Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Boshi: https://t.me/TheAliBlog/753

Tobi shunchaki poyezdni to'xtatib qola olgan bo'lsa, Tom butun boshli minorani qulab tushishdan to'xtatib, ushlab tura olgan. Faqat Tom ijrosidagi filmning bir jihati yoqmagan, 1-filmda (Uyga Qaytish) Piter maktabidagi eng chiroyli qizni yaxshi ko'rib qoladi va hatto u bilan yaqin bo'lib ham ketadi. Lekin 2-filmdan tasodifan MJni izidan yura boshlaydi. Va afsuski, Zendayadan unchalik chiroyli MJ chiqmagan))

Xullas, meni fikrlarim mana shulardan iborat edi. Kutilayotgan "Uyga Yo'l Yo'q" filmini katta qiziqish bilan kutyapman. Bu Marvelning oxirgi omadsiz filmlari (Qora Beva, Shang-Chi, Abadiylar)dan keyin haqiqiy shov-shuvli filmi bo'lishi aniq. Umuman, Marvel Kinematik Olamida 2tagina sevimli qahramonim bor: Doktor Strenj va O'rgimchak-Odam).

"Uyga Yo'l Yo'q"ning ilk treylerida Doktor Oktopus (Sakkizoyoq?)dan tashqari Yashil Goblin ham borligi haqida gaplar tarqalgan edi. Tobining filmlarini qayta ko'rib chiqqan odam sifatida aytishim mumkinki, menimcha bu ikki qahramonni biz yovuz qiyofada ko'rmaymiz. Chunki Doktor Oktaviusni film oxirida Piter qobiliyatidan ezgu maqsadda foydalanishga chaqirgan va Oktavius mexanik-qo'llarga qulligidan qutulib chiqa olgan edi. Yashil Goblin esa, xo'sh, Norman Osborn vafot etgan, uning kiyimlarini uni o'g'li va Piterning do'sti, Garri Osborn foydalanib yurganini Tobining 3-filmida ko'rishimiz mumkin. Film oxirida Garri o'lim yoqasida yotganini ko'ramiz, lekin u o'lmagan bo'lishi ham mumkin. Demak, parallel olamdagi Doktor Oktopus (Sakkiziyoq) va Yashil Goblin kostyumidagi Garri Osborn yosh Piterga yordam berishga kelishgan bo'lishlari mumkin. Ayniqsa, ezgulikka xizmat qilib yurgan Venom nega parallel olamga o'tib Piter Parkerga tish qayrab qolgani ham hozircha noaniq. Xullas, dekabr oyi oxirida bizni haqiqiy katta premyera kutmoqda!

Shunaqa gaplar))

@TheAliBlog
Bir necha kun oldin Telegram reklama platformasi ish boshlaganini e'lon qilgandi. Bugun bir qancha telegram kanallar endi o'z kanallarida nobop reklama chiqib qolishlaridan auditoriyalarini ogohlantirib yozgan xabarlariga ko'zim tushib qoldi.

Telegramdan hamma ham reklama sotib ololmaydi. To'g'ri, hamma sotib olishi mumkin, lekin bitta "lekin"i bor. Reklama platformasidagi hisobni to'ldirishdagi boshlang'ich summa 2 million yevro ekan. Bundan 1 million yevro hisobga tushirilib, qolgan 1 millioni depozit sifatida ushlab turilarkan.

Shuningdek, reklama matnini har ming prosmotri uchun minimal narxi 2 yevro ekan, bu narxni erkin tarzda ko'tarib qo'yish mumkin. Demak, mingta prosmotr uchun belgilangan narx yomon emas, zo'r. Chunki o'zim bir qancha kanallardan reklama sotib olgan odam sifatida aytishim mumkinki, bizdagi ba'zi kanallar belgilagan narx bundan yuqori.

Xullas, kanallaringizni reklama bosib ketishidan havotir olmanglar. Agar o'zbek kanallaridan kimdir reklama sotib oladigan bo'lsa, bu yo Toshkentni hokimi, yoki bironta katta qurilish kompaniyalari sotib olishini kutsa bo'ladi lekin.

Hatto "Prezidentning telegramdagi rasmiy sahifasi" deb kanallarda reklama matni ko'rinish bersa ham ajablanmayman, chunki telefon raqamlarga tinimsiz yuboriladigan bu reklama ham arzon turmasligi aniq. Bu esa, men to'layotgan soliqlarning hisobidan amalga oshiriladi (rozimasman, teshib chiqsin).

Xullas, shunaqa gaplar buguncha)

@TheAliBlog
Yodinglarda bo'lsa, Mirziyoyevni birinchi marta prezident bo'pturgan vaqtda 5 raqamiga ko'p urg'u berilgan edi. 5 tashabbus, 5 yillik harakat, 5 tamoyil, 5ta birbalo. 5 raqami qaysidir ma'noda "ilohiylashtirib" yuborilgandi.

Bugun prezident nutq so'zlabdimi, qasamyod qilibdimi, xullas qilgan nimadirida taraqqiyotning 7 yo'nalishini belgilab beribdi)) Menimcha endigi rejalar ham 7 yilga mo'ljallanib tuzilib, eng qo'rqinchlisi "hukmronlik" vaqtiga o'zgartirish kiritilib, 5 yillikdan 7 yillikka o'zgartirilishi mumkin, degan gumonlarim bor.

Amerikada saylovdan keyin yangi prezident yangi yildan boshlab hukumat tepasiga keladi, bizda saylov o'tganiga 10 kun bo'lib-bo'lmasidan boshlavorsa bo'loradiya?))

@TheAliBlog
Toshkent viloyatida 28 mlrd so'mga haykal quriladigan bo'pti. Tilladan qilishadimi yoki boshqa noyob toshlardanmi, bilmadimu, lekin bu haykal aholini 90 foizi tanimaydigan odamga bag'ishlab qo'yilarkan.

Eshitishimcha, 2-jahon urushida 5ta o'g'lidan ayrilgan Zulfiya degan ayol sharafiga. Dolbayoblikning oliy cho'qqisi! Urushga 5ta farzandini yuborgan bo'lsa, uni sharaflash uchun avlodlariga biror hadya berish kerakdir balki, haykaldan kimga nima foyda bor? Uni avlodlari bormi o'zi, bor bo'lsa qanday sharoitda yashashmoqda, shuni bilish kerakdir? Balki shu yo'l insoniylikka ko'proq mos kelar?

Undan tashqari bu yo'l 28 milliarddan ancha arzonga ham tushgan bo'lardi. Harqalay, bu pullar men (biz demasdan, ta'sirliroq chiqishi uchun "men" deb gapiryapman, lekin bu sizlarni ham) to'layotgan soliqlarim hisobidan qurilyapti harqalay.

Umuman, bu byudjet hisobidagi pulni cho'ntakka urishni bir yo'li ekanini yosh bolalar ham tushunishsa kerak hatto.

28 milliard so'mga haykal qo'yib, 6 milliard so'mga kutubxona qurilar ekan. Juda oqilona dolbayobcha qaror bo'libdi o'ziyam. Kutubxonadan ko'ra bizga haykallar ko'proq kerak. Atrofida "Suz xotin, suzma xotin" deb yomg'ir so'rab marosimlar o'tkazamiz😒. Kitob o'qishdan nima foyda axir, to'g'rimi?

Haya, yana bir gap, 6 milliardga kutubxona qurilarkan, deyapmanu, shu uchun, aniqrog'i, "ilm-fanni rivojlantirish uchun" jahon bankidan 50 million dollar (550 milliard so'm bo'lsa kerak) qarz olinyapti ekan.

Bu ho'kumatni g'irt dolbayoblar boshqaradi. Boshqa gap yo'q!

@TheAliBlog
Telegramdagi reklamadan namuna. Rasm-video yo'q, qatorlashib ketgan tugmalar yo'q. Faqatgina kanalni yoki bironta sayt manzilini biriktirish va matn yozish mumkin xolos.

Telegram harajatlariga loyiq pul topib bo'linganidan keyin, daromadni kanal adminlari bilan "arra" qilishi aytilgan. Zo'r, a?

@TheAliBlog
Buyuk Britaniya Orol Dengizidagi qushlarni saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratadigan bo'libdi, o'zimiznikilar esa, byudjet hisobidan 200 ming dollarga kurant soat qurisharkan Qoraqalpog'istonda🙂 Endi rivojlanib ketamiz)

Yaxshi yangiliklarga o'tsam. Ya'ni, shaxsiy hayotimdagi yaxshi yangiliklar))

Hozir sog'ligim ancha yaxshi. Tunov kuni borib og'iz bo'shlig'idan, qondan va o'pkadan tekshirtirib keldim, covid alomatlari qolmabdi tanamda xullas😇 Menga dalda berib turgan barchangizga kattakon rahmat.

Endi ertadan Blender haqidagi o'rta daraja pullik kursini yozishni davom ettirib, keyingi 10 kunlikda tugatishga harakat qilaman.

Kuzatuvchilar orasidagi Blenderchilar uchun ushbu kurs haqida ma'lumot berib o'tsam, ushbu kursda quyidagi bilimlarni imkon boricha to'laroq o'rgatishga harakat qilaman:

- Modellashtirish jarayonida "modifier"larni qo'llash
- Personaj yararish (mukammal personajni yaratib ko'rsatib bera olmaymanu, lekin ish tartibini tushuntira olaman))
- Rigging haqida batafsil
- Drayverlar (drayverlar nimaligini ham o'sha kursda bilib olasizlar)
- Geometrik nodlar bilan ishlash
- Protsedural teksturalar yaratish (internetdan rasm izlamay, hisob-kitoblar bilan teksturani mustaqil yaratish)
- Animatsiyalar yaratish bo'yicha yana bir qator yo'l-yo'riqlar
-Va yana ko'plab ma'lumotlar. Yanada batafsil ma'lumotlarni kurs tayyor bo'lganida, "treyleri"dan bilib olasizlar.

Xullas kalom, boshlang'ich kursda o'quvchilar 3D modellashtirish olamiga qadam qo'yishgan bo'lsa, o'rta daraja kursida bemalol, qo'rqmasdan qadam bosishni o'rganishadi)) Bu kurs orqali nasib bo'lsa, kichik animatsion roliklar ishlash, soddaroq multfilmlar tuzish va murakkab modellarni yaratish bilimlariga ega bo'lasizlar.

Bu safar kurs hajmi ancha katta bo'lishini hisobga olib, narxi ham biroz qimmatroq bo'ladi, shunday ekan, olishni niyat qilganlar hozirdan cho'ntakni to'ldirib turaveringlar))

@TheAliBlog
"Subway Surfers" o'yini ortidagi haqiqatni eshitganmisiz?

O'yin poyezd sabab o'g'lidan halok bo'lgan ota tomonidan yaratilgan, shu sabab ham o'yinni yutish imkoni yo'q....ligi haqidagi gaplarni hamma eshitgan bo'lsa kerak))

Bu umuman bo'lmagan gap ekan. "Subway Surfers"ning tiktokdagi rasmiy sahifasiga joylangan videoga ko'ra, animatsiya sohasidagi 2ta talaba tomonidan yaratilgan. Yigitlar "strit art"ga juda qiziqqanliklari va dunyo bo'ylan sayohatni xohlaganliklari sababli ham o'yinga shunaqa ko'rinish berishgan ekan.

Endi asl haqiqatni siz ham bilasiz)

@TheAliBlog
Feysbuk 3 yil oldin yozgan postimni eslatyapti. Rostdan ham, men o'qib yurgan vaqtimda nazoratchilarni faqatgina forma va davomat masalasi qiziqtirgan xolos. 4 yil o'qigan bo'lsam, birorta komissiya kelib o'tilayotgan fan yoki mutaxasisligimizga oid savol berib, bizni sinab ko'rgan emas.

Hozir o'zgarish bo'lganmi-yo'qmi, bilmayman. Lekin o'zgarish bo'lmagan bo'lsa, universitet-institutlarda o'qishga umuman qiziqmanglar. Uyerda behuda ketadigan 4 yil umringizga achininglar. Agar 4 yil davomida ITning birorta sohasini mahkam ushlab, o'rgansangiz, shu sohadagi kuchli mutaxasis bo'lib yetishasizlar. Universitetlarda esa, konspekt yozishdan boshqasini o'rganmaysizlar.

Ko'pchilik OTMga faqatgina diplom uchungina kiradi. Yoshi kattalar shunaqa qarashni singdirib qo'yishgan. Go'yoki, qo'lingda diploming bo'lsa, kimdir senga ish beraman deb kutib turgandek. Bunaqa xomhayollarga uchmanglar, diplom hozir sizni ish bilan ta'minlay olmaydi.

@TheAliBlog
Bugun "Rockstar Games" kompaniyasi yaxshilangan GTA Trilogiyasini sotuvga chiqaradi.

Ayrim davlatlarda bir necha soat avval chiqib bo'libdi va bir qator strimerlar o'yinlarning boshlang'ich 20-30 daqiqalil geympleylarini youtubega joylab ulgurishdi.

Ularni ko'rib chiqqan odam sifatida aytishim mumkinki, grafika deyarli yaxshilanmagan, deyish mumkin. To'g'ri, original versiyalariga nisbatan yaxshiroq, lekin "remaster" deganda huddi 2K kompaniyasi original Mafia o'yinini remaster qilganidek qayta ishlashsa, maqsadga mufoviq bo'lardi.

Grafika ko'nglimdagidek emasligiga qaramay, strimerlarga ko'ra, boshqaruv original versiyalarga nisbatan juda ham yaxshilangan. Eski versiyalarni o'ynab ko'rganlar bilishadi, o'yinda personajni, mashinalarni boshqarish biroz noqulay bo'lgan. Shu sababli ham CJ poyezdni ortidan ergashib yurishni eplolmagandi))

Shuningdek, trilogiyadagi barcha o'yinlarda o'yin vaqtidagi xarita huddi GTA Vnikiga o'xshab biroz yonboshlatib ko'rsatiladigan bo'libdi))

Trilogiyaning narxi 60 dollar ekan. Ochig'i, hozircha bu narxga arzirli o'yinlar bo'lganiga shubxam bor. Chunki 8 yil avval chiqqan GTA Vning grafikasi haligacha aktualligini yo'qotmagan, hozirgacha sifatli grafika hisoblanadi. Lekin remaster versiyalar o'sha 8 yil oldingi o'yinga ham yetib ololmagan.

@TheAliBlog
Blender bo'yicha o'rta daraja kursini yozishni boshlagandim. Ba'zi darslarni yozish jarayonida o'zim ham bilmaydigan holatlarga duch kelib qolyapman) Shu sababli o'zim o'rganishim uchun yana bir nechta kurslar sotib oldim.

Ushbu videokursim o'quvchiga imkon boricha to'laroq bilim berishini xohlayman. Sotib olgan odam puliga achinmasligini, shu pulga arzirli bilim olishini xohlayman. Hozircha bir necha soatlik videodarslarni yozib bo'lganman, lekin hali rejadagi darslarning yarmini ham yozib bo'lmadim.

Shuningdek, ushbu kursga vaqt davomida yangi darslar, yangi bo'limlar qo'shib boriladi. Chunki videodarslarda darsni to'liq yoritib bera olmagan bo'lishim, ba'zi narsalarni tushuntirmagan bo'lishim mumkin. Yoki o'quvchilar yana biror nimanidir qanday bajarishni o'rganishni xohlashlari mumkin. Bu bilimlarni kursda olisholmagan bo'lsa, buni vaqt davomida to'g'rilab, yangi darslar qo'shib boraman. Va bu yangi darslar uchun qo'shimcha haq qo'shilmaydi va kurs narxi qimmatlab qolmaydi))

@TheAliBlog
Bugun yaxshi yangiliklardan birini eshitamiz, ya'ni, O'rgimchak-Odamning yangi qismi uchun bugun 2-treyler e'lon qilinar ekan. Bu treylerda muxlislarni qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olamiz degan umiddaman. Lekin, iplyos Marveldagilar oxirgi daqiqagacha (premyeragacha) sir tutishlari ham mumkin, Tobi va Endryu haqidagi ma'lumotlarni.

@TheAliBlog
Andijonda ham qor yog'ishni boshladi (bir necha soat avval). Boshladiyu, svet o'chdi. Elektrosetdagilarni ham, anovi 2ta manjalaqilarni ham qarg'ab yotibman uyda.

Aytgancha, gazchilarni ham qarg'ab qo'yishim kerak ekan.

Karimovni davrida ham svet o'chardi, lekin gazimiz bor edi. Dolbayobga o'xshab aholini tabiiy gazdan ajratib, "bu hududga gazbalon tarqatiladi endi" degan qaror chiqarilmasdi. Ho'kumat xaromxo'rlar qo'lida bo'lganidan keyin ahvol shuda😒

@TheAliBlog
Mish-mishlarga qaraganda yaqin 1-2 oy ichida videokartalar narxi keskin arzonlab ketatmish. Sababi, "Ethereum" kriptovalyutasining mayning jarayoni o'zgartirilmoqda (yoki o'zgartirib bo'lingan) shu sabab maynerlar o'zidagi videokartalarni sotishni boshlashlari, bozorda videokartaga talab kamayishi va buni natijasida yangi mahsulotlarning ham narxi arzonlashi tahmin qilinmoqda.

Demak, yaqin kunlarda videokarta olishni reja qilib turgan bo'lsangiz, pulingizni yana biror oy ushlab turganingiz ma'qul.

@TheAliBlog
Munday o'ylab qarasam, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarim ko'p "qotib" qolar ekan. Ya'ni, bitta post joylanganidan keyin, keyingi post joylangunicha oylab vaqt o'tib ketayapti ekan (Vaqt rosa tez o'tib ketyapti).

Shunga endi haftada kamida 2 marta ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimga o'z ishlarimdan namunalar joylab borishga qaror qildim. Shunda bo'lajak o'quvchilarim ham Blender dasturi nimalarga qodir ekanini bilib, shu dasturni tanlashadi)) (Soqqa ko'proq tushadi)))

Yana nimalarni modellashtirib, tekstura berishim mumkinligiga takliflar beringlar, faqat uzoq vaqt olmaydigan bo'lsin. Olmani o'tgan safar 1 soatda tugatgan bo'lsam, bugun nonni teksturasiga 4 soatdan ko'proq vaqtim ketti. Shunda ham ko'nglimga to'liq o'tirgani yo'q😑 Takliflaringizni kutaman xullas)

@TheAliBlog
Bugun svet bilan muammo boshlanganiga 3 kun bo'ldi. Hokimigayam, prezidentigayam ming la'nat bunaqa davlatni. 😡
Bugun tarvuzni modellashtirib, tekstura berib ko'rdim) 50 minut vaqt ketdi) Teksturalash jarayonini tezlashtirilgan holatdagi videosini tiktok va instagramda ko'rishingiz mumkin)

@TheAliBlog
1-2 odam o'zini osganini ortidan bukmeker kontoralariga qarshi ommaviy qarshilik boshlanib ketti. Bu g'irt ahmoqlik.

Avvalo, bukmekerlik kontoralarini yoqlamoqchi emasman, bu narsa diniy tomondan xarom ekanidan ham yaxshi xabarim bor. Lekin o'sha o'zini osgan dolbayoblarni birov o'ynashga majburlamagan, 100 million yutkazgan bo'lsayam, o'zi xohlab o'ynagan. O'zi o'sha pulini bir necha barobar ko'paytirib olish dardida tikvorgan.

Shaxsan men, shunaqa dolbayoblar o'zini osib qo'yishlaridan xursand bo'laman. Dunyodagi bunaqa ahmoqlar shu yo'l bilan bo'lsa ham qirilib ketgani yaxshi. Jiddiy aytyapman.

Bu mavzuda esa, biz bukmekerlik kontoralariga qarshi kurashishimiz emas, odamlarni qarashlarini o'zgartirishimiz kerak.

Agar xarom narsalarga kurash boshlamoqchi bo'lsak, unda ichkilikdan boshlaylik. Qimorda yutkazib qo'yib, o'zini o'ldirganlar 5-6ta bo'lsa, ichkilik oqibatida birovni o'ldiradiganlar, avariya sodir qiladiganlarni son-sanog'i yo'q.

@TheAliBlog
2-3 kundan beri shug'ullanayotgan ishim. O'zbekona milliy dasturxon ko'rinishi bo'ladi tugaganida) Portfolio uchun. Idishlarni sotish uchun yasagandim. Tugatib olsam, suvtekin narxlarda 3D modellar saytlariga joylab qo'yaman. Hammasi paxta gulli idishlar, real o'lchamlarda.

Paxta gulli naqshlarni topish muammo bo'ldi. Topilganlaridan ko'nglim to'lmadi. Oxiri fotoshopda o'zim 4K va 2K o'lchamli teksturalar tayyorlab oldim. To'g'ri, noldan chizib chiqmadim, kamerada olingan rasmni ustidan tekislab chizib chiqdim. Lekin har bir idishni naqshi boshqa-boshqa ekan, hammasi paxta gulli bo'lgani bilan.

@TheAliBlog
O'zbekona nonushta dasturxoni))

Barcha modellar blender dasturida ishlangan. Mato teksturalaridan boshqa barcha teksturalarni o'zim yaratdim, idishlarni paxta gulli naqshlarini ham)

Paxta gulli idishlar komplekt holatda yasalgan (choynak, piyola, kosa, tovoq/lagan).

@TheAliBlog
Bir necha kundan beri umuman bo'sh vaqt topishni iloji bo'lmay qoldi. Yangi uchastkamizga ko'chib chiqish yo'l xaritasini ishlab chiqish bilan bo'shamayapman. Uyerda ham gaz yo'q, svet sal yaxshiroq xolos.

Blender haqidagi darslikka kelsak, yana yoziladigan 4-5ta mavzu qoldi xolos. Keyin montaj qilib chiqilsa bo'ldi. Hozirgacha reja qilingan videodarslar tayyor bo'ladi.

Eslatib o'taman, ushbu darslikda sizlar modellashtirish bo'yicha qo'shimcha bilimlar, protsedural teksturalarni tushunib yarata olish, rigging, drayverlar, fizik simulyatsiyalar va animatsiya bo'yicha yo'l-yo'riqlarni o'rganasizlar. Hozircha aniq narx belgilanmagan, montajdan keyin belgilaymiz)

Shuningdek, darslikka keyinchalik yana yangi darslar, yangi bo'limlar qo'shib boriladi. Qo'shilishidan oldin sotib olganlar yangi darslarni bepulga olishadi. Ya'ni, yangi darslar, bo'limlar qo'shilganida darslik narxi ko'tariladi))

@TheAliBlog