Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Shunchaki, bexabar qopketgan bo'lsanglar aytib qo'yay degandim:

Dizaynni yangi konserti chiqib bo'libdi:
https://youtu.be/5G8HkJpZUKg

@TheAliBlog
Uzavtomotors kompaniyasi o'zining javob videosini e'lon qilibdi:

https://www.youtube.com/watch?v=u2xZZgYDtCA

Videoni to'liq ko'rmadim, boshidagi 1-2 daqiqasini ko'rdim xolos, video nima haqidaligini menimcha shu joyigacha bilib bo'ldim. Kompaniya o'z ishchilarini boqayotganini, ularni qora-qozonini qaynashiga sababchi bo'layotganini odamlar ongiga singdirmoqchi.

Xo'sh, butun boshli zavod va unga qarashli qo'shma korxonalarda 25 mingga yaqin ishchi ishlaydi. Agar zavod yopilsa, yoki "Milliy brend"ga raqobatchilar ko'payib, uni bozorimizda o'rni qolmasa, shuncha ishchi ishsiz qolishiga sha'ma qilinyapti, menimcha.

Avvalo, zavoddagi 25 ming ishchidan 25 ming nafari qoniqarli maosh olmasligini aniq ayta olaman. Bir qancha do'stlarim, tanishlarim zavod yoki unga qarashli qo'shma-korxonalarda ishlashadi. Oyliklaridan xabarim bor. Shuningdek, institutda o'qib yurganimda amaliyot uchun barcha qo'shma-korxonalarda ishlab kelganman, uyerdagi ishchilarni oyliklarini ham so'rab bilib olganman. Bizdagi o'rtacha maosh narxi 150-200 dollar atrofida. Mashina narxlari chet elda sotiladigan shu modeldagi mashinalardan o'rtacha 30-40 foiz, yoki undan ko'proqqa qimmat.

Indeed nashriga ko'ra, Amerikadagi "General Motors" avtozavodidagi ishchilarning maoshlari eng past ko'rsatkichda soatiga 16 dollardan boshlanadi. Soatiga 16 dollar! Bu degani ular bir kunda 10 soat ishlab qo'yishsa, bizdagi ishchilarning bir oylik maoshini topib qo'yishadi! Yillik maoshi esa 42 ming dollardan boshlanadi! Eng quyidagi ishchilar uchun! Biznikilardan 40 ming dollar ko'proq maosh olishyapti! Manba

Xo'sh, nega endi Amerikadagi GM zavodi ishchilariga sizlardan ko'ra bir necha o'n barobar ko'proq maosh to'lasayam mashinalari arzon? Nega sizlar ishchilarga kam maosh to'laysizlarda, mashina narxi qimmat? Sizningcha, Amerikadagi zavod foyda qilmayaptimi? Qiladi, yaxshigina daromad qiladi shunda ham. Shunchaki, ular dolbayob emas!

Agar zavod yopilsa, yoki bojxona to'lovi bekor qilinib ketsa, o'sha zavoddagi 25 ming nafar ishchiga hozirgi oladigan maoshlarini to'lab borsak (o'rtacha 300 dollardan desak ham, bu oyiga 7 yarim million dollar degani), shu variant ham xalq uchun ancha yengil tuyulsa kerak, menimcha.

Chunki ikki oyda 562 milliard so'm (taxminan 50 million ko'kida) kam daromad qilgan zavodni o'rniga, byudjetdan uni ishchilari uchun har oy 7 yarim milliondan olib tursak, bojxona to'lovini o'rniga import mashinalarga shu ishchilar uchun 5 yoki 10 foizlik soliq joriy qilib qo'ysak, xalqqa qanchalik yengillik bo'ladi?) Ana shu 5-10 foizlik soliq bilan byudjetga 7 yarim milliondan ko'proq daromad kelishiga ishonaman.

Agar umuman ishchilarni o'ylamasak ham, agar bojxona to'lovini shu 5-10 foiz qilib qo'yilsa, menimcha butun boshli avtosanoat to'laydigan soliqdan ko'proq tushum bo'lsa kerak, tag'in bilmadim.

Kech bo'lganda birnimalarni o'ylab yotibman men ham))

@TheAliBlog
Kalendar yangilanishini shunchaki nishonlab, oilada bayram dasturxoni yozish mutlaqo normal holat. Bu xususda dinda ham hech bir e'tiroz yo'q.

Masalan, biz oilamiz bilan Muharram oyining birinchi kuni, ya'ni hijriy yil yangilangan kunda ham bayram dasturxoni yozamiz. Shunday ekan, ichingizni tor qilmasdan, xursandchilik qilinglar)

@TheAliBlog
Tug'ilgan kunimizda biz o'zimizning quyosh atrofidagi sayohatimizni nishonlaymiz.

Yangi Yil bayramlarida esa, barchamizning quyosh atrofidagi sayohatimizni nishonlaymiz.

@TheAliBlog
Aniq kimligini uncha eslolmadimu, lekin 4 yildan beri faqat yangi yil kuni tabrik jo'natgan ekan) Shu yili hayit bayramini ham qo'shib qo'yibdi (faoliyatni kengaytirgan bo'lsa kerak)))

Avval aytganmidim-yo'qmi, shunaqa odatim bor: shablon tabrik yozib hammaga yuborganlarga umuman javob yozmayman. Chunki bunda samimiyat degan narsa yo'q, quruq so'zlar. Yaqinlarimning esa, "e oshna, tabrikleman" deyishini o'zi samimiyroq tabrik hisoblanadi))

@TheAliBlog
Pixar kompaniyasi kamdan-kam multfilmlar chiqargan, balki shu sababli ham barcha multfilmlari juda mashxur bo'lib ketadi. Harqalay, ular Ahad Qayumga o'xshab kimnidir qora-qozonini qaynashiga sababchi bo'layotganini aytib, songa ishlab bo'lsa ham multfilm yaratishavermaydi. Kam, lekin eng zo'rlarini yaratishadi.

Shunday qilib, hozirgina "Soul" multfilmini ko'rib tugatdim. Bir necha oy avval treylerini ko'rganimdayoq katta qiziqish uyg'otgan edi. Yaqindagina sifatli versiyasi internetga chiqqanini eshitgandim, bugun yuklab oldim.

Spoyler qilmoqchi emasman. Lekin chinakamiga ko'rishga arziydigan multfilm. O'zbek ma'rifatparvarlari "palondaqa asarimizga o'xshagan asar yaratish kerak" deb namuna qila oladigan kinolarimizdan ko'ra kuchliroq ma'noga ega. Vaqt qanday o'tib ketganini ham bilmay qoladi odam.

Barchangizga tavsiya qilaman, ko'ringlar. Ko'rib bo'lganlar bo'lsa, (yoki ko'rmaganlar ko'rib bo'lganidan keyin) multfilm haqidagi fikrlaringizni yozinglar. Spoyler qilmanglar lekin. Hali ko'rmaganlar izohlaringizni o'qib, ko'rishga qiziqishlari uyg'onsin)

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Berlin ijrosidagisi ta'sirliroq chiqqan baribir, o'ylashimcha)

@TheAliBlog
Ahad Qayum 650 million so'mga avtomobil raqami (30 Z 777 ZZ) sotib olgani internerda muhokamalarga sabab bo'lyapti.

Ko'pchilik uni tanqid qilyapti, shu pullarni ehson qilishi mumkin edi, shuncha pulga raqam olib balo bormi, va hokazo. U raqamni o'zini puliga sotib oldi. Xohlasa 1 milliardga sotib olsin, bu uni ishi.

Lekin bizning (sizning, mening) pulimizga qimmat mashinalar olib minayotgan, xashamatli uylarda yashayotgan xoramilar bor. Ahad Qayumni emas, o'shalarni gapirishni, o'shalarni kovlashni boshlasak, shunda odam bo'lamiz.

@TheAliBlog
Kechasi uxlamasdan tarjima band bo'lish ham oson ish emas, men sizlarga aytsam))


@TheAliBlog
Kecha @TheTechnoAli'da yozilgan saralash imtixonida qatnashdim.

Birinchi 35ta test ingliz tilidan bo'ldi, asosan chalg'ituvchi savollar. 2-3tasida adashib ham kettim shekilli. Eng yomoni, yangi test platformasida biror variantni ustiga bossangiz bo'ldi, o'sha variant tanlandi hisob ekan, shunisi pand berdi menga.

30talik 2-test esa, matematika va mantiq aralash bo'ldi. Qanaqadir mantiqiy jumboqlar berildi. Rosa qiyin xullas. Natijalarni kutaylikchi))

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Breaking Bad serialini boshqa bir kanal o'zbekchaga ovozli dublyaj qilishni boshlabdi. Shu sabab bu serialni rejamdan chiqarib tashladim. O'rniga yangi serial tanlab qo'ydim, sizlarga yoqadi deb umid qilaman))

Bugun 18.00da treyleri e'lon qilinadi @uzNetflix kanalida))

@TheAliBlog
Mobil operatorlarga aslida juda ko'plab e'tiroz bildirish mumkin. Asosiy ikkitasi aloqa sifati va narxlar qimmatligi haqida bo'ladi.

Bu mavzuda gap boshlanib qolsa, bir semestr leksiya o'qib berishim mumkin)) Chunki men yashaydigan hududda ham muammolar talaygina. Lekin yana bir muammo borki, unga ko'pchilik e'tibor beravermasada, aslida bu ham jiddiy masala.

Operatorlarning beshta barmog'ini og'ziga tiqib olishi, yohud ikki tomonlama pul ishlashlari. Bunga chek qo'yish kerak. Gap nima haqida ekanini hozir tushunib olasiz.

Bizda yaqin 4-5 yildan beri "abonent to'lovi" degan narsa qayta tiklanib qoldi. Ya'ni, siz mobil aloqadan foydalanasizmi-yo'qmi, kunlik to'lovni to'lashingiz kerak. Yoki oylik, agar oylik ta'rifda bo'lsangiz. Demak, siz hech bir xizmatdan foydalanmasangiz ham, shunchaki abonent bo'lib turganingiz uchun 2-4 sentdan to'lov to'laysiz kuniga.

Lekin ba'zi xaromxo'r operatorlar (buni Uzmobile ekanini aytmayman, so'ramanglar) abonentlariga reklama ko'rinishidagi smslar yuborish orqali ham pul ishlashadi. Ya'ni, sizlarga yuboriladigan qisqa raqamlardan keladigan "tanishuvlar portali, sevgingizni toping, birbalo she'rlar, munajjimlar" va hokazo mazmundagi har qanday reklama uchun pul olishadi. Ha, xoramidan bo'g'an, kuniga 5talab reklama jo'nat, mayli, abonent to'lovini bepul qil avval😡 Biz abonent to'lovini nimaga to'layapmizu, ular nima uchun reklama yuborishyapti?

Youtubeda "Red" xizmati bor. Pullik obunalar uchun. Yana roliklarni o'rtasida reklama chiqavermaydi unda. Tasavvur qiling, pulga o'sha xizmatga ulangansizda, lekin baribir videoni o'rtasidan reklama chiqib kelaversa 😑

Aytgancha, uzimei haqida zo'r gaplar bor. Asabim sal tinchroq vaqtda yozaman))

@TheAliBlog
Jasur Umirov 5 yilga qamalibdi.

Qizni o'zi o'z oyog'i bilan, o'z xohishi bilan, umuman begona joyga borarkanda, bo'lar ish bo'lganidan keyin faqat yigit aybdor ekan😑

Qizni passportini so'rab, yoshiga aniqlik kiritib olinglar, yigitlar))

@TheAliBlog
Ali. Blog
Jasur Umirov 5 yilga qamalibdi. Qizni o'zi o'z oyog'i bilan, o'z xohishi bilan, umuman begona joyga borarkanda, bo'lar ish bo'lganidan keyin faqat yigit aybdor ekan😑 Qizni passportini so'rab, yoshiga aniqlik kiritib olinglar, yigitlar)) @TheAliBlog
Kecha kimdir yozuvdimi, "maqsadi erga tegish bo'lgandir" deb?))

Xullas, Jasur Umirov bilan haligi qizni fotihasi bo'lgan ekan, to'y bo'lishi rejalashtirilgan ekan, qiz sud hukmidan norozi emish, "erimni qaytarib beringlar" deyotganmish)

Jaa bir qiziq ishlar bo'lyapti lekin)))

@TheAliBlog
Oxirgi yangiliklar shular))

@TheAliBlog
Shu kunlarda yuqoridagi postni harakatida yurganim uchun, tarjima ishlariga vaqt ajratolmayapman. Ozroq sabr qilasizlar endi))

Ofisni remonti, jihozlash, internet tushirish va hokazo muammolar bilan bandman ertalabdan-kechgacha)

@TheAliBlog
10 kunlardan beri harakat qilib yurgan ishimizni bugundan boshladik, desam ham bo'laveradi. Professional emas, havaskor darajadamiz. Bachkana tuyulishi ham mumkin, chunki jamoamiz bilan bachkanamiz hammamiz)) Qo'shilib qo'yinglar, reklama qilib bersangizlar ham mayli😁

P/s: Logo muallifi o'zimman))

@TheVoiceBoys
Gitara bilan shug'ullanish. 2-kun))

@TheAliBlog