Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Toshkent hokimiyati tepasidagilarning mantig'ini qarang: Toshkentda koronavirusga chalinganlar ko'payib ketgani sababli Toshkentga kirish-chiqish yo'llari yopilib, karantin qoidalari kuchaytirilarkanda, 29-30-iyun kunlarida botanika bog'ida Yoshlar Forumi festivali bo'lib o'tarkan🤦‍♂


@TheAliBlog
"Markaziy Komissiya" degan nom ostidagi dolbayoblar jamoasini tarqatvorish kerak. O'zi karantin boshlanganidan beri birorta mantiqqa to'g'ri keladigan qaror chiqarishganini ko'rmadim.

1-2 kundan beri 20:15da oshxona ishlayotgan bo'lgani uchun egasiga 12,5 million jarima solingani shov-shuv bo'lmoqda. Yo'q, hech tushunmaymanda, nega ovqatlanish joylari 20.00dan keyin berkilishi kerak? Koronavirus soat 20da bo'lishi bilan ovqatlanish joylarini kezib yuradimi? Shunchaki mantiqqa to'g'ri keladigan qilib, "kasallik avj olgani uchun ovqatlanish maskanlaridagi o'rinlar sonini qisqartirish, stollar oralig'idagi masofani kengaytirish kerak" degan qaror chiqarishsa, boshqa gap edi. Soat 20gacha odam tiqilib kirsa bo'laverarkanda, undan keyin kirsa bo'lmasakan, kasal yuqarkan🤦‍♂

Eng qizig'i qanaqadir davlat tadbiri, festivallar (qisqacha aytganda pul yuvish marosimlari) o'tkazilayotganda negadir ovozi chiqmaydi o'sha markaziy dolbayoblarni😒

@TheAliBlog
Aytgancha, bilaman, kanalga yangi qo'shilganlarni ko'pchiligi Blenderni o'rganishga qiziqib qo'shilgan. Keyingi darsda nimalarni bajarishni o'rganmoqchisizlar? Izohda yozib qoldiringlar.
3D Grafikani o'rganish uchun qanday kompyuter olish kerak?
(Saqlab qo'ying, skrinshot qilvoling, tanishlarga jo'nating)

3D grafika bilan shug'ullanishda CPU (mikroprotsessor)dagi yadrolar soni, OZUning katta hajmli bo'lishi, videokarta bo'lishi asosiy zarurat hisoblanadi.

Agar noutbuk yoki stol kompyuteridan qaysi birini olishni tanlolmayotgan bo'lsangiz, stol kompyuterini olavering. Bir xil kuchdagi notbuk va stol kompyuteri orasida stol kompyuteri nisbatan arzonroq bo'ladi. Qo'shimchasiga, qaysidir qismi eskirsa, (ya'ni, o'sha qismni yangi modellari chiqib ketsa) bemalol almashtirish mumkin.

Demak, 3D grafikani o'rganish uchun minimum kompyuter bunday bo'lishi kerak:

CPU: istalgan 64 razryadli, 4 yadroga ega variant.
OZU: 4GB
GPU(videokarta): 2GB.

Tepadagi talab faqat o'rganish uchun foydalansa bo'ladigan kompyuter uchun. Menimcha 300 dollar atrofida olish mumkin. Agar bu sohada jiddiy ishlamoqchi bo'lsangiz, kompyuteringiz kamida quyidagi talabga javob berishi, yoki undan kuchliroq bo'lishi kerak.

CPU: Intel Core-i5 9-avlod yoki AMD Ryzen 5 2600x.
OZU: 8GB
GPU: 4GB.

Bu talab esa, jiddiyroq shug'ullanish uchun talab etiladigan kompyuter harakteristikasi. Tahminan 600-700 dollar atrofiga borsa kerak. Pulingizga qarab yanada kuchlirog'ini olaverasizlar))

Menimcha "qanday kompyuter olishim kerak?" degan savollarga shu orqali javob topdingiz)

@TheAliBlog
Nima uchun Tiktok va Twitter bloklandiyu, qolganlari yo'q?

Ko'pchilik tiktok yoshlarni ongini buzayotgani uchun bloklandi, degan sababni ko'rsatishmoqda. Aslida 2-3 oylar avval ho'kumatimiz texnogigantlarga O'zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma'lumotlarini O'zbekiston hududida saqlash talabini qo'ygandi. Ya'ni, O'zbekiston hududida serverlar ishga tushirib, bizning ma'lumotlarimizni asosiy "data-center" o'sha yangi serverlarga ko'chirishlari kerak edi.

Bu orqali yuqorida o'tirgan "xitir"lar o'z fuqarolari ustidan mutloq nazorat o'rnatishardi. Chunki O'zbekiston hududidagi barcha ma'lumot almashinish jarayonini kuzatishlari mumkin bo'ladi. O'shanda internetda faqat yurtimizning naqadar go'zalligi, osmonimiz qanchalar musaffo ekani, yurtboshimiz xalq dardida tinim bilmay ishlayotgani, kabi mavzulardan boshqa mavzuga o'ta olmagan bo'lardik))

Bundan 2-3 yil avval Feysbukni bloklashgan edi. O'tgan yili bahorda ham bir muddat ishlamay qolgan. Umuman, bu uquvi yo'qlar eplab bloklay olishmaydi ham. Shunchaki tezligi pasayib ketadi xolos) VPN bilan muammosiz foydalanish mumkin)) Endi Twitter va Tiktok, Vkontakteda ham shu holat kuzatilmoqda.

Nega Telegram yoki Googleni bloklashmaydi? Chunki buni eplay olishmaydi)) Bir necha yil oldin Rossiya hukumati Telegramga foydalanuvchilar ma'lumotlarini shifrdan yechish kalitini taqdim qilmasa, bloklashi bilan tahdid qilgan edi. Pavel Durov esa, ularni ustidan kulgandek, konvertga "mana o'sha kalitlar" deb 2ta eski zamon eshiklariga tushadigan kalitni jo'natib yuborgan edi)) Keyin Rossiya oliy sudi telegramni bloklashga qaror qildi. Lekin telegram hech qanday muammosiz o'z ishini davom ettiraverdi. Muammo yuzaga kelayotgan foydalanuvchilar uchun proksi-serverlarni ishga tushirdi. Zo'r, a? Alohida VPN yuklab o'tirmasdan, telegram dasturini o'zidan turib proksi-serverga ulanish mumkin)) Shunday qilib, Roskomnadzor uddalay olmagan ishni qilishga biznikilarni ham ko'zi yetmagan, mening fikrimcha. Shu sabab Telegramga tegmay qo'yaqolishgan.

Google'gachi? Umuman olganda, Googleni internet monopolisti desa ham bo'ladi)) Chunki okean osti kabellarining katta qismi aynan Google kompaniyasiga tegishli. Agar Google bilan kelishmovchilik kelib chiqadigan bo'lsa, uyoqdagi akalarni o'zi O'zbekistonni internetdan uzib qo'yishlari mumkin) Shunda o'zimizning ZiyoNet saytlaridan boshqasiga kirolmay yuraveramiz)))

Bular shunchaki mening fikrlarim edi, rahbar lavozimidagi dolbayoblarga insof so'rab qolamiz🤲

@TheAliBlog
Blender dasturida sifatli animatsiya, yoki multfilm yaratish mumkinmi? Bu savolni ko'pchilik so'raydi. Quyida Blender kompaniyasining o'zi yaratgan qisqa multfilmlar ro'yhati. Blender orqali yaratilgan yuqori sifatli multfilmlar aslida juda ko'p, bu ro'yhatdagilar esa, aynan Blender kompaniyasining o'zi o'z dasturining imkoniyatlarini ko'rsatish maqsadida tayyorlagan multfilmlar. Multfilmlar sifati yillar davomida qanday o'zgarganini ko'ringlar.

Elephants Dream (2006):
https://www.youtube.com/watch?v=TLkA0RELQ1g

Big Buck Bunny (2008):
https://www.youtube.com/watch?v=aqz-KE-bpKQ

Sintel(2010):
https://www.youtube.com/watch?v=eRsGyueVLvQ

Tears of Steel(2012):
https://www.youtube.com/watch?v=R6MlUcmOul8

Caminandes 2: Gran Dillama(2013):
https://www.youtube.com/watch?v=Z4C82eyhwgU

Cosmos Laundromat - First Cycle(2015):
https://www.youtube.com/watch?v=Y-rmzh0PI3c

Glass Half(2015):
https://www.youtube.com/watch?v=lqiN98z6Dak

Caminandes 3: Llamigos(2016):
https://www.youtube.com/watch?v=SkVqJ1SGeL0

Agent 327: Operation Barbershop(2017):
https://www.youtube.com/watch?v=mN0zPOpADL4

The Daily Dweebs(2017):
https://www.youtube.com/watch?v=RJnKaAtBPhA

HERO(2018):
https://www.youtube.com/watch?v=pKmSdY56VtY

Spring:
https://www.youtube.com/watch?v=WhWc3b3KhnY

Coffee Run(2020):
https://www.youtube.com/watch?v=PVGeM40dABA


@TheAliBlog
Kuni kecha Ziyodullo degan 22 yoshli yigit fazoga kichik sputnik, aniqrog'i, aerostat uchirgani deyarli hamma joyda shov-shuv bo'ldi.

"Abdullajon" kinosida "bo'layotgan ishlar raisbuvani soyalari ostida bo'lyapti" deydigan joyi borku, huddi shunga o'xshab aerobirbalo vazirligi oraga suqilvolgan. "Bo'lgan ishlar vazirligimiz soyasida bo'lgan" deyishyapti ekan)) Zo'r, a?

Videoni hamma ko'rdi, yigit o'zini yonidan harajat qilib, qurilmalarni, dasturlarini o'zi tayyorlagan. Buyerda qanaqadir dolbayoblik vazirligini qanaqa aloqasi bo'lishi mumkin?

Lekib afsuski, Ziyodulloni o'zi ham "bular katta yordam bergan, buni men bilaman xolos" degan so'zlar bilan vazirlikka tosh otayotganlarga qarshi chiqqan.

Ehtimol, agar vazirlik oraga qo'shilmasa, noqonuniy uchish apparati uchirgani uchun qamatvorish bilan tahdid qilishgandir, kim bilsin yana.

Foydalanuvchilardan biri to'g'ri savolni o'rtaga tashlagan: Aerostat Qirg'iziston xududiga kelib tushganida, Ziyodullo uyoqqa taksi qilib borishga hozirlik ko'rayotganida vazirlik nima qilyotuvdi unda?

@TheAliBlog
Tahminan 10 kuncha oldin video tayyorlashga ajoyib g'oya kepqoluvdi. Kamerada olingan videoga 3D obyektni joylash. Kinolardagi VFX (vizual effekt) tasvirlari ham shundsy tayyorlanadi.

Xullas, g'oya yarim kechasi kelgan bo'lsa, deyarli ertalabgacha uxlolmay chiquvdim, g'oyam o'zimga yoqib ketib, unaqa qilaman, bunaqa qilaman deb o'ylab chiqqandim) Tong zo'rg'a otgandi o'sha kuni. Nihoyat, ertalabki ishlarni tugatib, kompyuterimga o'tirdim. Blenderni ochdim.

VFX tayyorlashni bir qancha bosqichlari bor. Birinchisi kamera treking. Ya'ni, videoni analiz qilib, kamera qanday qayrilgani, qayoqqa burilgano, qayoqqa harakatlanganini aniqlashtirib oladi. Bu jarayondan o'tishimga bir necha soat ketdi. Rosa qiynaldim. Keyingi bodqich "camera matching" ya'ni, videodagi tasvirni tushirgan kamera bilan Blenderdagi kamera obyektini bir xil pozitsiyaga keltirib olish kerak. Shunda yangi qo'shilgan obyektlar videoga osongina qo'shilib ketaveradi. Mana shu jarayon rosa qiynagandi. Negadir hammada o'xshaydigan narsa menda o'xshamasdi. Umuman, juda ko'p holatlarda shunaqa bo'ladi. Hamma eplaydiyu, lekin izma-iz bajarayotgan mening ishim negadir o'xshamaydi.

Xullas, o'sha kuni kechgacha shu bilan ovvora bo'lib, hafsalam sovib, e boree, deb tashlab qo'ygandim. Bugun abetdan keyin negadir o'sha ishga yana harakat qilib ko'rmoqchi bo'ldim.

Darrov telefonimda video oldim. Uni kompyuterimga o'tkazib, Blenderda analiz qildim. Yuqorida aytilgan bosqichlarni bajarishimga yarim soat ham ketmadi)) Shunday qilib, jaa o'xshavormagan bo'lsa ham, epladim deb o'ylayapman))

Nasib qilsa, video ertaga tayyor bo'ladi. G'oya sizlarga bachkana tuyulishi mumkin, lekin bu imkoniyatlarni sinab ko'rish uchun yaxshi g'oya menimcha. Xullas, ertaga ko'rasizlar uyog'ini))

@TheAliBlog
Yo'qotilayotgan vaqt haqida.

Oxirgi 1-2 oydan beri umrim naqadar tez o'tib ketayotganini his qilyapman. Vaqtni boshqarib bo'lmayapti. Hech nimaga ulgurmayapman ham. Yo uyquga to'yib uxlamayman, yo uxlamaganga yarasha bironta ishni bitirib ulgurmayman.

Agar sizda hozir vaqt sekin o'tayotgan bo'lsa, kunni kech qilish ham qiyin kechayotgan bo'lsa, demak biror sohani o'rganishni boshlang. Vaqt borida nimagadir ulgurib qoling.

Kun kelib tanishlaringiz joylab qo'yadigan ishda zerikib ishlab yurishni emas, o'zingizni sevimli ishingizni qilish orqali pul topish uchun hozirdan harakat qiling. O'sha sohani yaxshilab o'rganing.

Chunki sizda hali vaqt bor.

@TheAliBlog
Kech bo'lsa ham, barchani bugungu Qurbon Hayiti bayrami bilan tabriklayman! Eng ezgu tilaklar barchangiz uchun))

Kuni bilan internetga bemalol bo'lib kira olmadim, shu sabab tabrik ham kechikib ketti))

Shu kunlarda @uzNetflix kanali uchun, aniqrog'i yangi ochilgan pullik kanal uchun "Breaking Bad" serialini o'zbekcha subtitrlarga tarjima qilishni boshladim. Qariyb 1 yildan beri bu serial ixlosmandlari shuni tarjima qilishimni so'rab kelishganini hisobga olgan holda, rosa soqqani bosaman deb o'yladim)) Buyog'i endi nasib, balki pulni tagida qolib ham ketarman)

Blender dasturi bo'yicha yangi darslik yozilgan, lekin shuni montaj qilib, to'g'rilab chiqishga vaqt ajratolmayapman. Yarim soatlik video ustida 5-6 soatlab ishlashga to'g'ri keladi chunki) Lekin shu 1-2 kun ichida chiqarishga harakat qilaman.

Hozircha yurtimizda kechayotgan yangiliklar shulardan iborat edi, bizdan uzoqlashmang)))

@TheAliBlog
Kanalimni oldindan kuzatib kelganlar xarakterimni yaxshi bilishsa kerak, ko'pchilikni yoqtirmayman. Ayniqsa farosatsizlarni.

Ho'p, aynan menga yozganiga ko'z yumsak ham, qaysi kalla bilan shunaqa uslubda yozarkin bu? Chiroyli chiqadi deb o'ylaydimi? Bular shunchaki boshqalardan ajralib turgisi keladi.

Iltimos, nafaqat menga, boshqalarga yozishda ham odamga o'xshab, har xil stil qilmasdan, to'g'ri harflarda yozinglar. Juda yaqin tanishlaring bo'lsa, bilganinglarcha yozaveringlar, lekin begonalarga emas.

Aslida suhbatni boshidayoq uznetflixga link berib qo'ysam bo'lardi, shunchaki kanalimda bunaqa dolbayoblar bo'lishini xohlamadim) Anchadan beri odamlarni blok qilmagan edim. To'g'ri qora ro'yhatga ravona qildim))

@TheAliBlog
Nega odamlar o'zini kallasi turib, birovni kallasini ishlatgisi keladi? O'zini kallasida ham o'ylab ko'rsa bo'larmikan, yoki bunaqa funksiya borligidan bexabarmikan bular?

Sal farosatni ishlatinglar axir. Bitta chet tilini bilsa, lyuboy tilni tushunaveradi degani emasu. Dastur ishlatish ham shunaqa narsa🤦‍♂ Men bittasini tushunaman xolos, hammasini emas.

@TheAliBlog
"Agar sizga yoqayotgan bo'lsa, borib Afg'onistonda yashang!" deb internetda tortishayotganlarni tushunmayapman. Masalan, menga Amerika ham, Yevropa ham, umuman O'zbekistondan tashqari deyarli hamma davlat yoqadi...

@TheAliBlog
Umuman olganda, hozircha Tolibonlar o'rnatgan qoidalarni hech birini "bo'lmag'ur qoida bo'libdi" deyolmayman. Bu shaxsiy qarashim.

-Qonli janjallar to'xtatilishini aytishdi, endi dunyoviy yoki sha'riy sud orqali kelishmovchiliklarni hal qilishadigan bo'libdi.

-Qizlarni ko'chada yolg'iz yurishiga ham, o'qishi-ishlashiga ham qarshilik yo'q. Faqat bitta shart, ayollar hijobda yurishlari kerak ekan. Agar o'zlarini Islomiy amirlik deb e'lon qilishganini hisobga olsak, bu shartni ham tushunish mumkin.

-Narkotik yetishtirish, sotishga o'lim jazosi berilibdi. Har qanday jinoyatga jazoni og'irlashtiraverish kerak, o'g'rini qo'lini chopish degandek.


Xo'sh, aytingchi, bu qoidalarni qaysi biri sizlarda e'tiroz uyg'otyapti? Hukumatni egallash uchun qon to'kildi, to'g'ri.

Hozir uyerdagi ahvolga jon-jahdi bilan qarshi chiqayotganlar Xitoydagi uyg'ur lagerlariga qanday munosabat bildirishgan ekan? Bir necha yil oldin Roxingyadagi musulmonlarni tiriklayin chuqurga yotkizib, ustiga buldozerda tuproq tortib chiqqan budparastlarga qanday munosabat bildirishgan ekan?

@TheAliBlog
Munday o'ylab qaralsa, bizda o'zi saylov haqida aniq tushuncha yo'q. Aksariyatimiz ko'zimizga tanish ko'ringan odamga ovoz berib ketaveramiz. Shu sababli ham bizda saylovlar (ayniqsa prezident saylovlari) boshqa davlatlardagidek debatlar, tortishuvlar, poygalar bilan o'tmaydi. Masalan, Karimovning prezidentlik davrida bo'lgan saylovlarda boshqa nomzodlarning biror chiqishi haqida hech narsa eshitmaganman, yoki eshiktganimni eslolmayman ham.

O'ylashimcha, yosh avlodga yoshligidan saylov haqidagi tushunchalarni singdirib borish kerak. Agar g'arb filmlarini ko'radigan bo'lsak, g'arbda maktablarda ham sardorlik uchun saylovlar, debatlar bo'ladi. Maktab sardori bo'lish uchun nomzodlar maktab o'quvchilariga turli va'dalar berishadi va hokazo. O'quvchilar nomzodlarning bergan va'dasi, saylanganidan keyin uni ustidan chiqadimi-yo'qmi, shular bilan saylov borasida ko'zi pishadi. Kelasi safar ovozni o'ylab berish kerakligini tushunib yetadi.

Bizda esa, kap-katta odamlarda ham saylov haqida tushuncha yo'q. Qaysi nomzodga ovoz berish kerakligi tepadan buyruq bo'lib keladi. Masalan, o'tgan yilgi deputatlar saylovida yonimizdagi saylov uchastkasi bo'lgan maktabga Andijon shahar deputatligiga qanaqadir ayol kishini tayinlash bo'yicha yuqoridan buyruq kelgan emish. Saylovda qatnashmaganlarni nomidan o'sha ayolga ovoz berilgan, yoki saylovga kelib, kimga ovoz berishni bilmay ikkilanib turganlarga shu ayol tavsiya qilinishi kerak bo'lgan. Hozir Andijon shahar deputati o'sha ayol bo'ldimi, boshqasimi, bilmayman. Umuman olganda, deyarli hech kim o'z hududiga kim deputat bo'lganini bilmasa kerak. Nomzodi saylanishi uchun qoplab va'dalarni berib, endi katta maoshni yeb yotishdan nariga o'tishmasa ham kerak bular.

Agar sezgan bo'lsangiz, bir muddatdan beri Mirziyoyev uchun ham propaganda boshlandi. Aniqrog'i, buni o'zi qilyapti. Katta va'dalar beryapti, boshqa rahbarlarni so'kib beryapti, ayrim bloggerlar uni maqtab chiqyapti va hokazo. 4 yillik davrda hech nima qilinmadi demoqchi emasman, to'g'ri, Karimov davridagidan ko'ra o'zgarishlar bo'ldi. Lekin hamma o'zgarish ham yaxshilik uchun bo'lmadi, xaromilarni qornini to'ydirish uchun bo'ldi ko'pi. Hozir ham xalqni qulog'iga yoqadigan va'dalar bilan o'zini nomzodini saylamoqchi deb bilaman, boshqa narsa emas. Saylovda yutib chiqqanida ham, katta o'zgarish bo'lmaydi. Har safar qishda elektr-gaz uzilmasligi uchun buyruq beradi, lekin o'sha tashkilotlar tasodifan yaxshi tayyorgarlik ko'rmagani uchun haftalab uzilishlar bo'ladi, gaz umuman bo'lmaydi. Internetni yil oxirigacha 10 barobar oshirishga buyruq beriladi, muddat kelganida internet 10 barobar oshirilgani e'lon qilinadiyu, bu o'zgarishni avom xalq sezmaydi lekin. Xullas, tushunib oldingiz.

Iltimos, saylovda nomzodlarni yaxshilab o'rganib, keyin ovoz bering. To'g'ri, boshqa nomzodlarni deyarli tanimaymiz. Balki qo'g'irchoq nomzod xolosdir ham. Lekin baribir ertaga yana 4 yil afsuslanib yurmaslik uchun hozir harakat qilish kerak.

Izohda yurtimizni musaffo osmoni haqida yozib boshni qotiradiganlar bo'lmasa keragu, lekin mabodo shunaqa fikrlaydiganlar haliyam bor bo'lsa, ko'zingizni oching. Ota-onangizni, (balki sizni ham) to'layotgan soliqlarni qaysidir xaromxo'rlar yeb ketyapti. Xalqqa hech nima bermayapti. Oxirgi marta qachon soliq to'ladingiz? Endi aytingchi, oxirgi marta qachon hududingizdagi yo'lni ta'mirlab ketishdi, qachon tabiiy gaz berildi sizlarga?

@TheAliBlog
O'zbekistonda men bilgan yagona professional 3D animatorlik o'quv markazidagilar bir nechta o'rin uchun grant e'lon qilgan ekan. Grantni yutish uchun shunchaki ularga animatorlikni o'rganishdan maqsadingiz va hokazolar haqida xat yuborishingiz kifoya, imtixon yo'q. Xat yuborganlar bilan alohida suhbat o'tkazilib, rostdan kelajakgi borlarni qabul qilib, tekinga o'qitishar ekan. Xullas, kanalimda 3D animatsiyaga qiziquvchilar ko'p ekanu uchun ushbu imkoniyatdan foydalanib qolinglar, demoqchiman. Adashmasam, bugun oxirgi kun ekan. @whitelinecg kanaliga o'tib batafsil ma'lumot olinglar.

Hech qanaqa reklama emas bu)

@TheAliBlog
Tiktokka ham anchadan beri kirmagan edim. Kecha kirib qarasam, hammayoq yangi trendga to'lib ketibdi. Oddiy animatsiya bilan bu trendda qatnashib olmasam bo'lmaydi deb o'yladim)) Qaysi ekanini topib bo'lgandirsizlar?))

@TheAliBlog
Yangi video render jarayonida. Kechadan beri))

Bugun kechgacha tugab qolsa kerak)

@TheAliBlog