Ali. Blog
306 subscribers
333 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Sizlarga o'zim haqimdagi oxirgi yangiliklarni aytib o'tsam:

Unchalik katta bo'lmagan o'lchamdagi o'yinlar yaratishda ishlatiladigan Unity dasturida ishlashni o'rganmoqdaman. Shuningdek, dasturda ishlash uchun kerak bo'ladigan C# dasturlash tilini ham.

O'yin yaratishda eng asosiysi yaxshi g'oya bo'lishi va fantaziya kuchli bo'lishi kerak, qolganini o'rganish mumkin. Menda esa, g'oya bor. Nasib qilsa, biror oylar ichida androidlar uchun o'z o'yinimni chiqararman, balki)

Xullas, shunaqa gaplar)

@TheAliBlog
"Programming Hub" degan dasturlashni o'rgatuvchi mobil dastur orqali C# kursini tamomlab, sertifikat oldim. 1 kunda. Dasturdan to'liq foydalanish pullik ekan, sotib oldim. Lekin olgan bilimlarim sertifikat olishga yetarli emas, baribir. Chunki uyerda dasturlashni faqat eng ildizi tushuntirib berildi xolos, tuzukroq narsa o'rgandim ham deyolmayman 😒

Dasturlashni o'rganishga o'zi SoloLearn degan dastur yaxshi edi. O'shani yana o'rnatib oldim. Agar ingliz yoki rus tilini bilsangiz va qaysidir dasturlash tilini o'rganmoqchi bo'lsangiz, sizlarga ham SoloLearn dasturini tavsiya qilaman. Agar yuklab olib, qaysi tilni o'rganishni bilmayotgan bo'lsangiz, C# yoki Javani o'rganinglar. Umuman, dasturchilarni hech qachon yuki yerda qolmaydi, o'rganib olsangiz, balki katta dasturchiga aylanib, hozirgi ishingizdan (yoki hozir ko'zlagan ishingizdan) ko'proq daromad qilarsizlar 😎

@TheAliBlog
Yangi yilni nishonlamang!

Dekabr oyi boshlanishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda yurtdoshlarimiz yangi yilni nishonlash yoki nishonlamaslik kerakligi haqidagi bahslari boshlanishi odatga aylanib qoldi.

Turli xil kaltafahm "bloggerlar" ham turli argumentlar keltirib, sizni bu bayramni nishonlashdan qaytarishga urinishadi. Shu borada gapirib o'tmoqchiman.

Yangi yil bayramini hech bir dinga aloqasi yo'q. Hech qaysi dindagilarning diniy bayrami emas. Xristianlarning Rojdestvo (Christmas / X-Mas) bayrami 25-dekabrda nishonlanadi. Odamlar yangi yilni rojdestvo bilan adashtirishadi ko'pincha. Bir tomondan shunaqa bo'ladiyamda, yangi yil arafasida televizorda faqat rojdestvoga oid kino-multfilmlar qo'yilganidan keyin.

Gap shundaki, yasatilgan archa, Santa-Klaus (yoki Qorbobo)ni yangi yil bayramiga aloqadorligi yo'q. Bu narsalar rojdestvoga tegishli. Bizda esa negadir rojdestvo unsurlari yangi yilga qo'shib yuboriladi.

Xristianlarni o'zi yangi yilni qanday nishonlaydi? Hech qanday archalarsiz, qorbobolarsiz, shunchaki yaqinlar bilan yig'ilib, biror joyda o'tirib va hokazo. Chunki Santa Klaus haqidagi narsalarni rojdestvoda o'tkazishadi.

Bizda esa, SSR davrida yangi yilga qorboboni bog'lab berishgan, biz ham shunha yopishib olganmiz. Aslida yangi yildan emas, o'sha archa va qorbobolardan voz kechish kerak xolos.

Dinimizda faqat 2ta hayit bayram qilib belgilangan, degan argumentni keltiradiganlarga gapim esa, sizlar birinchi bo'lib Yangi yil bayramiga emas, Navro'zga yopishinglar. Chunki aytganimdek, Yangi yil hech qaysi dinga oid emas, Navro'z esa, Zardo'shtiylik diniga oid. Odamlar niyatini qo'lini duoga ochib emas, sumalak kavlab aytishadi😒 Navro'zni nishonlamanglar!

@TheAliBlog
10 ming so'm evaziga gaz!

Bir necha kun oldin mahalla faollari kengashib, gaz so'ruvchi motor (nasos) qo'yishni taklif qilishdi. Motorni ancha kattasidan, yuzdan ortiq xonadonni bemalol ta'minlay oladiganidan olishmoqchi ekan. Faqag gaz 24 soat bo'lmaydi. Kechki payt, shomga yaqin motor ishga tushirilib, ertalabki 8larda o'chirilar ekan. Sababi, kunduzi bu masala bo'yicha reydlar bo'lishi mumkin ekan.

Undan tashqari motorga bitta odamni javobgar qilib, unga oylik tayinlash, buni evaziga u har kuni motorni ishga tushirish va uzish, reydlardan ogoh bo'lish kabi vazifalarni bajaradigan bo'ldi. Bularni evaziga har bir xonadondan haftalik 10 ming so'mdan yig'iladigan bo'ldi.

Hammamiz rozi bo'ldik, axir atiga 10 ming so'm evaziga kechasi issiq uyda uxlashga nima yetsin? To'g'ri, uyimizga kirgan gazni pulini davlatga ham alohida to'lab boramiz, lekin atiga 10 ming so'm evaziga aslida hukumatniki emas, xalqniki bo'lgan gazni o'zimizga qaytarib olayotganimizdan xursandmiz biz.

Farzandlarim bu la'nati davlatda tug'ilishini istamagan bo'lardim...

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Unity dasturini o'rganishni boshlaganimga bir hafta bo'ldi, chamasi. Hozir qo'llanma bo'yicha mana bu o'yinni tuzyapman. Eng oddiy, sodda o'yin va shu sababli ham yaratish oson. Bu o'yin 3-kunda shu holatga keldi. Endi yirik o'yinlarga qancha vaqt ketishi, qancha ishchi kuchi kerakligini tasavvur qilaveringlar))

Dasturda ishlashdan tashqari C# dasturlash tilini ham ancha bilib olyapman, bahonada))

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oradan 4 kun o'tib, nixoyat ushbu bo'limni tugatdim va o'yin tugallanib bo'ldi.

Lekin baribir hali to'liq emas. Masalan, hali o'yin menyusi yaratishni o'rganmadim. O'yin vaqtida ekranda chiqi turadigan ma'lumotlar ham yo'q va hokazo. Lekin, nima qilganda ham o'zim yaratdim, shunisiga xursandman 😎

@TheAliBlog
ProjectBoost.zip
23.4 MB
O'yinni sinab ko'rmoqchi bo'lganlar uchun. Hozircha faqat kompyuter uchun)

@TheAliBlog
Shunchaki Artiqxo'jayevdan yebqo'ygan joyi bor hammasini. Prezidentni ham, bosh vazirni ham. Yeb qo'ymagan bo'lganida enasinikida yurgandek ish qilishiga qo'yib berishmasdi shu vaqtgacha. 1 tiyinga qimmat gaz hisoblagichni majburan hammaga o'tkazayotganida ham pisib o'tirishmasdi.

G'aniyevni oldidayam, Artiqxo'jayevni oldidayam tili qisiq bularni. Ikkalasiniyam ishdan olisholmaydi. O'shanchun eng birinchi prezidentni o'zini alishtirish kerak.

Kelasi yilgi saylovda xushyor bo'linglar. Dolbayoblarga ovoz bermanglar. Musaffo osmon va muxtaram dolbayob teoriyalari o'tib ketti, ko'zingizni ochinglar endi.

@TheAliBlog
Yangi tarjima serialmi? Boshlayapman)

@TheAliBlog
Pullik kanal uchun)
1 yil oldin yozuvdim ekan)

@TheAliBlog
"Mangu Sarkarda" o'yinini ishlab chiqqan "UIC Games" yetakchisi o'yinning demo versiyasini ertaga (aniqrog'i bugun) olishimni aytdi😎 O'yinni yaxshilab sinab, kamchiliklari va yutuqlari haqida video tayyorlayman)

@TheAliBlog
Forwarded from Cyber Ali
Yaqindagina taqdim qilingan "Mangu Sarkarda" o'yiniga birinchi nigoh. Kamchiliklar va takliflar:

https://youtu.be/KnAZCc4PWsk
Komment yozish uchun ochilgan guruhlarimga bitta dolbayob kirvolib botini reklama qilib rosa asabni buzgandi, shartta o'zini kanalini topib, raschot qilib keldim))

@TheAliBlog
Esimdan chiqib qolmasidan yozib qo'yay, yangi yilda qorbobo bo'lib yurib pul ishlamoqchi bo'lsangizu, ketmonni sopidek ozg'in bo'lsangiz, bunday dolbayobcha fikrdan qaytinglar.

To'g'risiyamda, shvabraga qorboboni kiyimini kiydirib qo'yganga o'xshaydi, rosa asab buziladi ko'rsam😒 Ayniqsa yemagan soqolini

@TheAliBlog
Haligi dolbayobni guruhiga alamimni olish uchun kirib, spam bo'pqopman😑

Zato mazza qivoldim, qimmatga tushgan bo'lsayam))

@TheAliBlog
Prezidentni yillik hisobotida aytilayotgan va'dalar odamni shunchalik mast qiladiki, kelasi yilgi saylovda yangi prezidentni nima qilamiz, deb qoladi odam.

Lekin aldanmanglar. Bunaqa va'dalarni yillar davomida eshitib keldik. Hozir uyingizda gaz-svet muammoligini eslanglar.

@TheAliBlog
UzNetflix kanaliga "shuyerdamisizlar?" deb yozgan postimga 10 daqiqaga qolmay yuzdan ortiq izoh qoldirishibdi)) Xursand bo'pkettim)

Xullas, ko'ngilli tarjimonlar guruhi tashkil qilish haqida yozdim, o'qimaganlar @uzNetflix ga kirib o'qib olovrasizlar)

Yarim soat ichida 6 kishi guruhga qo'shilishga xohish bildirdi. Qani, ko'raylikchi, davomi nima bo'larkan)

@TheAliBlog
Shunchaki, bexabar qopketgan bo'lsanglar aytib qo'yay degandim:

Dizaynni yangi konserti chiqib bo'libdi:
https://youtu.be/5G8HkJpZUKg

@TheAliBlog
Uzavtomotors kompaniyasi o'zining javob videosini e'lon qilibdi:

https://www.youtube.com/watch?v=u2xZZgYDtCA

Videoni to'liq ko'rmadim, boshidagi 1-2 daqiqasini ko'rdim xolos, video nima haqidaligini menimcha shu joyigacha bilib bo'ldim. Kompaniya o'z ishchilarini boqayotganini, ularni qora-qozonini qaynashiga sababchi bo'layotganini odamlar ongiga singdirmoqchi.

Xo'sh, butun boshli zavod va unga qarashli qo'shma korxonalarda 25 mingga yaqin ishchi ishlaydi. Agar zavod yopilsa, yoki "Milliy brend"ga raqobatchilar ko'payib, uni bozorimizda o'rni qolmasa, shuncha ishchi ishsiz qolishiga sha'ma qilinyapti, menimcha.

Avvalo, zavoddagi 25 ming ishchidan 25 ming nafari qoniqarli maosh olmasligini aniq ayta olaman. Bir qancha do'stlarim, tanishlarim zavod yoki unga qarashli qo'shma-korxonalarda ishlashadi. Oyliklaridan xabarim bor. Shuningdek, institutda o'qib yurganimda amaliyot uchun barcha qo'shma-korxonalarda ishlab kelganman, uyerdagi ishchilarni oyliklarini ham so'rab bilib olganman. Bizdagi o'rtacha maosh narxi 150-200 dollar atrofida. Mashina narxlari chet elda sotiladigan shu modeldagi mashinalardan o'rtacha 30-40 foiz, yoki undan ko'proqqa qimmat.

Indeed nashriga ko'ra, Amerikadagi "General Motors" avtozavodidagi ishchilarning maoshlari eng past ko'rsatkichda soatiga 16 dollardan boshlanadi. Soatiga 16 dollar! Bu degani ular bir kunda 10 soat ishlab qo'yishsa, bizdagi ishchilarning bir oylik maoshini topib qo'yishadi! Yillik maoshi esa 42 ming dollardan boshlanadi! Eng quyidagi ishchilar uchun! Biznikilardan 40 ming dollar ko'proq maosh olishyapti! Manba

Xo'sh, nega endi Amerikadagi GM zavodi ishchilariga sizlardan ko'ra bir necha o'n barobar ko'proq maosh to'lasayam mashinalari arzon? Nega sizlar ishchilarga kam maosh to'laysizlarda, mashina narxi qimmat? Sizningcha, Amerikadagi zavod foyda qilmayaptimi? Qiladi, yaxshigina daromad qiladi shunda ham. Shunchaki, ular dolbayob emas!

Agar zavod yopilsa, yoki bojxona to'lovi bekor qilinib ketsa, o'sha zavoddagi 25 ming nafar ishchiga hozirgi oladigan maoshlarini to'lab borsak (o'rtacha 300 dollardan desak ham, bu oyiga 7 yarim million dollar degani), shu variant ham xalq uchun ancha yengil tuyulsa kerak, menimcha.

Chunki ikki oyda 562 milliard so'm (taxminan 50 million ko'kida) kam daromad qilgan zavodni o'rniga, byudjetdan uni ishchilari uchun har oy 7 yarim milliondan olib tursak, bojxona to'lovini o'rniga import mashinalarga shu ishchilar uchun 5 yoki 10 foizlik soliq joriy qilib qo'ysak, xalqqa qanchalik yengillik bo'ladi?) Ana shu 5-10 foizlik soliq bilan byudjetga 7 yarim milliondan ko'proq daromad kelishiga ishonaman.

Agar umuman ishchilarni o'ylamasak ham, agar bojxona to'lovini shu 5-10 foiz qilib qo'yilsa, menimcha butun boshli avtosanoat to'laydigan soliqdan ko'proq tushum bo'lsa kerak, tag'in bilmadim.

Kech bo'lganda birnimalarni o'ylab yotibman men ham))

@TheAliBlog
Kalendar yangilanishini shunchaki nishonlab, oilada bayram dasturxoni yozish mutlaqo normal holat. Bu xususda dinda ham hech bir e'tiroz yo'q.

Masalan, biz oilamiz bilan Muharram oyining birinchi kuni, ya'ni hijriy yil yangilangan kunda ham bayram dasturxoni yozamiz. Shunday ekan, ichingizni tor qilmasdan, xursandchilik qilinglar)

@TheAliBlog