bir yilni oxirlatib, yana bir yangi yilga qadam qo'yyapmiz. Doimgidek ushbu yildan falon odatlarni tashlayman, falon ishlarga odatlanaman, deb o'zimizga va'da berib, 1 haftacha o'sha va'damizga sodiq qolib yashaymiz)

Yangi yilni yangicha boshlash uchun o'z hayotimda ham ijobiy o'zgarishlar bo'ldi. CGTrader saytining frilanserlik saytiga qabul qilindim, imtixon orqali) Ushbu saytni boshqa frilans saytlardan farqi buyurtmani kutib o'tirmasligingizda ekan, yuzlab buyurtmalar ichidan o'zingizga ma'qulini tanlab ishlayverasiz, darrov tugatib qo'ysangiz, yana buyurtmalar bisyor ekan) Faqat bir tomoni bor, saytda qoidalar qat'iy. Yaxshi to'laganiga yarasha shunga yarasha sifatni ham talab qilib oladi. Rosa injiq)

Shu kungacha Blender dasturida boshqa saytlarda frilanser sifatida ishlab yurgandim, bo'sh vaqtimda xolos. Shu sabab bundan topgan pulimni ham jaa maqtanib bo'lmasdi. Lekin endi yangi yildan boshlab to'liq frilanserlikka o'taman, boshqa ishlarni yig'ishtiraman. Bu dasturni o'rganishni maqsad qilganimdayoq asosiy niyatlarimdan biri bu tirikchilikni o'z sevimli ishim bilan o'tkazish edi. Xudo xohlasa, shu niyatimni amalga oshiradigan vaqt keldi))

Shuningdek, o'quvchilarimga ham frilanserlik qilishda kerak bo'ladigan yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib, ularni ham pul topishni boshlashlariga ko'maklashaman😎

Yangi yilingiz bilan!

@TheAliBlog
​Blender bo'yicha alohida kanal ochdim. Bu kanalda Blender dasturi bo'yicha tavsiyalar, motivatsiyalar va hokazolar yozib boraman))

Shunday qilib, bu kanalimga faqatgina blender uchun qo'shilganlar bo'lsa va blenderdan tashqari mavzudagi fikrlarim zeriktirib yuborgan bo'lsa, endi shu kanalga ko'chib olishinglar mumkin:

@BlenderUstasi
Pixar kompaniyasining deyarli barcha ishlari shedevr bo'lib chiqadi, desam hech kim e'tiroz bildirmasa kerak. 3D animatsion filmlar sanoatining eng boshidan boshlab hozirgi kungacha bu sohadagi eng kuchli kompaniya hisoblanadi.

Faqat bitta narsa chatoq bo'lgan, bu kompaniyani ham boshqa ko'plab media kompaniyalar qatorida Disney yutib yuborgan. Ya'ni, sotib olgan)

Pixarning shu yil boshida chiqishi rejalashtirilgan "Turning Red" multfilmi ham endi kinoteatrlarda namoyish etilmay, to'g'ri Disney+ stiriming xizmatiga joylanishi haqida gap-so'zlar yuribdi. Bu degani, multfilm o'sha kunni o'zidayoq yuqori sifatli holatda butun internetga tarqab bo'ladi. Tuzukroq pul ishlashigayam qo'yib bermaydi endiπŸ˜’

@TheAliBlog
Yangi yildan sal oldin "Daredevil" serialini ko'rishni boshlagandim. Marvel komikslari asosida Netflix uchun ishlangan serial. Lucifer serialidan keyin bunaqa uslubdagi detektiv filmlarga ancha qiziqib qolgandim. Sizlarga ham tavsiya qilaman.

Ko'rishni boshlashimga turtki bo'lgan narsa serialning bosh qahramini Met Murdok (Matt Murdock)ning yangi o'rgimchak-odam filmi orqali MCUga qadam bosishi bo'ldi. Marvel ishqibozlari bu qahramonning ham tarixini bilib chiqishlari kerak, menimcha))

Shunday qilib, Netflix uchun ishlangan Marvel seriallari ham bir-birini davom ettirib, undagi qahramonlar huddi Qasoskorlar singari bir jamoaga birlashisharkan ekan. Demak, ro'yhatingizga qo'shishingiz mumkin bo'lgan seriallar ro'yhati:

- Daredevil
- Jessica Jones
- Luke Cage
- Iron Fist
- The Punisher
-The Defenders

@TheAliBlog
2021-yilni Marvel muxlislari uchun ajoyib yil bo'ldi, desak bo'laveradi. Shu yilni o'zidayoq MCU tarkibiga kiruvchi bir qancha seriallar, filmlar taqdim etildi. Yilni esa, haqiqiy shedevr bilan yakunladik))

2022-yilni esa, Pottermanlar uchun kutilgan yil bo'ladi, desak bo'laveradi. Yilni boshidayoq Garri Potter filmi premyerasining 20 yilligiga atab "reunion" hujjatli film ko'rgan bo'lsak, yil davomida "Dambldor Sirlari" filmi (Fantastic Beasts: Secrets of Dumbledore) va video-o'yin ishqibozladi uchun juda uzoq kutilgan RPG janridagi "Hogwarts Legacy" o'yini chiqariladi.

Bular orasida eng ko'p kutayotganim bu shubxasiz video-o'yin bo'ladi. Rouling xonim yaratgan afsungarlar olami shunday tuzilganki, unda istalgan odam o'zi qahramon yaratib, o'sha qahramoni haqida hikoyalar tuzishi mumkin. Bu o'yin ham huddi shu ko'rinishda bo'ladi, deb taxmin qilmoqdaman. Demak, 2022-yilda ham zerikib qolmaymiz))

@TheAliBlog