Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Kecha kechqurun (yoki bugun ertalab?🤔) Videodarslik yozishni tugatdim. Endi videolarni tahrirlab, montaj qilib, keraksiz qismlarini o'chirib tashlab, ba'zi qismlarini tezlashtirib chiqishim kerak.

Demak, shu 2-3 kun ichida videodarslik tayyor bo'ladi, nasib qilsa)

@TheAliBlog
Bu yil Marvel o'z muxlislari uchun juda katta sovg'alar bermoqda desak bo'laveradi. Yil davomida bir nechta film va seriallar premyeralaridan bahramand bo'ldik. Undan tashqari, O'rgimchak Odam muxlislari uchun juda katta shov-shuv bo'ldi: parallel olamlar haqidagi navbatdagi O'rgimchak Odam filmi.

Hozircha Marvel film treylerida eski aktyorlar qaytishi haqida hech bir ishora bermagan, lekin uchala aktyorlarning muxlislari buni intiqlik bilan kutishmoqda.

1-2 kun avval internetni Endryu Grafild o'rgimchak odam kiyimida, suratga olish maydonida turib kimgadir gapirayotgan 3-4 soniyalik video portlatdi.

Mashxur shoumen Tim Fallon o'zining navbatdagi ko'rsatuvida Endryu bilan videoaloqa bog'lab, undan bu video haqida so'raganida aktyorning avvalgi reaksiyasi tomoshabinlarni xursand qilib yubordi. Lekin keyinroq o'zini tutib olib, Endryu bu videoni montaj ekanini aytdi.

Lekin Marvel muxlislari kompaniyaning maxfiylik saqlashini yaxshi bilishadi)

Shuningdek, bugun youtubeda Endryu ishtirokidagi qisqa video qanday qilib dipfeyk texnologiyasi orqali montaj qilinganligi haqida bir akkaunt tomonidan video yuklandi. Ya'ni, buni o'zi qilgani haqida e'lon berdi.

Va bu videodan keyin juda ko'pchilik ana shu dipfeykning o'zi feykligi haqida raddiya videolar bermoqda. Xullas, mavzu juda qizg'in))

@TheAliBlog
Blender Pullik Videodarsligi!

Nihoyat, videodarslik tayyor bo'ldi😎 Gapni uzoq aylantirmay, darslik haqidagi ma'lumotlarni aytsam:

Darslik umumiy salkam 9 soat keladigan 22ta videodarsdan iborat. Darslar 5ta bo'limga ajratilgan:

1-Bo'limda dasturni yuklab olish, interfeys va navigatsiya;

2-Bo'limda boshlang'ich modellashtirish, rang berish, animatsiya va renderlash. Raketa modeli yasash va uning havoga ko'tarilish animatsiyasi misolida.

3-Bo'limda detalli modellashtirish. Xona va undagi jihozlar modelini yasash.

4-Bo'limda detalli tekstura, 3-bo'limda modellashtirilgan xona va undagi jihozlarga realistik tekstura berish, realistik yorug'lik berish, onlayn assetlar bilan ishlash

5-Bo'limda rigging haqida tushuncha va fizik simulyatsiyalar.

Batafsil youtubedagi videoda tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/a8apXoYxgtE

Videodarslik narxi: $20 (Bankning sotuv kursi bo'yicha hisoblanadi). Chegirma yo'q. To'lov uzcard/humo/visa kartaga o'tkazma orqali.

Kursni sotib olganlar uchun alohida yopiq telegram guruhi ochilib, unda yana ko'rsatmalar berib boriladi)

Sotib olish uchun:
@HarryAli ga murojaat qiling.
Imtixonsiz talaba bo'lishga qiziqishdan oldin o'zi nima uchun talaba bo'lmoqchi ekaningizni o'ylang. Ko'pchilik bir yil qo'shni davlat OTMlarida o'qib, ikkinchi kursdan o'zimizdagi OTMlarga perevod qilib olishni ko'zlaydi. Shunday bo'lsa, o'ylang: o'zimizdagi OTMni tugatish sizga nima beradi?

Diplomli kirakashlar, diplomli quruvchilar haqida eshitganmisiz? Diplomingiz bor degani, sizga ish beruvchilar qarab turibdi, degani emas. Hozir diplomga emas, bilimga qaralmoqda. "O'qishga kirib olsam, o'qib ketardim" deb o'ylashdan oldin o'ylang, o'qishga qiziqishingiz bo'lganida o'zimizdagi OTMlarga ham imtixon bilan talaba bo'la olgan bo'lardingiz.


Qissadan hissa shuki, minglab dollar pulni 1 yillik kontrakt puliga sovurib, o'zingizni qiynamay, o'sha pullarni kurslarga borishga sarflab, bilimingizni haqiqiy ma'noda oshiring. Chet tilini o'rganing, qiziqsangiz kompyuter sohasini o'rganing, qiziqsangiz tikuvchilikni o'rganing. Xullas, pulingizni o'z qiziqishingizni chuqurroq o'rganishga sarflang. Qiziqishingizni kasbga aylantirish uchun harakat qiling hozirdan. 4 yilda 4 ming dollarni kontraktni sarflab, quruq bosh bilan chiqqandan, 1 yilda nari borsa 2 ming dollarni o'quv kurslariga ishlatib, juda katta bilimga ega bo'lishingiz mumkin.

Ko'zingizni ochinglar, sizlarni diplom emas, bilim boqadi.

@TheAliBlog
Blender dasturi bo'yicha boshlang'ich daraja pullik kursini onlinedars.uz onlayn platformasiga joyladim. Huddi Udemyga o'xshash o'zbekcha platforma ekan.

To'lovni oldindan qilishga negadir menga ishonqiramayotganlar uchun (shunaqa odamlar uchradida rostdan))) ishonchli tizim bo'ladi. U platformada darsliklarni yuklab olmasdan, onlayn ko'rishingiz mumkin. Android dasturlar uchun ham ilovasi bor ekan, yeslichcho)))

Juda meni kursimni sotib olmasangiz ham, bir kirib ko'ringlar saytga, balki sizga yoqadigani chiqib qolar))

@TheAliBlog
Anchadan beri Netflixga tegishli koreyslarning "Squid Game" (Kalmar O'yini) shov-shuv bo'lmoqda. Serial haqiqatdan ham juda zo'r chiqqan. Birinchi qismdanoq o'zida ushlab tura oladi. Intrigani oxirigacha saqlay oladi. Buni kinotanqidchilar Netflix tarixidagi eng ommabop serial bo'ladi, deb kutishmoqda. Chindan bunga umid qilsa bo'ladigan darajada zo'r serial

Voqealar serial oxirida yakunlansada, 2-mavsum uchun tirqish qoldirib ketishgan.

Meni o'ylantirayotgan narsa shuki, bizdagi kinosanoat nega bunaqa rivojlana olmaydi? Avvaliga bizdagi kinosanoat bozori katta emasligi, olinadigan daromad katta pul sarflashga arzimasligi mumkinligini sabab deb o'ylardim. Lekin Navoi viloyatidan sal kichik bo'lgan, aholisi O'zbekistondan sal ko'proq bo'lgan Koreyaning bu seriali butun dunyoni egallab bo'ldi. Uni turli tillarga dublyaj qilib, yanada ko'proq hududlarga yetkazishyapti. Demak, bozor kichikligi sabab bo'la olmaydi. Kichkina davlat ham dunyo bozoriga bemalol chiqa olarkan.

Masalan, o'sha koreyslarning Parazitlar filmi Oskar mukofotini ham olgandi. Xo'sh, o'zimiznikilar shunaqa katta ishga qo'l urishlariga nima to'sqinlik qilyapti? Badiiy kengashmi? Qachongacha TV kanallari yoki Youtube uchun kino ishlab yurmoqchisizlar?

@TheAliBlog
Kecha o'zimni majburlab Marvelning "What If..." seriyasini tugatdim. Yangi chiqqan vaqtida 1-2 qism ko'rib, davomini ko'rmaslikka qaror qilgandim. Chunki serialda MCU muxlislari beradigan "what if..." savollari umuman keltirilmaydi. "Agar T'challa Starlord bo'lganida", "Agar zombilar bo'lganida", "Agar Tor yagona farzand bo'lganida" bunaqa savollar hech kimga qiziq emas. Tanosning "snap" (o'zbekchada nima deyilganidan bexabarman)idan keyin narigi qahramonlar tirik qolganida nima bo'lardi? Shunga o'xshagan, tomoshabinni rostdan qiziqtiradigan savollar yo'q edi.

Lekin o'zimni majburlab, to'liq ko'rib bo'lganimdan keyin tushundimki, serial aslida "parallel olamlar himoyachilari" (Guardians of the Multiverse) jamoasining vujudga kelishi haqida ekan. Ko'rsa ham bo'ladi, ko'rmasa ham bo'ladi, hozircha MCUga nima aloqasi borligini ko'rmayapman.

Lekin yaqinlashib kelayotgan 2ta katta premyeralar: O'rgimchak Odam va Doktor Strenjning navbatdagi filmlari ham parallel olamlar haqida bo'ladi. Demak, kuzatishda davom etamiz))

Bu kanal shaxsiy blogim. O'zim o'ylaganimni yozaman, faqat 3D modellashtirish haqida yoziladi, deb kutmanglar))

@TheAliBlog
Eng mashxur o'yin ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan bo'lgan "Rockstar" kuni kecha yangi xabarni e'lon qilibdi. Unga ko'ra, GTA trilogiyasining "Definitive Edition"i, ya'ni, sifati oshirilgan versiyasi taqdim etilarkan.

Katta ehtimol bilan bu trilogiya ichida Vice City va GTA III o'yinlari ham bo'ladi, 3-versiya qaysi bo'lishi hozircha menga noaniq, bu birinchi GTA o'yini bo'lishi ham, yoki San-Andreas bo'lishi ham mumkin.

Bu xabar geymerlarni xursand qilish o'rniga, aksincha, ularni dilini xira qildi. Jumladan meni ham. GTA o'yinlarining syujetini tushunib o'ynab chiqqanlar biladiki, hozirgacha eng zo'r syujet GTA V o'yiniga tegishli. Grafika hozirgi kun uchun ham unchalik yomon emas. Lekin...

Lekin bu o'yin taqdim etilganiga 8 yildi bo'ldi. Geymerlar bir necha yillardab beri GTA 6 o'yinini intizorlik bilan kutishmoqda. Chunki GTA V o'sha davr texnologiyasi uchun katta yangilik bo'lgandi, unda juda ko'p amallarni bajarish mumkin edi. Oradan 8 yil o'tib, RTX videokartalar davri boshlandi, operativ xotiralar tezligi oshdi, CPUlar yanada kuchaytirildi. Endi bu texnologiyaga munosib o'yin kutilmoqda. Rockstardagi akalar esa, yangi o'yin yaratishga shoshilmasdan, hozircha GTA Online orqali soqqani bosishda davom etishmoqchiga o'xshaydi))

@TheAliBlog
Internetda qandaydir tibbiyot xodimi o'z qo'l ostidagilari namoz o'qimasligini ta'minlashi haqidagi kafolat xati rosa aylanyapti. Achinarli va jahlni chiqaradigan holat. Bir voqeani aytib bermoqchiman:

Bundan taxminan 5-6 yillar oldin bozorda savdo qilardim. Maishiy texnikalar savdosi. Dindorlarga bosim shunday darajada ediki, Juma kuni, Juma namozi vaqtida do'konni berkitish mumkin emas, degan qoida o'ylab topishgandi 😂

Bu qoidani nazorati bilan bozorni nazorat qiluvchi soliq inspektorlari shug'ullanardi. Juma namoziga yaqin deyarli hamma o'z do'konini berkitib, Juma namoziga shoshardi, ayni namoz vaqtida soliqchi akalarimiz telefonlarini qo'lga olib, bozor oralab yurishardi. Qaysidir do'kon berk bo'lsa, shartta rasmga olib, do'konni muhrlab qo'yishar. "Do'kon egasi bizga uchrasin" deb tayinlashardi. Rosa bir dolbayobcha holat, to'g'rimi? O'sha vaqtda savdo bilan shug'ullanganlar eslay olar balkim)

Xullas, bizni do'kon ham muhrlandi. Boshlig'imiz soliqchilarni yoniga kirib chiqqanida, bo'yniga jarima ilishibdi, taxminan 50 dollar atrofida edi. Boshliq esa, so'kinib, jarimani to'lashga tayyorlanayotgandi. Vaziyatni tushunib, "men kirib gaplashaman" deb, soliqchi akalarni yoniga yo'l oldim. O'sha vaqtdayam, undan oldin ham haqqimni talab qilishdan, tortishishdan toymasdim)

Akalarni yoniga kirib, jarimani sababini so'raganimda, do'kon besabab yopiq bo'lgani uchun deb uqtirishdi. Do'konni doim ochish majburiyatimiz yo'qligi, do'konni tag-tugi bilan sotvolganimizni, ijarada o'tirmasligimizni tushuntirdim. Bozor nizomiga ko'ra, kunduz kuni biror mijoz favqulodda ish bilan bozorga kelsayu, do'konlar berkligi sabab ishini bitkaza olmasa, xullas shunaqa holatga yo'l qo'yishmas emish) "Biz texnika savdosi bilan shug'ullanamiz, akalar, duxtir emasmiz, shoshilinch kimdir kelib, biz yo'q bo'lsak o'lib ketadigan" degandim. U bo'ldi, bu bo'ldi, tortishib bozor nizomini opchiqtirdim ularga. Nizomda unaqa band topib berisholmadi. Prezidentni yoki hokimni yozma buyrug'i ham bo'laverishini aytdim)) Oxiri akaxon yorilib, Jumaga chiqarmaslik uchun yuqoridan buyruq bo'lganini aytgandi. Lekin aynan o'sha yuqoridagi odam kimligini ayta olmagandi. Xullas, uzoq tortishuvlardan keyin jarimamizni bekor qildirib tashladim, lekin keyin do'konimizni tekshiruvchilar bosdi)) Musodara ham bo'pketuvdik, adashmasam)

Gapni qisqasi, dinga to'sqinlik qilishni tepasida qaysi itemgan turibdi, bilmadimu, lekin qachondir buni azobini tortishiga ishonaman. Sizlarga qanaqadir "yuqoridan" og'zaki buyruq kelsa, yozma buyruq talab qilinglar, yozmasi bo'lsa, internetga tarqatinglar))

@TheAliBlog
Pensiyasini, oyligini to'liq plastikda oladiganlar bo'ladiku, shularni ko'pchiligi nima sababdan plastigiga pul tushishi bilan to'liq yechib olishga shoshilishar ekan? Shularni logikasini hecham tushunmayman. Yoyma bozordan tashqari deyarli hamma joyga plastikdan to'lov qilsa bo'ladi, naqd pul cho'ntakni katta qismini band qilib turadi, uni o'rniga bittagina plastik karta olib yurish anchagina qulay.

Bundan tashqari, unaqa shaxslar boshqalar uchun ham noqulaylik keltirib chiqaradi. Har oyning boshlarida pensiya, oyliklar chiqqanidan boshlab bankomatlar oxiri ko'rinmaydigan ocheredlar bilan to'lib-toshib ketadi. Bu esa, menga o'xshab 20-30 ming so'mgina yechib olmoqchilar uchun noqulaylik tug'dirishdan tashqari, yuzlab odamlarni har biri millionlab pul yechib olishi bankomatdagi pulni tugatib bo'ladi.

Shunchaki o'zinga keragini yechib ol, bo'ldida. Pulni to'lig'icha uyga olib borib, yostiqqa bosib qo'yganing bilan sichqonlar yeb ketishi mumkin))

Masalan, meni 70ga kirgan buvim ham pulini plastik kartasida saqlaydi. Boshqa xotinlar bilan o'tirishga boradimi, boshqa chiqimi bo'ladimi, plastikdan to'layveradi. Bankomatni oldidagi olomonni fikrlashini esa, tushunmay o'tib ketsam kerak.

@TheAliBlog
Qodirov degan dolbayob qaysi kallasi bilan migrantlar oilasiga yuboradigan puldan soliq olishni taklif qilib chiqibdi ekan, a?

O'zi, nima asos bilan to'lash mumkin bu soliqni? O'zbekiston hududida ishlab topilmagan bo'lsa. Undan ko'ra soliqdan qochib yurgan monopol kompaniyalarni soliqqa tortishni taklif qilmaysanmi, dappa!

@TheAliBlog
Blender Rivojlanish Fondi (Blender Development Fund) degan narsa bor. Donatning oylik obuna ko'rinishi. Ya'ni, Dastur rivojlanishi uchun 1 martalik donat qilishingiz, yoki oylik obunani yoqtirishingiz, aniqrog'i, homiylardan biriga aylanishingiz mumkin.

fund.blender.org saytiga ko'ra, hozirda dastur homiylari ro'yhatida facebook, google, intel, microsoft, adobe, nvidia, amd, amazon, unity, epic kabi mashxur kompaniyalar, yana bir qancha kompaniyalar va individual shaxslar mavjud. Homiylik obunasidan Blenderga oyiga 166 ming dollar pul tushar ekan. Kuni kecha, yangiliklarda Blender Rivojlanish Fondiga Apple kompaniyasi ham qo'shilishi haqida xabar e'lon qilindi.

Bugun esa, facebookdagi "Autodesk 3Ds Max" sahifasida Blenderga nisbatan trolling ishlatilgan mem joylanganini ko'rib qoldim)) Izohlarda ko'pchilik 3Ds Maxdagilarning qo'rquvga tusha boshlashgani haqida yozgan)

@TheAliBlog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uzoq tanaffusdan keyin, nihoyat yana tiktok trendiga chiqishi mumkin bo'lgan video tayyorladim. Tank modelini yaratishga 6-7 soat vaqt sarflangan.

VFX bilan shug'ullanish biroz qiynadi odamni. Hali bu sohasini uncha yaxshi o'rganib ulgurmaganim uchundir balki. Lekin endi aynan shu yo'nalishga ko'proq e'tibor berib, VFXni chuqurroq o'rganib olmoqchiman.

Videoni render qilishga 20 soatga yaqin vaqt sarflandi. Eng qizig'i, birinchi kuni to'liq render qilib bo'lganidan keyin, videoda xatolik borligini ko'rdim va yana qaytadan qilishga to'g'ri keldi😑

@TheAliBlog
Hozirgi kundagi ahvolim haqida qisqacha.

Bir qancha ishlarim to'xtab qolgan. Kanallarim yurgazilmayapti. To'g'ri tushunaslar degan umiddaman.

Duo qilib tursangizlar yetadi.

@TheAliBlog
Saylovda ovoz bergani albatta chiqinglar. To'g'ri, natijasini hozirdan hamma biladi, lekin oradagi farqni o'zgartirishga erishishimiz kerak. Balki 10 yil, balki 20 yil (shunda bu ham 25 yil bo'ladi)dan keyin almashar. Lekin ungacha har saylovda oradagi farqni o'zgartirib borishimiz kerak. Kelajak sizlarni qo'linglarda. (Bizni degan bo'lardimu, o'zim chiqadigan ahvolda emasman)

@TheAliBlog
Ko'pincha atrofdagilar o'z hayotini aslidagidan yaxshiroqdek ko'rsatishga urinishadi. Ya'ni, ko'zbo'yamachilikdan keng foydalanishadi. Arzonroq olingan narsasini qimmat narsadek ko'rsatmoqchi bo'lishadi, oddiy narsani premiumdek niqoblantirishadi.

Masalan, iPhone X telefoni chiqqan vaqtda iPhone 6-7-8lar uchun kamerasiga yopishtirib qo'yiladigan ikki-ko'zli kamera oynasi chiqqan edi. Ya'ni, o'zi kamera 1ta bo'lsa ham, orqa tomondan huddi 2taga o'xshab ko'rinaveradi. Hozir shunaqa narsani 3ta ko'zlisi chiqibdi)) Standartlar o'zgargan chunki.

Yoki anavi kuni tiktokda mashinalar uchun lyukni maskirovka varianti sotilayotgani haqida video ko'rdim) Atiga 200 ming sarflab, kuzovni tepasiga qora plastik yopishtirilarkanda, qarabsizki, mashinaningizni lyuki bordek ko'rinadi. Bu boshqalar nigohi uchun xolos.

Aslida esa, oddiyligimizdan hecham tortinmasligimiz kerak. Agar qurbingiz shu oddiy narsaga yetgan bo'lsa, yoki bu o'zingizni tanlovingiz bo'lsa, buni boshqalarga shu holatda ko'rsatishdan uyalmang.

@TheAliBlog
UzKomXoramiNazorat birbalo-birbalo kompaniyasidagilar yana bir qator (qisqacha, hamma) ijtimoiy tarmoqlarni faoliyatiga cheklov qo'yibdi. VPN bilan doimiy o'rtoq bo'linadigan kunlar kepti, do'stlar))

Bu ro'yhatda Youtube nima qilayotganiga tushunmadim, Google soliq to'layotgan kompaniyalardan biri edi.

Bir gap bilan aytganda, yashasin, so'z erkinligi!

@TheAliBlog
Bundan 3 yil avval "Roskomnadzor" tashkiloti Rossiya hududida Telegram messenjeri ishlashiga cheklov o'rnatgan edi. Sababi Durov suhbatlarni kuzatish kalitini Rossiya hukumatiga taqdim qilmaganida bo'lgandi.

O'sha vaqtda juda ko'plab servislar Telegram uchun proksi xizmatini ko'rsatishni boshlagandi. Durov o'sha serverlarga "bajonu-dil millionlab dollar donat qilishga tayyor ekani"ni aytgandi.

Hozir ham shunday servislar aktiv ishlamoqda va VPN o'rnatishga qiynaladigan do'stlaringizga shunday kanallarni topib berib, faqat Telegrami bo'lsa ham ishlaydigan qilib berishinglar mumkin. Masalan, @ProxyMTProto kanalini sinab ko'ringlar, shunchaki birorta post ostidagi "connect"ga bossangiz bo'ldi, Telegram o'sha proksi orqali ishlashni boshlaydi.

@TheAliBlog
Feysbuk kompaniya nomini Metaga o'zgartirishi haqida xabarlarni hamma eshitib bo'lgandir. Gap shundaki, "Meta" savdo belgisini olish uchun harakat boshlab qo'ygan yana bir kompaniya bor ekan, bu kompyuterlar bilan shug'ullanadigan kompaniya. Zukerbergdan farqli ravishda, ular avgust oyidayoq "Meta" savdo belgisini olish uchun hujjat topshirishgan.

Hozircha savdo belgisi ularga ham, Zukerbergga ham berilgani yo'q, lekin MetaPCdagilar 20 million dollar evaziga so'rovni qaytarib olishlarini aytishibdi) Shuningdek, kompaniya asoschilaridan biri kompaniya nomini "Facebook"ka o'zgartirishi haqida hazilomuz video ham joylagan))

@TheAliBlog
Qaysi O'rgimchak-Odam sizga ko'proq yoqishini tanlang va izohda sababini tushuntiring. O'z fikrimni kechroq yozib qoldiraman.
Anonymous Poll
48%
Tobi Meguayr (2002-2007)
21%
Endryu Garfild (2012-2014)
31%
Tom Holland (2016-...)
O'rgimchak Odamlar Haqida.

Yuqoridagi so'rovnomaga yozilgan izohlarni o'qib chiqdim va o'z fikrlarimni sizlar bilan o'rtoqlashsam. Avvalo, aytib o'tishim kerakki, o'zim ham Marvelning yirik muxlislaridanman.

O'rgimchak-Odam personajini biz odatda 3ta aktyor namunasida taniymiz: Tobi Megayr, Endryu Garfild va Tom Holland.

Lekin undan oldin ham O'rgimchak Odam filmlari bo'lgan. 69-yilda chiqqanidan boshlab 92-yilda chiqqanigacha. Bular haqida gapirib o'tirish shart emas.

Gap shundaki, 90-yillarda Marvel studiyasi moliyaviy inqiroz holatiga duch kelib, o'z qahramonlarini sotuvga chiqarishni boshlagan edi. Sony kompaniyasi bu vaqtda Marvelning O'rgimchak-Odamiga qiziqish bildirib, unga aloqador huquqlarni sotib oladi. Masalan, o'sha davrda "20th Century Fox" studiyasi Fantastik To'rtlik, Dedpul, X-Men, kabi qahramonlarni sotib olgan. Sonyni esa, faqatgina O'rgimchak-Odam qiziqtirib qo'ygan edi.

Shunday qilib, egalik huquqini egallagan Sony kompaniyasi ilk bor 2002-yilda biz bilgan Tobi Meguayr ijrosidagi ilk mukammal O'rgimchak-Odam filmini namoyish qildi va film kutilganidan ziyoda omadli bo'lib chiqdi. Keyinchalik bu trilogiyadan keyin 2012-yilda Endryu Garfild ijrosida yana "remeyk" yaratishni boshladi. Lekin bu filmlar Tobinikichalik mashxurlikka erisha olmagani sabab, bu safar 2tagina film suratga olindi, aniqrog'i, 3-film bekor qilindi.

Oradan ko'p o'tmay, aka-uka Russolar va Disney kompaniyasi Sony bilan muzokaralar o'tkazib, sobiq qahramonlarini "ijaraga olib turish" bo'yicha shartnoma tuzishdi va shu bilan 2016-yilda "Kapitan Amerika: Fuqarolik Urushi" filmida hozirgi Tom Holland ijrosidagi O'rgimchak-Odam Marvel Kinematik Olamiga olib kirildi.

Orada bo'lib o'tgan kelishuvlar sababli Marvel kompaniyasi O'rgimchak-Odam personajiga aloqador mahsulotlar ishlab chiqarish huquqini o'ziga qaytarib oldi (masalan, o'yinchoqlar, kiyim-kechaklar, degandek), lekin film yaratish huquqini Sony o'zida saqlab qoldi.

Xo'sh, endi solishtirib ko'rsak, qaysi personaj yaxshiroq chiqqan? Bu savol yaqinda chiqishi kutilayotgan yangi film arafasida butun internetni portlatmoqda. Ko'pchilik Tobi va Endryuning yonini olishmoqda. Lekin ko'pchilik bu qahramonlarni nostalgiya bo'lgani uchungina, yoshligida shu aktyorlar ijrosida O'rgimchak-Odamni taniganlari uchungina tanlashmoqda (tan olinglar).

Men shu 10 kun ichida barcha O'rgimchak-Odam filmlarini qaytadan ko'rib chiqdim. Aniqrog'i, Endryu Garfild ijrosidagi filmni bungacha hali ko'rmagandim hatto)) Tobining filmini esa, bolaligimdan beri qayta ko'rmagan ekanman, o'ylab qarasam.

Uchala aktyorlar ijrosidagi filmlarni solishtirib shuni aytishim mumkinki, grafika kuchi tomonlama Tobi Meguayr filmi aniq yutkazadi. Chunki filmda ishlatilgan kompyuter grafikasi keyingi aktyorlar filmlariga qaraganda juda sayoz ishlangan. Balki hozir kompyuter grafikasini chuqurroq o'rganayotganim uchunmi, negadir juda past sifatli bo'lib ko'rindi. O'z davri uchun bu grafika sifati albatta juda zo'r bo'lgan, lekin Tobining oxirgi filmi va Temir-Odam filmi orasida atigi 1 yilgina farq borligi, Temir-Odam filmidan boshlab esa, Marvel Kinematik Olami grafikasi yangi darajaga olib chiqilganini tan olish kerak. 2007-yilda ishlangan O'rgimchak-Odam grafikasi past bo'lsa, 2008-yilda ishlangan Temir-Odam grafikasi hozirgi kun uchun ham juda sifatli.

Personajlar xarakterlariga yuzlansak, bu tomonlama ham Tobining filmlari afsuski, oxirgi o'rinni egallaydi. Negadir xarakterlari haqiqiy hayotdagi odamlarga mos emasdek tuyuladi. Bu jihatda Endryuning filmlari eng zo'rlari bo'lganini tan olish kerak.

Aslida, menga ko'proq Tom ijrosidagi filmlar yoqqan, kompyuter grafikasi shaydosi bo'lganim uchundir balki. Aynan Tom Holland ijrosidagi O'rgimchak-Odamda yorqin ranglar, kuchli grafikani uchratish mumkin. Shuningdek, O'rgimchak-Odamning ezgulikparvar qahramon ekani ham ko'proq ochib berilgan (dushmanlarini ham qutqarib qolishini esga olinglar). Qahramonning kuchli ekani bo'yicha ham Tom ijrosidagi Piter Parker ancha baquvvat.