Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Gitara mashg'uloti. 3-kun)

Bitta shu musiqada to'xtab qopti deb o'ylamanglar, ko'pini mashq qilib ko'rdim. Eng oddiyrog'i shu ekan. Haligacha barmog'imni boshqa "fret" (gitarani chiziqlari)ga ko'chirishga qiynalyapmanπŸ˜•

@TheAliBlog
Gitara mashg'utlari, nechanchidir kun))

Barmoqlarimga gitara torlarini izi chiqib qolgan, yo'qolmayapti)) Gitarani tushunib olish juda oson, lekin barmoqlarni unga moslashtirish juda qiyin ekan.

@TheAliBlog
Ayrimlar "The Voice Boys" kanalida chiqyotgan materiallarni ortiqcha bachkanalikda, yemaganlikda ayblashmoqda.

To'g'ri, bachkana. To'g'ri, ovozlarimiz mos tushmayapti. Bunaqa bachkana, kichik roliklar orqali shunchaki o'z tajribamizni oshiryapmiz xolos.

Masalan, oxirgi 3-4 videolarni to'liq qayta ovozlashtirganmiz: nafaqat personajlarni ovozlari, balki fondagi shovqinlar, taraqlashlar, qisirlashlar, shamol va hokazo barcha ovozlarni qaytadan yozib chiqqanmiz. Aslida, men uchun aynan shular borasidagi tajriba muhim.

Aytinglarchi, personajlarni ovozlarini hisobga olmaganda, boshqa tovushlarda kamchilik bormi? Nobatiiydek ko'rinyaptimi? Yo'qmi? You're welcome, unaqada 😎

@TheAliBlog
Bugundan yana "Duolingo" dasturi orqali ispan tilini o'rganishni davom ettiryapman. Oxirgi marta sentyabrda kiruvdim ekan.

Agar ingliz yoki rus tili orqali boshqa tillarni o'rganmoqchi bo'lsangiz, sizlarga ham tavsiya qilaman bu dasturni. Xohlang xitoycha, xohlang fransuzcha, ispancha, xullas deyarli barcha tillar bor. Tilni ham eshitib, ham o'qib, ham gapirib o'rganasiz.

Quyidagi link orqali yuklab olsangiz, sizga ham, menga ham 1 haftaga "plus" tarifini bepulga beradiπŸ€“
https://invite.duolingo.com/BDHTZTB5CWWKSJW2YMPKSJ7RO4

@TheAliBlog
Bu aslida eski gap ekanu, men hozirgina xabar topdim. Biz to'laydigan soliqlar hisobidan bitta dolbayob tog'ni o'rtasida tog'ni buzdirib, sun'iy ko'l qurdirib, o'ziga saroy qurdirib qo'yib, pensiyaga chiqishini kutib yotibdi ekan πŸ™‚ Televizorda rosa ochko ishlashga usta, a?))

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tiktokda bu videoni ko'rib qolib, twitterga joyladim. "Shunaqa dolbayobcha odatlarni to'xtataylik" deganga o'xshash gaplarni gapirdim xullas) Xorazm tomonlardagi odat, deyishdi. Bu udumni hech qanaqa oqlaydigan tomoni yo'q o'zi, lekin shuniyam himoya qilib chiqyotganlar ko'p bo'ldi. "Sen aralashma, senga pehoymasmi, o'zingni epla oldin, zato biznikilar qiz tomondan 40 kun ovqat kutmaydi" va hokazo gaplar gapirildiπŸ€¦β€β™‚

Avvalo, men mana shu udumni dolbayobcha deyapman. Bizni anjanda hech qanaqa dolbayobcha udum yo'q, demayapman. Mana shu kelin-kuyovni birga yotkizib, ustidan xiring-xiring qilib turishni dolbayoblik deyapman. Bu udumni hech qanaqasiga oqlab bo'lmaydi. Kuyovbolaniyam g'ururi bo'lsa, "treeee hammang nahe" deb yuborishi kerak bo'lgan holat bu. To'xtatish kerak, yoshi kattalarni hamma aytganiniyam qilavermaslik kerak, shunaqa dolbayobcha udumlar bizni farzandlarimizga yetib bormasligiga harakat qilishimiz kerak. (davomi keyingi postda)

@TheAliBlog
Endi bizni Anjandagi dolbayobcha udumlarga to'xtalsam: yoshligimizda kelin-kuyov o't atrofida aylanardi, hozir hech qaysi to'yda ko'rmayapman, demak uje voz kechilgan bu. Shunga qaramay, hozirgacha kelin tomondan mebel olish, sarpo olish, 40 kun (yoki kamroq kun) "mazar" (ovqat) kutib yotish kabi dolbayobcha odatlar bor.

Bu odatlar ham borgan sari kamayib boryapti, lekin umuman yo'q bo'lib ketmagan. Shaxsan o'zimdan misol qilib keltirsam, bunaqa dolbayobcha udumlarni hech birini qilinishiga yo'l qo'ymaganman. Masalan, Anjanda ham bor, chimildiqqa xotin-xalaj kirvolib xiring-xiring udumlari, lekin men shunaqa narsalarga to'sqinlik qilganman. Demak, hammasi odamni o'ziga bog'liq, to'g'rimi?

Men qilmaganman degani, atrofda uchramaydi, degani emas. Atrofda uchraydi, degani, men himoya qilishim kerak, degani emas. Rostdan ham dolbayobcha odat, yo'qotish kerak, tamom. Endi yuqoridagi videoda qilinayotgan holatni himoya qilib chiqqan yigitlarni tushunmadim, to'g'risi. Jufti haloli bilan birinchi kechasida tepasida xotin-xalaj kirvolib, xingir-xingir qilib, bir-biri bilan quchoqlashtirib, balo-battar qilishlari yigitni oriyatiga tegmaydimi? πŸ˜‘ Shunisiga achchig'im chiqyapti meni.

Agar hali bo'ydoq bo'lsangiz, qayerda yashashingizdan qat'iy nazar, erkaklik g'ururini xotinlarni udumlariga boy berib qo'ymang. Erkak bo'ling. Agar erkak bo'lsangiz.

@TheAliBlog
3-4 kuncha oldin bloggerlarni GMga taklif qilishgan ekan. Buni orqasidan hamma bloggerlar GMni yonini olishni boshlab qolgani rosa g'ashimga tegyotuvdi. GMni tanqid qilish yo'q, oqlab tashlashgan. Narxlarni tushirish ustida tinimsiz ishlashyapti ekanmiyey, tannarxi ko'tarilsayam sotuv narxini ko'tarmayapti ekanmiyey, rosa ko'klarga ko'tarishgan xullas.

Bugun ertalab esa, Vodiy Bozor kanali orqali tarqalgan videoga ko'ra, GMning garaji oldida GM haydovchilari ish tashlash e'lon qilishibdi. Oyliklar berilmayapti ekan. Xo'sh, buni qanday oqlash mumkin?

O'zi, umuman olganda qanday qilib GMni oqlash mumkin? Chet elda huddi shunaqa mashinani kamida 30-40 foiz arzonga sotuvga qo'yib, kamiga ishchilariga aaancha baland maosh to'laydigan GM zavodlaridan nimani ko'proq ishlatishyaptiki, ham qimmat narxda sotishadi, ham ishchilariga juda kam oylik to'lashadi (yoki umuman to'lashmaydi) ?

Shaxsan o'zim bo'lajak injener sifatida GMning o'zi va unga butlovchi qism yetkazib beruvchi barcha Qo'shma Korxonalarda (xalq tiliqa SP) kamida 3-5 kundan ishlab chiqqanman, amaliyot o'tash uchun. Ishchilarni ko'pi bilan gaplashganman, hecham sharoitlardan yoki maoshidan qoniqishganini ko'rmaganmanπŸ˜’

@TheAliBlog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Netflixni o'zi Qog'oz Bino serialini professional tarzda ruschaga dublyaj qilibdi. Avvalgi tarqatilgan ruscha dublyajlarning sifati yaxshi emasdi, bunisi haqiqiy professionallarni ishi bo'libdi. Qayta ko'rib chiqishga arziydigan bahonami bu?))

Aytgancha, Elite seriali ham professional tarzda ruschaga dublyaj qilingan. Yana qaysi seriallar qilindi ekan, to'liq qarab chiqmadim hali.

@TheAliBlog
Forwarded from Hammasi rasvo
18 ga kirmaydigan kim bor?

Ertaga, oxirgi dam olish kuni, soat 18 u 18 da

Sobiq dasturchi, tarjimon. Bo'lajak dasturchi, bo'lajak 3D animator,

@TheTechnoAli
@uzNetflix
@TheAliBlog kanallari admini bilan podkast olamiz.

Podkast yozib olinadi.

Mezbonlar: @kutubxona_library and @tav_uz
Navro'z haqida.

Navro'z bayrami haqida bir domlaga murojaat qilishganida, domla bergan javobni eshitib, izlanib ko'rdim.

Yoshlikda ko'pchilik Navro'zni "musulmoncha yangi yil" deyishardi, balki sizlar ham eshitgandirsizlar. Ulg'aygach, unday emasligini tushunib yetgandim))

Shunday qilib, Navro'z asli Zardo'shtiylik diniga aloqador bayram hisoblanib, bu bayram ularda muqaddas kun hisoblangan ekan. Bu kun forslarning quyosh kalendarining boshlanish kuni, Farvardin oyining birinchi kuni bo'lgan ekan. Bu kun aynan 21-martga mixlanmagan bo'lib, 18-19-20-21-martlardan biriga to'g'ri kelarkan, masalan, bu safargi Navro'z 20-martga to'g'ri kelibdi. Tak chto, bugun hammaga tabrik jo'natayotganlar, sizlar bir kunga kechikibsizlar))

Bu bayramni nishonlang yoki nishonlamang, demoqchi emasman, shunchaki bugun bilib olgan ma'lumotlarimni sizlar bilan baham ko'rdim))

@TheAliBlog
Ba'zi do'stlarimiz nega LGBT mavzusiga reaksiya bildirmaganimni so'rashibdi. Do'stlar, LGBTga qarshiman, bu mavzuda radikal fikrlayman, ularni yo'q qilish tarafdoriman hatto. Lekin bo'lgan voqealar bir o'yin bo'lganini allaqachon tushunib ham yetgandirsizlar. Siyosiy nayranglarga uchmanglar. Saylov yaqin, boshqa odamga ovoz beringlar.

@TheAliBlog
Barcha ro'za tutayotganlar va ro'za tutishni niyat qilganlarga ramazon oyi muborak bo'lsin πŸ˜‰

@TheAliBlog
Xullas, uzmovi sayti Qog'oz Binoni "professional" (πŸ˜’) dublyaj qilishni boshlaganini ko'rdim, bu xabarni qayta-qayta takrorlab kelayotganlarga rahmat, bundan xabar topib bo'ldim, to'xtatsangizlar bo'ladi))

Munosabatimga kelsak, uncha yaxshi emas. Chunki men bu serialni haqiqiy professional darajada boshlamoqchi edim. Hali-beri emasu, lekin boshlaganga yarasha shunaqa boshlamoqchiydim buni))

Ular foydalanyotgan tarjimaga kelsak, menikidan foydalanishyaptimi, yoki qayta tarjima qilishganmi, aniq bilmayman. Juda ko'p joylarda o'zimni so'zlarim quloqqa chalingan bo'lsa, ayrim joylarida notanish jumlalar ishlatilgan, shunga ikkilanib qoldim.

Mualliflik huquqiga kelsak, buyerda "o'g'rini qaroqchi urdi" hodisasi yuz bergan xolos. To'g'ri, mehnat qilganman. Ancha avval uzmovini admini dublyajda mening tarjimalarimdan foydalanishga ruxsat so'raganida "bepul foydalanovringu, lekin kinoni oxirida tarjima falon kanalniki" deb gapirib o'tib keting, degandim. Shunaqa qilgisi kelmay, birato'la ishlatmay qo'yaqolgandi. Balki, boshlagan dublyajidagi tarjimani boshqa birovga qildirayotgandir, bunga ham nimadir deyolmayman. Shunaqa gaplar.

@TheAliBlog
Tiktok auditoriyasidan lavha))

@TheAliBlog
Shunday qilib, professional dublyaj qiladigan sharoitga erishguncha kutaversak, nonsiz qolib ketadiganga o'xshab, ishni boshlab yubordik. Muzyorar serialini dublyaj qilishni boshladik. Nasib qilsa, keyinchalik jamoaga qiz ham olarmiz (talabgorlar bo'lsa, aloqaga chiqaveringlar))).

Bundan tashqari, meni tiktokda kuzatayotganlar bo'lsa, tanklarning 3D modellarini yaratgan videolarim harqalay o'z auditoriyasini to'plab ulgurdi, obunachilarim soni 1,5Kdan oshib ketdi😎 Yaqinda Blender dasturini o'rganishni boshlamoqchiman. (Yodingizda bo'lsa, bugungacha Maya va Unity dasturlariniyam o'rganishni boshlagandim))) Va o'rganganlarim asosida Blender bo'yicha videoqo'llanma tayyorlamoqchiman. Xullas, ish ko'p, vaqt yo'q xolos.

@TheAliBlog
Kechadan boshlab Blender dasturini o'rganishni boshladim. O'rganishni boshlaganim haqida qisqacha video tayyorlab, tiktokka joylagandim, bir necha soat ichidagi natijani ko'ring.

Demak, uyerda ham 3D modellashtirishga qiziquvchilar talaygina. Men yoshlarni 3D modellashtirishni o'rganishga qiziqtira olsam, men tayyorlagan videolardan bu sohaga qiziqish, intilish paydo bo'lsa, shuni o'zi yetadi))

Obunachilarim soni 2Kga yaqinlashib qolibdi😎))

@TheAliBlog