Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Ahad Qayum 650 million so'mga avtomobil raqami (30 Z 777 ZZ) sotib olgani internerda muhokamalarga sabab bo'lyapti.

Ko'pchilik uni tanqid qilyapti, shu pullarni ehson qilishi mumkin edi, shuncha pulga raqam olib balo bormi, va hokazo. U raqamni o'zini puliga sotib oldi. Xohlasa 1 milliardga sotib olsin, bu uni ishi.

Lekin bizning (sizning, mening) pulimizga qimmat mashinalar olib minayotgan, xashamatli uylarda yashayotgan xoramilar bor. Ahad Qayumni emas, o'shalarni gapirishni, o'shalarni kovlashni boshlasak, shunda odam bo'lamiz.

@TheAliBlog
Kechasi uxlamasdan tarjima band bo'lish ham oson ish emas, men sizlarga aytsam))


@TheAliBlog
Kecha @TheTechnoAli'da yozilgan saralash imtixonida qatnashdim.

Birinchi 35ta test ingliz tilidan bo'ldi, asosan chalg'ituvchi savollar. 2-3tasida adashib ham kettim shekilli. Eng yomoni, yangi test platformasida biror variantni ustiga bossangiz bo'ldi, o'sha variant tanlandi hisob ekan, shunisi pand berdi menga.

30talik 2-test esa, matematika va mantiq aralash bo'ldi. Qanaqadir mantiqiy jumboqlar berildi. Rosa qiyin xullas. Natijalarni kutaylikchi))

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Breaking Bad serialini boshqa bir kanal o'zbekchaga ovozli dublyaj qilishni boshlabdi. Shu sabab bu serialni rejamdan chiqarib tashladim. O'rniga yangi serial tanlab qo'ydim, sizlarga yoqadi deb umid qilaman))

Bugun 18.00da treyleri e'lon qilinadi @uzNetflix kanalida))

@TheAliBlog
Mobil operatorlarga aslida juda ko'plab e'tiroz bildirish mumkin. Asosiy ikkitasi aloqa sifati va narxlar qimmatligi haqida bo'ladi.

Bu mavzuda gap boshlanib qolsa, bir semestr leksiya o'qib berishim mumkin)) Chunki men yashaydigan hududda ham muammolar talaygina. Lekin yana bir muammo borki, unga ko'pchilik e'tibor beravermasada, aslida bu ham jiddiy masala.

Operatorlarning beshta barmog'ini og'ziga tiqib olishi, yohud ikki tomonlama pul ishlashlari. Bunga chek qo'yish kerak. Gap nima haqida ekanini hozir tushunib olasiz.

Bizda yaqin 4-5 yildan beri "abonent to'lovi" degan narsa qayta tiklanib qoldi. Ya'ni, siz mobil aloqadan foydalanasizmi-yo'qmi, kunlik to'lovni to'lashingiz kerak. Yoki oylik, agar oylik ta'rifda bo'lsangiz. Demak, siz hech bir xizmatdan foydalanmasangiz ham, shunchaki abonent bo'lib turganingiz uchun 2-4 sentdan to'lov to'laysiz kuniga.

Lekin ba'zi xaromxo'r operatorlar (buni Uzmobile ekanini aytmayman, so'ramanglar) abonentlariga reklama ko'rinishidagi smslar yuborish orqali ham pul ishlashadi. Ya'ni, sizlarga yuboriladigan qisqa raqamlardan keladigan "tanishuvlar portali, sevgingizni toping, birbalo she'rlar, munajjimlar" va hokazo mazmundagi har qanday reklama uchun pul olishadi. Ha, xoramidan bo'g'an, kuniga 5talab reklama jo'nat, mayli, abonent to'lovini bepul qil avval😡 Biz abonent to'lovini nimaga to'layapmizu, ular nima uchun reklama yuborishyapti?

Youtubeda "Red" xizmati bor. Pullik obunalar uchun. Yana roliklarni o'rtasida reklama chiqavermaydi unda. Tasavvur qiling, pulga o'sha xizmatga ulangansizda, lekin baribir videoni o'rtasidan reklama chiqib kelaversa 😑

Aytgancha, uzimei haqida zo'r gaplar bor. Asabim sal tinchroq vaqtda yozaman))

@TheAliBlog
Jasur Umirov 5 yilga qamalibdi.

Qizni o'zi o'z oyog'i bilan, o'z xohishi bilan, umuman begona joyga borarkanda, bo'lar ish bo'lganidan keyin faqat yigit aybdor ekan😑

Qizni passportini so'rab, yoshiga aniqlik kiritib olinglar, yigitlar))

@TheAliBlog
Ali. Blog
Jasur Umirov 5 yilga qamalibdi. Qizni o'zi o'z oyog'i bilan, o'z xohishi bilan, umuman begona joyga borarkanda, bo'lar ish bo'lganidan keyin faqat yigit aybdor ekan😑 Qizni passportini so'rab, yoshiga aniqlik kiritib olinglar, yigitlar)) @TheAliBlog
Kecha kimdir yozuvdimi, "maqsadi erga tegish bo'lgandir" deb?))

Xullas, Jasur Umirov bilan haligi qizni fotihasi bo'lgan ekan, to'y bo'lishi rejalashtirilgan ekan, qiz sud hukmidan norozi emish, "erimni qaytarib beringlar" deyotganmish)

Jaa bir qiziq ishlar bo'lyapti lekin)))

@TheAliBlog
Oxirgi yangiliklar shular))

@TheAliBlog
Shu kunlarda yuqoridagi postni harakatida yurganim uchun, tarjima ishlariga vaqt ajratolmayapman. Ozroq sabr qilasizlar endi))

Ofisni remonti, jihozlash, internet tushirish va hokazo muammolar bilan bandman ertalabdan-kechgacha)

@TheAliBlog
10 kunlardan beri harakat qilib yurgan ishimizni bugundan boshladik, desam ham bo'laveradi. Professional emas, havaskor darajadamiz. Bachkana tuyulishi ham mumkin, chunki jamoamiz bilan bachkanamiz hammamiz)) Qo'shilib qo'yinglar, reklama qilib bersangizlar ham mayli😁

P/s: Logo muallifi o'zimman))

@TheVoiceBoys
Gitara bilan shug'ullanish. 2-kun))

@TheAliBlog
Gitara mashg'uloti. 3-kun)

Bitta shu musiqada to'xtab qopti deb o'ylamanglar, ko'pini mashq qilib ko'rdim. Eng oddiyrog'i shu ekan. Haligacha barmog'imni boshqa "fret" (gitarani chiziqlari)ga ko'chirishga qiynalyapman😕

@TheAliBlog
Gitara mashg'utlari, nechanchidir kun))

Barmoqlarimga gitara torlarini izi chiqib qolgan, yo'qolmayapti)) Gitarani tushunib olish juda oson, lekin barmoqlarni unga moslashtirish juda qiyin ekan.

@TheAliBlog
Ayrimlar "The Voice Boys" kanalida chiqyotgan materiallarni ortiqcha bachkanalikda, yemaganlikda ayblashmoqda.

To'g'ri, bachkana. To'g'ri, ovozlarimiz mos tushmayapti. Bunaqa bachkana, kichik roliklar orqali shunchaki o'z tajribamizni oshiryapmiz xolos.

Masalan, oxirgi 3-4 videolarni to'liq qayta ovozlashtirganmiz: nafaqat personajlarni ovozlari, balki fondagi shovqinlar, taraqlashlar, qisirlashlar, shamol va hokazo barcha ovozlarni qaytadan yozib chiqqanmiz. Aslida, men uchun aynan shular borasidagi tajriba muhim.

Aytinglarchi, personajlarni ovozlarini hisobga olmaganda, boshqa tovushlarda kamchilik bormi? Nobatiiydek ko'rinyaptimi? Yo'qmi? You're welcome, unaqada 😎

@TheAliBlog
Bugundan yana "Duolingo" dasturi orqali ispan tilini o'rganishni davom ettiryapman. Oxirgi marta sentyabrda kiruvdim ekan.

Agar ingliz yoki rus tili orqali boshqa tillarni o'rganmoqchi bo'lsangiz, sizlarga ham tavsiya qilaman bu dasturni. Xohlang xitoycha, xohlang fransuzcha, ispancha, xullas deyarli barcha tillar bor. Tilni ham eshitib, ham o'qib, ham gapirib o'rganasiz.

Quyidagi link orqali yuklab olsangiz, sizga ham, menga ham 1 haftaga "plus" tarifini bepulga beradi🤓
https://invite.duolingo.com/BDHTZTB5CWWKSJW2YMPKSJ7RO4

@TheAliBlog
Bu aslida eski gap ekanu, men hozirgina xabar topdim. Biz to'laydigan soliqlar hisobidan bitta dolbayob tog'ni o'rtasida tog'ni buzdirib, sun'iy ko'l qurdirib, o'ziga saroy qurdirib qo'yib, pensiyaga chiqishini kutib yotibdi ekan 🙂 Televizorda rosa ochko ishlashga usta, a?))

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tiktokda bu videoni ko'rib qolib, twitterga joyladim. "Shunaqa dolbayobcha odatlarni to'xtataylik" deganga o'xshash gaplarni gapirdim xullas) Xorazm tomonlardagi odat, deyishdi. Bu udumni hech qanaqa oqlaydigan tomoni yo'q o'zi, lekin shuniyam himoya qilib chiqyotganlar ko'p bo'ldi. "Sen aralashma, senga pehoymasmi, o'zingni epla oldin, zato biznikilar qiz tomondan 40 kun ovqat kutmaydi" va hokazo gaplar gapirildi🤦‍♂

Avvalo, men mana shu udumni dolbayobcha deyapman. Bizni anjanda hech qanaqa dolbayobcha udum yo'q, demayapman. Mana shu kelin-kuyovni birga yotkizib, ustidan xiring-xiring qilib turishni dolbayoblik deyapman. Bu udumni hech qanaqasiga oqlab bo'lmaydi. Kuyovbolaniyam g'ururi bo'lsa, "treeee hammang nahe" deb yuborishi kerak bo'lgan holat bu. To'xtatish kerak, yoshi kattalarni hamma aytganiniyam qilavermaslik kerak, shunaqa dolbayobcha udumlar bizni farzandlarimizga yetib bormasligiga harakat qilishimiz kerak. (davomi keyingi postda)

@TheAliBlog
Endi bizni Anjandagi dolbayobcha udumlarga to'xtalsam: yoshligimizda kelin-kuyov o't atrofida aylanardi, hozir hech qaysi to'yda ko'rmayapman, demak uje voz kechilgan bu. Shunga qaramay, hozirgacha kelin tomondan mebel olish, sarpo olish, 40 kun (yoki kamroq kun) "mazar" (ovqat) kutib yotish kabi dolbayobcha odatlar bor.

Bu odatlar ham borgan sari kamayib boryapti, lekin umuman yo'q bo'lib ketmagan. Shaxsan o'zimdan misol qilib keltirsam, bunaqa dolbayobcha udumlarni hech birini qilinishiga yo'l qo'ymaganman. Masalan, Anjanda ham bor, chimildiqqa xotin-xalaj kirvolib xiring-xiring udumlari, lekin men shunaqa narsalarga to'sqinlik qilganman. Demak, hammasi odamni o'ziga bog'liq, to'g'rimi?

Men qilmaganman degani, atrofda uchramaydi, degani emas. Atrofda uchraydi, degani, men himoya qilishim kerak, degani emas. Rostdan ham dolbayobcha odat, yo'qotish kerak, tamom. Endi yuqoridagi videoda qilinayotgan holatni himoya qilib chiqqan yigitlarni tushunmadim, to'g'risi. Jufti haloli bilan birinchi kechasida tepasida xotin-xalaj kirvolib, xingir-xingir qilib, bir-biri bilan quchoqlashtirib, balo-battar qilishlari yigitni oriyatiga tegmaydimi? 😑 Shunisiga achchig'im chiqyapti meni.

Agar hali bo'ydoq bo'lsangiz, qayerda yashashingizdan qat'iy nazar, erkaklik g'ururini xotinlarni udumlariga boy berib qo'ymang. Erkak bo'ling. Agar erkak bo'lsangiz.

@TheAliBlog
3-4 kuncha oldin bloggerlarni GMga taklif qilishgan ekan. Buni orqasidan hamma bloggerlar GMni yonini olishni boshlab qolgani rosa g'ashimga tegyotuvdi. GMni tanqid qilish yo'q, oqlab tashlashgan. Narxlarni tushirish ustida tinimsiz ishlashyapti ekanmiyey, tannarxi ko'tarilsayam sotuv narxini ko'tarmayapti ekanmiyey, rosa ko'klarga ko'tarishgan xullas.

Bugun ertalab esa, Vodiy Bozor kanali orqali tarqalgan videoga ko'ra, GMning garaji oldida GM haydovchilari ish tashlash e'lon qilishibdi. Oyliklar berilmayapti ekan. Xo'sh, buni qanday oqlash mumkin?

O'zi, umuman olganda qanday qilib GMni oqlash mumkin? Chet elda huddi shunaqa mashinani kamida 30-40 foiz arzonga sotuvga qo'yib, kamiga ishchilariga aaancha baland maosh to'laydigan GM zavodlaridan nimani ko'proq ishlatishyaptiki, ham qimmat narxda sotishadi, ham ishchilariga juda kam oylik to'lashadi (yoki umuman to'lashmaydi) ?

Shaxsan o'zim bo'lajak injener sifatida GMning o'zi va unga butlovchi qism yetkazib beruvchi barcha Qo'shma Korxonalarda (xalq tiliqa SP) kamida 3-5 kundan ishlab chiqqanman, amaliyot o'tash uchun. Ishchilarni ko'pi bilan gaplashganman, hecham sharoitlardan yoki maoshidan qoniqishganini ko'rmaganman😒

@TheAliBlog