Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
O'zbekistonda men bilgan yagona professional 3D animatorlik o'quv markazidagilar bir nechta o'rin uchun grant e'lon qilgan ekan. Grantni yutish uchun shunchaki ularga animatorlikni o'rganishdan maqsadingiz va hokazolar haqida xat yuborishingiz kifoya, imtixon yo'q. Xat yuborganlar bilan alohida suhbat o'tkazilib, rostdan kelajakgi borlarni qabul qilib, tekinga o'qitishar ekan. Xullas, kanalimda 3D animatsiyaga qiziquvchilar ko'p ekanu uchun ushbu imkoniyatdan foydalanib qolinglar, demoqchiman. Adashmasam, bugun oxirgi kun ekan. @whitelinecg kanaliga o'tib batafsil ma'lumot olinglar.

Hech qanaqa reklama emas bu)

@TheAliBlog
Tiktokka ham anchadan beri kirmagan edim. Kecha kirib qarasam, hammayoq yangi trendga to'lib ketibdi. Oddiy animatsiya bilan bu trendda qatnashib olmasam bo'lmaydi deb o'yladim)) Qaysi ekanini topib bo'lgandirsizlar?))

@TheAliBlog
Yangi video render jarayonida. Kechadan beri))

Bugun kechgacha tugab qolsa kerak)

@TheAliBlog
Odatda tinimsiz xabar yozadiganlardan e'lon kelmaydigan qilib qo'yaman. Shu sabab iltimos, shaxsiy xabar orqali xabar yozganda gapingizdagi har bir so'zlarni alohida sms qilib yubormang. Sizga probelni bosishdan enterni bosish qulay bo'lsa, buyoqdagilarga ketma-ket sms kelavarishi asabini buzishi mumkin.

Ayniqsa, menga o'xshahan asabi chatoqlarni. O'shanchun tinchgina o'sha profilni ovozsiz rejimga solib qo'yaman va yozgan smslari 5-6 kunlab o'qilmay turaveradi. O'qiganimdan keyin ham, javob yozishga zarurat sezmayman)

@TheAliBlog
Bugun chiqqan "Spider Man: No Way Home"ning treylerini ko'rib, yangi animatsiyaga ilhom keluvdi. Lekin kerakli narsalarni modellashtirish uchun o'ylaganimdan ko'p vaqt ketib qolarkan. Manavi narsaga 3 soat vaqt sarfladim masalan)) Menimcha animatsiya qanaqa bo'lishini ba'zilar tasavvur qilib ham bo'lgandir))

Xullas, yana biror haftada tayyor bo'lsa kerak, 5-6 soniyalik animatsiya)

@TheAliBlog
Tabriklashinglar mumkin, bugun qiz farzandlik bo'ldim! Allohga shukr, sog'-salomat tug'ildi. 🥰

Uje hozirdan boshqacha hislar qurshayapti, otalik olamiga qadam qo'ydim)

@TheAliBlog
Tovba, ko'pchilik menga "uylanganmisiz?", "hali yoshsiz shekilli?" deb hayron bo'lishyapti. Asosiy rasmga yosh bolani qo'yib olganimga hamma menu yosh deb o'ylaydimi? 👀

Yoshim: 25da
Bo'yim: 182
Vaznim: 73
Oilaliman, muqaddam sudlanmaganman, oliy ma'lumotliman)
Pullik videodarslar.

Shunday qilib, uzoq o'ylab, ushbu oy vaqtimni Blender bo'yicha pullik videodarslik chiqarishga bag'ishlamoqchiman. O'ylab ko'rsam, shu yo'l bilan ham mundayroq pul ishlab olaman, ham ko'pchilikka foydasi tegar ekan))

Hozirda 3D modellashtirish bo'yicha videokurslar juda qimmat, 100-150 dollar atrofida. (Balki arzonlari ham bordir, xabarim yo'q) Men esa, 20 dollardan taklif qilib, ko'proq auditoriyani qurshab olmoqchiman. Albatta, bu 20 dollar bilan professional modelyer bo'lib ketmaysiz, birinchi videokursni boshlang'ich daraja (beginner)ga olib chiqishga bag'ishlasam, ikkinchisini o'rta daraja (intermediate)ga bag'ishlayman. Shunday qilib, 20 doldirdan 40 doldir bo'ladi🤓.

Profi darajasini va'da qilolmayman, bunisi uchun kechirasizlar, lekin nasib qilsa, shu ikkala kursdan keyin o'z parvozingizni boshlab, bilmaganlaringizni oson o'rgana olish darajasiga chiqib olasizlar.

Demak, bu ikki kursda biz 3D modellashtirish haqida tushuncha, obyektlar yaratish va tahrirlash, modellashtirish, teksturalar, animatsiya, moshn-grafika kabi bir qancha bilimlarni egallaymiz.

Shuningdek, videokurs sotib olganlar uchun alohida guruh ochilib, u guruhda o'rganuvchilar bir-birlari bilan fikr almashishlari, o'z ishlarini bir-biriga maqtanishlari mumkin bo'ladi. Shuningdek, u guruhda a'zolar so'ragan biror funksiyani o'sha guruhdagilarni ba'ri uchun tushuntirib berib boraman, ya'ni, "life-time support" bo'ladi))

Albatta, bu videokursni olmasdan, youtubedagi turli kanallardagi bepul darsliklardan yoki pullik kurslarni sotib olsangiz ham bo'ladi. Men ham o'sha pullik kurslardan o'rganganman, har xolda) Lekin men o'sha 10dan ortiq pullik kurslarni o'rganib chiqqan odam sifatida, ularni umumiylashtirib tushuntirib borishim mumkin bo'ladi))

Xullas, shunaqa gaplar. Agar oldindan sotib olmoqchilar bo'lsa, oldindan sotib olganlarga 20 foiz chegirma qilib beraman, keyingi kurs uchun esa 35 foiz chegirma olishadi)) Kurs tayyor bo'lishi bilan chegirma qilib berish to'xtaydi. Shunday ekan, shoshilinoradi))

Videokurs nasib qilsa, shu oy o'rtalariga tayyor bo'ladi. Qo'shimcha savollarni izohda yoki shaxsiy xabarda yozishingiz mumkin.

@TheAliBlog
Tiktokda kuzatib boradiganlar Damas haqida video va'da qilganimni bilishsa kerak) Hozir shuni ustida ish olib boryapman.

Ushbu ko'prik modeli sizlarga juda murakkab model bo'lib ko'rinayotgandir, lekin aslida juda oson. Youtubedagi 5ta videodarsni o'rganib chiqqanlar bemalol modellashtira oladi. Faqat biroz fantaziya kerak. Buyerda hamma narsa shunchaki kub va silindrlardan ishlangan, hech qanday ortiqcha modifikatsiyalar yo'q.

@TheAliBlog
Modellashtirish jarayonlarini tugattim nihoyat)) Endi oldinda animatsiya jarayonlari eng qiyini - renderlash qoldi))

Bitta kadr 10 daqiqadan oshiq renderlandi. Teksturalarni optimizatsiya qilishim kerak ekan hali😑

@TheAliBlog
Tiktok va instagramga animatsiyani joyladim. Unchalik zo'r chiqmadi, sababi animatsiyani ishlash juda qiyin kechdi)

https://vm.tiktok.com/ZSJw22nJb/


https://www.instagram.com/p/CTgumyGK7Ox/?utm_medium=copy_link
Damasdan o'za oladigan mashina yo'q deb o'ylaganmidinglar?))

Keyingi poyga qattiq bo'ladi!)

Tez kunda!! (Treylerlarga o'xshab fut-fut-fut effektini qo'shib o'qinglar))

@TheAliBlog
Saylov oldidan kimdir o'z siyosatini o'zi tanqid qilib qoptimi?)) 5 yildan beri amalga oshirish haqida o'ylanmagan ishlarni agar keyingi 5 yillikda saylansa qilar emish))

ITni o'rganinglar, til o'rganinglar, oilanglarni olib chetga suringlar. Men ham shuni harakatidaman)

@TheAliBlog